en
Feedback
Jahongir Inomjonov

Jahongir Inomjonov

Open in Telegram
8 937
Subscribers
-624 hours
-357 days
-21130 days
Posts Archive
Bu haftaning TOP 3 deserti 🤍 Qaysi biri sizning favoritingiz? 😍 Hali tatib ko‘rmagan bo‘lsangiz - ayni vaqti! Buyurtma berish uchun: 💌 @kremm_bakery_bot 📞 +998 93 709 39 33

Cheburek resepti Qaynagan suv 440gr Shakar 20gr Tuz 15gr Kungaboqar yog'i 40gr (5 osh qoshiq) Oliy navli un 675gr (videoda Dani Nan ishlatilgan) Pishloq va brinzali nachinka: Mozarella 200gr Brinza 200gr Petrushka 1 bog' Kashnich 1 bog' Qiymali nachinka: Moq qiymasi 500gr Piyoz 200gr Chesnok 2 dona Tuz va murch Piyozni yog'da tilla rang qilib qovuramiz, qiyma solib suvi ketguncha qovuramiz, chesnokni qirg'ichdan chiqarib 2 daqiqa qovuramiz, tabga ko'ra tuz va murch solamiz. Mozarella pishlog'ini hamir ichiga qiyma solgandan keyin solamiz. Chebureklarni 180 gradusdagi yog'da 1 daqiqadan 2 ta tarafidan qovurib olamiz va salfetka yozilgan likopchaga suzib olamiz. Yoqimli ishtaha! 😊

PP brauni resepti: Banan (tozalangan holda) 330gr Tuxum 3 dona Vanil pastasi (ixtiyoriy) 5gr Qora shokolad 180gr Kakao 50gr Razrixlitel' (kabartma) 3gr Tuz 3gr Umumiy massa 720 gr atrofida chiqadi, 120 gr dan 6 ta porsiya brauni chiqadi. Braunini 170 gradusda 14 daqiqa konveksiya rejimida pishiramiz, sovutib yeymiz. Ushbu reseptni umumiy energetik qiymati 1600 kaloriya, bitta porsiyada 270 kaloriya bo'ladi. Reseptda shakar, un va sariyog' bo'lmagani uchun kaloriyasi kamroq va ancha zararsiz bo'ladi. Asosiy kaloriyani shokolad tashkil qilgani uchun xohishga ko'ra kamroq shokolad solsangiz bio'ladi.

Repost from Kremm Bakery Channel
To‘g‘ri ovqatlanish shirinliksiz bo‘lishi shart emas 😉🍰 Haftada bir marta o‘zingizga kichik cheat meal qilish mumkin! O‘zingizni ham xursand qilishni unutmang - Kremmga keling! ✨ Siz cheat meal uchun qaysi desertni tanlardingiz? 😍🍰 Buyurtma berish uchun: 💌 @kremm_bakery_bot 📞 +998 93 709 39 33

