cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Salom Yaponiya !!!

Kanalda Yaponiya haqida bilgan ma’lumotlarim, taassurotlarim va sarguzashtlarimni bo’lishib boraman. -Muhammad Amirzoda Youtube: https://youtu.be/yhX3GQzbji4 Instagram: https://instagram.com/salom_yaponiya?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Show more
Tajikistan5 670The language is not specifiedEducation71 911
Advertising posts
286
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kuni kecha O'zbekiston elchixonasida "Uzbek Academic Club"ning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda, kaminaga tatqiqot rejamni prezentatsiya qilish imkoniyati nasib etdi. Yig'ilishdan so'ng, club asoschilaridan biri, Nagoya Iqtisodiyot Universiteti professori Alisher Umirdinovning Facebookda sahifasida qoldirgan postlari ilimiy izlanishimdagi ishtiyoqimni yanada oshirdi,
Show all...
Repost from UYAJ Channel
Photo unavailableShow in Telegram
Sizlarni Uzbek Academic Club ning 2-soniga taklif qilamiz! Ikkinchi sonimizda siz bir emas to’rtta taqdimotchilarimizdan posterda ko’rsatilgan mavzulardagi maruzalarni tinglashingiz munkin. Siz nafaqat o’zingizni qiziqtirgan mavzularda yangi bilim va malumotlarga, balki o’z sohasida yutiqlarga erishgan hamyurtlarimiz bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Sana: 21-May, Yakshanba. 9:00~12:00 Manzil: O’zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi Ro’yhatdan o’tish uchun: https://forms.gle/wtCgaCEoJAr7EYGp9 Shoshiling, joylar soni cheklangan. Sizni kutib qilamiz. Hurmat bilan, UYAJ jamoasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
​​Kuni kecha Line platformasidan qachonlardir ro'yxatdan o'tib qo'yganim ish beruvchidan rasmdagi xabar keldi. E'tiborimni tortgani, undagi yigitlar yoki ularning qilgan ishi emas, yaponlarning hafsala bilan O'zbek tiliga tarjima qillib jo'natgan jumlasining so'ngi gaplari bo'ldi. MIlatni aralashtirgani uchun, jahl-hissiyot bilan javob yozib yubordim. Diskleymer: ushbu blogdagi o'y va mulohazalar o'zimning subyettiv fikrlarim bo'lib to'g'ri ekanligiga da'vo qilmayman. Endi esa, e'tiboringizni so'ngi paytlarda Yaponiyaga bog'liq turli guruhlarda O'zbeklarning shu mamlakatda qilayotgan nojo'ya ishlari, qonun buzishlari haqida gapirib, millatimizni Yaponiyada obro'si tushib borayotgani, bizlardek qonunlarni buzayotgan millat yo'qligini bot-bot ta'kidlab, hatto ayrim holatlarda, O'zbekligidan uyalib ketganini aytib chiquvchilar ko'payib qolganiga qaratmoqchiman. Ba'zan shoshma-shosharlik bilan, faqat bir tomonning gapini eshitib, xulosa qilib qo'yuvchilar ham yo'q emas. Xo'sh, rostdan ham kun chiqar yurtda bor-yo'g'i 3-4 ming nafar chiqadigan biznikilar shunchalik yomonmi? Aslini olganda, millatidan qat'iy nazar pulga muxtoj odamdan har qanday narsani kutish mumkin. Dosteyevskiyning tili bilan aytganda, "Kambag'aldan qo'rqish kerak emas, lekin qashshoqdan qo'rqish kerak.Kambag'al o'zligini saqlab qolishi mumkin, qashshoqni esa yo'qatadigan narsasi bo'lmaydi. Bundaylardan eng qabih jinoyatlarni kutish mumkin." Ko'pchiligimiz Xitoy millatiga mansub shaxslarning ko'z ko'rib, quloq eshitmagan jinoyatlarini eshitgan bo'lsak kerak. O'zim Eronda 1979-yilgi inqilobdan keyin Yaponiyaga qochoq bo'lib kelgan fors diasporasining qilgan ishlarini eshitib yoqamni ushlaganman. Guruh bo'lib harakat qiluvchi Janubi-Sharqiy Osiyoliklarning jinoiy to'dalari bilan bizning yo'ldan adashgan sodda hamyurtlarimizni solishtirib bo'larmikan. Yaponlarning o'zida ham firibgarlikning turli-tuman ko'rinishlarini sanab tugatolmaydi kishi, "yakuza" deya atalmish mafiyaning uyasini gapirmasa ham bo'ladi. Balki Yaponiyada shuning uchun ham o'lim jazosi haligacha mavjuddir. Yo'q, yo'q... meni noto'g'ri tushunmang! O'zimizning kamchiliklarni gaprimaylik demoqchi emasman. Faqatgina millat sifatida self-respect, ya'ni o'zimizni hurmat qilishni ham bilaylik. Barcha millatlarda uchraydigan razolatlarni sanab, o'zimizni yerga urishimiz shart emas. Axir Yaponiyaning eng nufuzli universitetlarini bitirib, top kompaniyalarda ishlaydigan yoki shirkatlarga asos solgan hamyurtlarimiz kam emas. Yaponiyaning yetakchi universitetlarida ma'ruza o'qib, shu yerning o'zida o'z tilida kitob chiqarayotgan yana qaysi millat vakillari bor ekan. Nazarimda, masala o'rischa qilib aytganda "krug" yoki Networkingga bog'liq, har kim atrofidagi insonlarga, ularning holatiga qarab mulohaza qiladi. Xullas, O'zbekligizdan uyalsangiz hech kim buni peshonangizga tamg'a qilib bosib qo'ymagan. O'zizni boshqa millat vakili qilib ko'rsatsangiz ham bo'laveradi, bu sinalga usul!
Show all...

