Botir Usmonov | TKTI rektori
Open in Telegram
Toshkent kimyo texnologiya Instituti rektori Usmonov Botir Shukurillaevichning rasmiy telegram kanali. Rasmiy sayt: https://tkti.uz/
Show more405
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#tarqatamiz
🔥Toshkent kimyo-texnologiya instituti 🇺🇿O'zbekistonda #birinchilardan bo'lib Yevroosiyo oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi(Eurasian Association of Higher Education Institutions)ga a’zo boʻldi!!!
✅ Yevroosiyo oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi qanday tashkilot?
✅ Ushbu assotsiatsiya bizga qanday afzalliklari bor? degan savollar bo'lishi aniq.
Ushbu ssilka https://euras-edu.org/about-us/ orqali Yevroosiyo oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasining maqsad va vazifalari, missiyasi haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Tez kunlarda Institut matbuot xizmati tomonidan Yevroosiyo oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasiga a'zoligimiz bizga qanday foyda olib kelishi haqida barchaga tushunarli, "xalqchil" tilda batafsil ma'lumot beramiz.
#OAV
#xalqaro_forum
Avval xabar berganimizdek “Xitoy-Markaziy Osiyo taʼlim sohasidagi hamkorlik” forumi doirasida 🇨🇳Dalyan chet tillar universiteti va 🇺🇿Toshkent kimyo-texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
Ushbu xalqaro forum va forum doirasida imzolangan xalqaro shartnomalar haqida Xitoy Xalq Respublikasining eng mashhur OAVda yoritildi
www.ln.chinanews.com sayti - http://www.ln.chinanews.com.cn/news/2022/0713/324835.html
news.lnd.com.cn sayti - http://news.lnd.com.cn/system/2022/07/13/030331514.shtml
“Xitoy-Markaziy Osiyo taʼlim sohasidagi hamkorlik” forumi doirasida O'zbekistondan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor, Usmonov Botir Shukurillayevich onlayn tarzda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Universitetlararo tantanali imzolash
hamkorlik shartnomalari doirasida
🇨🇳Dalyan chet tillar universiteti va 🇺🇿Toshkent kimyo-texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🤝Xalqaro hamkorlik aloqalari bardavom bo'lsin.
#xalqaro_forum
“Xitoy-Markaziy Osiyo taʼlim sohasidagi hamkorlik” forumi start oldi.
Forum Xitoy xalq respublikasining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2012-yilda ilk marotaba oʻtkazilib, 2022-yil 12-13 iyul kunlari toʻqqizinchi marta oʻtkazilmoqda.
Bu yilgi forum Forum Shanxay hamkorlik tashkilotining Xitoy qoʻmitasi shafeligida Lyaonin provinsiyasi va Dalyan shahri hukumati tashabbusi oʻtkazilmoqda.
Forum Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni mustahkamlashga, iqtisodiy, ijtimoiy yoʻnalishlarda hamkorliklarni rivojlantirishga xizmat qiladi, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni mustahkamlashga, iqtisodiy, ijtimoiy yoʻnalishlarda hamkorliklarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Forum 3 ta Pekin, Shenyeng va Dalyanda o'tkaziladi.
Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Shukurillayevich Usmonovning institut jamoasiga Qurbon Hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
#Biz_bir_oilamiz
Yangi Oʻzbekiston va Yangi Qoraqalpogʻistonni albatta birgalikda quramiz!
Batafsil
Repost from Edu.uz
#Qabul_2022|#Magistratura
⚡️Magistraturaga qabul boshlandi
▶️ 2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.
✔️ 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
❗️Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
➡️Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.
👉@eduuz
“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori tabrigi.
