en
Feedback
6 489
Subscribers
+424 hours
-317 days
-13630 days
Posts Archive
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN DUAL TA’LIM AMALIYOTI BOSHLANDI ✍️Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagog
+7
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN DUAL TA’LIM AMALIYOTI BOSHLANDI ✍️Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan kutubxonashunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich o‘quvchilari uchun dual ta’lim doirasida amaliyot mashg‘ulotlari boshlandi. Dastlabki amaliyot Z.M. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-resurs markazida tashkil etilib, 19-guruh o‘quvchilari kutubxonaning bo‘limlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilarga kutubxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tushuntirilib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun zarur sharoitlar yaratildi. 📌 Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakdagi mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. #Deputat_tashabbusi #Dual_talim #Andijon_pedagogika_texnikumi Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

👋 Andijon, 3 ta startap CEO‘si bilan uchrashishga tayyormisiz? 🚀 Techstars Bootcamp - bu texnologik startapni noldan boshla
+4
👋 Andijon, 3 ta startap CEO‘si bilan uchrashishga tayyormisiz? 🚀 Techstars Bootcamp - bu texnologik startapni noldan boshlashga yordam beradigan intensiv, amaliy mashg‘ulot. Talabalar, dasturchilar va bo‘lajak startap asoschilari uchun ayni muddao. Boshlash uchun jamoa yoki tayyor mahsulot bo‘lishi shart emas! 👆Spikerlarimiz ro‘yxati va mavzular bilan tanishish uchun kartochkalarni ko'ring. 📍 Nexus Language School, Andijon 📅 Shanba, 12.09 soat 14:00 da 🗣 O‘zbek / Ingliz (tinglovchilar tanloviga ko‘ra) 🎁 Faol ishtirokchilarni sovg‘alar kutmoqda! 🔗 Bepul ro‘yxatdan o‘ting: https://go.hackonnect.uz/swa26bc2 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

💥💥💥💥 ✍️Reja grafikka asosan, Andijon shahar hokimi E.Karimov ayni paytda Andijon shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabida
+9
💥💥💥💥 ✍️Reja grafikka asosan, Andijon shahar hokimi E.Karimov ayni paytda Andijon shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Temur Malik" mahallasida istiqomat qiluvchi 35 nafar ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Muloqot davomida, fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ijobiy yechim uchun yo‘naltirilmoqda. Andijon shahar hokimining joylardagi uchrashuvlari davom etmoqda... Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

BRIFING 🧠Andijon shahrida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar: inson qadri va farovonligi — ustuvor vazifa
BRIFING 🧠Andijon shahrida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar: inson qadri va farovonligi — ustuvor vazifa 👮‍♂️Saydaxmedov Saidislomxon Akbarxon o‘g‘li—Andijon shahar "Inson" ijtimoy xizmatlar markazi direktori ↗️Batafsil o‘qing: https://telegra.ph/BRIFING-09-10 Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

🔆ISH IZLAYAPSIZMI? SIZ UCHUN MUHIM IMKONIYAT! 😄MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT! ▶️Ertaga, yaʼni 10-sentyabr kuni soat 9:00 da
🔆ISH IZLAYAPSIZMI? SIZ UCHUN MUHIM IMKONIYAT! 😄MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT! ▶️Ertaga, yaʼni 10-sentyabr kuni soat 9:00 da Andijon Davlat Tibbiyot institutida "KELAJAK TADBIRKORI-2026" kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyati mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 📌Agar siz ishsiz bo‘lsangiz yoki yangi ish izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu yarmarka siz uchun ayni muddao! 📢Boshlanish vaqti: Soat 9:00 da 📍Manzil: Andijon davlat Tibbiyot instituti (Yangi topshirilgan Andijon davlat Tibbiyot instituti klinikasining o‘quv binosida) ⬆️Yarmarkada Andijon shahridagi korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish va o‘zingizga mos ish o‘rnini topish imkoniyati mavjud. ⏩Ish izlayotgan barcha fuqarolarni mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz! O‘z ishingizni topish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

