cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ozodbek Po'latov

Ozodbek Po'latov Bu kanalga : #yangiliklar #she'rlar #monologlar #maqolalar Imloviy xato qilaman Qiziq gapchalar va mulohaza uchun: @Ozodchik_off

Show more
Uzbekistan93 018The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
124
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🎙🎙Diqqat e'lon🎙🎙 NAZM SHOHI NAVOIY 🏛🏛 Shofirkon tuman sardorlar kengashi tomonidan "Nazm shohi Navoiy" mavzusidagi hazrat Navoiyning tavallud kuniga bag'ishlangan online tanlovda faol ishtirok eting Tanlov yo'nalishlari 1-Nazm 2-Nasr 3-Ilmiy asar 4-Navoiydan bir jumla 5-Rasm Tanlov ushbu yo'nalishlarni o'z ichiga qamrab oladi. ✅✅ Tanlovning oltin qoidalari (shartlari): 1-shart Nazm shartida she'r,g'azal, doston ishtirokching qalamiga mansub bo'lishi undagi mavzu aynan Navoiy haqida bo'lishi shart. 2-shart Navoiyning hayoti va ijodiga bag'ishlangan hikoya, insho, esse, qissa va h.k ushbu shartda mualliflik huqui TALAB ETILADI. 3-shart ilmiy asar: Aynan Navoiy hazratlarining hayoti,ilmiy ijodi aniq faktlar asosida ochib berilishi kerak. Eslatib o'tamiz ushbu shartda faqat aniq ma'lumotlar taqdim etilishi shart. 4-shart "Navoiydan bir jumla" ushbu shartda ishtirokchi Navoiy hazratlarining ijodidan (g'azal, ruboiy, she'r) o'qib berishi shart. Ushbu shart materiallari ovozli, video shaklida qabul qilinadi. 5-shart "Rasm" ya'ni Navoiy hazratlarining suratini (portret) shaklida chizish. Ushbu shartda ham mualliflik huquqi talan qilinadi Barcha shartlar like orqali emas aksincha hakamlar ha'yati tomonidan ijodiy ishlarning saviyasiga qarab baholanadi. 🥇 Birinchi 🥈 Ikkinchi 🥉 Uchhinchi o'rin sohiblari O'zbekiston yoshlar ittifoqi Shofirkon tuman kengashi tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadi. Hamda barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun sertifikat beriladi Ijodiy yoki ilmiy ishlarni 📫📫 @MukhammadHodiyev ga yuborishingiz so'raladi. 📜📜 Tanlovda ijodiy ishlar 09.02.2022 yil 10:00 gacha qabul qilinadi. 📆📆 Tanlov javoblari 10.02 2022 da https://t.me/Muhammad_Hodi kanlida e'lon qilinadi
Show all...
📚 Muhammad_Hodiyev | BLOG.uz 📚

Assalomu-aleykum Bu kanal Muhammad_Hodiyev.ning shaxsiy BLOGI °| Ushbu blogda oʻz tajribam, fikrlarim, maqolalarim, sheʼrlarimni sizlar b.n baham koʻraman °| Bugun ertaga qo'yilgan bir qadam, ertaga majoziy bir kilometr. Bog'lanish: @MukhammadHodiyev

