Gurlan IT Park
Open in Telegram
IT Park Gurlan START local & Go global Murojat uchun: @grapic_designer
Show more127
Subscribers
-124 hours
+27 days
+430 days
Posts Archive
“Xavfsiz raqamli ish muhiti” kursida bepul tahsil oling!
🗣Mustaqillik bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlarini foydali o‘tkazing! Dam olish kunlarida raqamli xavfsizlikning asosiy qoidalarini o‘rganib, internetda o‘z ma’lumotlaringizni himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlang.
✅Buning uchun aileaders.uz platformasida Finlandiya Raqamli xizmatlar agentligi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Xavfsiz raqamli ish muhiti” kursida tahsil olishingiz mumkin. Raqamli xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan ushbu kurs 8 ta qisqa dars, amaliy savollar va topshiriqlardan iborat.
✅Kurs davomida raqamli xavfsizlik asoslari, tahdidlarni aniqlash, xavfsizlik bilan bog‘liq holatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda muhim ma’lumotlar va tizimlarni himoya qilish bo‘yicha zarur bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
⚡️Hoziroq aileaders.uzʼga tashrif buyuring va o‘rganishni boshlang!
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
+6
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi
🖥 Bugun, 27-avgust kuni Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚜Ushbu “IT-shaharcha”da 100 nafardan ortiq yoshlar bir vaqtda tahsil olishi mumkin. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⬇“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:
➡Kompyuter savodxonligi; ➡Dasturlash; ➡Sun’iy intellekt; ➡Robototexnika; ➡Grafik dizayn; ➡Ingliz tili.✅Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kibersport zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. ✅Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax, Andijon viloyatlaridagi “IT shaharcha”larda 2 100 dan ortiq yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. ⚜Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 yildan keyin qanday kasblar yo'qoladi?
AI bugun matn yozyapti. Rasm chizyapti. Video montaj qilyapti.
Savol: bu ishlarni qilib yurgan odamlar keyin nima qiladi?
Javob oddiy: AI strategiya qura olmaydi. Odamning nimadan qo'rqishini, nimani xohlashini tushunmaydi. Brendga jon kirita olmaydi — buni faqat odam qila oladi.
5 yildan keyin ishsiz qolmaydiganlar — eng ko'p biladiganlar emas. Eng tez o'rganib, o'zgarishga tayyor turganlar.
Texnikani o'rganish oson. Qiyini — o'zingizni o'zgartirish. Lekin aynan shu sizni ishda ushlab qoladi 🚀
Ulashing — bu post ertaga kimgadir kerak bo'lishi mumkin.
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing!
📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin, endilikda Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin tumanlarida yo’lga qo’yiladi.
✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan 8-sinf o‘quvchilari saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
✅Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
⚡️Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
🗣Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🚀Telegram |📷 Instagram
Repost from N/a
Noldan startap qurishni o'rganing. Bepul.
Debochada O'zbekistonning kuchli founderlaridan video darslar bor. Nazariya emas, amalda ishlaydigan yo'riqnoma.
65 ta dars. 1 so'm ham to'lamaysiz.
Yaxshi loyihalarga $350K gacha investitsiya imkoniyati.
Bir darsni ko'ring, keyin o'zingiz qaror qilasiz 👉 debocha.yoshlarventures.uz
👍IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, siz kutgan kun keldi!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀
Endi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda.
📚IT olamining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganing!
💻 Vibe Coding
🤖 Prompt (AI)
🧠 Sun’iy intellekt
💻Data Science
🔐 Cyber Security
🎨UI/UX
🤖 AI Agent🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ] 🌐Taklif va murojatlar uchun. ⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishni o‘tkazib yubormang! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+6
💥 Doʻstlar, sizlar uchun kurslarimiz haqida batafsil maʼlumot tayyorladik.
✅ Ushbu postda siz quyidagilar haqida bilib olasiz:
⌛️ Kurs davomiyligi;
📩 Kurs dasturi;
💰 Kurs narxi.
Karuselni o‘tkazing va saqlab oling 💚
📍Manzilimiz:Gurlan tumani, Mustaqillik ko'chasi 43-uy Mo'ljal: Istirohat bog'i ichkarisida
Call-markaz: +998 97 511 44 42
✅IT ga yoʻlni bizning IT-taʼlimdan boshla!
Telegram • Instagram • Facebook • YouTube
❗️ Nomingizga kredit rasmiylashtirilishining oldini olish yo‘li
⌨️Nomingizga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilishi xavfining oldini olish juda oson: ⏺GooglePlay yoki AppStore orqali MyGov ilovasini yuklaysiz. ⏺MyID orqali pasport raqami va tug’ilgan kuningizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz. ⏺"Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish" xizmatini tanlaysiz va faollashtirasiz.✍️ Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! 📱Faollashtirilgan taqiq haqidagi ma’lumotlar "Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri"ga kiritiladi, bu esa banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan sizga kredit berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 👉 Ushbu muhim xizmatdan qanday foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanmani ko'rib, o'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlikdan himoya qiling! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
⚡️ Xorazm startaplari uchun venchur fondlari bilan uchrashish imkoniyati
13-avgust kuni Xorazm viloyatida startaplar uchun investitsiya sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Unda hududiy loyihalar o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri venchur fondlari vakillariga taqdim etish imkoniga ega bo‘ladi.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🎯 Startup Pitching 12 ta istiqbolli startap sahnaga chiqib, o‘z loyihalarini investorlar oldida taqdim etadi. 💡 Amaliy master-klasslar Startup va venchur bozori vakillari ishtirokchilarga: 🟩investorlar loyihani baholashda nimalarga e’tibor berishi; 🟩 asoschilar investitsiya jalb qilishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yishi; 🟩 mahsulotni investitsiyaga tayyorlash uchun nimalar zarurligi haqida amaliy tavsiyalar beradi.🗓 13-avgust 📍 IT Park, Xorazm viloyati 🔗 Ro'yxatdan o'tish 🚀 Sessiya startaplarga investorlar bilan aloqa o‘rnatish, ekspertlardan fikr olish va o‘sish imkonini beradi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🔴IOI 2026 ochilish marosimini ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring!
O‘zbekiston tarixda ilk bor 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi.
Olimpiadada 97 dan ortiq davlatdan 745 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston sharafini esa milliy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan 8 nafar o‘quvchidan iborat 2 ta terma jamoa himoya qiladi.
IOI 2026ning ochilish marosimini bugun soat 14:00 dan boshlab quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin:
🌐 https://youtube.com/live/ArDnzvUIJe4?feature=share
🔴 https://www.facebook.com/share/v/1CuKadGfhx/
🌐 https://youtube.com/live/WJ_917PpVmI?feature=share
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Obyektivka tayyorlovchi platforma
#manba / #internet
🤔 Obyektivka, rezyume va CV yaratishga yordam beradigan loyiha yaratish niyati hayolimga keldi.
"Balki tayyorlari bordir" deb izlaganimda yaxshi, obyektivka yasaydigan saytni topib oldim va sizlarga ham ulashgim keldi (tepadagi rasmda shu platformada yasagan homaki obyektivkam):
👉 https://www.obyektivka.uz/ (bepul)
Obyektivkani Word dasturi uchun shablonini bu yerdan yuklashingiz mumkin.
Bizning loyihalarimiz
☀️ Startapingiz uchun imkoniyatlarga boy yoz
Bu yoz startaplar uchun imkoniyatlarga juda boy. Avvalroq biz xalqaro akseleratorlar haqida ulashgan edik, endi esa mamlakatimizdagi eng yirik ikki tanlovni eslatib o'tamiz.
🥇 President Tech Award 2026 Umumiy mukofot jamg‘armasi va investitsiyalar — $5,000,000 Turli bosqichdagi startaplar uchun 3 ta yo‘nalish: 🔹 Incubation Program 🔹 Acceleration Program 🔹 Best Startup Project📲 Rasmiy Telegram-kanal Sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirayotgan jamoalar uchun esa quyidagi tanlovga arizalar qabuli davom etmoqda:
🧠 President AI Award 2026 Mukofot jamg‘armasi — $1,000,000 5 ta yo‘nalish: 🔹 AI in Public Services 🔹 Industry & Business AI 🔹 Healthcare & Medicine AI 🔹 Education AI 🔹 Green Economy & Agrotech AI📲 Rasmiy Telegram-kanal Arizalar qabuli awards.gov.uz saytida qizg‘in davom etmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔔 Eng muhim yangiliklar va startaplar uchun imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimiz bildirishnomalarini yoqing. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🔫 Kibersport musobaqalariga start beriladi!
Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park va Legion Cyber Arena hamkorligida Xorazm viloyatida yoshlar oʻrtasida Counter Strike 2 yoʻnalishi boʻyicha kibersport musobaqalari boʻlib oʻtadi.
👾 Ishtirokchilar: 14–30 yoshdagi yoshlar. Har bir jamoada 5 nafargacha aʼzo ishtirok etishi mumkin.
Musobaqaning maqsadi — yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning jamoaviy ishlash, strategik fikrlash va raqamli koʻnikmalarini rivojlantirish.
🏆 Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin — Smartfon + Courseradan vaucher + IT Center o'quv markaziga 50% chegirma vaucheri;
2-oʻrin — Yandex Station Alisa + Courseradan vaucher + IT Center o'quv markaziga 40% chegirma vaucheri;
3-oʻrin — Simsiz quloqchin + Courseradan vaucher + IT Center o'quv markaziga 30% chegirma vaucheri.
🗓 Sana: 09.08.2026 - Urganch shahri, «Legion Cyber Arena »
💰 Ishtirok etish bepul.
Ro'yxatdan o'tish
🔫 E-sports competitions to kick off!
In partnership with the Ministry of Digital Technologies, IT Park and Legion Cyber Arena esports competitions for youth will be held in Khorezm region. The featured game will be Counter Strike 2.
👾 Participants: Youth aged 14–30. Each team may include up to 5 members.
