en
Feedback
Kasbi tumani 24-maktab |Rasmiy kanal

Kasbi tumani 24-maktab |Rasmiy kanal

Open in Telegram

Ushbu kanal maktabimiz o'qituvchilari, o'quvchilari, ota-onalar va ta'lim tizimiga befarq bo'lmagan keng jamoatchilik uchun

Show more
400
Subscribers
No data24 hours
+87 days
+1130 days
Posts Archive
Telefon yaratildi — insonning vaqtini tejash uchun… Hujjatlar elektronlashtirildi — vaqtni tejash uchun… Online shopping — do‘konma-do‘kon yurmay vaqtni tejash uchun… Yetkazib berish xizmatlari —vaqtni tejash uchunnn… Lekin savol: Shu tejagan vaqtimizni nimaga sarflayapmiz? Kommentariyada yozib qoldiring🥹 @kasbi24maktab

❗️Oshirilgan maoshlar bo‘yicha maktab xodimlari qancha maosh olishadi? Maktab direktori 🟠 400 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m 🟠 401–880 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m 🟠 881–1600 o‘quvchigacha — 6 259 169 so‘m 🟠 1600 dan ortiq — 6 621 088 so‘mDirektoro‘rinbosarlari (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘) 🟠 400 o‘quvchigacha — 5 163 119 so‘m 🟠 401–880 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m 🟠 881–1600 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m 🟠 1600 dan ortiq — 6 259 169 so‘mDirektorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 🟠 400 o‘quvchigacha — 2 094 908 so‘m 🟠 401–880 o‘quvchigacha — 2 389 633 so‘m 🟠 881–1600 o‘quvchigacha — 2 484 676 so‘m 🟠 1600 dan ortiq — 2 691 147 so‘mPsixologlar 🟠 Oliy ma’lumotli — 3 591 900 so‘m 🟠 Ikkinchi toifali — 3 846 491 so‘m 🟠 Birinchi toifali — 4 107 571 so‘m 🟠 Oliy toifali — 4 357 584 so‘mO‘qituvchilar 🟠 O‘rta maxsus ma’lumotli — 3 711 386 so‘m 🟠 Oliy ma’lumotli — 3 990 999 so‘m 🟠 Ikkinchi toifali — 4 468 142 so‘m 🟠 Birinchi toifali — 4 978 872 so‘m 🟠 Oliy toifali — 5 501 997 so‘mKadrlar bo‘yicha menejer 🟠1 881 458 so‘mKutubxona mudiri 🟠 O‘rta maxsus ma’lumotli — 2 513908 so‘m 🟠 Oliy ma’lumotli — 2 742 883 Taʼlimga oid barcha hujjatlar shu kanalda 👇👇👇 👉 @kasbi24maktab

📚 “Ustozdan ibrat” — avlodlarga ibratli suhbat 🇺🇿 “Yagona vatan — yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” sh
+6
📚 “Ustozdan ibrat” — avlodlarga ibratli suhbat 🇺🇿 “Yagona vatan — yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida maktabimizda “Ustozdan ibrat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida maktabimizda ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat faoliyatini olib borgan, o‘zining boy tajribasi va ibratli hayot yo‘li bilan ustoz-shogird an’analariga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozimiz Abdurasul Xushvaqtov bilan samimiy suhbat tashkil etildi. 💐 Suhbat davomida ustozlik kasbining sharafi, ta’lim-tarbiyada fidoyilik, yosh avlodga bilim va tarbiya berishning mas’uliyati hamda hayotiy tajribalar haqida qimmatli fikrlar bildirildi. Ustozning ibratli hayoti — kelajak avlod uchun bebaho maktabdir! Kasbi tumani 24-maktab maslahatchisi

