en
Feedback
𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

Open in Telegram

Ko’lanka…

Show more
391
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-530 days
Posts Archive
Устунлик намойиши. Хавф туғилганида кўплаб ҳайвонлар, худди шу горилла сингари, ўз кучини намоён этиш учун қаддини ростлайди,
Устунлик намойиши. Хавф туғилганида кўплаб ҳайвонлар, худди шу горилла сингари, ўз кучини намоён этиш учун қаддини ростлайди, ғазаб билан қошини чимиради ва душмани томон энгашади. Суратлар кўрсатишича, одамлар ва приматлар ўз ниятларини новербал(сўзсиз) ифодалашда ҳайратланарли даражада кўп ўхшашликка эга. Роберт Чалдини. Ижтимоий психология

Odamga o’zini ichidagi ovozidan ko’ra eshitish qo’rqinchli bo’lgan boshqa ovoz yo’q. Shu ovozni eshitmaslik uchun har qanday narsaga tayyormiz. - Keraksiz suhbatga - Foydasiz ishlarga - Chalg’ituvchi odamlar davrasiga - Shovqin-suronlarga - Har qanday narsani chekish va har qandaynarsani ichishga ham tayyormiz. Bizni qilayotgan ishlarimiz qandayligini va aslida kim ekanligimizni aytib turgan ovozni eshitmasak bo’ldi. Chunki hech kim bilmasa ham, kim ekanligimizni o’zimiz judayam yaxshi bilamiz.

Сен, сен бўл! Шод экансан, сўз берма. Хафа экансан, жавоб берма. Дарғазаб экансан, қарор берма! Мавлоно Жалолиддин Румий @alterego_uz

Yo harakatni ko’paytir yoki xohishlaringni kamaytir. Yo mas’uliyatni ol yoki nazoratni topshir. Yo vaqtingni sarmoyaga aylantir yoki daromad kutishni kamaytir. Yo ishingni ustasiga aylan yoki yuqori natijalar kutishni bas qil. Yo mutaxassisligingni kuchaytir yoki hayollaringdagi summalarni kamaytir. Yo boshqacha harakat qilishni o’rgan yoki avvalgi natijaga rozi bo’l. Bitta qilib aytganda Yo o’zgar yoki hech narsa kutma.

Dars berib bir narsani tushundim. Talabaga har safar yon beraversangiz — kechiksa ham, vazifa qilmasa ham, tayyor kelmasa ham indamay “mayli” deb ketsangiz, bir vaqt kelib u buni sizning yaxshiligingiz deb emas, odatiy holat deb qabul qila boshlarkan. Boshida “ustoz tushunadi” deyishadi. Keyin esa, sizning tushunishingizni majburiyatdek ko‘rishadi. Eng qiyini — bir kuni o‘rinli qilib “yo‘q” desangiz, birdan siz yomon bo‘lib qolasiz. Shunda tushundim: Har doim yon berish — har doim ham yaxshilik emas ekan. Ba’zida “yo‘q” deyish ham kerak. Chunki chegarasi yo‘q mehrning qadri ham sekin yo‘qolarkan.

Ҳеч кимдан умид қилманг. Ўз ғамингизни ўзингиз енг. Дўппи тор келганда, ҳеч ким ёрдам бермайди…

Odamning moliyaviy va ruhiy erkinligini yoz payti ichayotgan ichimligidan bilsa bo‘ladi: Har kuni kola ichyaptimi - o‘rtahol qatlam. Ays latte ichyaptimi - demak barqaror daromad egasi. Yozning o‘zida qishga deb yopilgan kompotni ichyaptimi - bu qatlamning nomi yo‘q, ular haqida statistika yuritilmaydi.

Ekspertlarga ekspertligini namoyon qilish uchun ekspertlar kerak ekan… 😊 Ha azizlar paradokslar zamonida yashayaomiz.

“Mundo dardingni ochib-sochgudek odam yo’q” degani - g’iybat qilishga, qoralashga, yomonlashga, o’tirvolib kimlarnidir orqasidan kavlashtirishga sherik yo’q degani. M.H.

Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalar bojxona postlaridagi Kichik inspеktor-kinolog, Inspеktor va Kichik inspеktor bo‘sh lav
Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalar bojxona postlaridagi Kichik inspеktor-kinolog, Inspеktor va Kichik inspеktor bo‘sh lavozimlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishish havolasi: https://new.customs.uz/uz/services/vacancy/questions

Агар ходим ҳар доим раҳбар фикрига рози бўлса, у ташкилотнинг фойдасиз қисмига айланади. Ҳайман Риковер, АҚШ флоти адмирали.

Hayot haqiqati… Bu suratlarga bir qarashda siz kuchuk, mushuk va quyonni ko‘rishingiz mumkin. Lekin ularning har birini katta
Hayot haqiqati… Bu suratlarga bir qarashda siz kuchuk, mushuk va quyonni ko‘rishingiz mumkin. Lekin ularning har birini kattalashtirib, yaqinroqdan ko‘rsangiz, fotografning mahoratiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Hayot ham xuddi shunday. Insonlarning turmushiga yaqinroqdan nazar tashlamasdan turib, ularning aslida kim ekanligini anglab bo‘lmaydi. Xulosa chiqarishga shoshilmang!

Qiziq… Nima uchun Hudo seni o’zingni o’zgartirishing uchun bergan vaziyatini o’zgartirmoqchisan?

Tohir Malik haq edi…

Inson nima sababdan pessimist bo‘lib qoladi? Pessimizm ko‘pincha hayotdagi turli tajribalar natijasida shakllanadi. Asosiy sabablar: • Ko‘p muvaffaqiyatsizlik va salbiy tajribalar • Bolalikdagi tanqid yoki qo‘rqitishga asoslangan tarbiya • O‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi • Salbiy fikrlaydigan muhit ta’siri • Uzoq davom etgan stress va ruhiy charchoq Natijada inson asta-sekin hayotga salbiy tomondan qarashga o‘rganib qoladi va yaxshi natijadan ko‘ra yomonini kutadi. #with_alteregoss_sis

• Optimist: “Balki bu ish qiyin, lekin harakat qilsam bo‘ladi.” • Pessimist: “Baribir eplay olmayman, urinishning foydasi yo‘q.”

Pessimizm — bu insonning hayotdagi voqealarga asosan salbiy tomondan qarashi, kelajakdan yaxshi natija kutmasligi va ko‘pincha eng yomon ehtimolni o‘ylashi bilan bog‘liq ruhiy qarashdir.

“Troya" filmi haqida gap ketsa, ko‘pchilik tomoshabinlar unda Ahillni asosiy qahramon sifatida ko‘radi. Kino muhokamalarida ham negadir aynan u haqda ko‘proq gapiriladi va tahlil qilinadi. Ammo “Troya”ni o‘n martadan ortiq qayta ko‘rgan bo‘lsam-da, har safar Hektorni asarning haqiqiy yuragi va bosh qahramoni deb bilganman. Bu fikrim o‘zgarmas. Ha, rejissor Volfgang Petersen vizual jihatdan Ahillni film markaziga chiqargan, lekin fikrimcha, kino san’ati nuqtayi nazaridan haqiqiy qahramon baribir Hektordir. Ahill kim? U yarim xudo, onasi tufayli tug‘ma kuch-qudrat sohibi va faqat shaxsiy ehtiroslari hamda abadiy shuhrat ortidan quvgan xudbin jangchi. Hektor esa oddiy inson bo‘la turib, o‘sha ilohiy kuchga qarshi tik tura olgan, mag‘rurlikdan ko’ra burch va mas’uliyatni tanlagan vatanparvar, aqlli timsol. Ahill urushga o‘z nomi tarixda qolishi uchungina kelgan bo‘lsa, Hektor o‘z oilasi, xalqi va Vatani himoyasi uchun qilich ko‘tardi. Dramaturgiyada ham ichki qo‘rquvini yengib, qadriyatlari uchun jon bergan fidoiy insonni tomoshabinlar o‘ziga yaqin oladi. Shu ma’noda, men uchun aynan Hektorning xarakteri filmga chinakam fojiaviylik va chuqur falsafiy ma’no bag‘ishlagan.