Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar
Open in Telegram
751
Subscribers
-224 hours
-47 days
+430 days
Posts Archive
Instagramga birinchi marta boshqa odam oʻqigan versiyada she'rimni joyladim!
Kirib SEVIMLI TVni belgilab ketinglar...😌
Lev Tolstoy 15 tilni bilgan eng poliglot adiblardan biridir. Chet tillarini o’rganish bo’yicha uning yetarlicha qat’iyatli tamoyillari bo’lgan. Lev Nikolaevich yunon tilini faqat o’ta yalqov kishi o’rgana olmasligi mumkinligiga chuqur ishongan. Ingliz tilini bilgan holda esa istagan boshqa Yevropa tilini atigi uch oyda o’rganib olish mumkin. Qadimiy yahudiy tilini Tolstoy bir qish ichida o’rgangan. Til o’rganish bilan u sahardan kechgacha shug’ullangan. Shu tufayli u Muqaddas diniy kitoblarni original tilda o’qiy olgan.
@Erkin_HOJIMUHAMMAD
🇺🇸 Ой АҚШга тегишли - Трамп!
Tramp shunday degan ekan! Endam qotdi. Axir oyni doʻstim qizchasiga bervorgan edi-ku!
ISHQ
Sevgi meni taʼqib etishdan oldin,
Soppa-sog' edim, soʻng tushdim domiga.
Bir qizni sevdim-u, chalinib qoldim,
Orttirilgan sogʻinch sindromiga!
Bilaman, Xudoyim meni qo'lladi,
Oʻzimchi – aqlli, aslida nodon.
Bilaman, yig'lovchi onam boʻladi,
Bir kuni otilib ketsam mobodo!
Hissiyot kezadi vujudim boʻylab,
Baʼzida omadning oti chopmadi.
Yuragimda bir dard, boshimda oʻylar –
Men toʻrtta unsurdan tashkil topmadim.
Olovdanda kuchli yondim yorqinroq,
Havo yetmay qolib holim boʻldi tang.
Tuproqdan yaraldim, boʻlaman tuproq,
Suv oqdi koʻzimdan ajabo ishqrang!
Chunki vujudimda ishq qoni bordir,
Ey ishq, axir mening ogʻa inimsiz.
Bir qizni koʻrdim-u gullab yubordi,
Tilim sevdim degan soʻzni tinimsiz!
06.09.2026
EH
@Erkin_Hojimuhammad
9T avtobusda bir kitob o'qiyotgan ayol vahima qilib baqirib berdi. Qarasam detektiv asar ekan. Qotil kim ekanini aytib berdim. Battar boʻlsin!
#METRO (3)
КАССИР ОПА
Ёзганим шеър,
ода,
куй,
ўлан,
Қўлда китоб,
Орипов жуфт том.
Кириш учун, метрога тўла,
Чипта нархи – 1400 сўм!
Исмимга мос,
боламан эркин,
Кассир опа қарар охиста.
Пулни олиб, дер, –
кириш мумкин,
Кулиб,
сўнгра узатар чипта.
Севгига тор
замин,
шу ватан,
Куйдиради, ҳар кун ичимни.
Ер қарига олиб кираман,
Юракдаги муҳаббатимни.
– Кассир опа,
дилим бўлган ром,
У ҳам,
менга бир лаҳза зорми.
Севгилимнинг юраги метро,
Кириш учун чиптангиз борми?!
✍ Эркин ҲОЖИМУҲАММАД
@EHojimuhammad
#Fakt
Doriga nom qo'yadiganlar nom topa olmay endi oʻzbek ismlarini teskariga o'girishib qoʻyishyapti ekan! Masalan, Nozima!
@Erkin_Hojimuhammad
Bu filmni ko‘rib, beixtiyor «Terabitiyaga sayohat» filmi esga tushadi...
Ikkala film ham bolalikdagi beg‘ubor do‘stlik, hayotning go‘zalligi va eng og‘ir yo‘qotish haqida.
Avvaliga oddiy, siz-u biz kabi bolalar hikoyasidek ko‘rinadi, ammo oxir-oqibat tomoshabinni juda og‘ir hissiyotlarga solib qoʻyadigan film!
«Terabitiyaga sayohat»dagi Jess va Lesli qanday ajralmas do‘st bo‘lsa, «Mening qizim»dagi Veyda va Tomas ham shunday samimiy do‘st bo'lishadi.
Eng achinarlisi – ikkala filmda ham bola o‘zining eng yaqin insonini yo‘qotib, ayriliq azobini juda erta anglashadi!
🎥 1991 | Blu-Ray
🎧 O‘zbek tilida
@Erkin_Hojimuhammad
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi kutubxonasi! Xohlasang yotib, xohlasang turib, oʻtirib oʻqishga sharoitlar bor! Hamma sharoit mavjud! Oʻqish boʻlsa bas! Maza!
КУЗ
Осиғлиқ туради узум ёғочга,
чорбоғда хазонрез бошлаган кўрик.
Ёв келса, ватандан энг аввал қочган
қўрқоқдай баргларин тўкади ўрик.
Гўё айби бордай, ўзгарар туси,
боғ ичдан зил кетар, қисматдан лолман.
Гуноҳ қилиб қўйган кишидай юзи
қизариб кетади шохдаги олма.
Бу ҳолни юрагим қилади талқин,
хазин манзарадан излайди бахтлар.
Эски тўнингни еч, ўзгар, деб балки
баргларини бежиз тўкмас дарахтлар?!
Тақдир ола мушук йўлингга отган,
умринг бораётир анҳорда оқиб.
Сендан кетган инсон тушади ёдга,
жануб сари учган қушларга боқиб...
19.09.2022
Эркин ҲОЖИМУҲАММАД
@Erkin_Hojimuhammad
Turk tilidan online dars beradigan eng yaxshi ustozni kimdir bilsa tg shaxsiysini qoldirib ketsangiz:
+1
🕷️ Mana bu uchrashuv...
«O‘rgimchak odam» seriyasini ketma-ket ko‘rib chiqyapman. Lekin bu ikki qahramonning ancha qism oʻtib yana yuzma-yuz kelishi meni boshqacha ta’sirlantirdi.
Bir tomonda – Doktor Otto Oktavius, o‘z orzusi yo‘lida hammani qurbon qilishiga oz qolgan olim. Ikkinchi tomonda esa barcha davrlarning eng zoʻr oʻrgimchak odami (men uchun) Peter Parker.
– Ancha katta boʻlib qolibsan, Piter...
Menga bu kino sahnalari janglari bilan emas, qahramonlarning bir-biriga qaragan mana shu lahzasi bilan esda qoldi. ❤️🕷️
Repost from Отабек Ўрмон
Эмолмайман сузма халтани,
Чунки сигир сотилиб кетган.
✍️Эркинжон Ҳожимаматов
https://t.me/OtabekOrmon
