cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kettu damga

Turizm haqida foydali va qiziqarli kontent

Show more
Uzbekistan28 162The language is not specifiedTravel11 420
Advertising posts
639
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:31
Video unavailable
Agar alpinistlar Everest cho‘qqisini (8848.86 m) qanday zabt etishi sizga qiziq bo‘lsa, videoda bu mashaqqatli jarayonni his qilishingiz mumkin. Cho‘qqiga chiqishning eng qiyin joylaridan biri. @kettu_damga
Show all...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Hindlar arxitekturani tabiat bilan uyg‘unlashtirishga intilishadi. Masalan, ushbu mehmonxona qadimiy plotina ustiga qurilgan va u ko‘l ekotizimining bir qismiga aylanib ulgurgan. Darvoqe, bu hududda 250dan ortiq qush turlari mavjud! Mahalliy jonivor va qushlarni ko‘rish uchun eng yaxshi payt — noyabrdan yanvargacha. Hindiston, Nimaj. @kettu_damga
Show all...
00:19
Video unavailable
Dunyodagi eng chuqur basseyn, BAA. @kettu_damga
Show all...
🔥 2 1
Photo unavailable
Gruziyaning «Georgian Wings» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi Tbilisi-Toshkent-Tbilisi yo‘nalishidagi parvozlar haftaning seshanba, shanba kunlari amalga oshiriladi. @kettu_damga
Show all...
00:08
Video unavailable
Tailandga sayohat vaqtida Chiang Meydagi Dantevada – Farishtalar yerini albatta ko‘ring. U shahar shimolidan mashinada 45 daqiqalik yo‘lda joylashgan. Bu yerdagi go‘zal sharsharalar, gulzorlar, daryolar va boshqa hayratlanarli manzaralar sizni befarq qoldirmaydi. Shuningdek, yaqin-atrofda mazali yeguliklar, kokteyl va choylar sotiladigan qahvaxonalar ham ko‘p. Kirish narxi - 80 bat (28 000 so‘m). @kettu_damga
Show all...
🔥 3
Turkiya vs BAA: solishtirish bizdan, tanlash esa sizdan O‘zbekiston fuqarolari Turkiya hududida 90 kungacha vizasiz bo‘lib turishi mumkin. BAAga vizani rasmiylashtirish narxi 85$ atrofida. Plyaj va dengiz Plyajli xordiq uchun eng yaxshi joy Dubay hisoblanadi. Uni hatto plyajlar poytaxti deb atashadi. BAA playjlari qumli, Turkiyada esa shag‘alli. Tozalik jihatidan birinchilikni BAA plyajlari egallaydi. Diqqatga sazovor joylar Turkiya – tarixiy binolar va arxitektura ixlosmandlari uchun haqiqiy topilma. Bu mamlakatning atmosferasini his qilish uchun sayohat va ekskursiyalar ko‘zda tutilgan turlarni tanlash maqsadga muvofiq. Dubay ko‘proq ko‘zni qamashtiruvchi osmono‘par binolari va ko‘ngilochar markazlari bilan mashhur. Mehmonxonalar Bu borada muhim qonuniyatni esda tuting: Ba'zan Turkiyaning 5 yulduzli mehmonxonasi servis nuqtayi nazaridan BAAdagi 3 yulduzli mehmonxonaga teng bo‘lishi mumkin. BAAda mehmonxona narxlari birmuncha qimmatroq, ammo xizmat ko‘rsatish darajasi ham shunga muvofiq. Bu ma'lumotlar sayohatingizni rejalashtirishda sizga asqotadi degan umiddamiz😊 @kettu_damga
Show all...
👍 6 1🥰 1
00:12
Video unavailable
Saudiya Arabistonidagi Masjid al-Nabaviy yonidagi yuqori texnoligik soyabonlar🇸🇦 @kettu_damga
Show all...
1🔥 1
00:10
Video unavailable
Hayratlanarli darajada go‘zal bu sharshara va Kuzalan milliy parki Turkiyaning Giresun shahrida joylashgan. @kettu_damga
Show all...
01:55
Video unavailable
Yaponiyada 300−500 iyen (24 000-45 000 so‘m) evaziga ofitsiantdan shapaloq “yeyish” mumkin bo‘lgan ajoyib kafe bor. “Ota-bobolarimizdan qolgan” bu usul yordamida tashrif buyuruvchilar tetik, bardam holatga kelishadi. Aniqlashtirib ketamiz, pulni u emas, siz to‘laysiz)  @kettu_damga
Show all...
👍 2😁 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Kambojaning Tonlesap ko‘li suzib yuruvchi qishloqlari bilan mashhur. Bu yerning asosiy aholisini fuqaroligi bo‘lmagan etnik vyetnamliklar tashkil etadi. Ular o‘z uylarini qayiq-sollar ustida “qurishadi”. Tonlesap ko‘li Janubi-Sharqiy Osiyoning eng katta chuchuk ko‘li hisoblanadi. Uning akvatoriyasiga butun Kambodja baliqchiligining 75%i to‘g‘ri keladi. Sayyohlar bu yerdagi qishloqlarning biriga ekskursiyaga kelishi, shuningdek, qayiqda chiroyli mangra o‘rmonlarini tomosha qilishi mumkin. @kettu_damga
Show all...