en
Feedback
Abu Ali ibn Sino maktabi

Abu Ali ibn Sino maktabi

Open in Telegram

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 👉🏻 https://www.instagram.com/ibnsinomaktabi.uz/ 👉🏻 https://ibnsino-maktab.uz/ 👉🏻 https://www.youtube.com/@Ibnsinomaktabuz

Show more
3 950
Subscribers
-724 hours
-407 days
-26730 days
Posts Archive
#Tashrif 🏛️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-“E” sinf o‘quvchilari Tarix fani o‘qituvchisi H. Qala
+8
#Tashrif 🏛️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-“E” sinf o‘quvchilari Tarix fani o‘qituvchisi H. Qalandarov boshchiligida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. 📚 Tashrif davomida o‘quvchilar tariximizning eng qadimgi davrlaridan tortib, mustaqillik va Yangi O‘zbekiston davrigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar hamda qimmatli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. 🏺 Muzeydagi tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar o‘quvchilarning darslarda olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 💬 Ekskursiya davomida o‘quvchilar tarixiy jarayonlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. ✨ Mazmunli tashkil etilgan ushbu ekskursion dars o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib, Vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi. Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

#Kelajak_soati ⏰✨ 🇺🇿 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokam
+5
#Kelajak_soati ⏰✨ 🇺🇿 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokamasi” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 📚 Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar va xalqimiz hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida suhbatlar tashkil etildi. 👨‍👩‍👧‍👦 Mavzuni oilaviy muhit bilan bog‘lagan holda, o‘quvchilar oila davrasida mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim, fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi yutuqlar haqida fikr almashdilar. 💬 Suhbatlar davomida o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik, Vatanga muhabbat va mustaqillikni qadrlash tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar. 🌱 Shuningdek, yosh avlodning bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanishi, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishi haqida fikrlar bildirildi. ✨ Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, kelajagimiz uchun mustahkam poydevordir! Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

#Mustaqillik_darslari 🇺🇿 #Kelajak_soati ⏰✨ 🇺🇿 Mustaqillik darslari va “Kelajak soati” maktabimizda yuqori shukuh bilan bo
+7
#Mustaqillik_darslari 🇺🇿 #Kelajak_soati ⏰✨ 🇺🇿 Mustaqillik darslari va “Kelajak soati” maktabimizda yuqori shukuh bilan bo‘lib o‘tdi! 🎉 Yangi 2026–2027-o‘quv yilining ilk kunida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bayramona kayfiyat, Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘ulariga boy tadbirlar tashkil etildi. 📚 Barcha sinflarda ilk dars soati “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” hamda “Kelajak soati”ga bag‘ishlandi. ✨ Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarimiz O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik sharafli yo‘li, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda tinchlik va osoyishtalikning bebaho qadri haqida fikr almashdilar. 💡 “Kelajak soati” doirasida o‘quvchilar o‘z orzu-maqsadlari, kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblari va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan hissalari haqida o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar. 📚 Darslar qiziqarli taqdimotlar, videoroliklar, savol-javoblar, samimiy munozaralar va interaktiv topshiriqlar asosida tashkil etildi. 🌟 O‘quvchilarning faolligi, intilishi va kelajakka bo‘lgan ishonchi ushbu mashg‘ulotlarning mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barchamiz uchun ulkan zafarlar va yangi marralar yili bo‘lsin! 🏆 Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

#Bilimlar_kuni 🎓 📚 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri tantanali va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Tadbir davomida o‘quvchilar va ustozlarga ezgu tilaklar bildirilib, yangi o‘quv yiliga katta maqsad va ishonch bilan qadam qo‘yildi. ✨ Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari!
Bizni kuzating!
🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

🎆 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI! 🎓 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabd
+9
🎆 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI! 🎓 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri tantanali va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 🌟 Tadbirni maktab direktori Bekov Baxtiyor Muratxodjayevich ochib berdi. Direktor o‘z tabrigida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, barchaga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va omad tiladi. 🇺🇿 Shundan so‘ng, Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati direktori Javohir Ahmedov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llangan Bayram tabrigini o‘quvchilar va ustozlarga o‘qib eshittirdi. 📚 Tadbir davomida yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda xalqaro va respublika miqyosida yuqori natijalarga erishish borasidagi maqsadlar haqida so‘z yuritildi. 🏆 O‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yuqori natijalar munosib e’tirof etildi. ✨ Yangi o‘quv yili — yangi marralar, yangi imkoniyatlar va yangi zafarlar sari dadil qadam! 💫 Barchaga bilim va izlanishlarga boy, muvaffaqiyatli o‘quv yili tilaymiz! Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabri
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

