cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bandlik Vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 203 01 30 e-mail: [email protected], [email protected]

Show more
Uzbekistan2 187The language is not specifiedCareer1 018
Advertising posts
38 036
Subscribers
+14424 hours
+1 3837 days
+10 56730 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
📈 O‘zbekistonda 2015–2023-yillarda kambag‘allikni qisqartirishda erishilgan natijalar Jahon bankining 2024-yil 9-maydagi “O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish yo‘li: xalqaro taqqoslash dasturi xulosalari” hisobotida O‘zbekistonda 2015–2022-yillarda kambag‘allik darajasi 2 barobarga qisqarib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori natijaga erishgan mamlakatlardan biri ekanligi ma’lum qilinmoqda. Batafsil ___ 📈Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons In the report of the World Bank on May 9, 2024 "Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons", the poverty rate in Uzbekistan will be reduced by 2 times in 2015-2022, and the countries of Europe and Central Asia it is reported that it is one of the countries with the highest results. More Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
8 98218Loading...
02
KOICA prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Seulda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashdi. Unda agentlik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar holati muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlarida qulay sharoitlarga ega 4 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)da 13 mingga yaqin ishsiz fuqaroga zamonaviy kasblar o‘rgatilib bandligi ta'minlangani, Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan shu kabi yangi markaz barpo etilayotgani ta'kidlab o‘tildi. KOICA prezidenti joriy yilda Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi qurilishi boshlanishini katta mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 267-sonli Qarori qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda bu kabi loyihalar sonini yanada oshirib, hududlarda yangi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini barpo qilish, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi boshqa o‘quv markazlarida ham Koreya texnologiyasi asosida qo‘shma markazlar tashkil etish, ularni zamonaviy va innovatsion o‘quv jihozlar bilan yangilash kabi masalalarda kelishib olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
64 26960Loading...
03
Yoz kelyapti. Konditsioner tuzatuvchi va o‘rnatuvchi ustalarning davri kelyapti Bu kasbni "Ishga marhamat" monomarkazlarida o‘rganishingiz mumkin 👉Monomarkazlar ro‘yxati Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
23 764119Loading...
04
G‘uzorlik mirishkorlar xorijga 200 000 dollarlik ko‘katlarni eksport qilmoqchi Tumanning “Batosh” mahallasidagi 7 gektar yerda ko’kat ekilib parvarish qilindi. Ayni kunlarda mahsulotlar yig’ib olinib eksportga yo’naltirilmoqda. Ko’katni ekish, parvarishlash ishlariga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolar jalb qilinib, ularning bandligi ta'minlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
12 82127Loading...
05
Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir: ▪️1-yanvar — Yangi yil; ▪️8-mart — Xotin-qizlar kuni; ▪️21-mart — Navro‘z bayrami; ▪️9-may — Xotira va qadrlash kuni; ▪️1-sentabr — Mustaqillik kuni; ▪️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; ▪️8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni; ▪️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; ▪️Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
16 878118Loading...
06
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Mehnat va bandlik vaziri bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi. Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi. Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi. Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
92 539268Loading...
07
Media files
10Loading...
08
Navbatdagi uchrashuv Koreyaning til o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli instituti “Qirol Sejong” bilan Xabar berib borayotganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular bugun “Qirol Sejong” instituti rahbari Li He Yong xonim bilan uchrashdi. O‘zbekistonda koreys tiliga qiziqish yildan-yilga oshib borayotgani va bu o‘z navbatida Koreyaga kelib ishlovchilar sonining ortishiga ham xizmat qilayotgani muloqotda e’tirof etildi. Uchrashuvda: ▪️ O‘zbekistonda “Qirol Sejong” o‘quv markazi filiallarini har bir hududdagi monomarkazlar qoshida ochish; ▪️ Ushbu o‘quv kurslariga Koreyadan oliy toifali o‘qituvchilarni jalb qilish; ▪️ Mazkur o‘quv markazi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan bitiruvchilarga Koreyada ishlash huquqini beruvchi viza taqdim qilish; ▪️ O‘zbekistonda koreys tili o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish; ▪️ Monomarkazlarni EPS test imtihonlariga ixtisoslashgan o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalarida kelishib olindi. “Qirol Sejong” instituti Koreyada vaqtincha ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga ish beruvchilar talabiga mos ravishda koreys tili, madaniyati va mehnat qonunchiligini yaxshi o‘zlashtirishlariga katta imkoniyat beradi.
