154-мактаб
Open in Telegram
Заковат бор жойда улуғлик бўлади, билим бор жойда буюклик бўлади.
Show more417
Subscribers
No data24 hours
+357 days
+4230 days
Posts Archive
417
#ибрат
⚡️ Колумбиядаги мактаб ўқувчилари мактабга бориш учун хавфли йўлдан ўтишади
Пўлат симлар Колумбиянинг чекка Лос Пинос қишлоғида яшовчилар учун ягона транспорт тури ҳисобланади.
Кичик ёшдаги болаларга канат йўлидан ўтишга рухсат берилмайди, шунинг учун улар мактабга ота-оналари ёки катта ака-опалари билан боришади. Акс ҳолда болалар дарсга бориш учун икки соатлик тропик ўрмон йўлидан юришларига тўғри келади.
Сизнинг илм эгаллаш йўлингиз бу қадар машаққатлими?
Илм олишга интилмаслик баҳонангиз бунданда узрликми?
Ўқувчиларингизга ҳам улашинг!
👉 https://t.me/muallimlarga
417
Мен хам мактабда дарс берадиган устоз сифатида шуни айта оламанки,бу инсон 100% тугри гапирган!
417
⚡️ ''Garvard'' talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan so'zlar.
👤 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
👤 Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.
👤 O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
👤 O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.
👤 Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
👤 Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
👤 Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
👤 Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
👤 Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
👤 Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
Manba
👉 @EduHRuz — Ta'limga oid bo‘sh ish o‘rinlari
417
Biz maʼnaviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak.
“Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz” degan g‘oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim.
Zotan, hadisi sharifda aytilganidek, “Ota-ona o‘z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi”.
Shavkat Mirziyoyev
417
⚡️ Maktab o‘quvchilari orasida chekish keskin ko‘paygan
— O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida chekish ko‘paygan Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarining 1,7 foizi – o‘g‘il bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi.
✅ Batafsil ma'lumot: oliygoh.uz/679
🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:
👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
417
Mirobod tumanidagi 154-maktabda O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning ijodiga bag'ishlab adabiyot haftaligi tashkil etildi. Ushbu haftalik rejasiga asosan maktab o'quvchilari Iqbol Mirzoning ijodiga bag'ishlangan insholar tanloviga faol qatnashib, faxrli o'rinlarn egallashdi. Bundan tashqari shoir ijodiga bag'ishlangan she'rxonlik tanlovi ham o'tkazildi. Bu tanlovda o'quvchilar shoir she'rlaridan yodlab, faol qatnshishdi.
Joriy yilning 6-mart kuni esa shaxsan Iqbol Mirzoning o'zlari maktabga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida dastlab maktab hovlisiga chiqib, maktab o'quvchilari bilan birgalikda mevali daraxt ko'chatlaridan o'tqazishdi. Keyin maktabdagi "Kitobxonlik", "Shaxmat", "Futbol" to'garaklari faoliyati bilan tanishib, ularning faoliyati yuzasidan kerakli maslahatlarni berdilar.
Maktab kutubxonasiga tashrif buyurib, kitobxon o'quvchilar bilan hamsuhbat bo'lib, ularni kitoblar, asarlar bo'yicha qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Shaxmat to'garagi azolari bilan birga shaxmat, futbol to'garagi a'zolari bilan birgalikda maydonga tushib futbol o'ynashdi.
Eng asosiysi, adabiyotga ixlosmand o'quvchilar uchun alohida uchrashuv bo'ldi. Uchrashuvda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga shoir tomonidan javoblar olishdi. Shaxsan shoir Iqbol Mirzo tomonidan berilgan savollarga javob bergan o'quvchilar taqdirlanishdi. Bu ijodiy kecha juda ko'tarinki ruhda o'tdi. Ijodiy kechada o'quvchilar Iqbol Mirzoning turli mavzudagi she'rlaridan namunalar o'qib berishdi.
Ijodiy kechada faol ishtirok etgan o'quvchilar shaxsan shoirning o'z qo'lidan turli xil kitoblardan iborat bo'lgan sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
Kecha yakunida shoirni 154-maktab jamoasi o'quvchilar bilan birgalikda tantanavor kuzatib qo'yishdi.
