en
Feedback
“FACTOR BOOKS” nashriyoti

“FACTOR BOOKS” nashriyoti

Open in Telegram

"Factor books" nashriyotining telegramdagi rasmiy sahifasi 🤩 Badiiy, tarjima va ilmiy adabiyotlarning eng saralari📚 🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola: 👉 http://myurls.co/factor.books ✅Kitob do'konimiz: https://t.me/factor_books

Show more
1 171
Subscribers
-324 hours
-47 days
+5130 days
Posts Archive
Repost from FACTOR BOOKS 📚
#asardan_parcha To‘rtta oq tobut ortilgan mashina temir darvozalardan sekin kirib kelguncha oradan soatlab vaqt o‘tdi. Mashinalar qabrlar chetida to‘xtaganida barcha nigohlar o‘sha tomonga qadaldi. Tobutlar birin-ketin olib chiqildi. Ulardan uchtasi odatdagi hajmda, oxirgisi esa kichkina edi. U ushbu nizoda halok bo‘lgan begunoh bola – Danielga tegishli edi. U o‘zi ishtirok etmagan urushning qurboni edi... Sotuvda bor✅ Kitob narxi 65.ooo ming @factor_books

Repost from FACTOR BOOKS 📚
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙✨ 🐏 Bu ulug‘ ayyom mehr-oqibat, saxovat va qalblarni yaqinlashtiradigan eng go‘zal kunlarda
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙✨ 🐏 Bu ulug‘ ayyom mehr-oqibat, saxovat va qalblarni yaqinlashtiradigan eng go‘zal kunlardan biridir. Hayitning fayzi xonadonlaringizni quvonch, baraka va iliq lahzalarga to‘ldirsin. 📚 “Factor Books” jamoasi barcha kitobxonlarni Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi! Har bir o‘qilgan sahifa qalbingizga ilhom, har bir kitob esa hayotingizga yangi ma’no olib kirishini tilaymiz. Bayram kunlari oila davrasidagi eng chiroyli sovg‘alardan biri — bu yaxshi kitobdir. 🩷 Javonlaringiz kitoblarga, qalbingiz esa ezgulikka to‘lsin. P.s: Hayit bayrami uchun eng ajoyib tuhfalardan biri esa shubhasiz — “Qaysar” kitobi! 🎁📖 @factor_books

Repost from FACTOR BOOKS 📚
✨ “Qaysar” yana minglab yuraklarga yetib bordi. 📖🤍 Sizlarning repostlaringiz, izohlaringiz va hayajoningiz sabab “Qaysar” a
+1
✨ “Qaysar” yana minglab yuraklarga yetib bordi. 📖🤍 Sizlarning repostlaringiz, izohlaringiz va hayajoningiz sabab “Qaysar” asta-sekin oddiy kitobdan ko‘ra kattaroq narsaga aylanmoqda… Bu endi shunchaki hikoya emas. Bu — birga his qilayotgan olamimiz. 🌙 Obsidia sizni kutyapti… 🕊️

Repost from FACTOR BOOKS 📚
Tushlik pulini “Qaysar”ga sarflagan talabalar bormi?🤪 @factor_books

Repost from FACTOR BOOKS 📚
📚 Rostini ayting… “Qaysar” qachon chiqadi deb kutaverib ko‘zlaringiz to‘rt bo‘ldimi? 👀 Unda nihoyat yaxshi xabar bor. ✨ 15-maydan boshlab “Qaysar” kitobi rasman sotuvda bo‘ladi! Bu orada sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz biz kutgandan ham katta bo‘ldi… ❤️ 🎉 Oldindan buyurtmalar soni allaqachon 100 tadan oshdi. Ishoning, har bir buyurtma biz uchun oddiy son emas. Har birida bir kutish, bir hayajon borligini his qilyapmiz. 📦 Oldindan buyurtma bergan kitobsevarlarga kitoblar aynan 15-may kuniyoq jo‘natiladi. Va eng qizig‘i hali oldinda… 📖 Siz oddiy kitob o‘qimaysiz. Sahifalarni ochganingiz sari voqealar jonlanadi, qahramonlar sizga yaqinlashadi, hikoya esa sizni ichiga tortib ketadi. “Qaysar” endi shunchaki kitob emas. Bu — his qilinadigan hikoya. 🤍 Kutganingiz uchun rahmat. 15-mayda uchrashamiz. ❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗

#yangikitob Go‘zallik hamisha u uchun kurashganlarga nasib etadi. #qaysar

Repost from FACTOR BOOKS 📚
Qaysar kitobi haqida sizni qiziqtirgan savollar… Siz kitobxonlardan keladigan savollarni bir joyga jamladik hamda javob beris
+7
Qaysar kitobi haqida sizni qiziqtirgan savollar… Siz kitobxonlardan keladigan savollarni bir joyga jamladik hamda javob berishga harakat qildik. Agar yana savollaringiz bo’lsa izohda yozib qoldiring, albatta javob beramiz. Qaysar - tez kunda sotuvda!

Repost from FACTOR BOOKS 📚
📢 Tez orada! Dunyo marketing olamida shov-shuv qilgan bestseller — DotCom Secrets nihoyat o‘zbek tilida! Muallifi — Russell
📢 Tez orada! Dunyo marketing olamida shov-shuv qilgan bestseller — DotCom Secrets nihoyat o‘zbek tilida! Muallifi — Russell Brunson — millionlab tadbirkorlarga online savdo tizimini o‘rgatgan inson. Bu kitob oddiy marketing haqida emas… Bu — mijozni qanday topish, qanday ishontirish va eng muhimi — qanday qilib sotuvni tizimga aylantirish haqida. 📌 Kitobda siz: — Sales funnel (savdo voronkasi) sirlarini — “ideal mijoz”ni aniqlash usullarini — reklamasiz ham sotadigan strategiyalarni — va real biznesda ishlaydigan formulalarni o‘rganasiz 🔥 Eng muhim yangilik: Ushbu asarning o‘zbek tiliga tarjima huquqi rasmiy ravishda olindi va tez orada siz uchun maxsus nashr tayyorlanadi. ⏳ Kuting. Juda yaqin. @factor_books

🎬 Kitob ichida qahramonlar bilan birga yashagan bo’larmidingiz? “Qaysar”da siz faqat o‘qimaysiz. 📖 Sahifani ochasiz… va voqealar ko‘z oldingizda jonlanadi. ✨ Kitob ichidagi animatsiyalar sabab: — qahramonlar tirikdek tuyuladi — sahnalar harakatlanadi — hikoya sizni ichiga tortadi Go‘yoki siz: kitobni o‘qimayapsiz, ichida yashayapsiz. Har bir sahifada yana yangi qiziqarli detallar bor. O‘qigan sari to‘xtagingiz kelmaydi. 📚 Tez kunda o‘zbek tilida! 💬 Izohda yozing: nega siz bu kitobni o‘qimoqchisiz?

