en
Feedback
𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

Open in Telegram

Ko’lanka…

Show more
408
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1030 days
Posts Archive
Yengil atletika federatsiyasida sportchilarning ruhiy tayyorgarligi va psixologik holati bo‘yicha trening tashkil qilindi Maz
+5
Yengil atletika federatsiyasida sportchilarning ruhiy tayyorgarligi va psixologik holati bo‘yicha trening tashkil qilindi Mazkur treningning asosiy maqsadi sportchilarni katta musobaqalarga psixologik jihatdan tayyorlash, ularni salbiy natijalar yoki stressli vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rgatishdan iborat bo‘ldi. #mahalliy
📱 Kanalga a'zo boʻling: https://t.me/uzathleticschannel/last
    🌐Instagram     🌐YouTube     😇Facebook      🤖X(Twitter)

Erkakni farosatsiz xotin, Ayolni esa qat'iyatsiz er harob qiladi. @alterego_uz

O’zbekiston yengil atletika federatsiyasida sportchilar uchun trening mashg’uloti tashkil etildi.
+2
O’zbekiston yengil atletika federatsiyasida sportchilar uchun trening mashg’uloti tashkil etildi.

sticker.webp0.19 KB

Rahbar, ekspertlar va “vajohat ssenariysi” Ko‘pincha rahbar barcha masalalarda qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Maslahat kerak bo‘ladi — mutaxassislar chaqiriladi. 🔔 Lekin degan joyi bor… Mutaxassisning maqsadi: ✅ to‘g‘ri yechim aytish emas; ⚠️ rahbarning qahridan “tirik qolish”; 🎯 reyting (ochko) yig‘ish. Natijada esa: 🔹 qonunchilikka zid takliflar; 🔹 vaqtinchalik “go‘zal” qarorlar; 🔹 keyinchalik muammo bo‘ladigan yechimlar. Eng achinarlisi: Qarorning oqibati o‘sha paytda bilinmaydi. Vaqt o‘tadi, zarar yig‘iladi… O‘sha paytda haq gap aytgan mutaxassis esga olinmaydi ham. 😶 Va oxiri nima bo‘ladi? Rahbar qarorning noto‘g‘riligini tushunadi. Lekin… yana lekin bor. O‘sha “qahrdan qo‘rqqan mutaxassislar” yana boshqa variant topadi. Shu ssenariy aylanaveradi. 🔄

sticker.webp0.26 KB

Qimmatbaho narsa sotib olishdan oldin, o'zingizga 7 kun vaqt bering va oʻylab ko'rib qaror chiqaring. Bu vaqt ichida his-tuyg'ular yo'qoladi va siz bu narsa sizga kerak yoki yo'qligini aniq hal qilib olasiz.

Hamma narsani bilish shart emas, haddingni bil shu yetadi. Jaloliddin Rumiy

Yaponlarda bir naql bor Har bir insonning 3 xil yuzi bor: BIRINCHISI: Atrofdagilarga ko'rsatadigan; IKKINCHISI: Yaqin do'stlariga ko'rsatadigan; UCHINCHISI: Hech kimga ko'rsatmaydigan. Sizning asl yuzinggiz, hech kimga ko'rsatmaydigan yuzingiz hisoblanadi. @alterego_uz

L 📌 Ish joyida stressni tezda kamaytirish usullari.
Ish jarayonida stress bo‘lishi tabiiy holat, ammo uni boshqarish juda muhim! 🔥 Quyidagi usullar orqali stressni qisqa fursatda yengishingiz mumkin:
Nafas olish mashqi – 4 soniya nafas olib, 7 soniya ushlab turib, 8 soniyada chiqaring. Bu usul sizni tezda tinchlantiradi. ✅ 5 daqiqalik tanaffus – kompyuter yoki telefon ekranidan uzoqlashing, deraza oldida toza havo oling, qisqa yurish qiling. ✅ Tana cho‘zish – bo‘yin, yelka va qo‘llarni cho‘zish mushaklardagi taranglikni kamaytiradi. ✅ Suv ichish va yengil tamaddi qilish – yong‘oq, qora shokolad yoki meva stressni kamaytirishga yordam beradi. ✅ Vazifalarni ustuvor qilish – eng muhim ishlarni birinchi bajarib, ortiqcha vazifalarni keyinga qoldiring.
🔥 Stress – bu vaqtinchalik holat. To‘g‘ri yondashuv orqali uni tezda kamaytirish mumkin! 💪

Miyam buni negadir avtomatik tarzda Kavkaz shevasi bilan o‘qidi. @alterego_uz
Miyam buni negadir avtomatik tarzda Kavkaz shevasi bilan o‘qidi. @alterego_uz

Inson faqat muammolarini sanashni yaxshi ko'radi, o'z baxtini emas. Fyodor Dostoyevskiy

Men suratga olmasdan ovqatlanaman, kiygan kiyimlarimni ijtimoiy tarmoqlarga joylamayman. Menda shunchalik haqiqiy lahzalar borki videoga olishni unutaman. Hayotimdan zavq olishim uchun menga tomoshabinlar kerak emas!

Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalar bojxona postlaridagi inspektor va kichik inspektor bo‘sh lavozimlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Mazkur lavozimlarga tanlov asosida yoshi o‘n sakkiz yoshdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, o‘ttiz yoshda bo‘lgan, oliy (kichik inspektor lavozimi uchun oliy, professional (kasb-hunar), o‘rta maxsus va umumiy o‘rta) ma’lumotga ega, o‘zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy fazilatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan (kichik inspektor lavozimi uchun muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan) – bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmagan erkaklar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga ko‘ra, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan, sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar xizmatga qabul qilinmaydi. Yuqoridagi talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o‘ta olmagan yoki o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan, shuningdek belgilangan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi. Tanlovda ishtirok etish arizalar joriy yilning 9-noyabriga (shu kuni ham) qadar https://customs.uz/uz/services/vacancy havolasi orqali onlayn qabul qilinadi. Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishish havolasi: https://new.customs.uz/uz/services/vacancy/questions

🎯 Motivatsion turtki: 🛑 Hayotingizni faqat lavozim bilan o‘lchamang. Sizning qiymatingiz - siz egallab turgan stulda emas, balki sizda - bilim, qadr, salohiyat, kuch bor! 💬 Bir o‘zingizga savol bering: “Men ishda ko‘rinmay qolsam... meni kim eslaydi?” Javob: O‘z ustida ishlagan, o‘zini qadrlagan odamni har doim eslashadi. 🔥 Shunchaki "ishchi" bo‘lishni to‘xtating. 📚 O‘qing. 🎯 Rivojlaning. 🌱 O‘zingizni kashf qiling. ✅ Ish o‘rnini emas - O‘Z QADRINGIZNI tanlang. @alterego_uz

🐘 FIL USULI Fil har kuni bir xil yo‘ldan yuradi — o‘zi o‘rganib qolgan yo‘nalishdan. Ovchilar esa shu yo‘lga chuqur qazib, uni tuzoqqa tushirishadi. So‘ng qora kiyim kiyib kelishadi va hayvonni urishadi. Bir necha kundan keyin esa oq kiyimda kelib, uni “qutqarishadi”. Fil esa ularni o‘zini qutqaruvchi deb o‘ylaydi… 💭 Psixologik urushda ham xuddi shunday yo‘l tutiladi: Avval jamiyatni tushkunlikka sol, so‘ng “qutqaruvchi” bo‘lib ko‘rin — va shu yo‘l bilan uni o‘zingga bo‘g‘la.

Psixologik operatsiyalar tarixda koʻplab misollar bilan toʻla. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya va Ittifoqchilar tarafidan koʻplab psixologik operatsiyalar oʻtkazilgan. Hozirgi zamonaviy urushlarda esa internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali dezinformatsiya, propaganda keng koʻlamda qoʻllaniladi. Psixologik operatsiyalarda axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. ®️ @alterego_uz

Psixologiya haqiqatan ham ilmiy fanmi? Ba’zi texnik yo‘nalish vakillari psixologiyani “fan emas” deb hisoblaydi. Aslida esa bu noto‘g‘ri. Psixologiya – bu haqiqiy ilmiy yo‘nalish bo‘lib, unda tajribalar, kuzatuvlar, statistika va hatto matematik modellashtirishdan ham foydalaniladi. Biroq psixologiya insonlarga “qanday yashash kerak” degan javobni bermaydi. Shu sababli ko‘p odamlar hayotiy muammolariga yechim izlab, o‘zini “psixolog” deb ataydigan, ammo fanga aloqasi bo‘lmagan kishilarga duch kelishadi. Natijada jamiyatda psixologiya haqida noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanadi. Ko‘p hollarda psixologiyani fan sifatida tan olmaganlar Zigmund Freyd yoki Karl Yungni misol keltiradi. Ular “ularning g‘oyalari fanda isbotlanmaydi” deb aytishadi. Bu fikrda haqiqat bor — Freyd va Yungning nazariyalari bugungi kunda ilmiy mezonlarga to‘liq mos kelmaydi. Ularning ko‘plab qarashlari zamonaviy ilm nuqtai nazaridan eskirgan. Ammo bu psixologiyaning o‘zi fan emas degani emas. Psixologiya nisbatan yosh fan. Uning shakllanishiga hali 200 yil ham to‘lmagan. Dastlabki psixologlarning ishlari, tabiiyki, xatolardan xoli emas edi. Ammo bu tabiiy hol, chunki har bir fan avval tajriba yo‘li bilan rivojlanadi. Muhimi shundaki, bugungi psixologiya aniq ilmiy metodlarga, empirik dalillarga va statistik tahlillarga asoslanadi. Xulosa shuki, psixologiya bugun to‘laqonli ilmiy yo‘nalish sifatida tan olingan. U biologiya, neyrofiziologiya, genetika va hatto informatika bilan hamkorlikda rivojlanmoqda. Demak, “psixologiya fan emas” degan fikr zamonaviy ilmiy yondashuvga zid.