⚡️OʻQITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA. MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻiga asosan: 🔹pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish; 🔹dars mashgʻulotlarini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish; 🔹taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish; 🔹oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish; 🔹oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash; 🔹oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish; 🔹umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish; 🔹oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish; 🔹pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish; 🔹oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan maktablarda anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi); 🔹oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish; 🔹oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash; 🔹oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish; 🔹oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash; 🔹taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish; 🔹oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish; 🔹taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 🔹taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 🔹taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; 🔹foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 🔹bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, zoʻravonlikka uchragan bolalar toʻgʻrisida ish beruvchisi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish; 🔹qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin 💰Oylik bot @kasbi24maktab

photo content
+9

🇺🇿 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILIGA YANGI QADAMLAR! 🔔📚 Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi
🇺🇿 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILIGA YANGI QADAMLAR! 🔔📚 Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni ko‘tarinki kayfiyatda, tantanali ruhda va ezgu niyatlar bilan boshlandi. 🔔 “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida maktabimiz o‘quvchilari yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi marralar sari qadam qo‘ydilar. 🌟 Ayniqsa, maktabimiz ostonasidan ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilarimiz uchun bugungi kun hayajonli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Aziz bolajonlar, bilimlar olamidagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin! ✨ Bilimlar kuni muborak bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barchamizga omad, zafar va yuksak natijalar olib kelsin! @kasbi24maktab

Qadrli o‘quvchilar! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Muhtaram ota-onalar! Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yi
Qadrli o‘quvchilar! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Muhtaram ota-onalar! Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman. Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi. Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari va ustoz-murabbiylarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi “Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan t
Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari va ustoz-murabbiylarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi
“Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman”, — deyiladi davlatimiz rahbari tabrigida.
👉 @xushnudbek 👈

⚡️RASMAN ERTADAN, RESPUBLIKAMIZNING BARCHA MAKTABLARIDA YANGI 2026-2027 O‘QUV YILI BOSHLANADI Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (chorshanba kuni) boshlanadi. 📊 Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi. ©Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @kasbi24maktab

🇺🇿 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasining 35 yillik Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! O‘zbekistonda
🇺🇿 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasining 35 yillik Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! O‘zbekistonda bir yarim yil yashagan inson sifatida bu go‘zal mamlakat va uning mehribon insonlari haqida juda iliq xotiralarim bor. Men O‘zbekistonda o‘tkazgan vaqtimni chin dildan sevganman va O‘zbekiston doimo qalbimda alohida o‘rin tutadi. Barchangizga tinchlik, baxt-saodat, farovonlik va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿❤️ @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025

❗️Davlat oliygohlari orasidagi “perevod” bo’yicha natijalar eʼlon qilindi #perevod 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi. ✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim. 👉 @xushnudbek 👈

❓Мактабларда педагог ва ходимларга қўйиладиган талабларни биласизми? Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2026 йил 18 янва
Мактабларда педагог ва ходимларга қўйиладиган талабларни биласизми? Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2026 йил 18 январдаги 18-сон буйруғига 4-илова билан “Умумий ўрта таълим муассасасининг намунавий одоб-ахлоқ қоидалари” тасдиқланган.Унга кўра педагог ва ходимларга қуйидаги талаблар қўйилган: ➡️ болаларга нисбатан зўравонликнинг ҳар қандай шаклларидан ҳимоя қилиши ва ташкилотда бундай ҳолатларга бевосита ёки билвосита гувоҳ бўлган тақдирда иш берувчиси, “Инсон” ижтимоий маркази ёки ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларига хабар бериш; ➡️ ўқувчиларга нисбатан жисмоний куч ишлатиш ёки руҳий тазйиқ ўтказиш ҳолатларига йўл қўймаслик; ➡️ ўқувчиларнинг шахсига доир маълумотларни синфдошлар олдида муҳокама қилмаслик; ➡️ ўқувчини оммавий изза қилмаслик; ➡️ ўқувчилар чет элга чиқиб кетган тақдирда, бу ҳақида ўз вақтида муассаса раҳбариятини хабардор қилиш; ➡️ ўқувчининг ота-онаси ёки уларнинг қонуний вакиллари билан шахсий адоватга бормаслик; ➡️ таълим муассасаси тўғрисидаги ахборотлардан унинг манфаатлари ва обрўсига зиён етказиш учун ёки ўз манфаатлари йўлида фойдаланмаслик; ➡️ ўқувчиларга ибрат бўлиб, шахсий намуна кўрсатиш, улар билан дўстона муносабатда бўлиш; ➡️ таълим муассасаси манфаатларига зид бўлган хатти-ҳаракатлардан тийилиш ва бундай ҳолатларни олдини олиш; ➡️ бирор-бир нохуш воқеа ёки ҳодиса рўй берса, зудлик билан таълим муассасаси раҳбариятини хабардор қилиш; ➡️ ёшлар орасида соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб қилиш, уларни зарарли одатлардан ва бошқа турли ҳалокатли таҳдидлар ҳамда жамиятимиз учун ёт бўлган диний экстремистик таъсирлардан, паст савияли “оммавий маданият” хуружларидан огоҳ этиб бориш; ➡️ мазкур қоидаларни ҳар ҳафта душанба ўтказиладиган “Келажак соатлари”да ўқувчиларга кенг тушунтириб бориш. 👉 @yangi_oylikbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Ўқитувчи | Мактаб таълими каналига обуна бўлинг 👇👇👇 https://t.me/+fIFNV3-cyDcyYjEy https://t.me/+fIFNV3-cyDcyYjEy

