cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kitobxon Ayollar Klubi

O'zbek tilidagi asarlarni birga o'qiymiz, muhokama qilamiz va do'stlashamiz Клуб Читающих Мам @klubchitayushihmam Admin @Saida_Rash

Show more
Uzbekistan52 180The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
208
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Qur'on nozil bo'lgan oyni kecha kuzatdik. Bugun Hayit tarovati qalbimizda jo. Inshaalloh, oz bo'lsa ham, to'g'ri yo'l tutdik. Qabul bo'lsin ezgu amal, ro'za, iltijo. Yaxshilikka bir ergashib, gumroh bo'lmaylik. Sabr saboqlari unut bo'lmasin aslo. Oqibatli, kechirimli doim bo'laylik. Bizdan doim rozi bo'lsin Alloh Taolo. Komil Tillyabayev qalamiga mansub Kitobxon Ayollar Klubi kirib kelgan Hayit ayyomi bilan barcha kitobxonlarni, ularning oila aʼzolarini qutlab qoladi! Sizga sogʻlik-salomatlik, yurtimizga tinchlik tilab qolamiz! @kitobxonayollarklubi
Show all...
#TaqrizDanielKeyes " Deniel Kiz Eljernonga atalgan gullar". ( Asardan parcha ) Charli Gordon o'zining aqilli emasligini biladi.Yoshi 32 da novoyxonada pol artuvchi bo'lib ishlaydi va arzimagan pul topadi.Xaftada 3 marta oqshom payti aqliy rivojlanishdan ortda qolgan kattalar uchun ochilgan markazda dars oladi. Kitobdan olgan tassurotlarim. Charli aqilli bo'lishni xoxlaydi.Doktorlar uni operatsiya qilishadi Charli aqilli daxo bo'lishni boshlaydi, oldin tushunmagan voqealarni xotirlab do'stlari uni ustidan kulishgani , mazax qilishganini insonlardagi ikkiyuzlamachilik, soxtalik , kamsitish oilasi undan yuz o'girganini barini xotirlaydi.Qalbi og'riydi Nimaga ? Nima uchun ? men ularga yomonlik qilmagandim deb O'ylaydi. Charlini doktorlar ommaga professirlar olimlar tadqiqotchilarga namoyish qilishadi.Charlida tajriba o'tkazishgani u aqilli daxo bo'lishni boshlaganini u egallagan bilimlarni yozgan xisobotlarni taqdim etishadi.Lekin oldin Charli inson bo'lmaganday huddi hech kim emasdi biz uni inson qildik deyishadi ( qiziq oldin ham charli inson edi do'stlari ishi bor edi ). Doktor aytgan so'zlardan Charli shunday o'ylaydi. ( Qiziq yuksak ma'naviy ma'rifiy mezonlarga amal qiluvchi , o'ta ta'sirchan qo'l oyoqsiz dunyoga kelgan nogironlarni xech qachon kamsitmaydigan odamlar aqli zaif tug'ulganlarni xech o'ylamay xijolat chekmay kamsitaveradilar ). Charli Gordon aqilli bo'ldi ko'p narsalarni o'rgandi lekin do'stlari atrofdagi insonlar o'zlarini undan olib qochishdi,Vaqt o'tgan sari ba'ri o'z holiga qaytadi.oldingidek hech narsani eslolmaydi huddi o'chirgich misoli barchasi unitila boshlaydi. Men bu asarni sevib qiziqish bilan mutola qildim.Asar insonni chuqur o'ylashga qahramonni kechinmalarini his qilishga insonlardagi soxtalik mehrsizlik tuyg'ularini o'zini aqilli deb xisoblaydigan doktorlarni ham qanchalik shavqatsizligi barini ko'rsatadi.To'g'ri Charli balkim aqilli emasdir lekin unda hozirgi kunda yo'qolib borayotgan qalb mehr samimiylik insoniylik kabi fazilatlar bor edi.Ko'p gapirmoqchi emasman asar bir o'qishingizni tafsiya qilaman. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2 bosqich talabasi. Asqarova Rahbaroy Xoshimjon qizi.
Show all...