86 920144Loading...
09
Bu rost! Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda ishlaganlarga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi 👉Soliq summasini qaytarish uchun ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring! (havolaga Gmail elektron pochtasi orqali kiriladi) Soliqlar 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan vaqt ichida qaytariladi. 📞Murojaat uchun telefon: 71 202-33-55 (ichki raqam 17). Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
86 7201 169Loading...
10
Issiqxonadan "issiq" daromad Gulchilikdan 1 mavsumda 200 mln so‘mgacha daromad topayotgan denovlik issiqxonachi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
14 26834Loading...
11
Andijon viloyatidagi tumanlarda Xitoy tajribasi asosida 5 gektar yerda 10 sotixli bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. TAKLIF BERISH ⬅️ 🗓 Yakunlanish sanasi: 17/05/2024 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
14 50120Loading...
12
#tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Muhammadiyev Faxriddin Jalolovich — Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. F. Muxammadiyev Samarqand qishloq xo’jaligi instituti, Bank-moliya akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ingliz va rus tillarini biladi. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Ko’kdala tumani soliq inspeksiyasi boshlig’i lavozimida ishlagan. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
16 703130Loading...
13
Seuldagi navbatdagi uchrashuvlar Koreya Respublikasi Qurilish uyushmasi rahbari hamda Koreya Xorijiy sanoat ishchilari milliy ittifoqi raisi bilan boʻlib oʻtdi. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
99 61886Loading...
14
Xorijdan qaytib hokim yordamchisiga aylangan Umid Kenjayev kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha katta maqsadlarni oldiga qo‘ygan. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
14 93714Loading...
15
Koreyada avtomobilsozlik yoʻnalishi boʻyicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kwak Yong Chol oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi. Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini e'tirof etib, mehnat munosabatlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi. Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 ming nafar ishchiga talab borligini aytib, bu boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini maʼlum qildi. Samimiy va do'stona ruhda o'tgan uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
108 127611Loading...
16
Janubiy Koreya. Oʻzbekona dasturxon atrofida vazir bilan samimiy gurung Ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada boʻlib turibdi. Dam olish kunlari delegatsiya aʼzolari Koreyaning Incheon shahridagi “OCKDONG” metallni qayta ishlash zavodida boʻlib, ushbu shaharda faoliyat olib borayotgan bir guruh hamyurtlarimiz bilan uchrashib ularning ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Yurtdoshlarimiz bilan suhbat osh tortilgan oʻzbekona dasturxon atrofida davom etdi. Rasmiyatchilikdan holi, ochiq va samimiy muloqotda vazir ular bilan dildan suhbat qurdi. Hamyurtlarimizni qaysi masalalar oʻylantiryapti, qanday muammolarga duch kelmoqda, mehnat, tibbiy, ijtimoy huquqlarining taʼminlanishi, qanaqa takliflari bor? Barchasi oʻrtaga tashlandi. Muloqotda chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonliklarning har qanday masalasi eʼtiborsiz qolmasligi, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtdoshlarimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki xorijiy davlatlarda ham oʻz vatanidagi kabi himoyada boʻladi va hamisha qoʻllab-quvvatlanadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
113 474287Loading...
17
#kelajak_kasblari Hech qanday kasb turg‘un emas! Yaqin 30 yilda bizni qanday yangi yo‘nalishlar kutmoqda? TURIZM Global iqtisodiyotning o‘sishi natijasida sayohat qiluvchilar soni yanada oshadi va turizm sohasi katta chaqiruvga duch keladi. Bunda odamlarning ehtiyojini qondirish, yana qaytib kelishini ta’minlash uchun ushbu sohada rejalashtirish, tashkil etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yondashuvini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. ▪️Alohida turlar rejissyori - muayyan shaxsning ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dam olish dasturlarini ishlab chiqadi. U butun tur davomida aloqada bo‘lib, mijozga virtual hamrohlik qiladi. ▪️Intellektual sayohat tizimlari mutaxassisi - chiptalarni xarid qilish, mehmonxonani band qilish va yo‘nalishlarni rejalashtirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan xizmatlarni yaratadi. ▪️Nostalgist - Shizofreniya demensiyasi bilan og‘rigan sayohatchilarga o‘zlarini xavfsiz va baxtli his qilishlariga psixologik yordam beradi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
15 57132Loading...
18
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Abdih Yaser boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Abdih Yaser O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda islohotlar amalga oshayotganini qayd etib, ushbu o‘zgarishlar natijasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida ham juda katta oldinga siljish kuzatilayotganini ta’kidladi. Xususan, Abdih Yaser respublikada kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichi 2023-yil boshidagi 14,1% dan 2024-yil boshiga kelib 11% tushgani, ishsizlik darajasi esa 2023-yil boshidagi 8,9% dan 2024-yil boshiga kelib 6,8% ga kamaygani Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi tomonidan ham e’tirofga loyiq, dedi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston mehnat bozoridagi so‘nggi tendensiyalar, ish haqining o‘sish dinamikasi, norasmiy bandlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, mehnat bozoridagi gender tenglik masalalari haqida fikr almashilib, ayni mavzulardagi hamkorlikni “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini hayotga tadbiq qilish doirasida ham davom ettirishga kelishib olindi. Samimiy o‘tgan uchrashuvda delegatsiya a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa bir qator savollarga ham javoblar olishdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
19 06220Loading...
19
Muammolarni oyoqda yurib oʻrganish kerak. Prezident talabi ham, eng toʻgʻri yoʻl ham shu Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Qalqon mahallasida boʻlib, u yerda aholi bandligini taʼminlash, fuqarolarni kasb-hunar va chet tillarga oʻqitish boʻyicha mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi. Xoʻsh, mutasaddilar bordi, koʻrdi, endichi? Endi, bugungi tanishuv jarayonining oʻzida 40 ga yaqin yangi ish oʻrni ochish imkoniyati paydo boʻldi. Bir guruh ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinasi jamlanmasi topshirildi. Ular kasanachilik asosida yirik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Mahallada faoliyat olib borayotgan “Mega savdo plus” tikuvchilik korxonasida esa kamida 30 ta yangi ish oʻrni yaratish uchun vazirlik koʻmak beradigan boʻldi. Qalqon mahallasida yaqingacha 139 nafar hamyurtimiz ishsiz edi. Kambagʻallikdan chiqarish, bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilgan saʼy harakatlar natijasida hozirda ularning 90 nafari doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
24 02958Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
📈 O‘zbekistonda 2015–2023-yillarda kambag‘allikni qisqartirishda erishilgan natijalar Jahon bankining 2024-yil 9-maydagi “O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish yo‘li: xalqaro taqqoslash dasturi xulosalari” hisobotida O‘zbekistonda 20152022-yillarda kambag‘allik darajasi 2 barobarga qisqarib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori natijaga erishgan mamlakatlardan biri ekanligi ma’lum qilinmoqda. Batafsil ___ 📈Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons In the report of the World Bank on May 9, 2024 "Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons", the poverty rate in Uzbekistan will be reduced by 2 times in 2015-2022, and the countries of Europe and Central Asia it is reported that it is one of the countries with the highest results. More Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 20😴 15🤔 9🤷‍♂ 7🥰 2😐 2🔥 1
KOICA prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Seulda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashdi. Unda agentlik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar holati muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlarida qulay sharoitlarga ega 4 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)da 13 mingga yaqin ishsiz fuqaroga zamonaviy kasblar o‘rgatilib bandligi ta'minlangani, Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan shu kabi yangi markaz barpo etilayotgani ta'kidlab o‘tildi. KOICA prezidenti joriy yilda Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi qurilishi boshlanishini katta mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 267-sonli Qarori qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda bu kabi loyihalar sonini yanada oshirib, hududlarda yangi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini barpo qilish, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi boshqa o‘quv markazlarida ham Koreya texnologiyasi asosida qo‘shma markazlar tashkil etish, ularni zamonaviy va innovatsion o‘quv jihozlar bilan yangilash kabi masalalarda kelishib olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 37 3🔥 2👏 2🥰 1😴 1
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Yoz kelyapti. Konditsioner tuzatuvchi va o‘rnatuvchi ustalarning davri kelyapti Bu kasbni "Ishga marhamat" monomarkazlarida o‘rganishingiz mumkin 👉Monomarkazlar ro‘yxati Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 37🤷‍♂ 3🤔 3
02:45
Video unavailableShow in Telegram
G‘uzorlik mirishkorlar xorijga 200 000 dollarlik ko‘katlarni eksport qilmoqchi Tumanning “Batosh” mahallasidagi 7 gektar yerda ko’kat ekilib parvarish qilindi. Ayni kunlarda mahsulotlar yig’ib olinib eksportga yo’naltirilmoqda. Ko’katni ekish, parvarishlash ishlariga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolar jalb qilinib, ularning bandligi ta'minlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 32👏 8🔥 6 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir: ▪️1-yanvar — Yangi yil; ▪️8-mart — Xotin-qizlar kuni; ▪️21-mart — Navro‘z bayrami; ▪️9-may — Xotira va qadrlash kuni; ▪️1-sentabr — Mustaqillik kuni; ▪️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; ▪️8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni; ▪️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; ▪️Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 35 15🔥 3
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Mehnat va bandlik vaziri bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi. Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi. Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi. Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 62🔥 3 2👏 2
Navbatdagi uchrashuv Koreyaning til o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli instituti “Qirol Sejong” bilan Xabar berib borayotganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular bugun “Qirol Sejong” instituti rahbari Li He Yong xonim bilan uchrashdi. O‘zbekistonda koreys tiliga qiziqish yildan-yilga oshib borayotgani va bu o‘z navbatida Koreyaga kelib ishlovchilar sonining ortishiga ham xizmat qilayotgani muloqotda e’tirof etildi. Uchrashuvda: ▪️ O‘zbekistonda “Qirol Sejong” o‘quv markazi filiallarini har bir hududdagi monomarkazlar qoshida ochish; ▪️ Ushbu o‘quv kurslariga Koreyadan oliy toifali o‘qituvchilarni jalb qilish; ▪️ Mazkur o‘quv markazi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan bitiruvchilarga Koreyada ishlash huquqini beruvchi viza taqdim qilish; ▪️ O‘zbekistonda koreys tili o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish; ▪️ Monomarkazlarni EPS test imtihonlariga ixtisoslashgan o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalarida kelishib olindi. “Qirol Sejong” instituti Koreyada vaqtincha ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga ish beruvchilar talabiga mos ravishda koreys tili, madaniyati va mehnat qonunchiligini yaxshi o‘zlashtirishlariga katta imkoniyat beradi.
Show all...
👍 46👏 5🎉 2 1🔥 1
00:37
Video unavailableShow in Telegram
Bu rost! Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda ishlaganlarga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi 👉Soliq summasini qaytarish uchun ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring! (havolaga Gmail elektron pochtasi orqali kiriladi) Soliqlar 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan vaqt ichida qaytariladi. 📞Murojaat uchun telefon: 71 202-33-55 (ichki raqam 17). Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 47🤷‍♂ 6👏 5🔥 2🥰 2🤔 2
02:02
Video unavailableShow in Telegram
Issiqxonadan "issiq" daromad Gulchilikdan 1 mavsumda 200 mln so‘mgacha daromad topayotgan denovlik issiqxonachi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 21🤔 7🤷‍♂ 3😴 2 1 1