#OAV
#bizhaqimizda
Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Biotexnologiyaning zamonaviy muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining UzA sayti nigohida
https://uza.uz/uz/posts/ekologiya-va-atrof-muhit-muhofazasiga-oid-ilmiy-amaliy-anzhuman_383314
#OAV
#bizhaqimizda
📺"Madaniyat va ma'rifat" telekanalida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Asosiy binosi bo'lgan A.Navoiy 32 binosi haqida tayyorlangan "Oydin ko'chalar" ko'rsatuvi.
https://youtu.be/4v5U3MUo-ME
Ps: tomosha qilishni tavsiya etamiz. Bilim olayotgan, faoliyat yuritayotgan va bizga jonajon bo'lib qolgan bino tarixi haqida "ko'p va ho'p" ma'lumotlarga ega bo'lisiz
⚡️ Abituriyentlarga maslahat va ma'lumotlar beruvchi Call-center shay holatda!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti qabul komissiyasi maslahat markazi abituriyent va ularning ota-onalari uchun 2022-2023-o’quv yili qabul jarayonlari yuzasidan barcha savollarga javob berishga tayyor.
Abituriyentlar uchun qo'shimcha ma'lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali ham berib boriladi:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Олий таълим ва профессионал таълим битта ҳаракат
Бугун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги катта мажлислар залида Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси Абдужаббор Абдувоҳидов раислигида кенгайтирилган видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
➡️ Батафсил ушбу ҳавола орқали танишинг
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tarqatamiz
#Vazir_kubogi
Oliy taʼlim muassasalari talabalar oʻrtasida 2022-yilning oktyabr-noyabr oylari davomida Futbol va voleybol sport turlari boʻyicha V bosqichdan iborat “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri kubogi” musobaqalarini oʻtkaziladi!!!
Sport musobaqalari bosqichlari quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
I bosqich (guruhlar aro) - 1-5-oktyabr;
II bosqich (kurslar aro) - 10-15-oktyabr;
III bosqich fakultetlar aro oliy taʼlim muassasasi birinchiligi - 20-25-oktyabr;
IV bosqich Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi
Toshkent shahridagi OTMlari oʻrtasida
Voleybol 1-5-noyabr Toshkent davlat transport universiteti
Futbol 10-15-noyabr Oʻzbekiston milliy universitetida boʻlib oʻtadi.
V bosqich Sport musobaqalarining Respublika final bosqichi Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Barcha talaba-yoshlarimizni “Vazir kubogi” musobaqalarining saralash bosqichlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
#tarqatamiz
🔥🔥🔥Odamlaru odamlar eshitmadim demanglar!!!
Juda ajoyib xabar!!!
🚀Toshkent kimyo-texnologiya institutimizda "Kimyo" fanidan Respiblika fan olimpiadasi o'tkaziladi!!!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy taʼlim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o'tkaziladi!!!
2021/2022-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida joriy yilning 20-30-iyun kunlari oralig‘ida bizninh jonajon Toshkent kimyo-texnologiya institutimizda “Kimyo” fanidan olimpiadaning respublika bosqichi o‘tkaziladi!!!
🧪🌡🧫“Kimyo” fanini mukammal o‘zlashtirgan bitiruvchi bosqich talabalari (ID raqamlari orqali)ni olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
⚡️Barcha faol, bilimli talabalarimizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!!!
#birinchiòrinbizdanbòlishishart
#OAV
#bizhaqimizda
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 10-iyun kuni "Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari" boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi yuzasidan Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori, professor B.Sh.Usmonov 🎙Oʻzbekiston 24 radiosiga intervyu berdi.
Oʻzbek tili va professional taʼlim kafedrasi mudiri X.Toʻlibayev adib hayoti va ijodiga, faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi. Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sheʼrlar va raqslar ijro etildi. Tadbir davomida Oʻzbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov xotirasi yod olinib, haykali poyiga gullar qoʻyildi.
#Adiblar_xiyoboni
9-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi hududidagi Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston qahramoni betakror shoir, tarjimon, buyuk shaxs va mashhur adib Ibroyim Yusupov xotirasiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich ochib berdi. Tadbirda Milliy tiklanish partiyasi Toshkent shahar Kengashi rais oʻrinbosari Z.Komolxo'jaeva, tyutorlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
#hamkorlik
Toshkent kimyo-texnologiya institutiga
🇨🇦Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alison Leyler tashrif buyurdi.
Uchrashuvdagi jarayonlar haqida video orqali ma'lumot olishingiz mumkin.
https://youtu.be/JjntZXbnWaM
