TATU Fargʻona filiali | Rasmiy kanali
Open in Telegram
AOKA tomonidan berilgan №001511 guvohnoma
Show more2 448
Subscribers
-424 hours
-307 days
-9730 days
Posts Archive
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from Edu.uz
#10Savolga_10Javob
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Ovozli_chat
Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1
📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi.
🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.
📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Qizlar, navbat sizda!
🤝 "Qizlar Akademiyasi" va "WikiMarafon" hamkorligida xotin-qizlar uchun maxsus tanlov — WikiAyollar tashkil etilmoqda. Unda ishtirok eting va sovg‘alar to‘plamini qo‘lga kiriting.
🤩 Tanlov yakunida 30 nafar g‘olib "Qizlar Akademiyasi"ning maxsus sovg‘a setlari bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, g‘oliblarga diplom, faol ishtirokchilarning barchasiga esa elektron sertifikat topshiriladi.
‼Tanlov nizomi va batafsil shartlar tez orada e’lon qilinadi. Siz esa hozirdanoq tayyorgarlikni boshlashingiz mumkin!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari
🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladiHukumat qarori (406-son, 24.07.2026-y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. ☑️ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 📨 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi: 📑 respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat; 📆 viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat. 📌 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. ➡️ Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi: ➖ transport xizmati; ➖ yashash va ovqatlantirish; ➖ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi); ➖ sayohat sug‘urtasi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh
2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz
❓Abituriyent ruxsatnomasi qanday beriladi?
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasi quyidagi tartibda taqdim etiladi:
✅ Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi yakunlangach, ikki hafta ichida ruxsatnoma Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
📝 Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, vaqt va manzil bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadi.
⚠️ Eslatma: Ruxsatnomada belgilangan sana va vaqt qat’iy hisoblanadi.
🚫Abituriyentlarga test sinovlarini boshqa kun yoki boshqa vaqtda topshirishga ruxsat berilmaydi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika
Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasiAkademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 19-iyun soat 18:10 holatiga ko‘ra jami 18 373 ta ariza kelib tushdi. 📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
+3
#InnovatsionGoyalarYetakchisi
🏆 “INNOVATSION G‘OYALAR YETAKCHISI” KO‘KRAK NISHONI TO'G'RISIDA
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
2-oktyabrdagi 786-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
📍 Joriy yilning 8-iyun kuni Yoshlar texnoparkida viloyat ishchi komissiyasi tomonidan tanlov nomzodlarining hujjatlari ko‘rib chiqildi va baholandi.
✅ Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng munosib deb topilgan 3 nafar nomzod tanlab olinib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
💡 Mazkur tanlov yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ilmiy salohiyati va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
#diqqat_tanlov
❗️❗️❗️❗️❗️
Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlovga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalariga asoslangan loyiha talabnomalari qabul qilinadi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-54-son Farmoniga asosan eʼlon qilinmoqda.✅ Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi (tijorat.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 21-iyul kuni soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Farg‘onada Umummilliy AI Hackathon sizni kutmoqda!
Bu nafaqat musobaqa, balki yangi imkoniyatlar maydoni:
🔹 O‘zingizga yangi jamoa toping va birga g‘oya yarating.
🔹 Tajribali mentorlar bilan ishlang, bilimlaringizni kengaytiring.
🔹 Vorkshoplarda zamonaviy AI ko‘nikmalarini o‘rganing.
Eng yaxshi jamoalar uchun qimmatbaho sovrinlar:
🥇 1-o‘rin - Apple MacBook Air: g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun kuchli qurol.
🥈 2-o‘rin - 20 000 000 so‘m pul mukofoti.
🥉 3-o‘rin - 10 000 000 so‘m pul mukofoti.
✨ Lekin bu hammasi emas! Agar kuchli uchlikka kira olmasangiz ham, maxsus nominatsiyalar sizni kutmoqda:
➖ «Ijtimoiy dolzarb loyiha» - jamiyat uchun eng foydali g‘oya yaratgan jamoaga.
➖ «Eng qiziqarli taqdimot» - eng yorqin va kreativ chiqish qilgan jamoaga.
Nominatsiya g‘oliblari nufuzli AI-kurslarda bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, IT Park - Farg‘ona filiali
🗣️ Sana: 20 – 23-may
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: Shoshiling, atigi 2 kun qoldi! ai-hackathon.uz
Muhim: Xakaton faqat Farg‘ona viloyati yoshlari uchun ochiq.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🦋 Buxoro – media haftalik: pozitsiya shakllangan, yondashuv o‘zgargan maydon
Buxoroda yakunlangan media haftalikda ishtirokchilar o‘z pozitsiyasilarini aniq belgilash, auditoriyani his qilish va tezkorlikni aniqlik bilan uyg‘unlashtirishni o‘rgandi.
Kreativ fikr yuritish va trend ortidan quvmasdan, uni yaratishga intilish asosiy yo‘nalishga aylandi. Sun’iy intellekt imkoniyatlarini shunchaki vosita sifatida emas, balki ijodiy yondashuvni kuchaytiradigan omil sifatida ishlatish amalda sinab ko‘rildi.
Bu maydonda kontentning o‘zi emas, uning ortidagi fikr, yondashuv va pozitsiya qadrlanishi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Buxoroda media haftalik doirasida 53 nafar matbuot kotibi va axborot xizmati xodimlari, 19 nafar TV sohasi vakillari, 15 ta gazeta va internet OAV vakillari, 14 nafar mahalliy blogerlar, 80 dan ortiq mobilograflar, 80 dan ortiq SMM mutaxassislari hamda 200 nafar kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar qamrab olindi. Haftalik yakunidagi media forumda esa 700 dan ortiq ishtirokchi jamlandi. Umumiy Umumiy hisobda esa 800 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi.👍 Media haftalik 18–22-may kunlari mamlakatimizning sharqiy hududlari — vodiyda davom etadi. ✅Navbatdagi bosqichda Farg‘ona va Namangan viloyatlari parallel ravishda yangi g‘oyalar va media-innovatsiyalar maydoniga aylanadi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🤖 Umummilliy AI Hackathon endi Farg‘onada!
➡️ Aziz yoshlar, dasturchilar, startapchilar va sun’iy intellekt ixlosmandlari! 20–23-may kunlari Farg‘ona shahrida “National AI Hackathon”ning navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar jamoalari bilan birgalikda real muammolar uchun sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlar ishlab chiqish, tajribali mentorlar bilan ishlash hamda loyihalarini ekspertlar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sizni nima kutmoqda? 💡 Eng yaxshi jamoalar uchun yangi imkoniyatlar; 🤝 Kuchli mentorlar bilan ishlash tajribasi; 🚀 Loyihalarni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyati! 📌 Farg‘ona bosqichi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: ✔️ Sog‘liqni saqlash; ✔️ Ta’lim; ✔️ Tadbirkorlik; ✔️ Kosmik texnologiyalar.❗️Ishtirok etish shartlari: — 16 yosh va undan yuqori bo‘lish; — pasport yoki ID-karta mavjud bo‘lishi; — Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun ochiq. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+8
🤖 “Yosh muhandis” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlarining texnologiyalar, muhandislik, robototexnika, innovatsiya va astronavtika yo‘nalishlaridagi qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Yosh muhandis” respublika tanlovining final bosqichi yakunlandi. Unda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari O.Pekos ishtirok etdi.
➡️ Joriy yilning 28-fevralidan boshlangan musobaqada 14–20 yoshdagi o‘quvchilar va talabalardan iborat 133 ta jamoa 150 ga yaqin muhandislik ishlanmasi bilan ishtirok etdi. Yakunda eng munosib deb topilgan loyihalar final bosqichida baholandi.
Natijalarga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin - - Robototexnika Reactive_uz (Qashqadaryo), - SunD3nova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 🥈 2-o‘rin Robbit Kids (Qashqadaryo) 🥉3-o‘rin — TUIT Robotics (Toshkent) 🏆 Shuningdek, eng innovatsion loyiha muallifi — Abrorbek Bahodirov, eng istiqbolli yosh muhandislar esa Sehriyo team jamoasi deb topildi. Ular Turkiyaning Izmir shahridagi yozgi kosmik lagerga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.🧾 Mazkur tanlov yoshlarning muhandislik salohiyati, ijodkorligi va amaliy yechimlar yaratish ko‘nikmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. ➡️ Tanlov Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Uzcosmos agentligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Skillbox kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Repost from Edu.uz
Talaba va bitiruvchilarning ishga joylashishga ko’maklashuvchi yangi raqamli ekotizim — career.edu.uz ishga tushirildi.
♻️ Ish beruvchilar uchun qulay yechimlar:
🟢 AI asosida vakansiyaga mos nomzodlarni topish
🟢 Vakansiyalarni tez va oson joylashtirish
🟢 Frilans xizmatlaridan foydalanish
🎓 Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar:
🟢Bir necha daqiqada professional rezyume yaratish
🟢Frilans xizmatini taklif etish
🟢Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish
🟢“AI HR menejer” bilan interaktiv suhbatlar
career.edu.uz — talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan eng qulay manzil!
📲 Ilovani yuklab olish
Android | IOS
— — —
Запущена career.edu.uz — новая цифровая экосистема для содействия в трудоустройстве студентов и выпускников.
🏢 Удобные решения для работодателей:
🟢Подбор подходящих кандидатов с помощью искусственного интеллекта (ИИ)
🟢Быстрая и удобная публикация вакансий
🟢Привлечение фрилансеров для выполнения задач
🎓 Новые возможности для студентов и выпускников:
🟢 Создание профессионального резюме всего за несколько минут
🟢Предоставление фриланс-услуг
🟢Онлайн-отклик на открытые вакансии
🟢Прохождение интерактивных собеседований с AI HR-менеджером
career.edu.uz — самая удобная площадка, где встречаются студенты и работодатели!
📲 Скачать приложение
Android | IOS
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovation | Fergana
#E'lon
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Mazkur ko‘krak nishoniga tavsiya etish bo‘yicha dastlabki takliflar har yili 1-apreldan 30-aprelga qadar tuman (shahar) hokimliklarida tashkil etilgan komissiyalarga taqdim etiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilib, innovatsion g‘oya va texnologiyalarning amaliy ahamiyati hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi dolzarbligi asosida saralanadi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tegishli OTM komissiyalari va ilmiy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda yuqori tashkilotlarga tavsiya etiladi.
📌 Agar siz ushbu ko‘krak nishoniga munosib nomzod bo‘lsangiz, hujjatlaringizni o‘zingiz tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasiga, talaba bo‘lmagan taqdiringizda esa yashab turgan tuman (shahar) hokimligiga taqdim etishingiz mumkin.
Repost from Rasmiy axborot
+9
🦋 Xorazmda 5 kun va mediaga yangicha qarash
✅ Joriy hafta davomida Xorazmda Yoshlar markazi zallari oddiy trening joyi emas, balki fikrlar to‘qnashgan, g‘oyalar tug‘ilgan va kontent real vaqtda yaratilgan jonli maydonga aylandi.
Kimdir birinchi marta kamerani qo‘lga oldi, kimdir o‘z kontentiga boshqacha ko‘z bilan qarashni o‘rgandi, yana kimdir esa auditoriya bilan gaplashish uslubini butunlay o‘zgartirdi. Eng muhimi — ishtirokchilar ishlaydigan media instrumentlar bilan qaytdi.✅ Mediahaftalik shunchaki o‘quv emas, media muhitda qanday fikrlash va qanday ishlash kerakligini his qildirgan jarayonga aylandi. Bu yerda kontent yaratish – faqat vazifa emas, balki mas’uliyat va ta’sir ekani yana bir bor anglashildi.
👍
Ma’lumot o‘rnida, kelasi haftada “Media haftalik” mayog‘i Surxondaryo viloyatiga yo‘l oladi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
