en
Feedback
Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi

Open in Telegram

Веб-сайти: https://gov.uz/namangan/ Facebook: https://www.facebook.com/namangan.uz/ Instagram: https://www.instagram.com/namangan.gov.uz/ Ишонч телефони: 71 200-07-22 Электрон почта: info@namangan.uz Манзил: Наманган шаҳри, Истиқлол кўча, 57-уй.

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Namangan viloyati hokimligi

Channel Namangan viloyati hokimligi (@namvilhok) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 204 subscribers, ranking 11 364 in the News & Media category and 3 944 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 204 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 030 over the last 30 days and by -98 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 11.67%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 10.51% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 2 371 views. Within the first day, a publication typically gains 2 135 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Веб-сайти: https://gov.uz/namangan/ Facebook: https://www.facebook.com/namangan.uz/ Instagram: https://www.instagram.com/namangan.gov.uz/ Ишонч телефони: 71 200-07-22 Электрон почта: info@namangan.uz Манзил: Наманган шаҳри, Истиқлол кўча, 57-уй...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.

20 204
Subscribers
-9824 hours
-9307 days
-1 03030 days
Posts Archive
#Халқаро_ҳамкорлик Наманган вилояти делегацияси Жанубий Кореяда: Сеулда “KIND” корпорацияси раҳбарияти билан музокаралар ўтка
+4
#Халқаро_ҳамкорлик Наманган вилояти делегацияси Жанубий Кореяда:  Сеулда “KIND” корпорацияси раҳбарияти билан музокаралар ўтказилди. Бугун Сеул шаҳрида Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов ҳамда “KIND” - Korea Overseas Infrastructure&Urban Development Corporation корпорацияси вице-президенти Вон Бёнг Чул иштирокида расмий учрашув бўлиб ўтди. Музокаралар Ўзбекистон ва Корея Республикаси ўртасидаги алоҳида стратегик шериклик муносабатларини ҳудудлар даражасидаги амалий лойиҳалар билан бойитиш мақсадида ташкил этилди.   Учрашувда Наманган вилояти Ўзбекистоннинг энг жадал ривожланаётган ва аҳолиси тез ўсаётган ҳудудларидан бири эканлиги таъкидланиб, замонавий шаҳар инфратузилмасига бўлган юқори талабни қондириш мақсадида “Янги Наманган” шаҳарчасини барпо этиш лойиҳаси тақдим этилди. Ушбу лойиҳа фақатгина турар жойлардан иборат бўлибгина қолмай, экологик тоза ҳудудлар, саноат кластерлари, савдо ва ижтимоий объектларни ўзида мужассам этган замонавий экотизим (Smart City) концепциясига асосланади.  Музокаралар давомида “KIND” корпорацияси билан Наманганда Кореянинг илғор стандартлари ва энергия тежамкор технологияларини қўллаган ҳолда замонавий кўп қаватли шинам турар жой массивларини қуриш, лойиҳаларни давлат-хусусий шериклик асосида, корпорация кўмагида Кореянинг йирик инвестиция фондлари ва халқаро молия институтлари сармояларини жалб қилган ҳолда амалга ошириш,  шаҳарчанинг йўл-транспорт тизими, сув тозалаш иншоотлари ва яшил энергия таъминотини лойиҳалашда Жанубий Кореянинг илғор тажрибасини татбиқ этиш каби устувор йўналишларда узоқ муддатли ва манфаатли ҳамкорликни йўлга қўйиш масалалари кўриб чиқилди.   Учрашув якунида лойиҳалар кўламини жойида ўрганиш ва ҳудуднинг инвестициявий салоҳияти билан яқиндан танишиш учун “KIND” корпорацияси раҳбариятини Наманган вилоятига таклиф этилди. __ #Xalqaro_hamkorlik Namangan viloyati delegatsiyasi Janubiy Koreyada: Seulda “KIND” korporatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi Bugun Seul shahrida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda “KIND” — Korea Overseas Infrastructure & Urban Development Corporation korporatsiyasi vitse-prezidenti Von Byong Chul ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini hududlar darajasidagi amaliy loyihalar bilan boyitish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuvda Namangan viloyati O‘zbekistonning eng jadal rivojlanayotgan va aholisi tez o‘sayotgan hududlaridan biri ekanligi ta’kidlanib, zamonaviy shahar infratuzilmasiga bo‘lgan yuqori talabni qondirish maqsadida “Yangi Namangan” shaharchasini barpo etish loyihasi taqdim etildi. Ushbu loyiha faqatgina turar joylardan iborat bo‘libgina qolmay, ekologik toza hududlar, sanoat klasterlari, savdo va ijtimoiy obyektlarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy ekotizim (Smart City) konsepsiyasiga asoslanadi. Muzokaralar davomida “KIND” korporatsiyasi bilan Namanganda Koreyaning ilg‘or standartlari va energiya tejamkor texnologiyalarini qo‘llagan holda zamonaviy ko‘p qavatli shinam turar joy massivlarini qurish, loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida, korporatsiya ko‘magida Koreyaning yirik investitsiya fondlari va xalqaro moliya institutlari sarmoyalarini jalb qilgan holda amalga oshirish, shaharchaning yo‘l-transport tizimi, suv tozalash inshootlari va yashil energiya ta’minotini loyihalashda Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasini tatbiq etish kabi ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida loyihalar ko‘lamini joyida o‘rganish va hududning investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishish uchun “KIND” korporatsiyasi rahbariyati Namangan viloyatiga taklif etildi. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