#Inklyuziv_taʼlim ULAR ODDIY BOLALAR KABI BIR PARTADA O‘TIRIB O‘QISHGA, DO‘STLAR DAVRASIDA BEMALOL YURISHGA HAQLI
Andijon shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilarning tengdoshlari bilan birgalikdagi mashg‘ulotlari VIDEOLAVHAda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: maktabda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarning sifatli bilim olishi, ijtimoiylashuvi hamda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. 🔰 Videolavhada o‘quvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki bilan birga, unga yaqindan ko‘mak berayotgan ustozining hamda farzandining ta’limidagi o‘zgarishlarni kuzatayotgan ota-onasining fikrlari ham o‘rin olgan. Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

✍️Andijon shahar "Ishchilar" mahallasida Andijon shahar prokurori F.B.Raxmanov tomonidan ijtimoiy reestrda turgan 52 nafar fu
+4
✍️Andijon shahar "Ishchilar" mahallasida Andijon shahar prokurori F.B.Raxmanov tomonidan ijtimoiy reestrda turgan 52 nafar fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi Bu birinchi bosqichdagi jarayon hisoblanib, avvaliga ularning reestrga kiritilganligining sabablari, aholining mana shu ko‘makdan qanchadir muddat davomida foydalanib, o‘z yashash sharoitlarini o‘zgartira olgani va reestrdan nima sababdan chiqarilishi kabi muhim mavzular muhokama qilinmoqda. Ikkinchi bosqichda esa, mahalladagi fuqarolarimizni ish bilan taʼminlash, oilaviy biznes va tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish bo‘yicha muhim qadamlar nimalardan boshlanishi, bu bo‘yicha qanday yangiliklar borligi ham aholimizga yetkazilmoqda. Uchrashuv davomida shahar prokurori F.B.Raxmanov tomonidan fuqarolarning murojaatlari nazoratga olinib, ma’sul tashkilotlarga ijroga yo’naltirildi. Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

TADBIRKORLAR VA TADBIRKORLIK QILISH ISTAGIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA! ✍️Andijon viloyatida yangi tadbirkorlik faoliyatini boshl
TADBIRKORLAR VA TADBIRKORLIK QILISH ISTAGIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA! ✍️Andijon viloyatida yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan, o‘z biznesini kengaytirishni rejalashtirayotgan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati davomida muammo va to‘siqlarga duch kelayotgan fuqarolar uchun muhim imkoniyat! 🗓 10 sentyabr soat 09:00 dan boshlab har kuni 📍«Yangi Andijon» Bobur shaharchasida Andijon viloyati hokimi qabuli tashkil etiladi. Qabul davomida: 🟡 tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha taklif va loyihalar; 🟡 mavjud biznesni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari; 🟡 kredit, yer, bino-inshoot, infratuzilma va boshqa masalalar; 🟡 tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlar; 🟡 yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tashabbuslar; 🟡 investitsion loyihalar va boshqa takliflar bevosita ko‘rib chiqiladi. Agar sizda tadbirkorlik g‘oyasi, biznes loyihasi yoki hal etilishini kutayotgan muammo bo‘lsa — murojaat qiling! Maqsad — tadbirkorga ko‘mak berish, muammosini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish. ✅ Tadbirkorlik — taraqqiyot va yangi ish o‘rinlarining muhim omili! Sizning tashabbusingiz — Andijonning yangi imkoniyati! Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