Xotira va qadrlash kuni hammamizga muborak boʻlsin! Dunyoda va yurtimizda doimo tinchlik hukm sursin! Rus shoiri Konstantin Simonov tomonidan 1941-yilda yozilgan mashhur "Жди меня" she'rining Komil Tillyabayev tomonidan tayyorlangan tarjimasini eʼtiboringizga havola qilamiz. Kut meni, men qaytaman. Kut intiq bo'lib. Kut yomg'ir yoqqanda ham, Qayg'uga solib. Kut yerni qor qoplasa, Kun issiganda, Boshqalar kutilmasa, Unutilganda. Kut olis makonlardan Maktublar olmay. Kut, hamma kutganlardan Ko'p kutgin tinmay. Kut meni, men qaytaman. Desalar: "Kutma. Bas, unut."- Taollodan Baxtin so'rama. Ishonsin yo'qligimga Onajon, o'g'lim. Eslagani uyimga Kelsin do'stlarim. O'tirib duo qilsin Va aytsin omin. Sen aytma, oshiqmagin. Qaytaman, kutgin. Kut meni, men qaytaman O'limni yengib. Va aytsin kim kutmagan: "Omadli yigit." Payqamas u nimaga O'lmadi yoring. Najotkor bo'ldi menga Sening kutganing. O'lmaganim sirini Bilishsin qandoq? Axir sen kutding meni Hammadan ko'proq.
Show all...
Hammaga salom! Bugun Mark Reese janoblarini AQShga kuzatdik. Ular ikki xafta davomida Oʻzbekistonda mehmon boʻldilar. Jadvallari tigʻiz boʻlgani sabab sizlar uchun bir uchrashuv ham tashkil qila ololmadik. Lekin, shu yil yana Oʻzbekistonga qaytadilar degan umiddamiz. Bizning fondimizda "Oʻtkan kunlar"ning ingliz tilidagi tarjimasi paydo boʻldi. Mark akaning rejalari juda katta. Agar hammasi roʻyobga oshsa bunday kitoblar Xudo xohlasa yaqinda Oʻzbek xalqining har bir xonadonida boʻladi, degan umid qilib qolamiz. Xayitdan keyin esa sizlar bilan oʻqiyotgan kitoblarimizni muhokama qilish uchun yigʻilamiz! Hammaga xayrli kech! Ramazonda qilinayotgan pok niyatlaringiz, duolaringiz qabul boʻlsin!
Show all...
#TaqrizDanielKeyes Jarli Gordon. "Ular mening ustimdan kalaka qila olganlarida hammayoq go'zal edi...". "Nega hamma mening odamga aylanganimni ta'kidlayabdi? Men har doim odam edim. Hattoki jarroh pichog'i ostiga yotishdan oldin ham! Men odamman". Eh Jarli, qaniydi aqlli bo'lib qolishni bunchalar xohlamaganingda... Bilmasding, do'stlaring aslida senga do'st emasligini, ustingdan kulishlarini, sendan kayfiyatlarini ko'tarish uchun masxarabozday foydalanishlarini. Bilmasding, seni yomg'ir yog'ayabdimi bilib kel deb jo'natishib, aslida uyga qaytishing yo'lini bilmasangda kafeda tashlab ketishganlarini. Bilmasding, novvoyxonadagi sen do'st deb bilgan Jimpi har kun mijozlar bilan kelishib o'g'irlik qilishini va bu dunyoda Jimpiga o'xshaganlar ko'pligini. Bilmasding, qayerdadir qachonlardir sendan voz kechgan otang, onang, singling, sening oilang borligini. Ha bilmasding... Hayot go'zal, odamlarning hammasi yaxshi va atrofingda do'stlaring ko'p edi. Yashash oson edi, aqling zaifligida! Asar Aqli zaif Charli Gordon tomonidan kundalik sahifalar ko'rinishida yozilgan. Olimlar avval Eljernon laqabli sichqon ustida tajriba o'tqazishadi. Tajriba miya to'qimalarini tiklab, "aqlli qilib qo'yishi" kerak edi. Tajriba ish bergach Charlining xohishi bilan unda ham o'tkaziladi. Chunki u o'ta aqlli aqli zaiflardan edi. Boshqalardan qobiliyatliroq edi. Alloh o'zi xohlagan bandasiga aql - idrok beradi, xohlagan kishisini chiroy bilan, biror qobiliyat bilan siylaydi.Va xuddi shunday Alloh o'zi xohlagan bandasini nuqsonli qilib yaratadi. Alloh xohladimi, demak, hikmat bor. Charli, aqling zaif bo'lsada sendagi qalb, sendagi odamlarga bo'lgan mehr - muhabbat bizda, o'zimizni aqlli sanovchi kishilarda yo'q. Sen aqling zaifligicha yaxshi insonsan!
Show all...
Даниэл Кизнинг " Элжернонга аталган гуллар" асарини ўқидингизми?Anonymous voting
  • Ўқиб тугатдим
  • Ҳали ярмидаман
  • Йўқ, бошламадим
0 votes
Oʼtgan yili karantin paytida Muhammad Yusufning ijodiga bag'ishlangan online uchrashuvimizdan lavhalar... @kitobxonayollarklubi
Show all...
