en
Feedback
Taqdir bitiklari

Taqdir bitiklari

Open in Telegram

💡 Nervlarga dam bering 🧠 Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili

Show more
2 729
Subscribers
No data24 hours
-237 days
-8230 days
Posts Archive
#Kuldirdi 😁 (Feysbukdan) Meni yomon ko'rsangiz barmog'ingiz bilan ko'rsatishingiz shart emas. Yaxshisi shu barmog'ingizni ko'zingizga tiqing. Meni boshqa ko'rmaysiz :) Haqiqatni aytganlarni yoqtirishmaydi-daaa T.me/Taqdir_bitiklari – kayfiyat manzili

Aylab zoʻr ehtiromlar, Xush tilak, xush kalomlar, Yoʻllab duo, salomlar, Hayit muborak boʻlsin! Shukur aytar doʻst bari Keldi
Aylab zoʻr ehtiromlar, Xush tilak, xush kalomlar, Yoʻllab duo, salomlar, Hayit muborak boʻlsin! Shukur aytar doʻst bari Keldi deb shodlik gali, Ayyomlarning afzali, Hayit muborak boʻlsin! Halovatli har oni, Saodatli har oni, Bu - Allohning inʼomi, Hayit muborak boʻlsin! Yettidan yetmish qadar Shodligi teng barobar, Ey dindoshim, birodar, Hayit muborak bo‘lsin! Qurbon Hayiti qutlug‘ bo‘lsin!

🌙 ARAFA KUNIGA YETKAZDI MANA Qalblarga jo boʻlib mustahkam iymon, Haq degan qoʻllarga sof duo toʻlsin. Musulmon dindoshim, d
🌙 ARAFA KUNIGA YETKAZDI MANA Qalblarga jo boʻlib mustahkam iymon, Haq degan qoʻllarga sof duo toʻlsin. Musulmon dindoshim, doʻst-u qadrdon, Arafa kuningiz muborak boʻlsin!!! T.me/Taqdir_bitiklari 🕋

#xayrli_albatta “Xayrlisi” deb nomlanuvchi bir yoʻl bor... Avvali qaygʻuli kabi koʻrinsa-da, oxiri hamisha huzurli boʻladi...
#xayrli_albatta “Xayrlisi” deb nomlanuvchi bir yoʻl bor... Avvali qaygʻuli kabi koʻrinsa-da, oxiri hamisha huzurli boʻladi... @Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili

photo content

Epica – Epik; Spark – Uchqun; Malibu – Kaliforniya shtatida joylashgan shahar; Cobalt – Kobalt kimyoviy element, u esa oʻz navbatida nemischa ism Kobolddan olingan; Gentra – “Gentle” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xushmuomalalik, nafislikni anglatadi; Orlando – Florida shtatida joylashgan yirik shahar; Tahoe – Qoʻshma Shtatlardagi eng katta chuchuk suvli koʻlning nomi; Traverse – Oʻnqir-choʻnqir joydan oʻtish; Equinox – Tengkunlik; TrailBlazer – Kashshof (kashfiyotchi); Tracker – Izquvar @Taqdir_bitiklari 🤓Saqlab oling va ulashing, kerak bo‘ladi.

#bu_qiziq 🚘 Mashinalarimiz nomlarining maʼnosini bilasizmi? Daewoo – Bepoyon koinot (koreyscha); Nexia – Yorqin (ispancha); Damas – Jilovlovchi (yunoncha); Tico – Kichik (ispancha); Matiz – Alvon rang (ispancha); Chevrolet – Lui Shevrole (kompaniya asoschisi) ismi; Lacetti – Lotincha “Lacertus” dan olingan, yaʼni yoshlikka xos; Captiva – “Maxliyo” (ingl. Captivate)... Gentra... (Davomi kanalimizda – @Taqdir_bitiklari ) 🤓Saqlab oling va ulashing, kerak bo‘ladi.

– Agar hamma narsa taqdirda yozilgan bo‘lsa, nega men orzu qilishim kerak? – Chunki ba'zi sahifalarda ,,Sen xohlaganingcha‘‘ deb yozilgan bo‘lishi mumkin... T.me/Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili

| Soat 7:00ga budilnik qo‘ygandim, negadir chalinmadi :) @Taqdir_bitiklari 😉
| Soat 7:00ga budilnik qo‘ygandim, negadir chalinmadi :) @Taqdir_bitiklari 😉

Unutma! Yo‘ldoshi Alloh bo‘lgan yo‘lda qolmas... @Taqdir_bitiklari
Unutma! Yo‘ldoshi Alloh bo‘lgan yo‘lda qolmas... @Taqdir_bitiklari

| Men bu dunyoga omma qatori yashash uchun kelmadim. Orzularimda yashashni istayman, qoliplar ichida emas... Yuz rejangiz ish bermasa, ming reja tuzing! To‘xtamang! @Taqdir_bitiklari – ruhiyat manzili

#Tun_mulohazasi | Tashvishda yoki tushkunlikda bo‘lsangiz, tinglang... | Kibr oshganda, sevinch haddan ortganda yo qayg‘uga botganda tinglang... T.me/Taqdir_bitiklari

#tarjima , Forbes-30‘‘ roʻyxatida turadigan, yoshi 30ga yetmagan bir kishi bilan suhbatlashdim va juda taʼsirlandim. U menga qanday qilib 30 yoshga yetmay turib TOP texnologiya kompaniyasida VP boʻlish sirlarini aytib berdi: 1. Ertalab 4.30da uygʻonish 2. Muzdek suvda dush qabul qilish 3. Kundalik yuritish 4. Meditatsiya 5. Dadasi oʻsha kompaniyani xoʻjayini T.me/Taqdir_bitiklari

UNDAY BOʻLA OLMAYMAN...    Bir kuni tugʻilib boshqa bir kunda oʻladigan, ulardan faqat  tugʻilish va oʻlishdan boshqa hech narsa qolmaydigan yuz minglab kishilar kabi yashay olmayman...    Bu mening hissiyotim...   Ammo men qilgan ishlarimni mutloq toʻgʻri deb daʼvo ham qilmayman. Qilmishlarimda tanqidga munosiblari  ham talaygina...    Qancha xatolar qilganimni oʻzim bilaman, Robbim biladi. Kishilar esa ozginasini bilishadi xolos...    Ammo hamma ishim toʻgʻri, oqilona va nuqsonsiz deb biror kishining ham ayta olmasligi meni biroz boʻlsada yupatadi! Abdulqodir_Polvonov T.me/Taqdir_bitiklari

| Hayot meni jimjit odamga aylantirdi... @Taqdir_bitiklari

6 kun «Shavvol oyining ro‘zasini qachondan boshlab tutish kerak? Uning hukmi qanday hamda saharlik va iftorlik qachon qilinad
6 kun «Shavvol oyining ro‘zasini qachondan boshlab tutish kerak? Uning hukmi qanday hamda saharlik va iftorlik qachon qilinadi?». Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazon ro‘zasi o‘n oy ro‘zaga to‘g‘ri kelsa, Shavvolning olti kuni ikki oyga to‘g‘ri keladi, natijada bu bir yil ro‘za bo‘ladi”, dedilar. Boshqa rivoyatda: “Kim fitrdan keyin olti kun ro‘za tutsa, bir yil to‘la ro‘za bo‘ladi”, deb zikr qilingan (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati). Shavvol oyining ro‘zasini Shavvol oyi mobaynida istalgan kunlarda — Hayitning 3-kunidan boshlab tutish mumkin yoki Hayitning ertasidan tutsa ham bo‘ladi. Mazkur kunlardagi ro‘zani Shavvol oyining xoh avvalida, xoh o‘rtasida, xoh oxirida uzluksiz tutish mumkin. Saharlik payti bomdod vaqtining kirish vaqtidir. Iftorni esa shom namozi vaqti kirishi bilan qilinadi. @Taqdir_bitiklari 🌘

🕋 Assalomu alaykum! Barchamizga uluğ Hayit ayyomi muborak bo‘lsin. Allohim uyingizga nur, qalbingizga huzur, umringizga vaqt
🕋 Assalomu alaykum! Barchamizga uluğ Hayit ayyomi muborak bo‘lsin. Allohim uyingizga nur, qalbingizga huzur, umringizga vaqt, ishlaringizga omad, qõllaringizga daromad, yaqinlaringizga quvonch, bir-biringizga ishonch ato etsin. 🕋 Qalbingizni Alloh, tilingizni Bismilloh, dilingizni iymon, qõllaringizni Qur'on hech qachon tark etmasin. Hayotingiz davomida sizga Ka'ba ziyorati, Qur'on tilovati, duo ijobati, iymon halovati, til salovati, aql shijoati, oxirat faroğati, sabr-qanoati, baxt-saodati, tan salomatligi doimo hamrohingiz bo‘lsin🤲 Sizni va yaqinlaringizni muborak ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman!