cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TUYG'ULAR TAFTI

Koshki, "koshki"larga qolmasa o'rin, Insonga isyonlar qilmasa hislar. Oqlikday, poklikday qorli qalb yo'lin Egallab olmasa noaniq izlar... ✍️ NASIBA BOSHMONOVA Murojaat uchun: @N_Botirovna

Show more
Uzbekistan57 740The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
196
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

KOʻNGIL QOʻNGʻIROGʻI Sinfdosh, sogʻinib, yoniib qolaman, Kim ne desa desin hali bolaman. Bu kuyni tinglabon oʻyga tolaman: Koʻngil qoʻngʻirogʻi - soʻngi qoʻngʻiroq. Ustozim, mehringga tenglik yoʻq, rosti! Shirin soʻzing birla yuksakka oʻsdim. Ishonching sababli zoʻr qadam bosdim. Koʻngil qoʻngʻirogʻi - soʻngi qoʻngʻiroq. O, sinf, qalbimning ijodxonasi, Yuragim yoqguvchi shovqinlar sasi Hamda quvonchga boy, bir dod xonasi... Koʻngil qoʻngʻirogʻi - soʻngi qoʻngʻiroq. Partadosh, qara-ya, dildoshmiz, endi, Sogʻinchni yengguvchi bardoshmiz endi, Bizlar begonamas qardoshmiz endi! Koʻngil qoʻngʻirogʻi - soʻngi qoʻngʻiroq. Maktabim, jonimga sayqal maktabim, Gar ketsak, kutguvchi mahtal maktabim, Shodlikka qoʻyilgan haykal - makatabim.. Koʻngil qoʻngʻirogʻi - soʻngi qoʻngʻiroq!!. ✍Nasiba Boshmonova ⚜️@Nasiba_Boshmonova_ijodi⚜️
Show all...
👍 7
👎 1
❤️❤️❤️
Show all...
2_5433649828674404963.mp33.51 MB
👍 5
👎 0
* * * Bu dunyodan nolib ketgani emas, Bu dunyodan g'olib ketgani keldim...
Show all...
👍 7
👎 0
#😂😂😂😂 Bir kuni geografiya oʻqituvchisi globusni koʻrsatib:⠀ — Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev:⠀ — Men olmadim ustoz, - debdi.⠀ Oʻqituvchi yana soʻrabdi:⠀ — Soliyev Afrikani menga topib ber!⠀ Soliyev:⠀ — Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.⠀ Shunda oʻqituvchi:⠀ — Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach:⠀ — Oʻgʻlingizga Afrikani koʻrsat, qani deb soʻrasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi.⠀ Dadasi oʻgʻliga oʻgirilib:⠀ — Oʻgʻlim, olgan boʻlsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qoʻshnisini koʻchada koʻrib qolibdi-da, boʻlgan voqeani gapirib bersa, qoʻshnisi:⠀ — Oʻzi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish.
Show all...
👍 9
👎 1
DILDOSHIMGA Bizning qalbimiz bir, qadamimiz bir, Shiorimiz ordir, shohiddir Alloh. Dildoshmiz, dildoshlik taqdirimizdir, Alhamdulillah! O'ylarimiz o'xshash, so'zimiz sirli, Haqiqat hokimdir holatimizda. Umrimiz toleyi - hamisha birlik, Bu bizning eng buyuk omadimiz-da! Vidoga vidoni aytib bo'lganmiz, U mutloq begona, yaqin kelolmas. Arzlar-u arazlar, hatto xatolar Rishtamizga raxna solmagan, solmas. Ko'ngil - keragimiz, kuchli kuchimiz, Baxt tomon baxtiyor bosamiz qadam. Vafoga vafoli bo'lmoq - burchimiz Oxiratda ham!!! ✍Nasiba Boshmonova ⚜️@Nasiba_Boshmonova_ijodi⚜️
Show all...
👍 11
👎 0
ТО СЎНГГИ НАФАСГАЧА... ҲАЛИМА ХУДОЙБЕРДИЕВА НОМИДАГИ ИЖОД МАКТАБИ ДИРЕКТОРИ МУҲАММАД ИСМОИЛНИНГ "ЎЗБЕКИСТОН 24" ТЕЛЕКАНАЛИГА ИНТЕРВЬЮСИ
Show all...
Халима..70..12.00_edit_x264.mp4103.94 MB
📃 *** ✍ Nasiba Boshmonova Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi 🎤 Shahzoda Hamroqulova Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi ⚜️@Nasiba_Boshmonova_ijodi⚜️
Show all...
Ovoz 002.m4a1.20 MB
👍 6
👎 0
📃 Iymon boʻlsin shoh... ✍ Nasiba Boshmonova Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi 🎤 Dilorom Toshkanboyeva Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi ⚜️@Nasiba_Boshmonova_ijodi⚜️
Show all...
Iymon bo‘lsin shoh🕋Boshmonova Nasiba_Karaoke.mp31.64 MB
👍 8
👎 0
📃 Yashasang... ✍ Nasiba Boshmonova Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi 🎤 Shahzoda Hamroqulova Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi oʻquvchisi ⚜️@Nasiba_Boshmonova_ijodi⚜️
Show all...
Yashasang.m4a1.37 MB
👍 8
👎 0
#sevimli_satrlar😊 *** Oy yigʻladi asta xoʻrsinib, Oq terakka suyanib behol….. Nomozshomgul yumdi koʻzini… Ketayapman… Toʻyib qarab qol Yoningdagi kim? U- shamolmi? Endi ishq ham boʻlolmas rasan. Kezinasan.. Pushaymoning kech. Axir qasam… Oʻrtada qasam! …Nomozshomgul yumdi koʻzini, Koʻzlarini yulduz yoptimi? Kutganinga hech oʻxshatmading… Ayt, ketishim oʻxshayaptimi? ✍ Zebo Mirzo
Show all...
👍 8
👎 0
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.