Chortoq tumanida yoshlar uchun imkoniyatlar va amaliy natijalar kengaymoqda Chortoq tumanida "Yoshlar kuni" munosabati bilan
+9
Chortoq tumanida yoshlar uchun imkoniyatlar va amaliy natijalar kengaymoqda Chortoq tumanida "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlashga qaratilgan qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Tuman hokimi Ilhomjon Sattarov "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi shtab" faoliyatini oʻrganib, yoshlar bilan ishlashni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish, har bir yoʻnalish boʻyicha aniq reja va natija bilan ishlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi. Shuningdek, Navbahor mahallasi yoshlar yetakchisining joriy yilning oʻtgan 8 oyida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi istiqbolli loyihalari taqdimoti ham koʻrib chiqildi. Yoshlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, yer maydonlaridan samarali foydalanish, kasb-hunarga oʻqitish va daromad manbalarini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Yoshlarning bandligi va daromadini oshirish borasidagi ishlar yana bir muhim amaliy tashabbus — tijorat banklari ishtirokida tashkil etilgan loyihalar yarmarkasida ham oʻz ifodasini topdi. Mahallalardagi oʻrganishlar natijasida tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan 127 nafar yosh aniqlanib, ularning loyihalari shakllantirildi. Tuman hokimi, bank rahbarlari va yoshlar ishtirokidagi uchrashuvda ushbu loyihalar muhokama qilinib, 29 nafar yoshning tashabbusini moliyalashtirish uchun kredit ajratish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Loyihalar yarmarkasida 12 nafar fuqaroga kasb-hunarga oʻqish uchun vaucherlar topshirildi, 26 nafar yosh va fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi boʻyicha sertifikatlar topshirildi. Ishtirokchilarning bir qismi mavjud boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha mehnat shartnomalarini ham rasmiylashtirdi. Bu natijalar Chortoqda yoshlar bilan ishlash faqat tadbirlar oʻtkazish bilan cheklanmayotganini, balki ularning bandligi, daromadi va tadbirkorlik faoliyatini taʼminlaydigan aniq amaliy tizimga aylanib borayotganini koʻrsatmoqda. Yoshlarning sport bilan shugʻullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar ham bugungi kunning muhim voqealaridan biri boʻldi. PQ-4898-sonli qaror asosida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida 45-umumtaʼlim maktabi negizidagi stadion toʻliq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Qiymati 750 million soʻmlik loyiha doirasida zamonaviy vorkaut maydonchasi, yechinib-kiyinish va sanitariya xonalari barpo etildi, sport maydoni atrofi obodonlashtirilib, metall toʻsiq bilan oʻraldi. Majmuaning ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla faollari, nuroniylar, sportchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Sportda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarning yutuqlari eʼtirof etildi. Bugun Chortoqda yoshlarga eʼtiborning mohiyati aniq natijalarda namoyon boʻlmoqda. Bir tomonda yoshlarning tadbirkorlik gʻoyalari moliyalashtirilmoqda, ish oʻrinlari yaratilmoqda va kasbga yoʻnaltirilmoqda. Ikkinchi tomonda esa ular uchun zamonaviy sport va xizmat koʻrsatish infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Eng muhimi, yoshlar siyosati mahalla darajasiga tushirilib, har bir yoshning tashabbusi, bandligi va kelajak rejasiga alohida yondashuv asosida ish tashkil etilmoqda. Chortoq tumani hokimligi axborot xizmati Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube

Payshanba — yoshlar kuni Davlatobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar an’anaga aylanib bormoqda. Bugun “Ya
+9
Payshanba — yoshlar kuni Davlatobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar an’anaga aylanib bormoqda. Bugun “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani" Axborot-kutubxonasida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Axmedov, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev hamda otaliqqa biriktirilgan yoshlar ishtirok etdi. Samimiy va ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolariga mas’ullar tomonidan tegishli yechim va tavsiyalar oldilar. Uchrashuv yakunida 6 nafar yoshga ilk bor haydovchilik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 4 nafar yosh probatsiya hisobidan chiqarilib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh

#Пайшанба_ёшлар_куни НОРИНДА ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ КАСБЛАРНИ ЭГАЛЛАМОҚДА Норин тумани 2-сон касб-ҳунар мактабида «Ёшлар куни» мунос
+9
#Пайшанба_ёшлар_куни НОРИНДА ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ КАСБЛАРНИ ЭГАЛЛАМОҚДА Норин тумани 2-сон касб-ҳунар мактабида «Ёшлар куни» муносабати билан ёшларни касб-ҳунарга йўналтириш ва уларнинг бандлигини таъминлашга қаратилган тадбир ўтказилди. Туман ҳокими бошчилигида хуқуқни муҳофаза қилувчи орган раҳбарлари иштирокида касб-ҳунар мактабида таҳсил олаётган ёшлар билан очиқ мулоқот ташкил этилди. Мулоқот жараёнида тикувчилик, сантехника, IT каби турли йўналишларда касб ўрганаётган ёшлар билан суҳбатлашилиб, уларнинг қизиқишлари, эгаллаётган кўникмалари ва келгусидаги режалари тингланди. Айниқса, ёшларнинг замонавий касбларни пухта эгаллаши, амалий кўникмаларини мустаҳкамлаши ва келгусида ўз меҳнати орқали муносиб даромад топиши учун яратилаётган имкониятларга эътибор қаратилди. Учрашувда ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг бандлигини таъминлаш ва касбий салоҳиятини рўёбга чиқариш бўйича масъулларга тегишли вазифалар белгилаб берилди. Норин туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

#Namangan #YangiOzbekistonBunyodkorlari #KasbiyTalim #Yoshlar #Taqdirlash Namanganda “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026”
+9
#Namangan #YangiOzbekistonBunyodkorlari #KasbiyTalim #Yoshlar #Taqdirlash Namanganda “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026” gʻoliblari taqdirlandi! Namangan tumani madaniyat markazida Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichi gʻolib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.
Asosiy koʻrsatkichlar: 671 nafar ishtirokchi 10 ta kasb yoʻnalishida bellashdi; 30 nafar tajribali mutaxassis hakamlik qildi; 50 nafar yosh Respublika bosqichiga yoʻllanma va pul mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Respublika bosqichi natijasi: Namanganlik yoshlardan 11 nafari sovrinli oʻrinlarni egallab, viloyat jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 4-oʻrinni qayd etdi.
Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Otabek Bozarov ishtirok etib, gʻolib oʻquvchilar va ularning fidoyi ustozlariga tashakkurnoma hamda pul mukofoti vaucherlarini topshirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqa
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам развития электротехнической промышленности и поддержки производства конкурентоспособной продукции. #Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #elektrotexnika Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Ёшлар_куни Кураш майдонида ёшлар куч синашди Пайшанба — “Ёшлар куни” муносабати билан “Ҳудудгаз Наманган” газ таъминоти фили
+5
#Ёшлар_куни Кураш майдонида ёшлар куч синашди Пайшанба — “Ёшлар куни” муносабати билан “Ҳудудгаз Наманган” газ таъминоти филиали раҳбари ҳамда Бошланғич касаба уюшмаси ташаббуси билан Наманган шаҳридаги 3-залли спорт мажмуасида “Миллий кураш” мусобақаси ўтказилди. Унда филиал ҳамда унинг шаҳар ва туман газ бўлимлари ёш ишчи-ходимлари, шунингдек, филиал раҳбарига бириктирилган Уйчи тумани ёшлари иштирок этди. Қизғин кечган беллашувлар 5 та вазн тоифасида ўтказилиб, полвонлар куч, чаққонлик ва маҳоратини намоён этдилар. Мусобақа ёшларни спортга жалб этиш, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш ҳамда миллий спортимизни оммалаштиришга хизмат қилди. Тадбир якунида ғолиб ва совриндорларга эсдалик совғалари топширилиб, уларнинг муносиб иштироки эътироф этилди. 🔥 “Ҳудудгаз Наманган” газ таъминоти филиали матбуот хизмати __ #Yoshlar_kuni Kurash maydonida yoshlar kuch sinashdi Payshanba - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali rahbari hamda Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Namangan shahridagi 3-zalli sport majmuasida “Milliy kurash” musobaqasi o'tkazildi. Unda filial hamda uning shahar va tuman gaz bo‘limlari yosh ishchi-xodimlari, shuningdek, filial rahbariga biriktirilgan Uychi tumani yoshlari ishtirok etdi. Qizg‘in kechgan bellashuvlar 5 ta vazn toifasida o‘tkazilib, polvonlar kuch, chaqqonlik va mahoratini namoyon etdilar. Musobaqa yoshlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda milliy sportimizni ommalashtirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning munosib ishtiroki e’tirof etildi. 🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