Yapon texnologiyasi haqiqatdan ham dunyoda ilg'ormi? High-tech, umuman texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlar haqida o'ylaganingizda, kishining hayoliga Yaponiya birinchilardan bo'lib keladi albatta. Videoo‘yinlar, tezyurar poyezdlar, robotlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt texnologiyalari yaponiyaliklarning kundalik hayotidagi oddiy holdek tuyuladi go'yo, lekin aslida yapon texnologiyasi rostdan ham shu qadar rivojlanganmi? Qisqa qilib aytganda, Yaponiya yuqorida aytilganlarning barchasiga to'g'ri keladi, lekin ayni paytda unday emas. Mamlakat hali ham anime va mangalarda tez-tez eslandigan Sharqiy Osiyo futuristik dunyoga yoki siz o'ylashingiz mumkin bo'lgan utopistik texnologik rivojlangan davlat bo'lishaga hali ancha qovun pishig'i bor. maqola uzun bo'lagini uchun uni quyidagi linkka joyladim https://telegra.ph/Yapon-texnologiyasi-haqiqatdan-ham-dunyoda-ilgormi-04-16
Show all...
Yapon texnologiyasi haqiqatdan ham dunyoda ilg'ormi?

High-tech, umuman texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlar haqida o'ylaganingizda, kishining hayoliga Yaponiya birinchilardan bo'lib keladi albatta. Videoo‘yinlar, tezyurar poyezdlar, robotlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt texnologiyalari yaponiyaliklarning kundalik hayotidagi oddiy holdek tuyuladi go'yo, lekin aslida yapon texnologiyasi rostdan ham shu qadar rivojlanganmi? Qisqa qilib aytganda, Yaponiya yuqorida aytilganlarning barchasiga to'g'ri keladi, lekin ayni paytda unday emas. Mamlakat hali…

Show all...
Yapon texnologiyasi haqiqatdan ham dunyoda ilg'ormi?

High-tech, umuman texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlar haqida o'ylaganingizda, kishining hayoliga Yaponiya birinchilardan bo'lib keladi albatta. Videoo‘yinlar, tezyurar poyezdlar, robotlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt texnologiyalari yaponiyaliklarning kundalik hayotidagi oddiy holdek tuyuladi go'yo, lekin aslida yapon texnologiyasi rostdan ham shu qadar rivojlanganmi? Qisqa qilib aytganda, Yaponiya yuqorida aytilganlarning barchasiga to'g'ri keladi, lekin ayni paytda unday emas. Mamlakat hali…

​​Yaponiya sobiq bosh vaziri Shinzo Abe qasddan otib o'ldirilganiga hali bir yil to'lmasdan, kuni kecha amaldagi bosh vazir Kumio Kishidaga suiqqasd uyushtirildi. Bosh vazir voqea joyidan xavfsizlikka ko'chirilgan, 21 yoshlik shaxs gumondor sifatida qo'lga olingan. Videolavhada qo';bola bomba portalaganini hamda odamlar tashqariga qochayotganini ko'rish mumkin.
Show all...

Ammo shuni ham aytish mumkinki, noroziliklarning yo'qligi - bu madaniyat muammosi qiyofasi ostida hokimiyat tomonidan davom ettiriladigan chuqur tizimli masala. Shuningdek, yirik bizneslar o‘tgan asrda kasaba uyushmalarini tarqatib yuborish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotgani va yoshlar mehnat bozorida duch keladigan haddan tashqari bosim tufayli norozilik namoyishlarining ko‘p yo‘llari shunchaki yo`q qilib yuborildi, ba’zilari esa qulaylik va maxfiylik uchun internetga o‘tishdi. Yaponiya jamiyati ham nihoyatda bir xil va qo'pol qilib aytganda bolalarni yoshligidan bir podada qo'y bo'lishga urgatishadi, shuning uchun ular voyaga yetganlarida oqimga qarshi borishga va odamlarni tanqid qilishga ikkilanishlari mumkin, bu esa yanada bostirilishga va yoshlar o'rtasidagi masofani kengaytirishga olib keladi. Bundan tashqari, o'tmishdagi ba'zi noroziliklar haddan tashqari zo'ravonlikni o'z ichiga olgan, buning natijasida norozilik salbiy ma'noga ega bo'lishi ham mumkin. Yaponiya rasmiylari ham o'zgacha fikr bildiruvchilarni zo'ravonlik bilan bostirishning uzoq tarixiga ega. Bu esa odamlarning yanada tiyilishga olib keladi. TANGANING IKKINCHI TOMONI Ushbu tanqidlarga qaramay, "shikata ga nai" ning ijobiy tomonlarini ham tan olish kerak. Mavjud voqelikni qabul qilish jamiyatni yanada tinch va uyg'unlikda ushlab turadi, chunki odamlar buzg'unchi va bo'luvchi harakatlar bilan shug'ullanish ehtimoli kamayadi. Shuningdek, u stress va tashvishlarni kamaytirish orqali odamlarga ruhiy va hissiy farovonlikni saqlashga yordam beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu ibora har doim ham bostirish vositasi sifatida emas, balki chidamlilik vositasi sifatida ishlatiladi. Tabiiy ofatlar, iqtisodiy tanazzullar va boshqa inqirozlar oldida "shikata ga nai" odamlarni qayta qurish va tiklash uchun birlashganda qayishqoqlik va ilhom berishi mumkin. Muqarrarlikni qabul qilish va o'zgartirib bo'lmaydigan narsalar haqida o'ylamaslik orqali odamlar o'z nazorati ostida bo'lmagan narsalar haqida kamroq tashvishlanishlari va ijobiy nuqtai nazarni saqlab qolishlari mumkin. "Shikata ga nai" iborasi ikki qirrali qilich bo'lib, Yaponiya jamiyatiga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sirini to'liq tushunish uchun shuni ta'kidlash kerakki, "shikata ga nai" monolit tushuncha emas va uning ta'siri kontekst va individual nuqtai nazarga qarab farq qilishi mumkin. U ba'zi vaziyatlarda ijtimoiy chidamlilik va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynashi mumkin bo'lsa-da, u ijtimoiy tengsizlikni davom ettirishi va boshqalarida taraqqiyotni oraqaga tortishi mumkin. Muhammad AMIRZODA
Show all...