#ТАВАЛЛУД Муҳаммад Юсуф 1954 йил 26 апрелда Aндижон вилоятининг Марҳамат туманидаги Қовунчи қишлоғида деҳқон оиласида туғилган. Ўрта мактабни тугатгач, Республика Рус тили ва адабиёти институтида ўқиб, уни 1978 йилда битирди. Шоир 1978-1980 йилларда Китобсеварлар республика жамиятида, 1980-1986 йилларда «Тошкент оқшоми» газетасида, 1986-1992 йилларда Ғ. Ғулом номидаги Aдабиёт ва санъат нашриётида, 1992-1995 йилларда «Ўзбекистон овози» газетасида, Ўзбекистон Aхборот агентлигида ишлади, 1995-1996 йилларда Давлат ва жамият қурилиш академиясида ўқиди. 1997 йилдан бошлаб Ўзбекистон Ёзувчилар Уюшмаси раиси ўринбосари лавошмида ишлади. М. Юсуф Ўзбекистондаги энг ёш халқ шоири (1998) ҳисобланади. Унинг дастлабки шеърлари «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» рўзномасида 1976 йилда чоп этилган эди. Бевақт ўлим шоирни орамиздан олиб кетди. Китоблари ва шеърлари: «Таниш тераклар» (1985, биринчи тўплами), «Булбулга бир гапим бор» (1987), «Илтижо» (1988), «Уйқудаги қиз» (1989), «Ҳалима энам аллалари» (1989), «Ишқ кемаси» (1990), «Кўнглимда бир ёр» (1990), «Бевафо кўп экан» (1991), «Эрка кийик» (1992), «Осмонимга олиб кетаман», «Кумуш», «Кокилингни ким кесди», «Aлдов», «Туркман қиз», «Юр, Муҳаммад, кетдик бу ердан», «Ёлғончи ёр», «Қора қуёш» (достон) ва бошқ. Муҳаммад Юсуф «Мен ўз билганимдан қолмадим» шеърида шеър ва шоирликни шундай англайди. Қувроқ бўл дейишди. Ёлғон ҳам керак, Жиндак хушомад ҳам, қулоқ солмадим. Оқни оппоқ кўрдим, қорани - қора Мен ўз билганимдан қолмадим. Ҳозирги давр ўзбек миллийъ адабиётининг кўзга кўринган истеъдодли шоирларидан бири Муҳаммад Юсуфдир. У 1954 йил 26 апрелда Aндижон вилоятининг Марҳамат тумани, Қовунчи қишлоғида оддий оилада таваллуд топди. Ўрта мактабни тугатгандан сўнг республика Рус тили ва адабиёти институтини (1978) тамомлади. 1978—1980 йилларда республика Китобсеварлар жамиятида, 1980—1986 йилларда «Тошкент оқшоми» рўзномасида, 1986—1992 йилларда эса Ғафур Ғулом номидаги Aдабиёт ва санъат нашриётида, ҳозир эса «Ўзбекистон овози» рўзномасида фаолият кўрсатмоқда. У ўнга яқин шеърий тўпламларнинг, ўнлаб қўшиқларнинг муаллифи сифатида кенг китобхонлар қалб кириб улгурган. Унинг дастлабки шеърлари биринчи бор «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» рўзномасида 1976 йилда чоп этилган. Шундан сўнг «Таниш тераклар” (1985), «Булбулга бир гапим бор» (1987), «Илтижо” (1988), «Уйқудаги қиз» (1989) «Ҳалима энам аллалари” (1989), «Ишқ кемаси» (1990), «Кўнглимда бир ёр” (1990), «Бевафо кўп экан» (1991), «Эрка кийик» (1992) каби жозибали шеърий тўпламлари нашр этилди. 1989 йилда эса «Уйқудаги қиз» номли шеърий тўплами учун унга республика Ёшлар мукофоти берилди. У ростгўй шоир, ҳалол ва покиза қалб эгаси. Шунинг учун ҳам унинг шеърияти бутун маънавиятга тўла, муҳаббат ҳақида куйлайдими, бевафо ёр ҳақида қўшиқ тўқийдими ёки тарихимиз, тақдиримиз ҳақида куйлайдими ҳамиша ҳаётга, ҳақиқатга ҳамнафаслик сезилиб туради. Унинг шеърлари оддий, равон, соддалиги билан халқ оғзаки ижодига ҳамоҳанг кўринади. Шоирниг «Меҳр қолур» шеърини эсланг-а: Ўтар инсон яхши-ёмони, Меҳр қолур, муҳаббат қолур. Шоир шеърияти ҳам шундай. Меҳрингизда, қалбингизда қўшиқ бўлиб қолади. https://t.me/Adabiyot_olami
Show all...
Адабиёт олами

"Кулишга ҳаққингиз бор, чунки ўч оласиз, лекин сиз ифлослик натижасида куласиз, мен тўғрилик самарасини ўраман. Сиз ифлос виждон билан ғолибсиз, мен соф виждон билан мағлубман." ©Абдулла Қодирий. “Меҳробдан чаён”

Instagramda-chi kim bor? 😍 Bizning sahifamizga xush kelibsiz! https://www.instagram.com/p/CN-G-sUJ3XZ/?igshid=1c7hgsvuz6vcc
Show all...

Sergelida kim bor?
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.