DeCoder
Open in Telegram
🧑💻Machine Learningga qiziquvchilar uchun Shaxsiy Blog 😉Kanalda #offtopic postlar bo'lishi mumkin 🔝Qo’shimcha blog: @Yoshlik_Media 🔜Savol va takliflar: @bnutfilloyev ❗️Mualliflik huquqini hurmat qiling.
Show more309
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
309
HeatMap
✅ HeatMap(Issiqlik xaritasi) - Juda ko’p projectlarda HeatMapdan foydalanish katta ustunlik beradi.
Yaqinda bir sherigimiz, HeatMap orqali ajoyib project qilibdi. Toshkent hududida sodir bo’layotgan avtohalokatlarni xaritaga tushirib chiqibdi.
✅ Link: http://aziza2027.pythonanywhere.com/
✅ Bu ma’lumotlar orqali eng ko’p avtohalokatlar bo’layotgan nuqlardagi muammolarni aniqlash ancha osonlashadi. Unda 4 xil xususiyatlar asosida nuqtalar berilgan.
P/s: Shunga o’xshash project qilib o’z portfoliongizni boyitishingiz mumkin. Bu keyinchalik ishga kirishda katta yordam bo'ladi.
**Iloji boricha Kompyuterda ochishga harakat qiling
309
Dockerni Ubuntu 20.04 ga o’rnatish bo’yicha yo’riqnoma(O’zbek tilida)
GitHub: https://github.com/YoshlikMedia/Data-Science/tree/main/Docker
Medium: https://medium.com/@yoshlikmedia/dockerni-ubuntu-20-04-tizimiga-o-rnatish-va-foydalanish-bdfc5e1ce474
Keyingi tutoriallar haqida commentda qoldiring!
Telegram | LinkedIn | GitHub
309
Googlega ishga kirishda berilgan savol:
Orolda 12 ta bir xil odamlar bor. Ularning 11 tasi bir xil vaznda, lekin 1 tasi yoki og’ir yoki yengil. U yerda tarozi(pallalik) ham mavjud. Lekin siz tarozidan faqat 3 marta foydalana olasiz. Sizning vazifangiz o’sha odam og’ir yoki yengilligini topish va uni kimligini aytish.
Shunchaki boshni qotirish uchun savol. Googledan qidirmang. Keyinroq javobni video ko’rinishida yuklayman.
English version: LINK
309
..davomi
Shu joyida doim bir narsa meni qiynaydi, nahotki bu suhbatni yandex o’zi saqlamasa?
iOS tizimida Google Maps bloklangani uchun Yandex.Maps’dan foydalanib kelaman. Bu meni juda qo’rqitadi ham, chunki qayergadir borganimda keyin kechasi Yandex ilovasida menga notification kelishni boshlaydi, borgan o’tgan joylarim haqida ma’lumotlar, ularga baho berishimni so’raydi. Demak ular bizni kuzatishyapdi. Yandex Stansiya har doim men yaxshi ko’rgan qo’shiqlarni kuylaydi, to’g’ri to’g’ri recommendation system deyishingiz mumkin, lekin unda birinchi marta foydalanganimda ham shunaqa edi eng yoqimli qo’shiqlarni qo’yardi. Ularda biz haqqimizda ma’lumotlar aaancha muncha. Endi suhbatlarimiz haqida ham ma’lumot olishyapdi(
Ko’p AI tushungan sari qo’rqinchlilashib boraverarkan, AI’da his hayajoy paydo bo’lsa…
P/s: Yaxshi niyat qila qolaylik😉
309
Yandex & Google
2-qism
Yaqinda Yandex o’zining Alisa’siga ovozli qo’ng’iroqlarga javob berish funksiyasini qo’shdi. Uni ishlash tartibi quyidagicha: Alisaga
“Алиса, включи определитель номера” → va sizga telefon bo’lganda Alisa javob berishni boshlaydi.
Hammasi juda oddiydek ko’rinishi mumkin, lekin:
Bu yerda kuchli Yandex SpeechKit technologies bor. Ya’ni avval (1) Voice recognition orqali qo’ng’iroq qilinayotgan inson so’zlari textga o’tkaziladi, undan so’ng (2) neuron tarmoqlar bu textga qanday javob berish kerakligi haqidagi xabarni yozishadi va (3)Text to Speech → Alisa javob beradi.
Bu suhbat yozib olinadi. Viber yoki Telegram orqali suhbat egasiga yuboriladi.
Telegram | LinkedIn | GitHub309
Call center automation in the cloud
1-qism
Barchamiz Call Center(Operatorlar) bilan gaplashgan bo’lsak kerak. Ularda 1 inson qo’ng’iroqlar yoki umumiy holda xabarlarga javob beradi. Hatto buni sizning o’rningizda qilib beradigan kompaniyalar ham bor. Ayniqsa logistika yo’nalishida ishlaydiganlar, aniqrog’i dispatcherlar faqat telefon orqali suhbat qilib trucklarni yo’naltiradilar.
Biroz muddat oldin qatnashgan “Voice AI Challange”da bir loyiha bilan ishtirok etgan edik(garchi yutmagan bo’lsak ham). AI Call Center - u inson javob beradigan har kunlik savollarga robotlar orqali javob berish va muammolarni hal qilishga qaratilgan edi.
Process quyidagicha:
Mijoz telefon qiladi
↓
Robot savolga javob berishga harakat qiladi
↓
Javob berolmasa Dispatcherga yo’naltiradi.
↕
Dispatcher tomonidan yozilgan ovoz tahlil qilinadi va keyin kelishi mumkin o’xshash savollarga javob beriladi.
Telegram | LinkedIn | GitHub309
Azizlar bizni jonajon maktabimiz ta’mirlanishiga o’z ovozlaringizni ayamanglar quyidagi link orqali kirib ovoz berish qilsangiz savob bo’lgan bo’lar edi. Har bir ovoz juda muhim!
https://openbudget.uz/boards/4/48802/
309
Hayajon… Hayajon…
Speech tugadi, natijani kutyapmiz. @maroonbells’dagi qoida bu yerda ham ishlaydi)
*Agar finaldan keyin post chiqmasa, bilib olaverasizlar
309
Kechagi kundan lavhalar.
Jamoalar kuchli, raqobat katta, voqealar keskin tus olmoqda.
3 ta o’rin, kimga go’liblik nassib etarkin. @teamwork_uz asoschilari ham shu yerda.
P/s: Teamwork -> O’zbekcha Upwork.
#AstrumHack
309
Faker
Faker is a Python package that generates fake data for you.
Data Scienceda tajriba o’kazish uchun juda ko’p uchraydigan muammolardan biri bu dataset yetishmovchiligi hisoblanadi.
Quyida keltirilgan “package” sizning ishingizni 10, 100 marta osonlashtirishi mumkin.
Sizga “fake” ma’lumotlarni oson va tez generatsiya qilib bera oladi.
Package o'z ichiga name, address, provider, IP v4 manzillar va shunga o'xshash juda ko’p parametrlar asosida generatsiya qilib berishi mumkin.
GitHub: https://github.com/joke2k/faker
Documentation: faker.rtfd.org
Telegram | LinkedIn | GitHub
309
#kitob
Sun'iy intellekt asoslari. Mashinaviy o’qitish
O'zbek tilida yana bir yangi kitob chop qilindi.
Asaxiy internet do'konidan xarid qilishingiz mumkin.
Mualliflar: S.Komolov va Sh.Raxmatov
PS: Sherzod Raxmatov mening ustozim hisoblanadi. Juda ko'p narsalar o'rgatgan.
Xarid qilish