Kambag‘allikni qisqartirishda yangi yondashuv - har bir oila bilan manzilli va natijaga qaratilgan ishlash tizimi ✍️Davlat ra
+7
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi yondashuv - har bir oila bilan manzilli va natijaga qaratilgan ishlash tizimi ✍️Davlat rahbarining joriy yil 3-sentabrdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Andijon shahrida Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha shtab tashkil etilgan. Qolaversa, har bir rahbar o'zlariga biriktirilgan mahallalarda, har bir reestda turgan fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlarini tinglamoqda. Endi shtabning asosiy vazifasi - har bir kambag‘al oilani qaytadan chuqur o‘rganish, uning muammosi, salohiyati va imkoniyatlarini aniqlash, shu asosda oila uchun eng maqbul va barqaror daromad manbasini belgilash hamda uni amalga oshirish uchun zarur resurslarni bir joyda hal etishdan iborat. Ya’ni, har bir oilaga individual yondashiladi: kimni ishga joylashtirish, kimni kasb-hunarga o‘qitish, kimga tadbirkorlik loyihasini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish, kimni kooperatsiyaga jalb etish, kimga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish - barchasi oilaning aniq holati va salohiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Eng muhimi, endi kredit ajratilgani yoki mablag‘ o‘zlashtirilgani natija hisoblanmaydi. Asosiy natija - yaratilgan doimiy ish o‘rni, oshgan oila daromadi va kambag‘allikdan chiqqan oila. Shu bois, shahardagi barcha mahalla va oilalar bilan ishlash: «Muammo → salohiyat → yechim → resurs → daromad → natija» tamoyili asosida tashkil etiladi. 🎯 Yangi yondashuvning asosiy maqsadi - mablag‘ ajratish emas, har bir oilani barqaror daromad manbaiga ega qilishdir. Suratlar, Andijon shahar hokimi E.Karimovning "Bekguzar" mahallasi aholisi bilan uchrashuvidan...

💥💥💥💥 ✍️Reja grafikka asosan, Andijon shahar hokimi E.Karimov ayni paytda Andijon shahar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida
+9
💥💥💥💥 ✍️Reja grafikka asosan, Andijon shahar hokimi E.Karimov ayni paytda Andijon shahar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Bekguzar" mahallasida istiqomat qiluvchi 36 nafar ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Muloqot davomida, fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ijobiy yechim uchun yo‘naltirilmoqda. Andijon shahar hokimining joylardagi uchrashuvlari davom etmoqda... Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mobil surat ✍️Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig’i B.Sobirov o'ziga biriktirilgan "Shodlik" mahallasida istiqomat qilu
+3
Mobil surat ✍️Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig’i B.Sobirov o'ziga biriktirilgan "Shodlik" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda ijtimoiy reestrdagi oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va mavjud muammolariga amaliy yechim topish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

🚫 “BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” ✍️Andijon shahar 30-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida fleshmob tashkil etdilar. Sog‘lom hayot — sog‘lom kelajak! 🇺🇿 Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

✍️Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan selektorda bergan topshirig‘iga asosan, hududlardagi ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqar
+4
✍️Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan selektorda bergan topshirig‘iga asosan, hududlardagi ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan Andijon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.A.Minositdinov aholi orasida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarga hamda hududlardagi aholiga yangi imtiyoz va imkoniyatlarini tushuntirish, aholini kambag‘allikdan chiqarishning eng sifatli va ta’sirchan usulini yaratish, ularga yanada qulayliklar yaratish, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida, Andijon shahar "Bunyodkor" MFYda kambag‘al oila reestrda turgan hamda tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida, "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning turmush sharoitlari o‘rganilib, ularning muammolarini hal etish, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan manzilli choralar belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini bevosita joyida bartaraf etish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularni turmushdan rozi qilishga xizmat qilmoqda. Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

✍️Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan selektorda bergan topshirig‘iga asosan, hududlardagi ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqar
+4
✍️Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan selektorda bergan topshirig‘iga asosan, hududlardagi ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan Andijon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.A.Minositdinov aholi orasida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarga hamda hududlardagi aholiga yangi imtiyoz va imkoniyatlarini tushuntirish, aholini kambag‘allikdan chiqarishning eng sifatli va ta’sirchan usulini yaratish, ularga yanada qulayliklar yaratish, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida, Andijon shahar "Bunyodkor" MFYda kambag‘al oila reestrda turgan hamda tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida, "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning turmush sharoitlari o‘rganilib, ularning muammolarini hal etish, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan manzilli choralar belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini bevosita joyida bartaraf etish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularni turmushdan rozi qilishga xizmat qilmoqda. Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

🇺🇿🇹🇷TURKIYALIK SHIFOKORLAR ANDIJONDA BOLALARNI BEPUL KO‘RIKDAN O‘TKAZADI 🩺10–11-sentabr kunlari Andijon viloyati Bolalar
🇺🇿🇹🇷TURKIYALIK SHIFOKORLAR ANDIJONDA BOLALARNI BEPUL KO‘RIKDAN O‘TKAZADI 🩺10–11-sentabr kunlari Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyaning malakali plastik xirurg va umumiy xirurg mutaxassislari tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi. ➡️Plastik xirurg ko‘rigi: tug‘ma yuz-jag‘ nuqsonlari, lab va tanglay yoriqlari, kuyishdan keyingi chandiqlar va deformatsiyalar, qo‘l-oyoqdagi tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, teri va yumshoq to‘qimalardagi murakkab holatlar. ➡️Umumiy xirurg ko‘rigi: churra, kindik va chov churrasi, tug‘ma xirurgik nuqsonlar, qorin bo‘shlig‘i hamda yumshoq to‘qimalarga oid kasalliklar, operativ davolash talab qilishi mumkin bo‘lgan boshqa murakkab holatlar. ➡️Ko‘rik davomida jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bor bolalar saralab olinadi. Zarur davolash va operatsiyalar turkiyalik mutaxassislarning keyingi tashriflari doirasida tashkil etiladi. ➡️Ko‘rik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi. ➡️Barcha tibbiy xizmatlar — BEPUL! 📍 Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 📅 10–11-sentabr, 2026-yil Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

#infografika ⚡️Andijon shahar hokimi va hokim o'rinbosarlarining shaxsiy qabullari natijalari statistikasi 2-5-sentyabr holat
#infografika ⚡️Andijon shahar hokimi va hokim o'rinbosarlarining shaxsiy qabullari natijalari statistikasi 2-5-sentyabr holatiga... Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

🏐🏐🏐🏐 MEGA MARAFONDA OMMAVIY BADANTARBIYA ✍️Bugun, Andijon shahrining 1000 dan ortiq yoshlari bir maqsadda jam bo‘lishdi.
+9
🏐🏐🏐🏐 MEGA MARAFONDA OMMAVIY BADANTARBIYA ✍️Bugun, Andijon shahrining 1000 dan ortiq yoshlari bir maqsadda jam bo‘lishdi. Ular "Biz giyohvandlikka qarshimiz" deya baralla aytmoqdalar. "Salomatlik uchun 5000 qadam" ommaviy yurish marafonidan avval, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotini o‘tkazgan yoshlar, mashqlar bilan cheklanmay, gimnastika, sportning turli yo‘nalishlaridagi musobaqa sifat o‘yinlar, raqs gimnastikasi kabi sport harakatlarini bajardilar. Joylarda, ushbu turdagi tadbirlar keng tashkil etib borilmoqda... Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

#Kelajak_soatlari ANDIJON VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA "KELAJAK SOATI" LOYIHASI DOIRASIDA "VATAN QAYERDAN BOSHLANADI?" MAVZUSIDA INTERAKTIV MASHG'ULOTLAR O'TKAZILMOQDA Videolavhalarda: Andijon shahridagi 13-umumta'lim maktabida o'tkazilayotgan "Kelajak soatlari" Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads

“SOG‘LOM YURT — SOG‘LOM KELAJAK!” OMMAVIY MARAFONDAN QIYOS 🚫 “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” O‘zbekiston Respublikasi Prezi
+9
“SOG‘LOM YURT — SOG‘LOM KELAJAK!” OMMAVIY MARAFONDAN QIYOS 🚫 “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Andijon shahridagi 7/24 ko‘chasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida “Sog‘lom yurt — sog‘lom kelajak, yoshlar giyohvandlikka qarshi!” shiori ostida: 🚶‍♂️ Yurish marafoni 🤸‍♀️ Ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sport va jismoniy faollikka jalb etish, shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish va zararli illatlarga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat. 💪 Sog‘lom avlod — kuchli jamiyat! 🇺🇿 Sog‘lom yurt — sog‘lom kelajak! Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📺YouTube     |🕊Telegram 📸Instagram   |📱Facebook 🌍web            |💡Threads