en
Feedback
iTeacher | Me

iTeacher | Me

Open in Telegram

From Me to You — ideas worth contemplating.. Posts In English Language va O'zbek Tilida..

Show more
351
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-830 days
Posts Archive
Chat GPT ga xozir rosa rahmat aytkim kelyapti, muhim bir ishimni hal qilib bergani uchun. 2 soatdan oshiq vaqtimni va anchagina energiyamni tejab berdi baraka topgur. Atigi 2 daqiqada. Lekin rahmat aytish Developerlarga qimmat tushayotgan ekan. 'Rahmat' aytmang, 'iltimos' so`zlarini ishlatmang deyishmoqda.

Best Reminder!
Best Reminder!

photo content

Kecha yangi kanal ochdim. Train to Teach deb nomlanadi. Asosiy auditoriya o'zini o'zgartirmoqchi bo'lgan Ingliz tili o'qituvchilari va yangi English Teacher boʻlmoqchi bolganlar. Men 15 yildan beri Ingliz tilidan asosan Ingliz tilida dars berib kelaman. O'zbekistondan tashqari, Arab Amirliklari, Turkiya, Janubiy Koreyada dars berganman. Cambridge CELTA va bazi boshqa Teacher Training kurslari va International Teaching yoʻnalishida Magistraturani tamomlaganman. AQSHda ta'lim sohasida faoliyat yuritganman. Xullas, mana shu faoliyatlar davomida o'zlashtirgan bilim, natija, resurslardan ulashish asosiy maqsad. Ha aytgancha, xozirda iTeacher Academy da boʻlib oʻtayotgan Teacher Training kurslaridan lavhalar ham shu kanalda berib boriladi. Kanalga Taklifnomani shu kunlarda yuboraman inshaAlloh.

Yana bir kurs - yana bir avlod! Intermediate kursi imtihondan lavha.. Ular endi B2 bo`lishadi, inshaAlloh!
Yana bir kurs - yana bir avlod! Intermediate kursi imtihondan lavha.. Ular endi B2 bo`lishadi, inshaAlloh!

Chat GPT ham real vaqtda maʼlumot beradigan bo'lib qolibdimi? Yoki oldindan shundaymidi? 145% tarif bir necha soat oldin e'lo
Chat GPT ham real vaqtda maʼlumot beradigan bo'lib qolibdimi? Yoki oldindan shundaymidi? 145% tarif bir necha soat oldin e'lon qilingandi. 2024-yil O'zbekistonga yangi kirib kelganida bunday emas edi lekin.

Following the trade war between the 2 giants of the globe? 125% boj - Bunaqasini O'zbekiston ham (Monopol GM - import mashina
Following the trade war between the 2 giants of the globe? 125% boj - Bunaqasini O'zbekiston ham (Monopol GM - import mashinalarga) qo'ymagan bo'lsa kerak. Yoki bizda bormi 125% boj biror mahsulotga?

Prayer Times (April 9)
Prayer Times (April 9)

Hayrat! Makka va Madina shaharlaridagi barcha do`konlarda sotuvchilar O`zbek tilini bilishar ekan. Mini market deysizmi, magazin yoki katta bozor, farqi yo`q, deyarli hammasida O`zbek tilida bemalol savdolashib, bozorlik qilib chiqib ketaverar ekansiz. Sotuvchilar millati har xil - Hind, Pokistonlik, Bangladesh, Arab, Turk, va xokazo. Ba'zilarida sotuvchilar ham O`zbek ekan ))) Bunday holatga birinchi marta 2015 yil Dubayda - Baniyas markaziy open marketida guvoh bo`lgandim, Uyerda ham xar xil millat vakillari O`zbek tilida savdo qilib hayron qoldirishgan edi. 2018 yil Koreyada, Seulning Dongdaemun bozorida Koreyslarning O`zbekcha gapirganini ko`rib umuman hayratda qolganman. Xullas, bizi O`zbek sayohatchilar til o`rganguncha ular o`rganib qo`ya qolishyapti. Yoki bizikilar bozorga shu qadar ko`p borishadiki, tilimizni o`rganishdan ularga yaxshigina foyda bor. Obid Asomov bir aytgan edi: "Men ahmoq Amerikaga borishdan oldin, 300dollarga bir necha kun Ingliz tili o`rganibman qiynalib. New Yorkda magazinga kirib 'Hello' deb endi gap boshlasam, O`zbekcha gapirovring aka deb turibdiyu.." deb

Dunyodagi eng saxovatli tadbirkor! Sulaymon Ar-Rojihiy va uning xayriyalari! Har bir oiladan Rojihiy chiqishi kerak

Sulaymon Rojihiy haqida eshitganmisiz? Uni koʻpchilik bilarkan, lekin kamina birinchi marta bugun eshitibman, masjidini ko'ribman, qilgan ishlari haqida bilibman. Oldinlari bir ikki hikoya eshitgandim, unga tegishli ekanini endi angladim. Haqiqatda havas qiladigan hayotni yashagan ekan. 96 yoshda ekan. Umri uzoq bolsin.

