cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

Show more
Advertising posts
4 250
Subscribers
-424 hours
+37 days
-2930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Директорлар ва директорликка номзодлар учун менежерлик сертификатига эга бўлиш билан боғлиқ кўплаб саволлар келмоқда бирма бир савол жавоб шаклида жавоб бериб ўтаман. 1. Менежерлик сертификати учун ўқиш пулликми? Албатта мазкур ўқув курслари ҳақ эвазига амалга оширилади. Ўқув курсларида бир нафар номзод учун ўқитиш харажатларининг тўлов миқдори Институтнинг асосланган калькуляциясига мувофиқ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлиги томонидан ҳар йили 1 декабрга қадар тасдиқланади. 2. Ишдан ажралган ҳолда ўқув курсларда иштирок этиш учун номзодларнинг ўқиши даврида уларнинг иш ҳақи савланиб қоладими? Ишдан ажралган ҳолда ўқув курсларда иштирок этиш учун номзодларнинг ўқиши даврида уларнинг иш ҳақи миқдорлари сақлаб қолинмайди ва сафар харажатлари қоплаб берилмайди. Бироқ сиз Режа-тақсимотга киритилган директор сифатида ўқисангиз ўқитиш харажатлари Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига ажратилган бюджет маблағлари ҳисобидан Институтнинг харажатлар сметасида назарда тутилган ҳолда амалга оширилади. (Бу дегани режага критилган директорларнинг харажатлари қоплаб берилиши мумкин) 3. Директорлар ўқиган тақдирда уларнинг иш жойи ва ойлиги сақланиб қоладими? Сақланиб қолади. Директорларнинг ўқиш даврида уларнинг асосий иш жойи бўйича лавозими ва амалдаги ўртача иш ҳақи миқдорлари сақлаб қолинади. 4. Директорларнинг сафар харажатлари қопланадими? Ишдан ажралган ҳолда ўқув курсларда иштирок этиш учун юборилган директорлар учун қонунчилик ҳужжатларида белгиланган тартибда хизмат сафари билан боғлиқ харажатлар уларнинг асосий иш жойидан қопланади. Эсалатма: 2024 йил 1 январга қадар директор лавозимида ишлаб келаётган ходимларни ўқитиш ва сертификат олиш билан боғлиқ харажатлари Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан молиялаштирилади. Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

#savolimbor Ассалому алейкум. Саволим: Ходим 14 кун олдин эмас, купрок кун олдин огохлантириб ариза ёзса буладими? Мисол учун , 8 апрель куни ариза ёзиб аризада уз хохишимга кура 30 апрель куни ишдан бушатишингизни сурайман деб ёзса, буладими? Яъни 22 кун олдин огохлантирса буладими? Asos: MK 160-moddasi 7-qismi. ®mehnathuquqi javobi 📤 @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

#qonunbilan Kasaba uyushmalarining inspektorlari tomonidan taqdim etiladigan axborot tegishli kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari tomonidan umumlashtiriladi va ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda, boshqa manbalarda har yili, kelgusi yilning 1-mayidan kechiktirmay e’lon qilinishi lozim. https://lex.uz/docs/-4631281#-4632983
Show all...
#savolimbor? Ассалому алейкум устозлар яхшимисизлар. Бир саволим бор эди. Ходим сокрошенияга тушган, огохлантириш хати берилган. Огохлантириш муддати тугашига 15 кун қолганда ўқиш жойидан (сиртқи таълим талабаси эди) чақирув маълумотномасини олиб келди. Бу орада огохлантириш муддати тўхтатилиб турадими. ®mehnathuquqi javobi MK 165-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno. ❗️Demak, e’tibor bering MK 165-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish) oxirgi qismida ta’til haqida gap-so’z yo’q. Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtida o’tmay turadi. Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga qaysi holatlar kirishi MK 282-moddasida tatibga solingan. ❗️Yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati xodimning ta’tilda bo’lgan vaqtida o’taveradi. ❌ Diqqat! Lekin MK 163-moddasiga ko’ra (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlash), xodim ta’tilda bo’lgan davrda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda xodimning qaysi ta’tilda ekanligining ahamiyati yo’q. MK 213-moddasiga ko’ra ta’tilning 4 turi mavjud: har yilgi mehnat ta’tili;ijtimoiy ta’tillar;ish haqi qisman saqlanadigan ta’til; ish haqi saqlanmaydigan ta’til. ❗️Demak, savoldagi holatda xodim o’quv ta’tiliga chiqsa ogohlantirish muddati o’taveradi. Tasavvur qilaylik, xodim 20 kunga o’quv ta’tiliga chiqqan, 15 kundan so’ng ogohlantirish muddati tugaydi. Lekin xodim ta’tilda bo’lganligi uchun ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi. Unda mehnat shartnomasini qaysi kuni bekor qilish kerak bo'ladi❓ ❌ Bu holatda MK 235-moddasiga ham chalg’imaslik lozim. Ya’ni ushbu moddaning 1 va 2- qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi. 235-modda mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida xodimga har yilgi mehnat ta’tilini berishni tartibga soladi. Ya’ni 235-moddani MK 213-moddasidagi boshqa ta’til turlariga (ijtimoiy ta’tillar, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til, ish haqi saqlanmaydigan ta’til)larga tatbiq qila olmaymiz. ❗️Bu holatda xodim o’quv ta’tilidan ishga chiqqan 1- kuni mehnat shartnomasini bekor qilish lozim. ⚠️Diqqat! MK 164-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