#taqdim 🎊 🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩 "...bular siz biladigan narsalar, otajon, sizga endi biroz bilmagan narsalaringizdan aytib beraqolay: masalan, dafn marosimingiz qanday kechdi? Kimlar keldi? Janoza namozi qanday o‘qildi? Umuman olganda, kamchilik bo‘lmadi deyarli, otajonim. Men yig‘ladim. O‘sha kunlar maktabda “hurmatga sazovor” bo‘lganimiz tufayli avtobusda bir guruh o‘qituvchilar-u gulchambarlar yuborildi. Umringiz mobaynida siz biror marta ham ko‘rmagan ba’zi odamlar qo‘llarini oldida chalishtirib, boshlarini egib, go‘yo o‘limning anglab bo‘lmas haqiqatini o‘ylayotgandek mozoringiz boshida turishdi. Tobut chuqurga qo‘yilgach, ustiga katta beton bloklar joylashtirildi. (Bu an’anani uncha yoqtirmayman, ota, oshib bo‘lmas to‘siqlarga qarshiman axir). Sizni onam yotgan qabristonga ko‘mmadik, ba’zi yaqinlarimiz shuni ma’qul ko‘rishdi. Odamlar o‘zaro kelishmovchiliklar ular vafot etganidan so‘ng ham davom etishini istashadi. G‘am-u tashvishimdan foydalanib sizni qabrda onamdan ayirib qo‘ygan yaqinim aslida narigi dunyoga unchaligam ishonmaydi... Holbuki, menga “Onang shuni xohlardi”, dedi..." 📝 Rahmat Bobojon tarjimasi 📚Mashhur turk yozuvchisi O‘g‘uz Atayning mazkur hikoyalar to‘plami tez kunlarda nashr etiladi. U turk adabiyotida modernizm va postmodernizmning eng yorqin vakillaridan biri sifatida nom qozongan. Uning asarlari o‘z davrida keng ommaga unchalik mashhur bo‘lmagan, ammo keyinchalik 1980-yillardan boshlab qayta kashf qilindi. Bugungi kunda Atay Turkiyada “zamonaviy turk romanchiligining poydevor ustunlaridan biri” deb hisoblanadi. 😇 Shu bilan birga, yozuvchining yana ikki kitobi sevimli nashriyotingiz tomonidan chop etiladi. Bizni kuting, biz Sizga eng yaxshilarini ulashish harakatidamiz!

Repost from FACTOR BOOKS 📚
Hayden cho‘ntagiga qo‘l solib, yangi Obsidian dollaridan bir dasta chiqardi. Pullarni tartibli qilib bukladi va kosa ichiga,
Hayden cho‘ntagiga qo‘l solib, yangi Obsidian dollaridan bir dasta chiqardi. Pullarni tartibli qilib bukladi va kosa ichiga, tangalar yoniga qo‘ydi. U hech narsa demadi. Bunga hojat ham yo‘q edi. U qayta o‘rnidan turganida, ko‘ksida g‘alati bir his paydo bo‘ldi. U bu hisni nima deb atashni bilmasdi. Rahmdillikmi? Aybdorlikmi? Aniq ayta olmasdi. U faqat bir narsani – ichida nimadir biroz bo‘lsa-da o‘zgarganini his qildi. Ehtimol, dunyo haddan tashqari shafqatsiz bo‘lib ketgandir. Mustaqim Jiva Tuz kunda

Repost from XGROUP BOOKS
Dunyo bo‘ylab 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan, 30 dan ziyod tillarga tarjima qilingan mashhur asar — Good Vibes, Good Lif
Dunyo bo‘ylab 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan, 30 dan ziyod tillarga tarjima qilingan mashhur asar — Good Vibes, Good Life tez kunda o‘zbek tilida nashr etiladi. Muallif — Vex King Asl nashriyot — Hay House Asar uchun rasmiy mualliflik huquqi olindi. Kitob nimani haqida? - O‘zini sevish va o‘z qadrini bilish - Salbiy fikrlardan chiqish yo‘llari - Ichki ishonchni mustahkamlash - Hayotga ijobiy qarashni shakllantirish - Maqsad sari intilish va shaxsiy o‘sish Vex King o‘zining murakkab hayotiy tajribasidan kelib chiqib, juda sodda va amaliy tavsiyalar beradi. Kitob nazariya emas — real hayotiy yondashuvlarni jamlagan. Bugungi tezkor va bosimli hayotda ichki barqarorlikni topish har qachongidan ham muhim. Shu sababli bu asar dunyo bo‘ylab keng ommalashdi va self-help yo‘nalishida eng ko‘p tavsiya etiladigan kitoblardan biriga aylandi. Tez orada o‘zbek kitobxonlari ham ushbu bestseller bilan ona tilida tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Repost from FACTOR BOOKS 📚
📘 Tez kunda o‘zbek tilida! Mashhur “Kaisar” romani o‘zbek tilida kitobxonlar bilan uchrashishga tayyor. ✨ Maxsus ishlangan ichki animatsiyalar va vizual elementlar orqali o‘quvchi voqealarni faqat o‘qibgina qolmay, ularni his qiladi, sahifalar orasida go‘yo yashaydi. 🔜 Yaqin kunlarda sotuvda. Kuting. Bu safar siz kitobni o‘qimaysiz — uning ichida yashaysiz.