#kayfiyat😅 ​16 yoshli men: Men albatta rus tilini o‘rganaman. 24 yoshli men: Men albatta rus tilini o‘rganaman. 29 yoshli men: Men albatta rus tilini o‘rganaman. 44 yoshli men: Men albatta rus tilini o‘rganaman. 89 yoshli men: Men albatta rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lgandim o‘shanda. 29 yoshli chevaram: - Otamning otasining otasi albatta rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan edi, tirik bo‘lganida u hozir 196 yoshida shu so‘zlarni rus tilida burro qilib bizlarga so‘zlab berayotgan bo‘lardi. Darvoqe, o‘zimam rus tilini o‘rganmoqchiman. Nimadan boshlasamikin? Rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lib, lekin o‘rganmay yurganlarga bag‘ishlandi.
Show all...
Iltimos xurmatli xurmatlilar...., Mutlaqo oʻzingizga tegishli boʻlmagan gaplarni glavningizga qoʻyib olmanglar. Siz haqingizda bilganlar jinni boʻlib oʻlib qolyapdi😄 (#tegibketsauzurendi) @Ozodbek_gapiradi
Show all...
🌨Дам олиш кунлари ёмғир ва қор ёғиши кутилмоқда – «Ўзгидромет» “Ўзгидромет” хабарига кўра, эртага совуқ антициклон республиканинг барча ҳудудларини қамраб олади. Ўзбекистонда булутли ва совуқ об-ҳаво бўлиши кутилмоқда, республика бўйича ёмғир ва қор кўринишидаги бироз ёғингарчилик бўлади, тоғли ҳудудларда қор ёғади, ҳарорат кундузи 0-5 даража илиқдан ошмайди. 21-22 январь кунлари совуқ фронт ўтишида республика бўйича шамол 17-22 м/с гача кучайиши мумкин. Якшанба куни ёғингарчилик тўхтайди, фақат республиканинг тоғолди ва тоғли ҳудудларида бироз ёғингарчилик сақланиб туради. Кечаси совуқ кучаяди ва 0-5 даража, шимолда 5-10 даража совуқ атрофида бўлади, кундузи ҳаво ҳарорати 3-8 даража илиқни ташкил этади. Дам олиш кунлари циклон таъсирида туман ҳосил бўлади, кўринувчанлик ёмонлашади. 21-23 январда республиканинг тоғли ҳудудларида қор кўчиши хавфи бор.
Show all...
​​⚡️Чанг бўрони вақтида кўриладиган эҳтиёт чоралари Марказий Осиё, шунингдек, Ўзбекистонда ва қўшни мамлакатларда чангли бўрон ҳодисалари учраб туради. Шамол кучайиши таъсирида тупроқнинг жуда қуруқ устки қатлами юқорига кўтарилади ва Республикамизнинг марказий ҳамда жанубий вилоятларида кўринувчанлик 100-200 м гача пасайиб, чанг-қумли ғубор ҳолатини келтириб чиқаради. Чанг бўрони вақтида юзага келиши мумкин бўлган кўнгилсиз ҳодисаларнинг олдини олиш мақсадида қуйидагилар тавсия этилади: • уй ва хоналарни мунтазам равишда ҳўл латта билан тозалаш, уй ёки бино ичига сув солинган идишлар қўйиш (чанг даражасини пасайтиради), хоналарга нам сочиқларни осиб қўйиш, деразаларни ёпиқ ҳолда сақлаш, кўпроқ сув ичиш, тез-тез душ қабул қилиш нафас олишни енгиллаштиради ва чангни босади; • уй ёки хонадан ташқарига чиққанда, тиббий ниқоб тақиш ҳаводаги мавжуд зарарли заррачалардан ҳимоялайди (зарур бўлмаган ҳолларда ташқарига чиқмаслик тавсия этилади); • ташқи муҳитдаги чанглар туфайли нафас қисиши, бурун битиши, аксириш, бурун оқиши, кўзларда ва томоқда кучли қичишиш, қичишиш билан кузатиладиган йўтал аломатлари сезилганда, тезда тиббиёт муассасаларига мурожаат қилиш лозим; • кучли шамол кўтарилганда эса ташқарига чиқиш, айниқса, дарахтлар, қурилмалар, конструкциялар остида (яқинида) юриш, тарнспорт воситаларини уларга яқин жойга қўйиш хавфли ҳисобланади. • автомобилларда ҳаракатланаётган пайтда шамол натижасида ҳосил бўлган чангли об-ҳавода (кўриш имконияти чекланганда) тезликни ошириш йўл-транспорт ҳодисаларини келтириб чиқаради. Ҳар қандай об-ҳаво шароитида мутасадди вазирлик ва идоралар томонидан бериб борилаётган тавсияларга амал қилишингиз ўзингиз ва яқинларингиз саломатлиги кафолатидир. Одатда, ҳавога кўтарилган қум ва чанг массалари шамол кучсизлангандан сўнг тарқалади ҳамда ер юзасига жойлашади. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...

Asl hayotni koʻrish va uning qonunlarini bilish uchun mansabdor yoki oʻqimishli, boy badavlat odamlar orasida emas, aksincha oddiy insonlar safida ham yurish kerak. Chunki oddiy xalq hech qachon soʻzlaydigan gaplari soxta boʻlmaydi. Ishoning! (Faktlar asosida koʻrsatishim ham mumkin😉) Obuna boʻlishni unutmang👇👇👇 @Ozodbek_gapiradi
Show all...
Qushlar qumursqani yeydi. Vaqt o'tip qush o'lsa qumursqalar qushni yeyishadi. Vaqt xar narsaga hokim. Shunday ekan o'zingizdan kuchsizlarni ezg'ilamang, toki vaqt o'tip ular ham sizni ezg'ilashmasin! @Ozodbek_gapiradi
Show all...
⚡️Qosim-Jomart Tokayev harbiylarga ogohlantirmasdan oʻq otish buyrugʻini berdi U tartibsizliklar boʻyicha xalqqa qilgan murojaatida mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishning imkoni yoʻqligini taʼkidlagan. Qozogʻiston rahbari harbiylarga ogohlantirishsiz oʻldirish uchun terrorchilarga qarata oʻt ochishga buyruq berilganini aytib oʻtdi. Prezidentning maʼlum qilishicha, 20 ming "bandit" Olmaotaga hujum qilgan. Yuzlab tinch aholi va askarlar yaralangan hamda halok boʻlishgan. 🌐 @Ozodbek_gapiradi
Show all...