The goal of the competition is to provide meaningful leisure activities for young people, popularize esports, and develop their teamwork, strategic thinking, and digital skills.
🏆 Winners will be awarded the following prizes:
1st Place — Smartphone + Coursera Voucher + 50% Discount Voucher for IT Center Training Courses
2nd Place — Yandex Station Alisa + Coursera Voucher + 40% Discount Voucher for IT Center Training Courses
3rd Place — Wireless Headphones + Coursera Voucher + 30% Discount Voucher for IT Center Training Courses
🗓 Date: 09.08.2026 - Urgench city, «Legion Cyber Arena»
💰 Participation is free.
Register here
Loyihaning ikki nafar mentori xalqaro malaka oshirish dasturida qatnashadi
📖Joriy yilning iyul oyida “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Day of AI” xalqaro loyihasi doirasida Xitoyning Gonkong fan va texnologiyalar universitetida (HKUST) tashkil etiladigan malaka oshirish dasturiga saralash imtihoni o‘tkazildi.
✅Unda “Day of AI” loyihasi doirasidagi sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi orasidan saralab olingan qariyb 400 nafar pedagog ishtirok etdi.
✅Saralash yakunlariga ko‘ra, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi mentorlari Mahkamjon Oʻrozbayev (Yangibozor tumani AT mentori) hamda Zuxra Yaqubova (Tuproqqalʼa tumani AT mentori) Gonkong fan va texnologiyalar universitetida (HKUST) malaka oshirish dasturida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
🚀Telegram |📷 Instagram
🟥🟥🟥
Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda! Milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlaylik!
🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi.
✅Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini 2 ta terma jamoa himoya qiladi.
1-jamoa aʼzolari:
➡Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; ➡Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf; ➡Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf.2-jamoa aʼzolari:
➡Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf; ➡Ulugʻbek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich ➡Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich.⚡️Yigitlarimizga IOI 2026 da omad tilaymiz! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada
+5
Gurlan tumanida “Ideaton_2026” tanlovi o'tkazildi!
Innovatsion rivojlanish agentligi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi, Gurlan tuman hokimligi hamda Urganch Yoshlar texnoparki hamkorligida “Ideaton_2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning zamonaviy texnologiyalar va startap loyihalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini taqdim etib, ekspertlar va mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, eng yaxshi 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etildi.Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki hamda tashabbuskorligi uchun sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati Gurlan.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
IT sohasida rivojlanishni istaganlar uchun zamonaviy ta’lim.
IT Park University EPAM Systems’ning ko‘p yillik xalqaro tajribasiga asoslangan bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.
ITPU’da ta’lim amaliy yondashuv asosida tashkil etilgan: siz zamonaviy texnologiyalarni o‘rganasiz, real loyihalar ustida ishlaysiz, tahliliy va tizimli fikrlashni, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz hamda bilimlaringizni amaliy vazifalarda qo‘llashni o‘rganasiz.
Bakalavriat IT sohasida karyera boshlash uchun mustahkam poydevor yaratadi, magistratura bilim va tajribani chuqurlashtirish hamda murakkabroq texnik yoki boshqaruv rollariga o‘tishga yordam beradi. Gibrid ta’lim formati esa o‘qishni ish bilan qulay tarzda birga olib borish imkonini beradi.
🎓 Bakalavriat: Software Engineering
O‘quv yo‘nalishlari:
— Front-End Development
— Back-End Development
— Full-Stack Development
— Secure & Resilient Software Development
🎓 Magistratura: Software Engineering
O‘quv yo‘nalishlari:
— Solution Architecture
— Advanced Secure Software Engineering
— Data Engineering & AI
📌 Karyerangizdagi navbatdagi qadamni tashlang va IT-industriyadagi o‘zgarishlarning bir qismiga aylaning! Ta’limga arizani IT Park University sayti orqali topshirishingiz mumkin.
Qabul haqida batafsil ma’lumot oling:
+998 55 520 40 00 | @ITPU_bot
——
Education for those who want to grow in the IT field.
IT Park University offers bachelor’s and master’s degree programs built on EPAM Systems’ many years of international expertise.
Education at ITPU is based on a practical approach: you will study current technologies, work on real projects, develop analytical and systems thinking, strengthen teamwork skills, and learn how to apply your knowledge in practice.
A bachelor’s degree helps build a strong foundation for starting a career in IT, while a master’s degree allows you to deepen your expertise and move into more advanced technical or managerial roles. At the same time, the hybrid learning format makes it easier to combine study with work.
🎓 Bachelor’s degree: Software Engineering
Learning tracks:
— Front-End Development
— Back-End Development
— Full-Stack Development
— Secure & Resilient Software Development
🎓 Master’s degree: Software Engineering
Learning tracks:
— Solution Architecture
— Advanced Secure Software Engineering
— Data Engineering & AI
📌 Take the next step in your career and become part of the changes shaping the IT industry. Apply through the IT Park University website.
Learn more about admissions:
+998 55 520 40 00 | @ITPU_bot