#maqola Qaysi holatlarda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʼlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʼpol ravishda buzilishlari roʼyxati xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi mehnat shartnomasida belgilanadi? Ushbu  maqolamizda ushbu savolga javob topasiz. Bundan tashqari, maqolamizda o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom to‘g‘risidagi ustavlar hamda nizomlardan ham misollar keltirganmiz. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

#savolimbor Assalomu alaykum! Bir savolim bor edi xodim bilan mehnat shartnomasi bir marta qopol ravishda buzish deb bekor qilindi 14 kun ishga kelmaganligi uchun. Sud xodimni ishga tikladi, mehnat shartnomasini bekor qilishda tartibga rioya qilmagan deb, endi tiklangan xodim haligi ishga kelmagan 14 kuni uchun ham dalolatnoma bo'lsada haq olmoqchi. Maktab direktori uni tabelga kiritmagan shunda 14 kunga pul to'lash kerakmi? Javob Qiziq savol. Unga javob berishga harakat qilamiz. Mehnat kodeksining 319-moddasiga asosan, xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda ish beruvchi xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart. Kodeksning 320-moddasiga ko'ra, xodim bilan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi xodimning mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning bir turi sanaladi. Kodeksning 561-moddasiga binoan, yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan sud xodimga majburiy progulning butun vaqti uchun o‘rtacha ish haqini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ya'ni sud xodimga shartnoma bekor qilingandan keyingi barcha davr uchun pul to'lab berish majburiyatini yuklaydi. Asosiy masala xodim ishga kelmagan 14 kun nima bo'ladi? Mehnat kodeksining 198-moddasiga asosan, ish vaqtini hisobga olish ishga chiqishlarni tegishli hisobga olish davri uchun ish vaqtining belgilangan normasi xodimlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida qayd etish orqali har bir xodim tomonidan haqiqatda ishlab berilgan vaqtni aniqlashdir. Demak xodimning 14 kun ishga kelmagan davri majburiy progul sanalmaydi. Agar xodim hech bir sababsiz ishga chiqmagan bo'lsa, masalan, o'sha davrda kasal bo'lmagan bo'lsa yoxud shunga o'xshash boshqa ish haqi saqlanadigan holatlar bo'lmasa, ushbu muddat uchun ish beruvchi hech qanday haq to'lamaydi. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

ЎИБДЎ ҳар ой ўқитувчилардан ойлик ҳисоботларни талаб қилиши ҳуқуқий асосга эгами? @Yurist_Xizmati 4501-савол: Assolomu aleykum savolim bor edi. Man maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman savolim shuki maktabda maktab rahbariyatiga yani zauchga har oyda o‘qituvchilar ped yuklama bo‘icha qanday hujjat topshirishlari kerak. Maktab zauchi maktabda har oyda o‘qituvchilardan ped yuklama bo‘icha hujjat talab qiladi. O‘qituvchilar qonun bo‘icha maktab zauchiga har oyda ped yuklama bo‘icha hujjat topshirishlari kerakmi. Zauch ped yuklama bo‘icha o‘qituvchilardan hujjat talab qilishi qonunan to‘grimi ЮРИСТ ЖАВОБИ: Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 20 - декабрдаги 565-сонли буйруғига 37-иловада тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасалари (айрим фанлар чуқур ўрганиладиган ихтисослаштирилган муассасалар) ходимларининг лавозим мажбуриятларининг ўқув ишлари бўйича директор ўринбосарининг лавозим мажбуриятлари қаторида қуйидагилар: 👉 педагогик ходимга белгиланган иш юкламасини, жумладан, ўқув жараёни, ўқув жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараёнларга оид ишларни ўз вақтида бажарилишини назорат қилиш ва таъминлаш; 👉 ўқитувчилар фаолиятининг йиллик, чораклик ва ойлик режаларини тасдиқлаш ва бажарилишини назорат қилиш, ўқитувчилар фаолиятининг тасдиқланган режаларига мос равишда иш вақти ҳисобини олиб бориш белгиланган. ❗️Мана шу қоидага кўра сизлардаги ҳолатда ЎИБДЎ сизларда ойлик ҳисоботларни сўраши ҳуқуқий асосга эга. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

❗️Ходимнинг аризасини мажбуран олиб, уни ишдан бўшатиш НОҚОНУНИЙ @Yurist_Xizmati 4500-савол: Assalomu alaykum. Men 2018- yildan buyon maktabda MMIBDO‘ bosari lavozimida ish olib boraman. Prezidentimiz Shavkat Miromovich tashabbusi bilan davomatni yo‘lga qo‘yish asosida Milliy givardiya xodimlari bilan birgalikda "Xavfsiz maktab" konsepsiyasini keng joriy etish,"Oila - mahalla-maktab" uzviy tizimi asosida voyaga etmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish  maqsadida 2024 yil 26 fevralda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi hamda Milliy givardiya o‘rtasida 4-k/k va 5-k/k sonli qo‘shma qarori imzolangan. Bu qarorga asosan 1336 ta o‘quvchidan 6 ta o‘quvchi darsga kelmagan. 4-sababli va 2-sababsiz ma‘lumot berganligim uchun M va MTB mudiri va maktab direktori bilan birgalikda majburlab ishdan bo‘shash haqida ariza yozdirib oldi. Ammo arizamni yarim soatda qaytarib oldim. Lekin M va MTB mudiri seni arizang telifonimda rasmi bor deb ta‘kidlayabdi. Menga shu masalada yordam berishingizni so‘rayan. ЮРИСТ ЖАВОБИ: 🙅‍♂ Ходимнинг аризасини мажбуран олиб, уни ишдан бўшатиш ноқонуний. Меҳнат кодексининг 160-моддасига асосан ходим номуайян муддатга тузилган меҳнат шартномасини, шунингдек муддати тугагунига қадар муддатли меҳнат шартномасини ўн тўрт календарь кун олдин бу ҳақда иш берувчини ёзма шаклда огоҳлантирган ҳолда бекор қилишга ҳақли. Бунда ходим ўзи берган аризани чақириб олишга ҳақлидир. ❗️Ходим аризани ўз ташаббуси билан (ўз хоҳиши билан) ёзади. Агар иш берувчи аризани бошқа ҳар қандай усулда олса, унда ходимда ишга тикланиш ҳуқуқи пайдо бўлади. Қаранг! Олий суди пленумининг 20.11.2023 йилдаги 26-сон “Судлар томонидан меҳнат шартномасини бекор қилишни тартибга солувчи қонунчиликни қўллаш амалиёти тўғрисида”ги қарори 11-бандига биноан меҳнат шартномасини бекор қилишга фақат ходимнинг ёзма аризаси асос бўлиб, у ҳақиқатдан унинг меҳнат муносабатларини бекор қилиш тўғрисидаги хоҳиш-истагини намоён этиши лозим. Бунда қарор 20-бандига кўра қонунда белгиланган ёки ходим ва иш берувчи келишувига кўра қисқартирилган огоҳлантириш муддати давомида ходим меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ҳақида буйруқ чиқарилган бўлишидан қатъий назар аризасини қайтариб олишга ҳақли. ✅ Шундай экан сизда аризани қайтариб олиш ҳуқуқи мавжуд. ❗️Ишдан бўшатиш ҳақида буйруқ чиқаришда эса иш берувчи телефондаги расмни эмас, аксинча аризанинг асл нусхасини олиши керак. Меҳнат шартномасини бекор қилишга ходим шу ташкилотдаги ишни ҳақиқатда ташлаб кетиш истагини билдирган ёзма аризасига биноан йўл қўйилади (Қарор 21-банди). Бунда судларнинг эътибори, ходимни ариза ёзишга нафақат мажбурлаш, босим ёки тазйиқ ўтказиш, балки ходимда меҳнат муносабатларини тугатиш истаги бўлмай туриб, иш берувчи томонидан уни ариза ёзишга фаол равишда ундаш ҳаракатлари ҳам қистов сифатида баҳоланиши лозимлигига қаратилган. ✅ Шунга кўра сиз бу вазиятда туман адлия бўлимига мурожаат қилишингиз лозим. Шуни ҳам айтиш керакки, мактабларда ўринбосарларини ишдан бўшатиш фақат иш берувчининг ваколатига тегишлидир. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 26.05.2023 йилдаги ПФ-79-сон Фармонига кўра умумий ўрта таълим муассасалари директорларига ўз ўринбосарларини ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш ҳуқуқи берилган. Яъни иш берувчи директор ҳисобланади. ❌ Шундай экан сизни ММТБ мудири ишдан бўшатиши яна бир асосга кўра ноқонунийдир. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Show all...
Таълим касаба уюшмаси

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.