*** “To'g'ri, har bir inson alohida dunyo, ammo biz ikkimiz chin ma'noda mutlaqo boshqa-boshqa olam edik. Bir-biridan qanchal
*** “To'g'ri, har bir inson alohida dunyo, ammo biz ikkimiz chin ma'noda mutlaqo boshqa-boshqa olam edik. Bir-biridan qanchalik olis bo'lmasin, qalblarimiz topisha oldi. Va birlashib, yaxlit holga kela oldi. Hozir qachonlardir o'zim hissiz deb bilgan bu qora koʻzlarga tikilarkanman, uni sevib qolganimga amin bo'ldim. Qanday bo'lsa, shundayligicha sevishimga. Pirovardida, buning sodir bo'lishiga izn berdim, chunki ortiq qarshilik qilish aqldan bo'lmasdi”. 📖 “Sen bir olam, men oʻzga olam” asaridan (Feya Moran)

Repost from FACTOR BOOKS 📚
#yangikitoooob😍 😢 Inson g‘azabini ichiga yutadi, yo‘q bo‘lib ketdi, deb o‘ylaydi, keyin to‘satdan noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘
#yangikitoooob😍 😢 Inson g‘azabini ichiga yutadi, yo‘q bo‘lib ketdi, deb o‘ylaydi, keyin to‘satdan noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘ri sabablar bilan, noto‘g‘ri odamlar uchun qahri yuzaga chiqadi.. ❤️ Eng sara kitoblar olami: @factor_books

Ayni paytda sotuvda mavjud hamda tez kunlarda chop etilishi kutilayotgan bir nechta kitoblarimiz bilan tanishing Factor books
+4
Ayni paytda sotuvda mavjud hamda tez kunlarda chop etilishi kutilayotgan bir nechta kitoblarimiz bilan tanishing Factor books - sizga faqat yaxshilarini ilinamiz!

📚#yangikitob 🫠"Qayg‘u-alam odamni qanchalik o‘zgartiradi. Ba’zilar g‘amdan es-hushlarini yo‘qotib, yomon odamga aylanadi. Bir paytlar faqat aysh-ishratga berilgan, beg‘am Jemil esa mehribon, yaxshi insonga aylanibdi. Bunday holga duch kelganingdan keyin hayot paradokslardan iborat ekanini anglay boshlaysan...” 📚Badri Rahmiy Hametdin “Feride yoxud Choliqushining baxti” ❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗

“Sen bir olam, men o‘zga olam kitobi SOTUVDA! Hayotimda ilk bor bu dahshatli hisni tuydim. Seni tubsiz jarlikka tortib ketishi mumkin bo‘lgan bo‘shliq hissi. O‘zimga nisbatan nafrat, alamzadalik, so‘ng millionlab savollar: nega bularning bari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ydim? O‘zim aybdorman. Hech kim meni Eliasga ishonishga majburlagani yo‘q. Hech kim u bilan gaplashishga meni zo‘rlamadi. Hammasi yaxshilik bilan tugamasligi avvalboshdan ma’lum edi. Nima kutgandim o‘zi? Tentak, tentak, tentak. Shunchaki tentakman. Lek hamon og‘riq bor… Feya Moran • Muqovasi – yumshoq; • Sahifa – 320 bet @factor_books

#yangikitoooob🥰😇 *** – Qahva ichish, albatta, bir bahona xolos, aslida men siz bilan uzoq suhbatlashish, sizga barcha dardl
#yangikitoooob🥰😇 *** – Qahva ichish, albatta, bir bahona xolos, aslida men siz bilan uzoq suhbatlashish, sizga barcha dardlarimni aytishni istardim. Aslida… Juda yolg‘iz insonman, afandim. “Do‘stlaring yo‘qmi?” dersiz. Agar ularga do‘st deyish kerak bo‘lsa, bor! 📚 O‘g‘uz Atay "Maktub" hikoyasi ❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