"Jarayon" Kasbi tumanidagi 32-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan "Xayr bog‘cha, salom maktab" tadbiri haqida so‘z boradi 😊👍#25avgust |📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK |✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE |✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM |📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡️Maktablarda 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi 📌Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (chorshanba kuni) boshlanadi. ✅Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi. 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. @kasbi24maktab

⚡️Prezident maktablarining asosiy imtihon natijalari e’lon qilindi 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalarini quyidagi havolalar orqali aniqlash mumkin: ✅ Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi portali: https://ariza.piima.uz/ 👉 @xushnudbek 👈

#Sõragan_edingiz O'quvchilar uchun maktab formasi majburiymi? Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. O‘qituvchi va ota-onalar esa maktab formasi borasida haligacha bir to‘xtamga kelolgani yo‘q. Ayrimlar maktab formasi majburiy desa, boshqalar o‘quvchilar istalgan kiyimda maktabga kelishi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zi joylarda esa forma uchun pul yig‘ish ham boshlangani aytilmoqda. Xo‘sh, aslida maktab formasi borasida qonunchilikda nimalar deyilgan? Batafsil video orqali bilib oling. Mavzu yuzasidan qo‘shimcha savollaringizni izohlarda yozib qoldiring. 📝 Izoh yozish
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube

#Ustozlar_forumi 💎 Ayni paytda Shahrisabz shahrida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori”
+9
#Ustozlar_forumi 💎 Ayni paytda Shahrisabz shahrida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida **V “Ustozlar milliy forumi”**ning viloyat bosqichi ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. 📍 Forum Shahrisabz pedagogika institutida bo‘lib o‘tmoqda. 🌐 Forum doirasida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilinmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram

⚡️SENTABRDANSINF RAHBARLIGI UCHUNQUYIDAGICHA HAQ TO‘LANADI. O'quvchilar sonidan kelib chiqib: 1-15 nafargacha = 359 032  so‘m 16-20 nafargacha = 429 751 so‘m 21-25 nafargacha = 501 829 so‘m 26-30 nafargacha =  572 547 so‘m 31 nafar va undan ko‘p =  718 064 so‘m Sentabrdan yangi dars taqsimoti va 7% oshgan holda oyliklarni hisoblash uchun ushbu botdan foyidalaning👉💰Moliyachi bot @kasbi24maktab

Kasbi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bugun 15.08.2026-yil kuni "Dol
+7
Kasbi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bugun 15.08.2026-yil kuni "Dolzarb 40 kunlik obodonlashtirish ishlari oʻqituvchilar va texnik xodimlar tashabbusi bilan tashkil etildi.