🇺🇿 Assalomu alaykum! Toshkent shahridagi 3-4 oktabr bo’lib o’tadigan master klass uchun ma’lumot Master klass programmasi: 1. Klassik kruassan 2. Kruassan tiramisu 3. Kruassan bicolor o'rmon mevalari bilan 4. Kruassan bicolor shokoladli 5. Pain au chocolat bicolor 6. Mevali skrutka 7. NY Roll tropic 8. Danish babochka ✅ Master klassda o'quvchilar jarayonda butunlay qatnashishadi. ✅ Kruassanlarni qo'lda ham apparat yordamida ham yoyishni o'rganamiz. ✅ Qatnashuvchilarga sertifikatlar taqdim etiladi. ✅ Qatnashuvchilar master klass yakunida barcha tayyorlangan mahsulotlarni olib ketishadi. ✅ Barcha masalliqlar biz tomondan beriladi, qatnashuvchilar masalliqlar olib kelishmaydi. ✅ Master klassdan keyin telegram guruhda 1 oy davomida kuratorlik bor. ✅ Qo'shimcha sifatida o'quvchilarga onlayn darslar ham 📌Qachon: 3-4 oktabr 📌Qayerda: Sergeli, Tashkent Index “Pastry Academy by Firdavs” o’quv markazi 📌Qancha davom etadi: 2 kun soat 9:00 dan 18:00 gacha 💵 Master klass narxi: 4 000 000 so'm Kursga yozilish👇🏻 https://t.me/jahonchef_admin ————————————————— 🇷🇺 Программа мастер класса в городе Ташкент 4-5 июля 1. Круассан классический 2. Круассан тирамису 3. Круассан биколор с лесными ягодами 4. Круассан с шоколадом биколор 5. Пан а шоколя биколор 6. Скрутка с ягодами 7. Нью Йорк ролл тропик 8.Даниш бабочка ✅ Мастер класс будет проходить в практическом формате, студенты полностью участвуют в процессе. ✅ Студенты научатся катать тесто и вручную и с помощью тестораскатки. ✅ По окончанию мастер класса студентам предоставляются сертификаты. ✅ Студенты забирают всю приготовленную продукцию после окончания мастер класса. ✅ Все продукты используемые на мастер классе включены в стоимость. ✅ По окончанию МК в течение 1 месяца действует кураторство в общей телеграм группе. ✅ В качестве бонуса студентам будут открыт доступ к видеоурокам из онлайн курса. 📌Дата: 3-4 октября 📌Место: Сергели, Ташкент Индекс, “Pastry Academy by Firdavs” 📌Длительность: 2 дня с 9:00-18:00 💵 Стоимость мастер класса: 4 000 000 сум Для записи 👇🏻 https://t.me/jahonchef_admin

photo content
+8

☕️ EGGSPRESSO JAMOASIGA XODIM KERAK! Qahvaxonamizga oshpaz-novvoy-qandolatchi izlayapmiz. Vazifalar: 🥐 kruassanlar 🥞 nonushtalar va blinchiklar 🌭 hot-doglar 🍜 ramen tayyorlash 💰 Ish haqi: har bir smena uchun 300 000 so‘m 📍 Manzil: C-1, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 38 Pazandalikni sevadigan, mas’uliyatli va ozoda insonni jamoamizga taklif qilamiz! Murojaat uchun: 901599888 ——— ☕️ В КОМАНДУ EGGSPRESSO ТРЕБУЕТСЯ СОТРУДНИК! Ищем повара-пекаря-кондитера для приготовления: 🥐 круассанов 🥞 завтраков и блинов 🌭 хот-догов 🍜 рамена 💰 Оплата: 300 000 сум за смену 📍 Адрес: Ц-1, ул. Яхъё Гулямова, 38 Если вы любите готовить, ответственны и аккуратны — будем рады видеть вас в нашей команде! Для связи 901599888

Shokoladli keks Sariyog‘ 180 gr Shakar 240 gr Prova vanil pastasi 10gr Tuxum 3 dona Smetana 180 gr Sut 90 gr Un 270 gr Kakao 45 gr Razrixlitel 9 gr Tuz 3 gr Choc Concept 54% shokoladi 100 gr Qahvali sirop: Suv 90 gr Shakar 60 gr Prova Cold Brew ekstrakti 25gr

Yangi pekarnyamizga jamoa yig’vommiz! Jamoaga qo’shilmoqchi bo’lsangiz anketani to’ldiring 👇🏻 https://forms.gle/Yo8mf7zjeoFZcwL27

Endi bizda mashhur “Napoleon”ning 3 xil mazali turi siz uchun tayyor 🤍 — Karamelli — Xandon pistali — Klassik Har biri o‘zig
+2
Endi bizda mashhur “Napoleon”ning 3 xil mazali turi siz uchun tayyor 🤍 — Karamelli — Xandon pistali — Klassik Har biri o‘ziga xos ta’m va mayinlik bilan 😍 Sevimli ta’mingizni tanlashga shoshiling! ✨ Buyurtma berish uchun: 💌 @kremm_bakery_bot 📞 +998 93 709 39 33

