Mr Abrarov
Open in Telegram
• Ijtimoiy hayot • Siyosiy va tahliliy • Xorij ma'lumotlari • Bo'layotgan voqealarga izoh • Ishonchli manbalar YouTube kanal👇 https://youtube.com/c/ABRAROV
Show more3 656
Subscribers
No data24 hours
-447 days
-17930 days
Posts Archive
3 656
🇹🇷 Turkiyada ishlayotgan nafaqadagi fuqarolar soni 2 million 139 ming kishiga yetdi.
Bu ko‘rsatkich, nafaqaga chiqqan bo‘lsa ham, faol mehnat qilayotgan aholining soni ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
P.S. O‘zbek xalqining ota-onasini nafaqa yoshida ishlatmaslikka harakat qilishi — tahsinga loyiq holat.
👉 @MrAbrorov
3 656
Биласизми, бу аёл велосипедни бошида кўтариб кетганидан кўра ерга қўйиб етаклаб кетса бўлади. Бироқ фарзанди уни янги ҳолда минишини истади.
Баъзи қарзлар бўлади, ҳар қанча уринсангиз ҳам уларни узолмайсиз.
Аллоҳ таоло ота-онамизни паноҳида асрасин, умрларини узун, амалларини солиҳ қилсин, дуоларини олишни бизга насиб этсин!
Ҳафиза Эрматова©️
👉 @MrAbrorov
3 656
Qassam brigadalari vakili Abu Ubayda:
— Ey arab va islom olamining yetakchilari… Sizlar Alloh huzurida bizning dushmanimizsiz.
— Har bir yetim qolgan bolaning, och qoldirilgan har bir farzandning gunohi sizning sukutingiz zimmasidadir.
— Sizlar G‘azzaga non, suv va dori yetkazolmaydigan darajada ojizmisiz?
👉 @MrAbrorov
3 656
Муҳаммад Шакур ёзади:
Аш-Шаръага ҳозир жуда қийин: КАТТА машаққат билан эришилган ютуқни ушлаб қолиш учун кескин ҳаракат қилиши мумкин эмас:
• мамлакат яхлитлигини сақлаб қолиш керак, бу учун эса куч ишлатиши керак, аммо…
• ҳарбий устунликка эга душман билан тўқнашиб бўлмайди;
• кўпмиллатли ва кўп конфессияли халқнинг бошини бирлаштириши керак;
• провокацияларга учмаслиги керак, аммо шу билан бирга…
• фитналарни даф қилиши керак;
• сафдошларига қилаётган ишларининг маъносини тўғри тушунтириши керак.
Шу билан бирга:
дунёнинг ҳар четида яшайдиган ҳаворижларнинг “у сотилган, у фалонларнинг хизматкори, у писмадонларнинг қули” деган гапларнинг босимига чидаши керак…
Замонавий ҳаворижларга қўйса, Аш-Шаръа улар истаган ишларни қилиб “қаҳрамонлик” қилса-да, ҳаммасини барбод қилса, Сурия яна қонли полигонга айланса — шунда улар “рози” бўлади ва ўтирган жойида кузатишда давом этади.
Мен унинг ҳолатини қайсидир миқдор ва маънода Умар ва Али розияллоҳу анҳумо тушган вазиятга ўхшатаман.
👉 @MrAbrorov
3 656
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan:
💢 “Sabrimizning oxiriga yetdik. Isroil bilan gaplashadigan yagona narsa shu. Isroil tinchlikni xohlamaydi. Isroil barqarorlikni xohlamaydi.”
💢 “BMT Xavfsizlik Kengashi faqat G‘azo xalqini emas, insoniyat sha’nini ham umidsizlikka tashladi.”
💢 “Biz Suriyaning zo‘ravonlik girdobiga tortilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Xatar juda katta. Yuzaga keladigan beqarorlik nafaqat mintaqani, balki undan tashqarini ham ta’sir ostida qoldiradi.”
👉 @MrAbrorov
3 656
Эр-хотин ўртасидаги ҳақлар талаб қилиниши — муҳаббатни ўлганидан даракдир…©
Жаноб Камина©️
👉 @MrAbrorov
3 656
Tashqi ishlar vazirligi:
"Isroilning Suriyaga qilgan hujumlari Suriyaning tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlariga qarshi sabotaj urinishidir."
👉 @MrAbrorov
3 656
Kuchli Isroil havo hujumlari Damashqdagi Suriya Prezident saroyi, Suriya Bosh shtabi shtab-kvartirasi va Mudofaa vazirligini nishonga oldi.
👉 @MrAbrorov
3 656
Денгиз ва кўл орасида қандай фарқ бор?
Жавобни оддий равишда ушбу икки мисол орқали тушуниш мумкин:
🌊 Қора денгиз:
Ҳақиқий денгиз, чунки у океанлар билан боғланган (Босфор бўғози орқали, кейин Ўрта ер денгизи билан). Унда сув осту оқимлари, сувнинг кўтарилиши ва пасайиши мавжуд. Туркия, Россия, Украина каби давлатлар қирғоқларида жойлашган.
🌊 Каспий денгизи:
Номига қарамай, у ҳақиқий денгиз эмас! Балки дунёдаги энг катта ёпиқ кўлдир. У ҳеч қандай океан билан боғланмаган ва ҳар томондан қуруқлик билан ўралган (Қозоғистон, Россия, Эрон каби). Унда денгиз оқимлари ёки сувнинг кўтарилиш-пасайиши йўқ.
Хулоса:
Агар сув ҳавзаси океанлар билан боғланган бўлса ➡️ денгиз
Агар ёпиқ ва қуруқлик билан ўралган бўлса ➡️ кўл
Ҳатто у “денгиз” деб номланган бўлса ҳам, масалан Каспий денгизи каби!©️
👉 @MrAbrorov
3 656
Etihad Airways o‘zining global yo‘nalishlar tarmog‘iga yettita yangi manzil qo‘shmoqda, asosiy e’tibor esa Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasiga qaratilgan.
2026-yil mart oyidan boshlab parvozlar quyidagi yo‘nalishlarga yo‘lga qo‘yiladi: Olmaota (Almaty), Boku (Baku), Buxarest (Bucharest), Tbilisi, Toshkent (Tashkent), Yerevan va Madina.
Bu e’lon, arzon aviareyslarni amalga oshiruvchi Wizz Air kompaniyasi Abu Dabidagi faoliyatini bir qator operatsion muammolar tufayli to‘xtatishini ma’lum qilganidan bir kun o‘tib berildi.
👉 @MrAbrorov
3 656
MT4 MT5 ilovalari orqali savdo qilayotganlar diqqatiga:
Shayxlarning ba'zi fatvolari:
📘 Shayx Salih al-Fawzan:
Bunday (forex) savdolar noaniq, pul bilan pulni o‘zgartirish bo‘lib, riba (foyiz) va qimor unsurlarini o‘z ichiga oladi. Shariat bunday muomalani rad etadi.
📘 Lajna Doimiyya (Saudiya Ulamolar Hay’ati) fatvosi:
Leverage (qarz) bilan savdo qilish – harom. Bu qarz orqali foyda olinayotgan bo‘lsa, riba hisoblanadi. Valyuta yoki tillo savdosi faqat naqd-naqd bo‘lishi kerak.»
📘 Shayx Ibn Useymin rahimahulloh:
Agar siz savdo qilayotgan narsa haqiqiy bo‘lmasa, siz uni olishga qodir bo‘lmasangiz, bu tijorat emas. Bu muomala fasodga (buzuq) olib boradi.»
✅ Halol bo‘lishi uchun qanday bo‘lishi kerak?
Agar musulmon kishi shariatga muvofiq tillo savdosi qilishni xohlasa, quyidagi shartlar bo‘lishi kerak:
1. Haqiqiy tillo savdosi bo‘lishi — ya'ni, tilloni olib, real mulkka aylantirishi.
2. Naqd-naqd (Taqobuz va Taqabuz) — ya’ni, darhol to‘lov va yetkazib berish.
3. Hech qanday qarz yoki foiz bo‘lmasligi — brokerdan qarz yoki ustama olinmasligi kerak.©️
👉 @MrAbrorov
3 656
IELTS javoblarining sotilishi va tarqatilishi tufayli O‘zbekistonda qog‘oz shaklida IELTS imtihoni to‘xtatildi — endi faqat kompyuterda topshirish mumkin. Bu esa abituriyentlardan ikki baravar ko‘proq harakatni talab qiladi. Xususan, kompyuterda tez va savodli yozish ko‘nikmasi zarur bo‘ladi.
