cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

parvoz..Et

O'zini va olamni tushunishga urunayotgan bolaning kundaligi. Fikrlar, mulohazalar, ba'zan she'rlar, hazillar - hammasi kayfiyatga qarab. @qorquvlarimiz

Show more
Advertising posts
716
Subscribers
-224 hours
+17 days
-2430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:11
Video unavailableShow in Telegram
Uxlamoqchiman. Qulog'im oldida uchib yurgan chivin:
Show all...
1.59 MB
Kichkina qizi ham bor edi. Bir umrga ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Bu qandaydir dramaga boy film ssenariysiga o'xshaydi. Bunday ish bilan shug'ullanish tayyor o'ljaga aylanish degani. Yani "kuryer/kladmen" bo'lish. "Subyektiv" shu haqida yaxshi ko'rsatuv tayyorlagandi. Shuni o'zini ko'rib ham ko'p narsani bilib olsa bo'lardi. Eh...
Show all...
Sinfdoshim Rossiyada eri bilan birga 10-15 yilga qamalib ketgani haqida eshitib qoldim. Sintetik giyohvand tarqatayotgan payti ushlanibdi. Shokdaman xullas, 10 yil-a... Shunga o'xshash yangiliklarni qayerdadir o'qisang unchalik e'tibor bermas ekansan, lekin sen tanigan, bilgan inson bilan bu sodir bo'lsa ich-ichingdan his etar ekansan, qanchalik muddat katta ekanligini, qanchalik bu yomonligini.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Farzandli bo'lishga normalar ishlab chiqish kerak. Va shu normalarga to'g'ri kelgan oilaga ruhsat berish kerak farzand ko'rishga. Har kim ham farzandli bo'la olmasin oldin shunga loyiq bo'lsin moliyaviy va aqliy jihatdan. Bu gaplar hech narsaga arzimasligini bilaman. Lekin har gal shu kabi yangiliklarga ko'zim tushsa, ko'chada tilanchilik qilayotgan bolani ko'rsam ana shu fikr hayolimda aylanaveradi...
Show all...
Bir tanishim "briket qanaqa, xalaqit bermaydimi, iching qisilib ketmaydimi?" deb so'rab qoldi. "Shunaqangi xalaqit beradi. Masalan, tishim qichib qolsa qichitolmayman, undan tashqari tishlar terlab ketadi" dedim. Tanishim hayron "mlya yomon ekan-u a" deydi...
Show all...
sen bilan anchadan beri gaplashganim yo'q. ishlaring qanday? ahvollaring... nazarimda o'zing ham anig'ini bilmasang kerak. yaxshi desang yaxshidek emas, yomon desang biroz oshirib yuborasan. inson kimnidir tushunishdan ko'ra o'zini ko'proq tushunishni xohlarkan-da, ba'zida. Toni Starkning temir kostyumi o'z holatini analiz qilolgani kabi, inson ham o'z tanasini, hislarini analiz qilolsa edi koshki. ammo afsus! eslaysanmi bolalikda olam xuddi ertaklardagidek tuyulardi? qushlarning sayrashi yoqimli, do'sting bugun sen bilan birga o'ynashidan baxtli, hatto ko'chadagi hayvonlar sen bilan do'stlashmoqchi, ular gapirsang tushunadigandek. hozir... hozir hammasi qandaydir o'z qiymatini yo'qotgan. do'stlik -- doim birinchi eslaydigan, yozadigan, qo'ng'iroq qiladigan odamning ortiq bunday qilmay qo'yishigacha. sevgining go'zalligi, uning chiroyi faqat qo'shiqlarda qolib ketgan. derazang oldiga uchib keladigan musicha har kuni ertalab unga ovqat berganing uchun. nahotki havas qilganing, tezroq erishmoqchi bo'lganing, kattalar hayoti shu? qizig'-a ammo o'zingdan faxrlansang arziydi! bu hayollar, bu o'ylovlar ichida yo'qolib qolmaysan masalan. ertaga unutasan, yana xursand yashab yuraverasan... o'zingni yolg'iz his qilganingda yana miyangda paydo bo'laman. ana o'shanda boshqa mavzular haqida gaplashib ko'ramiz... Laziz M.
Show all...
- Hayajonlanyabsizmi? - Ha! - Birinchi martami? - Yo'q, men avval ham hayajonlanganman...
Show all...
Instagramda aktiv bo'lmagan obunachilarni ajratib birdaniga o'chirib tashlasa bo'ladigan funksiya qo'shilibdi, men shunday qilib 90% obunachimni o'chirib tashladim 😂 Lekin yaxshi bo'ldi, bitta tashvishdan qutuldim. Negaki bundan buyog'iga nima qilsam ham o'zimga yoqqani uchun qilmoqchiman. Video olsam ham, yozsam ham, o'ylagim kelmayabdi ko'rishlar soni nechta bo'ldi, repost bo'ldimi, reaksiya nechta yig'ildi. Shunchaki qilmoqchiman bo'ldi, hech narsani o'ylamay, hech narsani hisob-kitob qilmay...
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.