en
Feedback
Alisher Shermatov

Alisher Shermatov

Open in Telegram

🇺🇿 Alisher Shermatov 📚 Ta'lim | 🤖 Sun'iy intellekt | 📈 Menejment | 🎨 Dizayn Bu kanalda ta'lim tizimi, AI vositalari, foydali hujjatlar, amaliy tajribalar va samarali ishlash bo'yicha tavsiyalar ulashib boriladi.

Show more
393
Subscribers
-424 hours
-867 days
-15630 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '260
in 0 channels
August '26
+2
in 0 channels
Get PRO
July '26
+5
in 0 channels
Get PRO
June '26
+6
in 0 channels
Get PRO
May '26
+13
in 0 channels
Get PRO
April '26
+9
in 0 channels
Get PRO
March '26
+15
in 0 channels
Get PRO
February '26
+10
in 1 channels
Get PRO
January '26
+376
in 0 channels
Get PRO
December '250
in 1 channels
Get PRO
November '250
in 2 channels
Get PRO
October '250
in 2 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '250
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 2 channels
Get PRO
May '250
in 1 channels
Get PRO
April '250
in 1 channels
Get PRO
March '250
in 1 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '250
in 12 channels
Get PRO
December '24
+2
in 0 channels
Get PRO
November '24
+9
in 0 channels
Get PRO
October '240
in 0 channels
Get PRO
September '240
in 0 channels
Get PRO
August '240
in 2 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '240
in 0 channels
Get PRO
May '240
in 0 channels
Get PRO
April '240
in 0 channels
Get PRO
March '240
in 0 channels
Get PRO
February '240
in 0 channels
Get PRO
January '240
in 0 channels
Get PRO
December '23
+3
in 0 channels
Get PRO
November '23
+7
in 0 channels
Get PRO
October '23
+274
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September0
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September0
03 September0
02 September0
Channel Posts
🇺🇿 “Kelajak soati” darsi o’tkazildi Bugun Izboskan tumanidagi 2-umumta’lim maktabining o‘quvchilari uchun “Kelajak soati” m
+2
🇺🇿 “Kelajak soati” darsi o’tkazildi Bugun Izboskan tumanidagi 2-umumta’lim maktabining o‘quvchilari uchun “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot “Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar” mavzusida o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon barcha sohalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar, zamonaviy infratuzilma, ilm-fan, sport, iqtisodiyot va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan mustaqillikning bebaho ne’mat ekani, uni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir yoshning muhim burchi ekani yuzasidan fikr almashildi. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etdilar. 🇺🇿 Mustaqillik – taraqqiyot, farovonlik va yorqin kelajak poydevoridir! #KelajakSoati #Mustaqillik35 @shermatovlive

2
📚 Har kuni 20 bet kitob o‘qing! "Odatlar — bu o‘zingizni yaxshilashning murakkab emas, balki muntazam takrorlanadigan kichik
📚 Har kuni 20 bet kitob o‘qing! "Odatlar — bu o‘zingizni yaxshilashning murakkab emas, balki muntazam takrorlanadigan kichik harakatlaridir." — James Clear, "Atom odatlar" Ko‘pchilik bir yilda o‘nlab kitob o‘qishni orzu qiladi. Aslida buning siri juda oddiy — har kuni atigi 20 bet. ✅ Kuniga 20 bet o‘qisangiz: 📖 Bir oyda taxminan 600 bet, 📚 Bir yilda esa 20–30 ta kitob o‘qib tugatishingiz mumkin. Bu esa: • Bilimingizni oshiradi; • Fikrlash doirangizni kengaytiradi; • Nutqingiz va dunyoqarashingizni boyitadi; • Eng muhimi, har kuni o‘zingizning kechagi holatingizdan yaxshiroq bo‘lishingizga yordam beradi. Bugun telefon ekranini 20 daqiqaga chetga qo‘ying va uning o‘rniga 20 bet kitob o‘qing. Kelajakdagi o‘zingiz buning uchun sizga minnatdor bo‘ladi. 📖 Bugun boshlang! Chunki katta natijalar kichik odatlardan boshlanadi. #Kitob #Mutolaa #AtomOdatlar #JamesClear #20Bet #HarKunMutolaa #ShaxsiyRivojlanish #Bilim #OqishOdati @shermatovlive
302
3
🇺🇿 “Kelajak soati” darslari o’tkazildi Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida Izboskan tumanidagi 3-umumta’lim maktabining “Jas+3
🇺🇿 “Kelajak soati” darslari o’tkazildi Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida Izboskan tumanidagi 3-umumta’lim maktabining “Jasorat” sinfida “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati, istiqlol tufayli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Vatan ravnaqi yo‘lida har bir fuqaroning mas’uliyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yurt tinchligini qadrlash, xalq birligi va hamjihatligining ahamiyati yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. @shermatovlive
205
4
🇺🇿 “Bilimlar kuni” – yangi marralar sari ilk qadam! Bugun Izboskan tumanidagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Bilimla+4
🇺🇿 “Bilimlar kuni” – yangi marralar sari ilk qadam! Bugun Izboskan tumanidagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdim. Tadbir davomida o‘quvchilar, ustoz-murabbiylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, yangi o‘quv yiliga ezgu tilaklar bildirildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi tinglandi. Shuningdek, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, Vatanga sadoqatli va bilimli avlod bo‘lib voyaga yetishi borasidagi ezgu maqsadlar alohida ta’kidlandi. Barcha o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etaman! Yangi o‘quv yili barchaga ulkan zafarlar, yuqori natijalar va omad olib kelsin! #BilimlarKuni #YangiOquvYili #Izboskan #Kelajak #Yoshlar @shermatovlive
204
5
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak! Aziz yurtdoshlar! Sizni va Siz orqali barcha yaqinlaringizni eng ulug‘ va eng aziz ne’mat —
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak! Aziz yurtdoshlar! Sizni va Siz orqali barcha yaqinlaringizni eng ulug‘ va eng aziz ne’mat — jonajon Vatanimiz O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mustaqillik — bu xalqimizning erkin va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, tinchlik va osoyishtalik, yurtimiz taraqqiyoti hamda kelajagimiz poydevoridir. Bugungi yutuqlarimiz va ulkan bunyodkorlik ishlari aynan mustaqillik ne’mati tufayli ro‘yobga chiqmoqda. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, yurtimizga esa tinchlik, taraqqiyot va yanada ulkan zafarlar tilayman. Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Mustaqillik bayrami muborak! 🇺🇿 @shermatovlive
538
6
Assalomu alaykum! Ushbu kanal endilikda yangi bosqichga o'tmoqda. Bu yerda ta'lim, sun'iy intellekt, menejment, dizayn, foydali hujjatlar va ish faoliyatim davomida orttirgan amaliy tajribalarimni ulashib boraman. Xush kelibsiz!
333
7
🎲 “ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR Hayoti va ijodi bo‘yicha test sinovi” testi 🖊 25 ta savol · ⏱ 10 soniya
1 911
8
Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk sarkarda, shoir va “Boburnoma” asari muallifi bo‘lib, o‘zining ilm-fan va adabiyotga bo‘lga
Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk sarkarda, shoir va “Boburnoma” asari muallifi bo‘lib, o‘zining ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan e’tibori bilan tarixda muhim iz qoldirgan. “Kimki o‘z yurtidan yiroq tushsa, uning qadrini yanada chuqurroq anglaydi” — Zahiriddin Muhammad Bobur. @yomiuz
1 327
9
🎲 “Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo‘yicha test savollari” testi 🖊 25 ta savol · ⏱ 10 soniya
1 367
10
Alisher Navoiy — turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi bo‘lib, o‘z asarlari orqali insonparvarlik va ilm-ma’rifat g‘oyalarini
Alisher Navoiy — turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi bo‘lib, o‘z asarlari orqali insonparvarlik va ilm-ma’rifat g‘oyalarini ulug‘lagan. “Ilm — insonning eng buyuk boyligidir” — Alisher Navoiy. @yomiuz
1 158
11
Testda qatnashuvchilar ro'yxati 👉 @yomiuz
2 194
12
❗️❗️❗️ DIQQAT! TEZKOR! 📢 Test kuni belgilandi! Yoshlar instituti 2025–2026 o‘quv yili 2-davra, 4 oylik qayta tayyorlash kurslari uchun hujjat topshirgan nomzodlar 2025-yil 22-dekabr kuni soat 09:00 da test sinovlarida ishtirok etadilar. 📍 Manzil: Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (Toshkent shahar, I.Karimov ko‘chasi, 45-uy) 🧭 Mo‘ljal: “O‘zbekiston” metro bekati, “Humo Arena” sport majmuasi 🪪 Pasport yoki ID-karta bilan kelish shart. 👉 @yomiuz
2 233
13
Diqqat!!! Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2025-2026 o‘quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi! Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlari tomonidan 2025-yil 15-noyabrga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimli, mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik, ishbilarmonlik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasi mavjud davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari bo‘lishlari lozim. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma (Institutga o‘qishga tavsiya etishda nomzodlarning o‘ziga va ularning hujjatlariga nisbatan qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat tavsiya etayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.); 2. Institut direktori nomiga yozilgan ariza; 3. So‘rovnoma, ma’lumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda); 4. Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi); 5. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji kamida 2 yil bo‘lishi lozim); 6. 3,5 x 4,5 sm. o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat; 7. Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi. Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ikki bosqichli tanlovdan o‘tadilar. Qabul to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Institutning www.yomi.uz sayti hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlaridan olishingiz mumkin. Murojaat uchun telefonlar +998 71 232-61-31. @yomiuz
12 718
14
2025-2026 o’quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursiga o’qish istagidagi nomzodlaring umumiy natijalari e'lon qi+3
2025-2026 o’quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursiga o’qish istagidagi nomzodlaring umumiy natijalari e'lon qilindi. Umumiy natijalarga asosan 60 nafar nomzodlar tinglovchilikka saralab olingan. @yomiuz
2 647
15
📢Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan joriy yilning 22-23 avgust kunlari nomzodlar o'rtasida o'tkazilgan suhbat imtihonlari natijalari e'lon qilindi. Umumiy natijalar tez kunlarda e'lon qilinadi. @yomiuz
1 691
16
Joriy yilning 29-iyul kuni Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan o'tkazilgan test sinovlari natijalariga ko'ra, 55 va undan yuqori ball to'plagan nomzodlar suhbat imtihonlarida qatnashishlari belgilangan. Qabul komissiyasi tomonidan nomzodlar o'rtasida suhbat imtihonlari joriy yilning 22-23 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida bo'lib o'tadi. Nomzodlar belgilangan vaqtga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishlari talab etiladi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, I.Karimov ko'chasi, 45-uy, Мо'jal: О'zbekiston metro bekati. @yomiuz
1 983
17
Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkazilgan test sinovlari natijalari @yomiuz+4
Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkazilgan test sinovlari natijalari @yomiuz
2 508
18
Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkazilgan test sinovlari natijalari e'lon qilindi. Vazirlar Mahkamasining 336-sonli qaroriga ko'
Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkazilgan test sinovlari natijalari e'lon qilindi. Vazirlar Mahkamasining 336-sonli qaroriga ko'ra 55 va undan yuqori ball to'plagan nomzodlar keyingi bosqichga o'tadi. Keyingi bosqich suhbat imtihoni. @yomiuz
1 568
19
Assalomu alaykum kanal kuzatuvchilari! Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkazilgan test sinovlari natijalarini so'rab sizlardan Te
Assalomu alaykum kanal kuzatuvchilari! Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkazilgan test sinovlari natijalarini so'rab sizlardan Telegram botga ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Test natijalari ertaga soat 12.00ga qadar (imkoni bo'lsa undan oldinroq) e'lon qilinadi. @yomiuz
1 467
20
Joriy yilning 29-iyul kuni o'tkaziladigan test sinovlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining E bloki (Dasturiy injiniring fakulteti)da bo'lib o'tadi. Manzilning xaritadagi joylashuvi: Kirish TATUni orqa darvozasi (Davlat test markazi binosi tomonidan). Nomzodlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki passport) bilan kelishlari so'raladi. @yomiuz
1 497