Yo‘q joydan barchaga muammo tug‘ildi — bir nechta qalloblar sababli minglab insonlar jabr ko‘rmoqda. Bu juda achinarli va sharmandali holat.
Isroil Tillaboyev ©️
P.S. Afsuski, bizda ko‘p ishlar oxir-oqibat baribir barbod bo‘ladi.
👉 @MrAbrorov
3 656
Yosh bir xitoylik Urumchining Da Vanching (Dapancheng) tumanidagi bir tepalikka chiqib, musulmonlar uchun qurilayotgan lagerning suratini oldi.
Xalqaro inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, “kasb-hunar o‘rgatuvchi markazlar” deb rasmiy nomlangan o‘nlab ommaviy kontsentratsion lagerlar 2017-yildan buyon Shinjon poytaxti Urumchi va uning atrofida faoliyat yuritmoqda.
Bu muassasalarda sudlarsiz yoki tergovlarsiz kamida 1 milliondan 1,8 milliongacha musulmon ozchilik vakillari — uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar — saqlanmoqda.
Xitoy hukumati bu markazlarning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish va kasb-hunar o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi.
Ammo mustaqil manbalar va sobiq mahbuslarning so‘zlariga ko‘ra, bu lagerlarda siyosiy zo‘ravonlik, majburiy assimilyatsiya, qiynoqlar, jinsiy zo‘ravonlik va diniy amallarni taqiqlash holatlari mavjud.
Urumchi mintaqadagi boshqaruv markazi sifatida eng kuchli himoyalangan hududlardan biri hisoblanadi.
Eng yuqori darajadagi xavfsizlikka ega lagerlar aynan shu yerda joylashgan.
Avstraliya Strategik Siyosat Instituti (ASPI) ma’lumotiga ko‘ra, faqat Shinjon viloyatining o‘zida, Urumchini ham o‘z ichiga olgan holda, shunday 380 dan ortiq muassasa aniqlangan.
Lagerlarda saqlanayotgan shaxslarning farzandlari esa davlat tomonidan boshqariladigan internat maktablariga yuboriladi va u yerda ham mafkuraviy tarbiyaga duchor bo‘lishadi.
Shahar butunlay kuzatuv tizimi bilan qoplangan — doimiy patrullar, nazorat punktlari va ommaviy videokuzatuv mavjud.
👉 @MrAbrorov
3 656
Ҳозир бир ёши улуғ ҳожи ака билан гаплашиб келдим. Гап орасида бир қўшниси ҳақида айтиб берди. Маҳаллаларидан кимнидир қамаш учун ходимлар келиб, қўшнисини гувоҳликка чақирса, кўнмабди, “қўшним ҳақида фақат яхши гувоҳлик бера оламан, туҳмат қилмайман”, дебди. Дўқ-пўписа қилишиб, “Бўлмаса, ўзинг қамаласан”, дейишса ҳам, гувоҳлик бермабди. Кейин ўша одамни 12 йилга қамаворишибди.
Ўша одам умрининг охирида “Шунча яшаб тузукроқ бир амал қилолмадим. Аммо ёмонлик ҳам қилмадим. Ҳатто қўшнимга туҳмат қилмаганим учун 12 йил ўтириб чиқдим. Мана шу ишимга Аллоҳдан гуноҳларимни кечиришини умид қиламан”, деб йиғлар экан...
Кошки бизда ҳам шунгина амал бўлса..
Абдуғафур Искандар©️
👉 @MrAbrorov
3 656
Ali roziyallohu anhu bilan Muoviya roziyallohu anhu o‘rtasidagi fitnalarni o‘qib, hozirgi kunimizdagi fitnalar hech narsa emas ekan, deb o‘yladim.
Subhanalloh, havorijlar qilgan fitnalarni o'qib, bu la’natlilar ilgari ham, hozir ham ayni maraz ekaniga amin bo‘ldim.
👉 @MrAbrorov
