cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Boshsiz chavandoz

Bugun haqiqat izlab boshsiz qolishing turgan gap😉

Show more
Advertising posts
659
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

02:02
Video unavailableShow in Telegram
Intervyuni tizeri tayyor bo'ldi. Bir ko'ringchi. Nima deysiz? 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
sardor03_1+++.mp431.22 MB
Kimlar uchundir Saddam Husayn qonxo'r diktator, boshqalar uchun esa musulmon olamidagi buyuk shaxslardan biri. Ushbu maqolada Saddamning siyosat olamiga kirib kelishi haqida so'z ketadi. Maqola sizga yoqgan bo'lsa, 👍 bosib, do'stlaringizga ham ulashing. Fikr va mulohazalaringiz bo'lsa komentariya ochiq. https://www.xabar.uz/uz/post/qashshoq-va-ersiz-saddam-u-hokimiyatga-qanday-kelgan-1-qism?category=tahlil
Show all...
Qashshoq va yersiz Saddam. U hokimiyatga qanday kelgan? (1-qism)

Bugungi maqolamizda Iroq prezidenti bo‘lgan Saddam Husaynning hayot yo‘li, u ko‘rgan qiyinchiliklar, Saddamning hokimiyat pillapoyasiga

Repost from Sardor Ali
15:42
Video unavailableShow in Telegram
Abdulla Abduqodirov va Alisher Qodirov bahsi Alisher Qodirov energiya narxlarini bozor mexanizmlariga o'tkazishni taklif qildi. Ammo, iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bu noto'g'ri ekanligini aytdi. Abdulla aka muammolarni aniq ravshan ko'rsatib berdilar. 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
Alisher Qodirov va Abdulla Abduqodirov bahsi.mp436.65 MB
Repost from Sardor Ali
Prezidentning Oliy Majlisga yoʻllaydigan murojaati sizga qiziqmi? Вам интересно обращэние президента к Олий Мажлиму?Anonymous voting
  • Ha qiziq. Да интересно.
  • Yo'q, tushunmayman. Нет, я не понимаю
  • Bilmadim. Не знаю
0 votes
06:53
Video unavailableShow in Telegram
“Gaz zaxiralarimiz 30-40 yilga yetadi” — iqtisodchi Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov Oʻzbekistonning gaz zaxiralari tugab qolgani haqidagi gap-soʻzlarga munosabat bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, gaz tugash arafasida deb aytilayotgan gaplar Rossiyadan gaz importini dastaklash uchun atayin aytilmoqda. Energetika vaziri oʻrinbosari mamlakatning aniqlangan gaz zaxiralari kamida 30 yilga yetishini tasdiqladi. 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
Мои видео.mp413.53 MB
Repost from Sardor Ali
#mulohaza Bir necha kun oldin qoʻshni Qirgʻizistonda Kampirobod suv ombori masalasi ortidan norozilik aksiyalari boshlandi. Ayrim hududlarda odamlar "Kamiborobodni Oʻzbekistonga bermaymiz", degan shiorlar bilan chiqish qilishdi. Tabiiyki, bundan Qirgʻizistondagi muxolifat vakillari foydalanib qolishga harakat qildi. 24 oktyabr kuni prezident Sadir Japarov "Капар" agentligiga bergan intervyusida, Qirgʻiziston Kampirobod suv omborini Oʻzbekiston tarafga bermaganini, aksincha, qaytarib olganligini urgʻuladi. Bu menimcha, norozilik uyushtirayotgan insonlarni tinchlantirish uchun aytilgan gap ham boʻlishi mumkin. Sababi, hali Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oʻrtasidagi kelishuv bitimi va undagi shartlar ochiqlanmadi. Eʼtiborimni tortgan narsa, prezident Japar intervyusi davomida mamlakatdagi provokatorlar vaziyatdan foydalanib qolmoqchi ekanligini taʼkidlagan. Shuningdek, Japarov Kampirobod suv ombori boʻyicha kelishuv mamlakat parlamentida ochiq shakilda koʻrib chiqilganligi va aholining 99 foizi kelishuvni tasdiqlashini bildirgan. Prezident mamlakatda suv ombori ortidan koʻtarilayotgan mitinglar ortida kim turganligini yaxshi bilishini ham alohida qayd etgan. Haqiqatdan ham bu vaqtda Kampirobod boʻyicha koʻtarilayotgan norozilik namoyishlari asta-sekin butun mamlakatga yoyilishni boshlagan edi. Xoʻsh, Japarov kimga shama qilmoqda? Bilamizki, yaqin vaqt oraligʻida Tojikiston-Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegarada juda koʻp oʻzaro toʻqnashuvlar sodir boʻldi va koʻpincha oraga Rossiya tushib, tomonlarni yarashtirishga harakat qildi. Shu yarashtiruv jarayonida Putin koʻproq Tojikiston tomonga tosh bosdi. Tabiiyki, bu narsa kichik ukaga yoqmadi va bu Rossiya-Qirgʻiziston munosabatlarining sovuqlashishiga olib keldi. Bunga javoban Qirgʻiziston oʻz hududida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazishdan bosh tortdi. Harbiy mashgʻulotlar 10-oktabr kuni boshlanishi va 14-oktabrgacha davom etishi rejalashtirilgan edi. Bu "katta ogʻa"ga urilgan birinchi tarsaki edi. Ikkinchi tarsaki, Putinning tugʻilgan kuniga ataldi. Esingizda boʻlsa, barcha possovet respublikalarining rahbarlari Putinni tabriklash uchun Sankt-Peterburgga bordi. Oʻshanda Imomali Rahmon Putinga katta sovgʻa bergan edi. Bundan bilish mumkinki, Putin Qirgʻiz-Tojik masalasida Tojikistonga yon bosgan. Shu yigʻilishga Qirgʻiziston prezidenti bormadi va oʻzining "samimiy tilaklarini" mamlakatdagi uchinchi darajali shaxs orqali bildirdi. Tabiiyki, bu Putinga yoqmagan. Uchinchi tarsaki, AQSh harbiy delegatsiyasining Qirgʻizistonga kelishi boʻldi. Bundan tashqari, Qirgʻiziston yaqin vaqt ichida Turkiya va Xitoy bilan yaxshi aloqalarni yoʻlga qoʻydi. Qirgʻizistonning bu xatti-harakatlar Kremlga yoqmagani aniq. Shu sababdan Kreml Qirgʻizistondagi muxolifat va radikallarni koʻchaga chiqargan boʻlishi mumkin. Chunki Qirgʻizistonda davlatchilik juda zaif. Agar bir masalada xalq koʻchaga chiqsa, uni toʻxtatib boʻlmaydi. Xabarlarga koʻra, 23 oktyabr kuni Qirgʻizistonda huquq-tartibot idoralari qator siyosatchi va faollarning uyida tintuv oʻtkazgan. 24 soat ichida 16 kishi hibsga olingan. Kecha esa "Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishga tayyorgarlik" da ayblanib qoʻlga olingan. Tergov vaqtida aniqlanishicha, ayrim shaxslar ommaviy tartibsizlik vujudga keltirib, inqilob yoʻli bilan hokimiyatni egallab olish uchun hozirlik koʻrgan. Toʻgʻri hozir Kremlning muammolari oʻziga yetib ortadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Rossiya uchun kerak boʻlgan mamlakatlarda uning "qoʻgʻirchoq"lari albatta boʻladi va bundan Kreml doim foydalanib kelgan. Bu mening yosh jurnalist sifatidagi mulohazalarim. Balki ayrimlar bu fikrmga qo'shilmas. 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
Мы должны поставить точку в приграничных спорах! Очередное интервью Садыра Жапарова