photo content

#Mustaqillik_menga_nima_berdi 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan olimpiadachi yoshlarimizning bayram tilaklari davom etmoqda. ✅ Videolavhada IChO 2026 kumush medali sovrindori Mirjalol Homidjonov Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘zining samimiy tilaklarini yo‘llaydi. 🇺🇿 Olimpiadachi yoshlarimiz ishtirokidagi bayramona fleshmob davom etadi!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#pedagogik_kengash 🇺🇿 2026-yil 29-avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yangi 2026–2027-o‘quv
+9
#pedagogik_kengash 🇺🇿 2026-yil 29-avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yangi 2026–2027-o‘quv yiliga bag‘ishlangan navbatdagi “I” pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Pedagogik kengash avvalida maktab direktori B. Bekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. 🏅 Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan maktabimizning faxriy ustozi X. Tadjiaglayev ko‘p yillik samarali mehnati e’tirof etilib, ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 📊 Pedagogik kengash davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: ✅ Yangi o‘quv yili vazifalari, yillik rejalar, dars soatlarini taqsimlash; ✅ O‘quv rejasini va dars jadvalini tasdiqlash, metod birlashmalar hamda monitoring guruhlarini belgilash; ✅ Kadrlar salohiyati, mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish va ichki mehnat tartibi; ✅ Lavozim va kasblar klassifikatorlari bo‘yicha buyruqlar ijrosini ta’minlash; ✅ O‘tgan o‘quv yilining tahlili, odob-axloq va kiyinish qoidalarini tasdiqlash, sinf rahbarlarini belgilash; ✅ O‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikdagi faoliyat; ✅ Yangi o‘quvchilar bilan ishlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar; ✅ Ichki mehnat tartibi va ijro rejasini tasdiqlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi. 📌 Pedagogik kengash yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va yangi marralar sari! Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrla
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.   Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.   O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.   Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.   Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.  
Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Yangi_õquv_yili 🎓✨ 🌟 Yangi maktab, yangi muhit, yangi marralar! 2026–2027-o‘quv yilida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisosla
+9
#Yangi_õquv_yili 🎓✨ 🌟 Yangi maktab, yangi muhit, yangi marralar! 2026–2027-o‘quv yilida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab safiga qo‘shilgan yangi o‘quvchilarimiz maktabimizga ilk tashrifini amalga oshirdilar. 🏫💫 🤝 Tashrif davomida maktab direktori Bekov Baxtiyor Muratxodjayevich yangi o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatlashib, ular bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat davomida maktabdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning imkoniyatlari hamda yangi o‘quv yilidagi muhim vazifalar haqida fikr almashildi. 🏫 Shundan so‘ng yangi o‘quvchilar uchun maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. 🔬 O‘quv va laboratoriya binolari, 📚 kutubxona, 🏠o‘quvchilar turar joyi, 🏃‍♂️ ochiq va yopiq sport majmualari, 🍽️ oshxona hamda 🏊‍♀️ suzish havzasi bilan yaqindan tanishdilar. ✨ Har bir maskan o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy izlanish olib borishi, sport bilan shug‘ullanishi, kitob mutolaa qilishi va qulay sharoitda yashashi uchun yaratilgan imkoniyatlarni namoyon etdi. 💙 Bu tashrif — yangi o‘quvchilarimizning maktab hayotidagi ilk qadami. 🥳 Oldinda esa yangi bilimlar, yangi do‘stlar, katta maqsadlar va ulkan marralar kutmoqda! Xush kelibsiz, aziz o‘quvchilar! 🚀📚 Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

#Mustaqillik_tengdoshiman #YagonaVatan35 🇺🇿 35 yil — ulkan marralar sari yo‘l! 🎉 Mustaqillik — xalqimizning bebaho boyligi, yoshlarimizning ezgu orzulari va buyuk kelajak sari yo‘l ochuvchi ulkan imkoniyatdir. ✨ 🏫 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab kimyo, biologiya va ingliz tili fanlariga ixtisoslashgan bo‘lib, o‘quvchilarimiz 🌍 nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida faol qatnashib, 🥇 oltin, 🥈 kumush va 🥉bronza medallarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston bayrog‘ini dunyo sahnalarida baland ko‘tarib kelmoqda. 🇺🇿 🎙️ Biologiya fani o‘qituvchisi Saidxonova Shahnoza Faxriddinovnaning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi. 🌟 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yoshlarimizning ilm-u zakovati va ulkan yutuqlari Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilsin! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🎊 Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube

#avgust_kengashi #OAV_biz_haqimizda 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. ✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

Repost from Sevara Shakirova
#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslasht
+9
#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik. Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik. ❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik. ❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi. Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.
🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.Rasmiy sahifalar

#avgust_kengashi ✨ AVGUST KENGASHI: OCHIQLIK, MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK Avgust kengashining navbatdagi yig‘ilishi ta’lim mua
+6
#avgust_kengashi AVGUST KENGASHI: OCHIQLIK, MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK Avgust kengashining navbatdagi yig‘ilishi ta’lim muassasalarida qonuniylik, samarali faoliyat, kadrlar salohiyati va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi. ✅ Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. ✅ Shuningdek, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv rejalar va tarifikatsiyani shakllantirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. ✅ Kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashilib, professional va salohiyatli kadrlarni tanlashning ahamiyati qayd etildi. ✅ Shu bilan birga “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida rahbarlarning topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashi, mas’uliyat va natijadorlikni oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#avgust_kengashi ✨ AVGUST KENGASHI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA SOG‘LOM TA’LIM MUHITI Avgust kengashi doirasidagi navbatdagi mashg
+6
#avgust_kengashi ✨ AVGUST KENGASHI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA SOG‘LOM TA’LIM MUHITI Avgust kengashi doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotlarda maktabda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va rahbarlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi. ✅ “Ta’lim va sport integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbolli tajribalar” mavzusida ta’lim jarayonida sportning o‘rni, zamonaviy yondashuvlar va samarali tajribalar muhokama qilindi. ✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, bu borada tizimli yondashuv va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. ✅ Maktab rahbarlari uchun huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#avgust_kengashi ✨ AVGUST KENGASHI: ILG‘OR TAJRIBA, TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY BOSHQARUV 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassa
+6
#avgust_kengashi ✨ AVGUST KENGASHI: ILG‘OR TAJRIBA, TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY BOSHQARUV 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusidagi Avgust kengashi — o‘quv-seminari doirasidagi mashg‘ulotlar davom etmoqda. ✅Dastlab Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Maktablarni boshqarish, ta’lim sifatini oshirish va samarali tajribalarni tizimdagi boshqa ta’lim muassasalarida qo‘llash yuzasidan fikr almashildi. ✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish hamda inventarizatsiya jarayonlarini school.piima.uz portali orqali tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. ✅ Ta’lim sifatini boshqarishda monitoring va tahlilning ahamiyati, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting yuritish hamda natijadorlikni oshirish mexanizmlari ham mashg‘ulotlarning muhim mavzularidan bo‘ldi. ✅ Bundan tashqari, “HR siyosati — pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlari” mavzusida maktab jamoasi bilan samarali ishlash va pedagoglar o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

🏫 ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI 📚 2026–2027-o‘quv yilini y
+9
🏫 ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI 📚 2026–2027-o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan ta’lim va tarbiya muhitini yanada takomillashtirish, mavjud sharoitlarni zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. ✨ Jumladan, maktabning o‘quv binosi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriya xonalari, ochiq va yopiq sport majmualari, kutubxona, faollar zali, o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan turar joy hamda oshxona binosida yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 🔬 Laboratoriya xonalarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashi uchun zarur sharoitlar ko‘zdan kechirilib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. 🏃‍♂️ Sport majmualarida esa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun qulay muhit yaratildi. 📖 Kutubxona va faollar zali ham o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan maskan sifatida yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi. 🏠 O‘quvchilar turar joyi va 🍽️ oshxona binosida ham sanitariya, tozalik va qulaylik talablariga alohida e’tibor qaratilib, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi. 🌱 Maktab hududida yana bir e’tiborga molik yangilik — “Jonli burchak” barpo etildi. Ushbu maskan o‘quvchilarning tabiatga mehrini oshirish, tirik organizmlarni kuzatish, ekologik madaniyatini shakllantirish hamda biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. 🌿 Zero, zamonaviy maktab — bu faqat bilim beriladigan maskan emas, balki o‘quvchining ilmiy, jismoniy, ijodiy va ekologik dunyoqarashi shakllanadigan muhitdir. 🎓 2026–2027-o‘quv yilini yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va katta marralar bilan kutib olamiz! Bizni kuzating! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 📱 Facebook | 🌐Web | 🌐 Youtube