Did you know that Fish can change colour? Fish are also known to change colours depending on camouflage needs, environmental conditions and time of the year. Colours range all across the rainbow, from blues and greens to pinks and reds. Suvdagi baliqlar qaysi rangda?

Masjid Al-Haram. Roof area. 1 hour after Isha (night) prayer. For most people, I assume it's time to relax after a long day o
Masjid Al-Haram. Roof area. 1 hour after Isha (night) prayer. For most people, I assume it's time to relax after a long day of voluntary fast and prayers. Soatni rasmi chiqme qopti. Kommentga tashlab qo'yaman.

Repost from N/a
Asr vaqti | Masjidul Harom (5-qavat /roof area) Ramazon ichi buyerdan bu vaqtda joy topib bo'lmasdi. Pastki qavatlarniku qo'y
Asr vaqti | Masjidul Harom (5-qavat /roof area) Ramazon ichi buyerdan bu vaqtda joy topib bo'lmasdi. Pastki qavatlarniku qo'yavering. Xullas Ramazon oyi chiqib ketti, masjid ancha yengillab qoldi. Lekin shunda ham pastki qavatlar to'la, va Ka'ba atrofi doimgidek juda band. Bu qavatni yaxshi tomoni issiqqina (pastki qavatda muzlab qoldim 2 soat o'tirib) va ehromsiz tavof qilish imkoniyati bor. Pastki qavatda faqat Ehrom kiyganlarni kiritmoqda.

O'zimizda svetoforga amal qilmaydiganlar, chet elga borsa ham amal qilmaydi.
Bizdaku ko'z o'rganib ketgan hammada, lekin boshqa joylarda madaniyatsizdek ko'rinasiz. Svetoforga amal qilishni bugunoq boshlang. 60 soniyagina sabr qil baraka topgur.

Kitoblarda o'qir edim - Makka shahri tog'u toshlardan iborat deb. Mana endi har bir ko'chasida o'z ko'zim bilan ko'rmoqdaman.
Kitoblarda o'qir edim - Makka shahri tog'u toshlardan iborat deb. Mana endi har bir ko'chasida o'z ko'zim bilan ko'rmoqdaman. Rasmda anchagina baland mehmonxona, ortida esa tog'u toshlar.

Hayit namozidagi farqlar - Saudiya Arabistoni va O'zbekiston. 1. Takbirlar soni 12ta ekan. Birinchi rakatda 7ta va ikkinchisi
Hayit namozidagi farqlar - Saudiya Arabistoni va O'zbekiston. 1. Takbirlar soni 12ta ekan. Birinchi rakatda 7ta va ikkinchisida 5ta. Qizig'i ikkalasi ham Qiroatdan oldin. Bizning diyorlarda esa takbirlar ja'mi 6ta. 1-rakatda Qiroatdan oldin 3ta va 2-rakatda qiroatdan keyin 3ta. Bularni bilish ko'zda tutilar ekan. Ya'ni imom tushuntirib o'tirmaydi. O'zbekistonda odatda (yoki ba'zan) imom omma xalq uchun bir tushuntirib o'tadi. Men ham tayyorgarlik bilan borgandim. Adashish bo'lmadi. Notanish joylarga tayyorgarlik bilan borish afzal. 2. Masjidga ayollarning ham kelishi. Bu faqat Hayit namoziga emas, balki Juma va xattoki kundalik namozlarga ham. Masjidul Haromda ham, mahalliy masjidlarda ham. Bu menimcha juda yaxshi. Afsuski, Vodiyga Halal Tourism orqali kelgan ayollar namozga qiynalishadi chunki o'qib olay desa ayollar uchun maxsus namozxonalar umuman yo'q. Shaharlar orasi yo'llarda, aeroport va vokzalda, va Toshkent shahrida topiladikuya, qolgan joylarchi?! 3. Namozdan keyin tabriklar. Bizning masjidlarda tanish yoki notanish namoz tugashi bilan yonidagi shaxsni bayram bilan tabriklaydi. Bu amalni men o'qigan masjidda koʻrmadim. Faqat ota-bolalar yoki doʻstlar bir birini tabrikladi. Men esa ko'zimga ko'ringanki O'zbekni borib tabriklab ketaverdim. Shunaqa gaplar.. Kommentda rasm va video qoldiraman.

Qarasam ichimda gaplar ko'payib ketibdi. Shunga kanal nomini 'Inside Max' ga o'zgartirdim. (Tarjima qilishga harakat qilib koʻring) Endi atrofda bo'layotgan ishlar va ichimdagi gaplardan biroz bo'lishsam. Hayit namozini Muborak Makka shahrida o'qidim. Bizdan ancha farqli. Shundan boshlayman.

Assalom alaykum men uchun qadrli boʻlgan, uzoq vaqtlar kanalga bir og'iz so'z yozmasam ham chiqib ketmagan qadrdon obunachi! Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin! Alloh taolo bu Ramazon oyida qilgan barcha ibodatlaringizni qabul qilsin, va kelasi ayyomlarga sizni va yaqinlaringizni salomat yetkazsin. Bugungi kuningiz xursandchilik bilan o'tishini tilab qolaman. Xurmat bilan, Men