Nurafshon shahri hokimligi
Open in Telegram
Rasmiy sayt: https://nurafshon.uz Instagram: https://instagram.com/nurafshonshaharhokimligi Facebook: https://fb.me/nurafshonshaharhokimligi Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCgd5F
Show more3 198
Subscribers
-624 hours
+187 days
+2630 days
Posts Archive
✅✅✅✅
📺 OAV NIGOHIDA: Kecha kim edik, bugun kim bo‘ldik?!
Eski To‘ytepadan — yangi Nurafshongacha.
Kecha va bugun. Kechagi qiyofa va bugungi o‘zgarishlar. Nurafshonning yangilanish yo‘li — raqamlar va bunyodkorlik bilan emas, avvalo, insonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanali lavhasida.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
+4
✅✅✅✅
🎥 Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.
✅ Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. ✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
✅✅✅✅
Suyanchig‘im yo‘q, deb o‘ylardim. Bugun angladimki, suyanchimiz — Vatanimiz, Prezidentimiz ekan...
Nurafshonlik Asal Hamdamova bu yil davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilgan imtiyozdan foydalanib, O‘zbekiston davlat yuridik universitetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.
Ushbu imkoniyat Asalning ko‘ngliga qanot, kelajakka bo‘lgan ishonchiga esa katta kuch bag‘ishladi. Endi u oldiga ulkan maqsadlar qo‘yib, kelajakda yurtimizga munosib mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan.
Bu imkoniyat, uning hayotidagi burilish va kelajakdagi rejalari haqida qahramonimizning o‘zidan eshiting.
❗️Mazkur o‘quv yilida Nurafshon shahrida 3 nafar xotin-qiz davlatimiz tomonidan yaratilgan mazkur imtiyozdan foydalanib, nufuzli oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
✅✅✅✅
📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahridagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
✅ Tadbirlarda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirok etib, ustoz va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini yetkazdi.Shuningdek, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi. Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida. ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
+9
#tuhfa
Nurafshon shahrida yana bir zamonaviy sport maskani foydalanishga topshirildi
Nurafshon shahrining Dehqonobod mahallasida yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, faollar, mahalla jamoatchiligi hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi sport maydonchasi mahalla aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Tadbir davomida ushbu maskanda har shanba kuni turli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish tadbirlari va yoshlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazib borilishi belgilandi.Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash hamda aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
+9
✅✅✅✅
Nurafshonda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yo'lidagi muhim qadam
🏛 Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda davomat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida profilaktik hamkorlik tashkil etildi.
⏩ Tadbirda voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan hamkorlik tadbirlari natijasida ta’lim muassasasi, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kuchaytirilib, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning erta oldini olish hamda o‘quvchilarni maktabga ishtirokini yaxshilash bo‘yicha rejali chora-tadbirlar belgilandi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
🚨 Uch hududda ushlangan narkosavdogarlardan jami 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi
1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida tadbir ishtirokchilarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga urinib, avtomashina salonida bo‘lgan 2 dona o‘ramdagi shubhali moddalarni uloqtirib yuboradi. So‘ngra, transport vositasi to‘xtatilib, uning salonidan qo‘shimcha yana 2 dona hamda mazkur shaxs qabul qilib olishi kerak bo‘lgan geolokatsiyadan esa 1 dona o‘ramdagi shubhali moddalar olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan moddalar “gashish” giyohvandlik vositasi hisoblanib, ularning jami og‘irligi 5 kg.ni tashkil etadi.
2️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi sintetik narkotiklar fosh etildi. 2005 y.t. xorijiy davlat fuqarosi to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida zip-paketga solingan kukunsimon modda borligi ma’lum bo‘ldi hamda u vaqtincha yashayotgan xonadon ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, turli oziq-ovqat mahsulotlari nomi ostida qadoqlangan paketlar ichida 4 kg 133 gr “3-xlorometkatinon”, 403 gr “Amfetamin”, 720 gr “MDMA” va 20 gr “kokain” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
3️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona organlari hamkorligida Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara-bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan – Chortoq tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi tekshirildi. Natijada uning yoqilg‘i baki ichiga 2 kg 513 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, mazkur shaxs bilan chegara-bojxona postigacha birga kelib, postni piyoda kesib o‘tib, respublikamiz hududida uni kutib turgan 2005 y.t. chortoqlik sherigi ham ushlandi.🕵️♂️ Hozirda har uchala holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
+4
✅✅✅✅
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilmoqda
Kuni kecha davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda mavjud muammolarni mahallabay va xonadonbay yondashuv asosida hal etish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalla yettiligining o‘rni, mas’uliyati va shaxsiy daxldorligi muhim ekani ta’kidlanib, har bir mahallada aholining muammolarini chuqur o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
✅ Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla yettiligi a’zolarining shaxsiy mas’uliyati va daxldorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z. Maqsudova bugun erta tongdan Dehqonobod, Qumariq, To‘ytepa, Evalak hamda Muqimiy mahallalarida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.O‘rganishlar davomida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ❗️ Mas’ullarga aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, har bir xonadon bilan individual ishlash va belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
+4
✅✅✅✅
Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida profilaktik tadbirlar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar xodimlari hamkorligida shahar hududida faoliyat yuritayotgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida mazkur obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Shuningdek, ishchi-xizmatchilarga avariya va boshqa noxush holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida tegishli xizmatlarga tezkor xabar berish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.Targ‘ibot tadbirlari doirasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni bartaraf etish, shuningdek, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv mashqlari va amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda. ❗️Bunday profilaktik tadbirlar yoqilg‘i va gaz bilan bog‘liq obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda insonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
✅✅✅✅
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xavfsizlik talablari kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori — “Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olish va inson hayotiga xavf soluvchi omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan mazkur obyektlarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi talablar belgilandi.
Qarorga ko‘ra, yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalarida yong‘in, sanoat, texnik hamda ekologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, eskirgan va foydalanish muddati tugagan uskunalardan foydalanish cheklanadi, mutaxassislarning malakasiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi hamda gaz shoxobchalarida “U-Gaz” tizimi orqali nazorat va hisob-kitoblar raqamlashtiriladi.
Mazkur chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — avariya va noxush hodisalarning oldini olish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda shoxobchalarda xavfsiz faoliyatni ta’minlashdir.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
✅✅✅✅
Inklyuziv ta’lim Iforzodaga yangi imkoniyat eshigini ochdi
Nurafshon shahrida yashovchi Iforzoda Raxmatullayeva alohida ta’lim ehtiyojlariga ega. Onasining eng katta istagi esa qizining tengdoshlari bilan birga ta’lim olishi, ular qatori o‘qib, ulg‘ayishi edi.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tavsiyasi asosida Iforzoda 26-sonli umumta’lim maktabiga qabul qilindi.
Quvonarlisi, u avval inklyuziv ta’lim guruhida birga tarbiyalangan bog‘chadagi do‘stlari bilan endi bir sinfda o‘qishni boshladi.
Bugun Iforzoda maktabga xursand bo‘lib kelmoqda, tengdoshlari bilan birga darslarda qatnashib, muloqot qilmoqda va yangi bilimlarni o‘zlashtirmoqda.
Inklyuziv ta’lim — bolaga shunchaki maktab eshigini ochish emas. Bu unga tengdoshlari orasida o‘z o‘rnini topish, birga o‘qish va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yish imkonini yaratishdir.
🎬 Tafsilotlar videolavhada.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
+9
✅✅✅✅
Natija va mas’uliyat: Prezident videoselektorida berilgan vazifalar ijrosi qat’iy belgilab olindi
Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda Prezident videoselektorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov raislik qildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, hisobotlarni yopish maqsadida ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatish, raqamlarni qo‘shib yozish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani keskin qoralandi.
Shuningdek, imtiyozli kreditlar yo‘nalishida belgilangan rejalarni bajarmaslik va mavjud kredit resurslaridan to‘liq foydalana olmaslik holatlari jiddiy tanqid qilindi.
✅ Mas’ullarga Prezident videoselektorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini daromadli faoliyatga jalb etish, kredit resurslarini o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.Yig‘ilish yakunida topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar, muddatlar va kutilayotgan natijalar qat’iy belgilab olindi. Bunda asosiy mezon — qog‘ozdagi raqamlar emas, aholi hayotida aks etadigan real natija bo‘lishi ta’kidlandi. ✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
+9
✅✅✅✅
YOSHLAR BILAN MULOQOT: MUAMMOGA — YECHIM, TASHABBUSGA — KO‘MAK
Nurafshon shahrida yoshlar bilan ishlashning manzilli tizimi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Muloqotda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvning asosiy e’tibori yoshlarni qiynayotgan masalalarni shunchaki tinglash emas, balki har bir murojaat bo‘yicha aniq chora belgilashga qaratildi. Yoshlar tomonidan tadbirkorlikni boshlash, mavjud faoliyatni kengaytirish, ishga joylashish, kasb o‘rganish, moliyaviy ko‘mak va imtiyozlardan foydalanish kabi qator masalalar ko‘tarildi. Murojaatlar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida zarur topshiriqlar berildi. Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. ❗️Muhimi, har bir murojaat — e’tiborda, har bir tashabbus — qo‘llab-quvvatlovda. Bunday uchrashuvlar yoshlar va mas’ullar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlab, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish imkonini bermoqda. ✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
+6
✅✅✅✅
Nurafshonda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi
Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Nurafshon Dehqon bozori” MCHJ hududida yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