Repost from Sardor Ali
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning tugʻilgan kuni. Bugun u 70 yoshni qarshilaydi. Yaʼni, asta-sekin arshi aʼlo tomon yaqinlashmoqda. Umid qilamanki, agressor imperiyaning umri ham poyoniga yetmoqda. Bugun Kremlda katta choyxona. Putinni sevuvchilar sovg'ani zo'rini olib, kech qolmasdan keling-a😉. 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
01:26
Video unavailableShow in Telegram
"Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasidagi geosiyosiy kurash" haqidagi Intervyu tayyor boʻldi. Men uchun koʻp narsalar yangilik boʻldi. Menimcha, bu suhbat sizga yaxshigina siyosiy bilim bera oladi. Marhamat aziz oʻquvchi suhbatni koʻrib baho bering. 🎥To'liq video: https://youtu.be/IQIEZwnOPnE Maqola: https://www.xabar.uz/tahlil/geosiyosiy-vaziyatning-markaziy-osiyodagi 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
12.74 MB
#siyosiyatama Komprador burjuaziya – (ispan tilidan comprador — xaridor), iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar (mustamlakalar ham, mustaqil davlatlar ham) burjuaziyasining bir qismi boʻlib, ichki va tashqi bozorlarda xorijiy kompaniyalar bilan savdo vositachiligida qatnashgan va mustamlakachilar bilan chambarchas bogʻlangan. Mustamlakachilar mamlakatdan chiqib ketgach, ular davlat boshqaruvini oʻz qoʻllariga olishadi va oʻzlarining aligarxik monopoliyasini oʻrnatadi. Aslida ular mustamlakachilardan qolgan amaldorlar hisoblanadi. Ular eski tuzum qurshovidan chiqib keta olmaydi. 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
Sardor Ali | Rasmiy kanal

Shaxsiyatparastlik — oshkora ojizlikdir. Bu yerda siz jurnalist Sardor Alining shaxsiy fikr va mulohazalari bilan tanishib borasiz.

01:26
Video unavailableShow in Telegram
Intervyuning anonsi tayyor bo'ldi. Suhbat ham efirga shay holatda. Bilasizku do'st bor, dushaman bor sal filtrdan o'tkazilyapti. Ertaga chiqib qolsa kerak. 👉https://t.me/Sardor_Ali1
Show all...
12.74 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.