#maqola MASHXUR "SHIKATA GA NAI" IBORASINING YAPON MENTALITETIGA TA'SITRI "Shikata ga nai" - bu yapon tilidagi ibora bo'lib, "baribir qo`limdan hech narsa kelmaydi" yoki "muqarrar" degan ma'nolarni anglatadi. Odamlar bilan kundalik suhbatda bu jumlani eshitish mumkin. Yaponiyada bu ibora ko'pincha harakat qilishdan to'xtash yoki ta'slim bo`lib, status kvoni qabul qilish uchun ishlatiladigan madaniy hodisaga ishlatiladi. "Shikata ga nai" ijtimoiy totuvlik va barqarorlikni saqlashdagi roli uchun e'tirof etib turilsada, ayni shu xususuyati uchun ham ko'plab tanqidga uchraydi. Ba'zilarning ta'kidlashicha, bu atrofga bee'tiborlikka olib keladi, chunki status-kvoni qabul qilish mamlakat kollektiv ruhiyatiga chuqur singib ketgan va ijtimoiy o'zgarishlar va taraqqiyotni amalga oshirishni qiyinlashtiradi. NIMAGA USHBU IBORA YAPON MENTALITETIGA ZARARLI DEB HISOBLABADI? Bugungi Yaponiya o'tmishdagisidan ancha farq qiladi. Yoshlarning norozilik namoyishlari o'sha paytlar, ayniqsa 60-70-yillarda kuchli avj olgan bo'lib. odatda hukumatni yon berishga majbur qilardi. Hozirda esa, juda kam sonli yoshlar zamonaviy davrda ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi. Yaponiyada norozilik namoyishlarining yo'qligi bir necha omillar, jumladan, "shikata ga nai" tafakkuri bilan bog'liq bo'lishi mumkin. O'z sharoitlarini qabul qilish va hayotga ta'n berish an'anaviy yapon qadriyatlaridan kelib chiqadi, masalan, guruh uyg'unligi va hokimiyatga hurmat. Shu ma'noda, "shikata ga nai" Yaponiyaning mojaro va qarama-qarshilikdan ko'ra konsensus va hamkorlikka bo'lgan madaniy afzalligining namoyoni sifatida qaralishi mumkin. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, "shikata ga nai" tafakkuri faqat Yaponiyaga xos emas va uni dunyoning boshqa madaniyatlarida ham uchratish mumkin. Masalan, ba'zi G'arb jamiyatlarida "destiny/fate" yoki o`zimizdagi "peshonadan ko`ramiz" degan tushunchalarda ham shunga o'xshash munosabatni ko'rish mumkin. Ba'zan, bu kabi masalalar haqida o'ylash nafaqat foydali, balki dolzarbdir, ayniqsa, bizning nazoratimizdan tashqarida bo'lgan fojiali voqealar oldida. Asosiy farq bu munosabatlarning turli madaniyatlarda qanchalik ta'kidlanganligi va institutsionallashtirilganligidir. "Shikata ga nai" ijodiy fikrlash va innovatsiyalarni bo'g'ib qo'yayotgani uchun tanqid qilinadi, chunki odamlarnig status-kvoga qarshi chiqish va o'zgarishlarga intilish ehtimoli kamroq bo'ladi. Bu taraqqiyotning sekinlashishi va ijtimoiy turg'unlikka olib kelishi mumkin, chunki odamlar o'z-o'zidan xotirjam bo'lib, mavjud kuch tuzilmalari va hokimiyat arboblarini qabul qiladilar. Bu ijtimoiy tengsizlikni ham davom ettirishi mumkin, chunki marginal guruhlar o'z tashvishlarini bildirish va mavjud me'yorlar yoki siyosatlarga qarshi chiqish ehtimoli kamroq. Misol uchun, ovozi hukmron madaniy me'yorlar tomonidan doimiy bostirillib kelgan Yaponiyadagi ayollar va ozchilik guruhlari o'zlarining huquqlari va ehtiyojlari e'tiborga olinishini talab qilishga cho'chiydilar. Chunki, Yaponiyadagi norozilik namoyishlari, agar sabab jamoatchilik uchun fidokorona ko'rinmasa, odamlar norozilik qilishdan rag'batlantirilmaydi, bu esa barcha ovozlar eshitiladigan va hurmat qilinadigan yanada xilma-xil va inklyuziv jamiyat uchun tortishuvning taqchilligiga olib keladi.
Show all...
Shikata Ga Nai: Yaponiyada kamayib borayotgan noroziliklarining madaniy dalili(mi?)
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.