Tovuq va mangoli tako 🌮 Mangoli salsa: Mango 250gr Qizil bulg'or qalampiri 120gr Qizil piyoz 100gr Kashnich 20gr Qizil achchiq qalampir 1 dona Yarimta laym sedrasi va suvi Tuz va murch Zaytun yog'i 15gr Sous: Tuxum 1 dona O'simlik yog'i 400gr (videoda vyalenniy tomat yog'i bilan kungaboqar yog' 50/50 ishlatilgan) Gorchisa 20gr Yarimta laym yoki limon suvi Chesnok 1 dona Tuz, murch Ajika va Sriracha sousi tabga ko'ra (yoki boshqa sizga yoqqan achchiq sous) Undan tashqari Chikboom stripslari va 1 dona avokado kerak bo'ladi.

Yangi bakery uchun orzu qilgan texnikalarimiz birin-ketin o‘z joyini topmoqda❤️‍🔥 Tez orada eshiklarimizni ochamiz. 🥐✨ Bizni kuting!

Amerikancha pechenye (chocolate chip cookies) Un 325gr Soda 3gr Razrixlitel (kabartma) 2gr Tuz 6gr Yong'oqli sariyog' 150 gr Sariyog' (xona haroratida) 70gr Jigarrang shakar 220gr Oddiy shakar 120gr Tuxum 2 dona Vanil pastasi 8gr Qora shokolad 250gr Sutli yoki Zephyr shokoladi 100gr Sariyog'ni tovaga solib o'rta olovda eritamiz va qaynatamiz. Ora - orada aralashtirib turamiz. Sariyog' birinchi ko'piradi, keyin zardobi tova tubiga cho'kib kuyadi va sariyog'ga juda yoqimli va chuqur hid va ta'm beradi. Tayyor bo'lgan jigarrang sariyog'dan 150 gr tortib olamiz va chetga olib qo'yib so'vutamiz. Sovugan jigarrang sariyog'ga xona haroratidagi oddiy sariyog' va 2 xil shakar qo'shib aralashtiramiz, keyin bittadan tuxum va vanil urug'ini qo'shib aralashtiramiz. Alohida idishda un, tuz, soda va kabartmani aralshtirib solamiz, 2 xil shokolad solamiz, yaxshilab aralashtiramiz. Pechenye hamiriga kamida 1 soat holodilnikda dam berib ishlatishimiz mumkin. 60gr dan bo'lib dumaloq shakl berib 180 gradusda 10 daqiq pishiramiz. Biroz sovutib dasturxonga tortsak bo'ladi, pechenye ichi azgina ho'l bo'lishi kerak. Ushbu videoda ishlatilgan hamma masalliqlarni @konditoria do'konlaridan harid qilishingiz mumkin.

Pirojki hamiri: Suv 250gr Sut 200gr Tuz 12gr Shakar 12gr Yog' 35gr (2 osh qoshiq) Mayonez 80 gr (2 osh qoshiq) Un Dani Nan oliy navli 600gr Quruq drojji 6gr Hamirni drojji eriguncha yaxshilab qoramiz, qo'lda yoki planetar mikser yordamida qorsangiz bo'ladi. Hamirni yog'langan idishga solib yarim soat tindiramiz va o'giramiz. Yarim soatdan keyin yana bir martta o'g'iramiz va 15 daqiqa tindiramiz. Hamirni 70 gramdan bo'lib dumaloq shakl beramiz, 15 daqiqa tindirib ichiga nachinka solib yog'da qovurib olamiz. Hamir bilan ishlaganda qo'lingiz va stol ustini yog'lab ishlasangiz ishlash ancha oson bo'ladi. Nachinka: Qaynatilgan kartoshka 450gr Mozzarella pishlog'i 450gr Tuz va murch tabga ko'ra. Xohishga ko'ra nachinkaga qovurilgan piyoz yoki qo'ziqorin qo'shsangiz bo'ladi, judayam mazali chiqadi. Yoqimli ishtaha! 😊