#Адлия_хабари Давлат хизматчиларига янги Конституциявий қонун тушунтирилди Норин туманида давлат хизматчиларининг ҳуқуқий бил
+9
#Адлия_хабари Давлат хизматчиларига янги Конституциявий қонун тушунтирилди Норин туманида давлат хизматчиларининг ҳуқуқий билим ва кўникмаларини ошириш мақсадида Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1166-сонли “Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси тўғрисида”ги Конституциявий қонуни мазмун-моҳиятига бағишланган ҳуқуқий тарғибот тадбири ўтказилди. Унда Наманган вилояти адлия бошқармаси ходимлари томонидан мазкур Конституциявий қонуннинг қабул қилинишидан кўзланган мақсад, Президент Администрациясининг ҳуқуқий мақоми, фаолиятининг асосий принциплари, вазифалари ва ваколатлари ҳақида батафсил тушунтиришлар берилди. Шунингдек, қонунда белгиланган нормаларнинг давлат бошқаруви тизимидаги аҳамияти, давлат органлари фаолиятини самарали ташкил этиш, қонунийлик ва очиқликни таъминлаш, давлат хизматчиларининг масъулиятини ошириш билан боғлиқ жиҳатларга тўхталиб ўтилди. Тадбир давомида давлат хизматчиларининг ўз фаолиятида амалдаги қонунчилик талабларига риоя қилиши, фуқароларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини таъминлаши ҳамда мурожаатлар билан ишлашда холислик ва қонунийлик тамойилларига амал қилиши муҳимлиги қайд этилди. Якунда иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволлар билан мурожаат қилиб, уларга адлия бошқармаси ходимлари томонидан амалдаги қонунчилик асосида батафсил жавоблар берилди. 🏢 Наманган вилояти адлия бошқармаси __ #Adliya_xabari Davlat xizmatchilariga yangi Konstitutsiyaviy qonun tushuntirildi Norin tumanida davlat xizmatchilarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, faoliyatining asosiy prinsiplari, vazifalari va vakolatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qonunda belgilangan normalarning davlat boshqaruvi tizimidagi ahamiyati, davlat organlari faoliyatini samarali tashkil etish, qonuniylik va ochiqlikni ta’minlash, davlat xizmatchilarining mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashi hamda murojaatlar bilan ishlashda xolislik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishi muhimligi qayd etildi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil javoblar berildi. 🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

Xonobodlik yoshlar tinglandi Ma’lumki, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kunda t
+4
Xonobodlik yoshlar tinglandi Ma’lumki, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kunda tashkilot-muassasa rahbarlari hududlarda o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar hamda xonadonbay o‘rganishlar olib boradilar. Bundan asosiy maqsad — ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, oldilarida turgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish, shuningdek, qo‘shimcha kasb-hunar egallashlariga yo‘naltirib, amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ikramov ham bugun Namangan tumanidagi “Xonobod” mahallasida bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida yoshlarning qiziqishlari, kasb-hunarga bo‘lgan ishtiyoqi hamda kelgusidagi rejalari tinglandi. Jumladan, bir nafar yoshga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qishida ko‘maklashish taklifi bildirildi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga esa bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil tushuncha berildi. Muloqot yakunida yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida badiiy kitoblar to‘plami taqdim etildi. Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

NAMDTUNING 2026-YILDAGI ILMIY NATIJASI: NAMANGAN BO‘YICHA YANA YUQORI KO‘RSATKICH Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan
NAMDTUNING 2026-YILDAGI ILMIY NATIJASI: NAMANGAN BO‘YICHA YANA YUQORI KO‘RSATKICH Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yilgi 2-tanlovi natijalari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha 65 nafar tadqiqotchining loyihasi g‘olib deb topilgan tanlovda NamDTU doktorantlari Toxirova Maftuna Umidjon qizi va Muxammetshina Elmira Talgatovna ham g‘oliblar safidan joy oldi. E’tiborlisi, 2026-yilning hozirga qadar o‘tkazilgan ikki tanlovida Namangan viloyatidan jami 4 nafar tadqiqotchi g‘olib bo‘ldi. Ularning barchasi NamDTU vakillaridir. Joriy tanlovdagi loyihalar paxta xomashyosi sifatini saqlash va qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan. Toxirova Maftuna Umidjon qizi paxtani tozalash jarayonining tola va chigit sifatiga ta’sirini o‘rganadi. Muxammetshina Elmira Talgatovna esa paxtani havo yordamida tashish jarayonida tola va chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish bo‘yicha tadqiqot olib boradi. Bu natija NamDTUning ilmiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

#Пайшанба_ёшлар_куни 🔰 ЧУСТДА БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ МЕҲНАТ ЯРМАРКАСИ ЎТКАЗИЛДИ Чуст туманида ишсиз фуқароларнинг бандлигини таъмин
+6
#Пайшанба_ёшлар_куни 🔰 ЧУСТДА БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ МЕҲНАТ ЯРМАРКАСИ ЎТКАЗИЛДИ Чуст туманида ишсиз фуқароларнинг бандлигини таъминлаш, уларни доимий даромад манбаига эга қилиш ҳамда муносиб иш ўринларига жойлаштириш бўйича тизимли ишлар амалга оширилмоқда.
Шу мақсадда Чуст туманидаги «Наманган» эркин иқтисодий зонаси ҳудудида жойлашган «Tai Chang Special Steel» МЧЖ қўшма корхонасида бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси ўтказилди.
Тадбир давомида маҳаллалар кесимида ўтказилган хатлов ишлари натижасида аниқланган ишсиз фуқаролар учун мавжуд бўш иш ўринлари ва меҳнат шароитлари ҳақида маълумотлар берилди.
Хусусан, аниқланган ишсиз фуқаролардан жами 210 нафарини мазкур корхонага ишга жойлаштириш мақсади белгиланган бўлиб, бугунги кунга қадар 100 нафар фуқаронинг ҳужжатлари қабул қилиниб, уларни иш билан таъминлаш бўйича амалий чоралар кўрилмоқда.
Меҳнат ярмаркаси фуқароларни муносиб иш ўринларига йўналтириш, уларнинг бандлигини таъминлаш ҳамда доимий даромад манбаига эга бўлишида муҳим аҳамият касб этмоқда.
Келгусида ҳам ишсиз фуқароларнинг бандлигини таъминлаш, уларни мавжуд бўш иш ўринларига йўналтириш ва доимий даромад манбаига эга қилиш бўйича ишлар изчил давом эттирилади. Чуст туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

“Раҳбар ва ёшлар учрашуви” — очиқ мулоқот ва самимий суҳбат Бугун Наманган давлат техника университетида “Раҳбар ва ёшлар учр
+7
“Раҳбар ва ёшлар учрашуви” — очиқ мулоқот ва самимий суҳбат Бугун Наманган давлат техника университетида “Раҳбар ва ёшлар учрашуви” бўлиб ўтди. Учрашувда Наманган вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Ж.Файзуллаев, университетнинг Ёшлар масалалари ва маънавий-маърифий ишлар бўйича биринчи проректори М.Қаюмов, профессор-ўқитувчилар ҳамда талабалар иштирок этди. Очиқ мулоқот давомида ёшларнинг таълим олиши, келажакдаги касбий фаолияти, ўз устида ишлаши ва жамият ҳаётидаги фаоллигига оид масалалар юзасидан фикр алмашилди. Бошқарма бослиғи ёшлар билан суҳбатда бугунги кунда мамлакатимизда ёшларнинг билим олиши, касб-ҳунар эгаллаши ва ўз салоҳиятини намоён этиши учун яратилаётган имкониятларга тўхталиб, келажакда малакали ва ташаббускор ёш мутахассислар давлат хизматининг турли йўналишларида фаолият юритиши муҳимлигини таъкидлади. Суҳбат давомида талабалар ўзларини қизиқтирган саволлар билан мурожаат қилиб, фикр ва таклифларини билдирдилар. Самимий руҳда кечган “Раҳбар ва ёшлар учрашуви” ёшлар фикрини тинглаш, улар билан бевосита мулоқот қилиш ва келгусидаги ҳамкорликнинг янги йўналишларини белгилаш учун муҳим майдон бўлди. Наманган вилояти божхона бошқармаси ахборот хизмати. ____ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — ochiq muloqot va samimiy suhbat Bugun Namangan davlat texnika universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Qayumov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kelajakdagi kasbiy faoliyati, o‘z ustida ishlashi va jamiyat hayotidagi faolligiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Boshqarma boslig’i yoshlar bilan suhbatda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib, kelajakda malakali va tashabbuskor yosh mutaxassislar davlat xizmatining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritishi muhimligini ta’kidladi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirdilar. Samimiy ruhda kechgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” yoshlar fikrini tinglash, ular bilan bevosita muloqot qilish va kelgusidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim maydon bo‘ldi. Namangan viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube

YOSHLAR KUNI: «BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»GA TANTANALI START Yoshlar kuni munosabati bilan Nayman mahallasidagi 45-sonli umum
+9
YOSHLAR KUNI: «BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»GA TANTANALI START Yoshlar kuni munosabati bilan Nayman mahallasidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman miqyosidagi «Besh tashabbus olimpiadasi»ning maktab bosqichiga tantanali start berildi. Tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildi. Tuman hokimi o‘z so‘zida mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sport, ta’lim va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib, barcha yoshlarni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi. «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilish, sport va ijodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi — yoshlar maydonda, iqtidorlar esa e’tiborda!

“Ёшлар куни”да ёш тадбиркорга қарашли “Арчасой” туристик дам олиш маскани фойдаланишга топширилди Фаолиятини “Уста Эргашали А
+6
“Ёшлар куни”да ёш тадбиркорга қарашли “Арчасой” туристик дам олиш маскани фойдаланишга топширилди
Фаолиятини “Уста Эргашали Аҳмедов” масъулияти чекланган жамиятни ташкил этишдан бошлаган Улуғбек Аҳмедов ёшларга берилган имкониятлардан фойдаланиб, бугунги кунда Тўрақўрғон туманининг энг номдор ишбилармонлари қаторидан ўрин олган десак, муболаға эмас. У янги лойиҳалари билан обод манзиллар ташкил этиш, иш ўринлари яратиш орқали жамият ривожига ҳисса қўшмоқда.
Бугун Олчин маҳалласида унинг ташаббуси билан бунёд этилган лойиҳа қиймати 4 миллиард сўмни ташкил этган “Арчасой” дам олиш масканининг тақдимот маросими бўлиб ўтди. Тадбирда туман ҳокими Шерали Қосимов иштирок этиб, жойларда олиб борилаётган ижобий ўзгаришлар ҳақида гапирди. Айниқса, бу ерда 10 нафар ёшларнинг ишга жойлашгани алоҳида эътирофга лойиқ. Чунки ёшлар масаласи бугуннинг энг долзарб мавзуларидан биридир. Атрофи арчалар билан ўралган, шарқираган сой ўтган масканда 25 та хоналарда бирйўла 200 нафар кишига хизмат кўрсатилади. Лойиҳанинг кейинги босқичида эса меҳмонлар учун 20 та капсула кўринишидаги хоналар ҳам қурилиб, ҳудуднинг баҳаво иқлимида ҳордиқ чиқаришларига имкон яратилади. Тўрақўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi. Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi. Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. — Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью. Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях. Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра. В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг. Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов. Facebook|Instagram|X

O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik j
O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkalari chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Davlat aktivlarini realizatsiya qilishning yangi mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan. Batafsil _______ ПРИВАТИЗАЦИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ: НОВЫЙ ЭТАП Государство расширяет программу приватизации: на торги планируется выставить доли в 84 хозяйственных обществах, 1 242 объектов недвижимости и около 8 тысяч гектаров земельных участков. Новые механизмы реализации государственных активов представлены в Указе Президента Республики Узбекистан. Подробнее ______ PRIVATIZATION IN UZBEKISTAN: A NEW STAGE The Government is expanding the privatization program: shares in 84 companies, 1,242 real estate assets and approximately 8,000 hectares of land plots are planned to be put up for sale. New mechanisms for the sale of state assets have been introduced by a Decree of the President of the Republic of Uzbekistan. More ____ 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 namangan.davaktiv.uz

ИНВЕСТОРЛАР ВА ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА! Уйчи ҳамда Учқўрғон туманлари чегарасидаги Норин дарёси "ГЭС" лар каскади бўйидаги ўрмон ва дарё орасида жойлашган табиати бетакрор ҳудуддан турар-жой биноларини қуриш учун ер майдонлари аукцион савдоларига чиқарилди. Норин дарёси қирғоғида ГЭСлар каскади қурилиши ҳисобига бўшаб қоладиган 20 гектар ер майдонида экологик-туристик зонани барпо қилиш бўйича мастер режа ишлаб чиқилиб, белгиланган тартибда тасдиқланган. Лойиҳа доирасида кўчма меҳмон уйлари, савдо ва кўнгилочар марказлар, очиқ ва ёпиқ автотураргоҳлар, ўрта мактаб, болалар боғчаси, соҳил бўйи сайилгохлари, салқин ичимлик ва музқаймоқ шохобчалари, селфи кўпириги, мусиқали фавворалар, спорт майдончалари каби ижтимоий объектлари ҳамда 10 000 нафар аҳоли яшаши учун барча инфратузилма объектларини ўз ичига олган кўркам массив барпо этилиши режалаштирилган. 📈 Ушбу ҳудуднинг афзалликлари: ✔️ Мастер-режа асосида режалаштирилган ҳудуд ✔️ Норин дарёси ва яшил ўрмон ўртасидаги бетакрор табиат уйғунлиги ✔️ Инвестиция учун юқори салоҳияти ✔️ Келажакда қиймати ошиб борувчи лойиҳа 📢 Лотлар СОНИ ЧЕКЛАНГАН! Бизнесингизни янги босқичга олиб чиқиш имкониятини қўлдан бой берманг ҳамда www.e-auksion.uz савдо платформаси орқали очиқ онлайн аукцион савдоларида иштирок этинг ва ер майдонларини сотиб олинг! Қуйидаги хавола орқали лот ҳақидаги тўлиқ маълумотлар билан танишишингиз мумкин: Локация:

ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ АХБОРОТ АГЕНТЛИГИ РАСМИЙ САЙТИДА ТАНИШИНГ! https://uza.uz/uz/posts/mahalliy-kengashlar-faoliyatida-ochiqlik-taminlanadi_906743

Azaldan yo‘l, ko‘prik qurish, ta’mirlash ulug‘ va savob amallar sanalib, ko‘priklar qurish, ko‘priksozlik qadim-qadimdan diyorimizda yaxshi an’anaga aylangan. Darhaqiqat, ko‘priklar nafaqat uzoqni yaqin, mashaqqatni yengil qiladi, balki iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega strategik inshoot ham hisoblanadi. Zero, borar manzilimiz yaqin bo‘lishi, yo‘l mashaqqatining yengil o‘tishi ana shu yo‘llarga, ularning sifati va tekisligiga bog‘liq. So‘ngi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz hayotining farovonligi yo‘lida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Namangan viloyatining Uychi tumani hududidan oqib o'tuvchi Norin daryosi ustida yangi ko'prik qurildi.

UZUMCHILIKDAN TOPILGAN DAROMAD BARAKALI BOʻLADI Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi