cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Muslimbek's BLOG

Bu yerda: — IELTS ga tayyorgarlik jarayoni — Energiya ulashuvchi kontentlar — Shaxsiy hayotdan parchalar — Mutolaaga oid tanlovlarni ko'rasiz❤️‍🔥 Maqsadimiz: Bilganlarimizni ulashish, bilmaganlarimizni o'rganish😊 ✍️ @Mutalliyev_Muslimbek

Show more
Advertising posts
180
Subscribers
-124 hours
-37 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

25-May. Ertalab. Ko'chada hamma shoshiladigan payt. Barcha maktablarda so'nggi qo'ngiroq tadbiri bo'ladigan kun. Bitiruvchilar uchun eng unutilmas kunlardan biri. Maktab darvozasidan ichkariga kirasiz. Qandaydir yoqimli holatni his qilasiz. Bir tomonda, qayergadir shoshayotgan, nima qilayotganini bilmayotganday uyoqdan buyoqqa tinimsiz yugurayotgan bitiruvchilarga, boshqa tomonda, hech narsaga shoshilmasdan bir chiziqda saflanib kelayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga ko'zingiz tushadi. Ushbu kun hammaning kayfiyati chog', yuzida tabassum bo'lishi tabiiy. Ayniqsa o'qituvchilarni(😁). Lekin aslida ular ham bir necha yillar avvalgi sinfdoshlarini, darslardagi unutilmas voqealarni yana bir bor ko'rayotganday bo'lishadi. Siz esa, bir chetda barchasini kuzatib turib, ich-ichingizdan nimalarni his qilayotganingizni so'zlar bilan tasvirlab bo'lmasligini tushunib yetasiz ... @Muslimbek_Mutalliyev
Show all...
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
O’zlashtirish piramidasi Bir mavzuni/sohani yaxshi o’zlashtirish bosqichlari. 1. Leksiya eshitsangiz - 5% 2. Kitob o’qisangiz - 10% 3. Video/podcast eshitsangiz - 20% 4. Demonstratsiyada - 30% 5. Muhokama qilsangiz - 50% 6. Ko’p mashq qilsangiz - 75% 7. Dars bersangiz - 90% 8. Kitob yozsangiz - 99% Nega uyga vazifa qilish kerak? Nega podcastlar rivojlanmoqda? Nega ba’zi ustozlarni darsi zerkarli? Nega sheriginga o’rgatishing kerak? degan savollarga yetarli javob shu yerda. P.s. Ilm o’rganayotganlarga foydali bo’lgani uchun ulashib qo’ydim.
Show all...
👍 5🔥 2 1 1
"Aka" nomli telegram ishlatadiganlar qo'shila olmas ekan 😅
Show all...
Bu joydayam qiziq nimadirlar bo'lyapti: 👇👇👇 Muslimbek_Live Muslimbek_Live Muslimbek_Live
Show all...
🔥 1👻 1
https://t.me/+Q_StvUOcqNszNmNi Bu joydayam rosa nimadirlar bo'lyapti😁
Show all...
HAYOTINGIZ MA'NOLI BO'LADI ... Yaqinda bir maqola o'qib qoldim. Yozilishicha, maktablarda o'quvchilarning davomati 60% gacha tushib ketibdi. Bunga sabab darslarning zerikarliligi yoki murakkabligi emas. Avvallari maktabga do'stlarni ko'rish uchun, ular bilan suhbatlashib maroqli vaqt o'tkazish uchun borilar edi. O'tiladigan darsning zerikarliligi yoki murakkabligi hech kimga qiziq emas edi. Hozirgi kunda maktab yoshdagi bolalarda o'zaro muhit yomonlashgan. Avvalgidek yig'ilib sayohatga borish, birgalikda abet qilish, sinfoshlarni uyiga hasharga borish deyarli kuzatilmay qo'ydi, kimga qaramang, depressiya, tushkunlik va hokazo Bunga sabab atrofingizda siz birga vaqt o'tkazadigan insonlarning, siz ishongan do'stlarning kamligi, sizni tushunadigan, miriqib suhbat quradigan insonning yo'qligidir. Tushkunlikka tushgansiz, hech bir ishni qilishga qo'lingiz bormayapti, demak siz anchadan beri yaqin insonlaringiz bilan maroqli vaqt o'tkazmagansiz. Do'stlarni ko'paytiring, hayotingiz qiziqroq, ma'noliroq va sarguzashtlarga boy bo'ladi. @Muslimbek_Mutalliyev
Show all...
👍 5🔥 5💯 2👻 2👏 1
VIRTUAL O'YINLAR ZARARLI (MI?) Statistik ma'lumotlarga ko'ra o'smir yoshdagi bolalarning 48% ga yaqin qismi virtual o'yinlarni hech bo'lmasa bir marta bo'lsa ham o'ynab ko'rgan. Aslida virtual o'yinlar rostan ham zararlimi? Virtual o'yinlar (aniqrog'i PUBG) orqali onasiga 400.000$ turadigan GELIK avtomobilini sovg'a qilgan o'spirin yigit haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Yoki, umumiy qiymati 300.000$ sovrin jamg'armasini tashkil qilgan kiber sport bo'yicha osiyo chempionati COUNTER STRIKE 2 va PUBG bo'yicha o'tkazilishi va unda o'zbek yoshlari ham qatnashayotgani haqida-chi? Demak kiber sport biz o'ylaganchalik zararli emas ekanda deyishingiz mumkin! Lekin ... Tasavvur qiling siz abituriyentsiz va bo'sh vaqtingizni katta qismini belgilangan fanlar bilan ko'proq shug'ullanishga ketkazishingiz kerak. Yana bir misol, tasavvur qiling siz IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'ryapsiz. Tabiiyki, yuqori natija olishni istaysiz. Buning uchun barcha e'tiboringizni Ingliz tiliga qaratishingiz kerak. Bunday holatlarda virtual o'yinlar sizga halaqit berib, vaqtingizni o'g'irlaydi xolos. Demak, siz o'zingiz uchun ma'lum sohani tanlaganingizdan so'ng, qolgan narsalar ijtimoiy tarmoq/virtual o'yinlar sizni chalg'itishiga yo'l qo'ymasligingiz kerak. Aks holda, 400.000$ lik mashinani ham, IELTS dan yuqori natijani ham tushingizda ko'rishingiz mumkin xolos @Muslimbek_Mutalliyev
Show all...
🔥 8👍 5👏 1
Har bahorda shu bo'lar takror ....
Show all...
👍 3🔥 3💯 2🎉 1
Nima buuuuu
Show all...
#Qiziqda Neytral holatda fikr bildiring😅: Real Madrid bugun qanday hisobda g'alaba qozonadi?
Show all...
🔥 1