en
Feedback
МГ Ахборот хизмати бошлиғи

МГ Ахборот хизмати бошлиғи

Open in Telegram
1 014
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-6030 days
Posts Archive
Davlatimiz rahbarining aholi osoyishtaligini ta’minlash va hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga doir belgilab bergan ustuvor vazifalarining amaliy ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B. Tashmatov tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumani hamda unga tutash bo‘lgan Toshkent tumanlarida xavfsiz muhitni yaratishga doir manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish ishlari davomida qo‘mondon ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan yaqindan suhbatlashib, mavjud muammolarni muhokama qildi. Muammoli masalalarning tezkor yechimi yuzasidan esa sohaga oid mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda vazifalar yuklatildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

#Axborot24 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorlariga sharh Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

#Payshanba_yoshlar_kuni YUKSAK BILIM, MUSTAHKAM IRODA VA VATANGA SADOQAT — YOSHLARIMIZNING POYDEVORI! Milliy gvardiya tizimidagi ta’lim muassasalarida bilim olayotgan yoshlar — Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lida munosib xizmat qilishga intilayotgan, bilimli, intizomli va yuksak ma’naviy fazilatlarga ega avlod vakillaridir. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Mustaqillik35 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Davlatimiz m
#Mustaqillik35 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan Milliy gvardiya qoʻmondonligi barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon boʻlsin! Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

#Mustaqillik35 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (вторая часть): 📌 Сред
Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (вторая часть):   📌 Средняя продолжительность жизни населения в Узбекистане увеличилась за период 1991-2025 годы с 66,4 до 75,4 года, младенческая и материнская смертность снизилась в 4 раза; 📌 Мы вступаем в совершенно новую эпоху, следующее десятилетие будет для нас эпохой национального прогресса;   📌 В ближайшие годы реализуем 7 национальных программ, которые еще больше повысят ценность и достоинство человека в нашей стране;   📌 Первая национальная программа будет направлена на превращение знаний и навыков в основной капитал будущего развития;   📌 Мы перейдем к модели охраны здоровья, основанной на усилении профилактики. Государственное медицинское страхование охватит все семьи в стране;   📌 К 2030 году объем валового внутреннего продукта будет доведен до 300 миллиардов долларов;   📌 Четвертая национальная программа будет направлена на коренное изменение отношения к воде и природе;   📌 Решительно продолжим реформы по усилению правовых гарантий граждан и предпринимателей;   📌 Махалля будет превращена в основной заказчик общественного развития;   📌 Мы продолжим многовекторную, взвешенную и сбалансированную внешнюю политику для превращения Узбекистана в центр международной дипломатии; 📌 Сегодня мы сильнее, чем были вчера, а завтра станем еще сильнее, чем сегодня; 📌 Если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей. Никто не сможет победить народ и государство, обладающие такой великой силой; 📌 Наш мужественный, стойкий и благородный народ обязательно достигнет своих великих целей. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (первая часть): 📌 Корн
Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (первая часть):   📌 Корни нашей великой независимости уходят в глубь истории, к традициям национальной государственности и нашей древней цивилизации, насчитывающей более трех тысяч лет;   📌 Независимость прежде всего вернула нам честь и достоинство, нашу священную религию, родной язык, забытые национальные ценности;   📌 Мы преклоняемся перед немеркнущей памятью всех наших самоотверженных предков, погибших в героической борьбе за нынешнюю свободную жизнь;   📌 Мы глубоко чтим память о нашем Первом Президенте, выдающемся государственном и политическом деятеле, уважаемом Исламе Абдуганиевиче Каримове;   📌 С первых же дней наших реформ мы прислушались к голосу народа, поставили перед собой задачу помочь в решении его проблем;   📌 Мы искоренили такие негативные явления, как «принудительный и детский труд», в том числе на хлопковых полях, «ограничения конвертации», «прописка»; 📌 Последние 10 лет мы упорно трудились для построения общества, где каждый человек будет жить свободно и благополучно, широко открыли Узбекистан миру;   📌 Мы планировали довести к 2030 году объем ВВП до 160 миллиардов долларов. Эту задачу мы выполним уже в текущем году и войдем в ряд государств с доходом на душу населения выше среднего;   📌 Мы сумели снизить уровень бедности с 35 процентов в 2017 году до 4 процентов в нынешнем. У 10 миллионов человек повысилось качество жизни, они обрели семейное благополучие; 📌 Более половины студентов вузов страны составляют девушки и женщины образованные девушки – это образованные семьи, образованное поколение, просвещенное общество;   📌 Решающим фактором нашего развития мы наряду с образованием считаем науку, современные технологии и инновации;   📌 Моя цель – добиться того, чтобы Узбекистан стал центром прогрессивных инициатив в сфере технологий. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (bir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi; 📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi; 📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz; 📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz; 📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik; 📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik; 📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik; 📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz; 📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi; 📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir; 📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz; 📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi: – Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini al
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:  
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!   Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!   Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!   Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman.   Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!   Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!   Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruhda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Markaziy devonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh harbiy xizmatchilar Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov tomonidan medallar va ordenlar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

#payshanba_yoshlar_kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini kengaytirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida Milliy gvardiya hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

Ot sporti — yoshlarni jasorat, matonat va milliy an’analar ruhida tarbiyalaydigan maktab. Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida bo‘lib, chavandozlarning mashg‘ulotlari, tayyorgarligi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir davomida ot sportini yanada rivojlantirish, yoshlarning qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va milliy chavandozlik an’analarini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR — XIZMAT SAMARADORLIGI YO‘LIDA Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi filialida bo‘lib, zamonaviy raqamli texnologiyalar va robototexnika imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda elektron dasturlar, raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar hamda Unitree kompaniyasining zamonaviy robotlari namoyish etildi. Muloqot davomida robototexnika va innovatsion texnologiyalarni jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Huawei kompaniyasi bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B. Tashmatov raisligida 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida tizimda amalga osh
+9
Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B. Tashmatov raisligida 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

Har bir murojaat e’tiborda va amaliy ijrosi nazoratda Murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari onlayn va oflayn tarzda tinglanib, har bir masala atroflicha o‘rganildi. Ko‘tarilgan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

4-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘z faoliyatini boshlagan kun! 2017-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respu
4-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘z faoliyatini boshlagan kun! 2017-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil qilinib, o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, 2020-yil 18-noyabrda "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida"gi Qonun imzolanib, Milliy gvardiyaning faoliyati mustahkamlandi. - - - August 4 — The Day the National Guard of the Republic of Uzbekistan Began Its Activities! On August 4, 2017, by a Decree of the President of the Republic of Uzbekistan, the National Guard of the Republic of Uzbekistan was established and officially began its activities. Furthermore, on November 18, 2020, the Law "On the National Guard of the Republic of Uzbekistan" was signed, strengthening the legal framework governing the activities of the National Guard. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov joylardagi manzilli ishlarini izchil davom ettirmoqda. Shu kabi manzilli o‘rganish ishlari bugun Sirdaryo viloyatida joylashgan Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida amalga oshirildi Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV