Mudofaa vazirining matbuot kotibi
Open in Telegram
Mudofaa vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibining rasmiy kanali
Show more6 173
Subscribers
-1324 hours
-587 days
-27030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+5
in 0 channels
August '26
+31
in 0 channels
Get PRO
July '26
+40
in 0 channels
Get PRO
June '26
+50
in 2 channels
Get PRO
May '26
+54
in 0 channels
Get PRO
April '26
+35
in 1 channels
Get PRO
March '26
+42
in 1 channels
Get PRO
February '26
+20
in 4 channels
Get PRO
January '26
+54
in 2 channels
Get PRO
December '25
+500
in 0 channels
Get PRO
November '25
+18
in 15 channels
Get PRO
October '25
+111
in 13 channels
Get PRO
September '25
+65
in 27 channels
Get PRO
August '25
+68
in 12 channels
Get PRO
July '25
+74
in 30 channels
Get PRO
June '25
+9
in 8 channels
Get PRO
May '25
+7
in 14 channels
Get PRO
April '25
+38
in 17 channels
Get PRO
March '25
+202
in 23 channels
Get PRO
February '25
+70
in 14 channels
Get PRO
January '25
+17 822
in 26 channels
Get PRO
December '24
+541
in 16 channels
Get PRO
November '24
+469
in 17 channels
Get PRO
October '24
+54
in 10 channels
Get PRO
September '24
+173
in 7 channels
Get PRO
August '24
+137
in 5 channels
Get PRO
July '24
+137
in 3 channels
Get PRO
June '24
+74
in 4 channels
Get PRO
May '24
+107
in 16 channels
Get PRO
April '24
+268
in 21 channels
Get PRO
March '24
+152
in 12 channels
Get PRO
February '24
+2 216
in 18 channels
Get PRO
January '24
+280
in 21 channels
Get PRO
December '23
+2 184
in 114 channels
Get PRO
November '23
+1 549
in 5 channels
Get PRO
October '23
+101
in 9 channels
Get PRO
September '23
+416
in 0 channels
Get PRO
August '23
+834
in 0 channels
Get PRO
July '23
+32
in 0 channels
Get PRO
June '23
+19
in 0 channels
Get PRO
May '23
+29
in 0 channels
Get PRO
April '23
+214
in 0 channels
Get PRO
March '23
+69
in 0 channels
Get PRO
February '23
+322
in 0 channels
Get PRO
January '23
+519
in 0 channels
Get PRO
December '22
+35
in 0 channels
Get PRO
November '22
+28
in 0 channels
Get PRO
October '22
+659
in 0 channels
Get PRO
September '22
+35
in 0 channels
Get PRO
August '22
+73
in 0 channels
Get PRO
July '22
+52
in 0 channels
Get PRO
June '22
+41
in 0 channels
Get PRO
May '22
+9
in 0 channels
Get PRO
April '22
+32
in 0 channels
Get PRO
March '22
+371
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +2 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
| 2 | ⭐️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 364 |
| 3 | ❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🔉Mudofaa vazirligi qoʻshinlarda “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi start olmoqda.
⭐️“Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi muddatli va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari hamda harbiy-akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida 4 toifa bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlovning dastlabki uch bosqichi sentabr–noyabr oylarida harbiy qismlar va taʼlim muassasalari, harbiy okruglar hamda Mudofaa vazirligi miqyosida tashkil etiladi. Ishtirokchilar test sinovlari, “Tezkor savol-javob”, “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Insho yozish” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Uch bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli kitobxonlar tanlovning respublika bosqichida kuch tuzilmalari vakillari bilan bellashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Hurmatli harbiy xizmatchilar, “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovida barchangizni ishtirok etishga chorlab qolamiz.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 891 |
| 4 | ❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🔉Toshkentda jahon harbiy sportchilari kurash gilamida bellashadi
⭐️Joriy yilning 10–15-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasining Yakkakurash sport turlari majmuasida ilk bor Xalqaro harbiy sport kengashining “I Jahon harbiy chellenji” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan harbiy sportchilar kurash gilamida kuch, mahorat va matonatini namoyon etadi.
🔗13 ta vazn toifasidagi murosasiz va shiddatli bellashuvlarga guvoh bo‘ling!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 921 |
| 5 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organization
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 510 |
| 6 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 164 |
| 7 | ⭐️Современные истребители на охране воздушного пространства нашей страны
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 705 |
| 8 | ⭐️Havo sarhadlarini zamonaviy qiruvchi samolyotlar qo‘riqlamoqda
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 652 |
| 9 | ⭐️Современные истребители на охране воздушного пространства нашей страны
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 208 |
| 10 | ⭐️Havo sarhadlarini zamonaviy qiruvchi samolyotlar qo‘riqlamoqda
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 204 |
| 11 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):
📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;
📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;
📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;
📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;
📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;
📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;
📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;
📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;
📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;
📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;
📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;
📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;
📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 1 204 |
| 12 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 1 103 |
| 13 | ⭐️Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.
Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz.
⭐️Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.
Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari.
⭐️Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.
– Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,
– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
⭐️Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.
– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,
– dedi Prezidentimiz.
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?
– dedi davlatimiz rahbari.
Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi.
Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi.
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,
– dedi davlatimiz rahbari.V
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,
– dedi davlatimiz rahbari.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 1 738 |
| 14 | 🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.
🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.
🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.
🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.
🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 1 155 |
| 15 | Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 159 |
| 16 | 🔉Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
⭐️Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident.
🗃Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
🗃So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.
Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 200 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.
O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!
🗃Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,
– dedi davlatimiz rahbari.
Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 1 673 |
| 17 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 838 |
| 18 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik #35yil #Challenge
⭐️"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
Mustaqillik – bu bizning eng ulug‘ ne’matimiz.
Uning himoyasi – bu har birimizning burchimiz.
📺 Youtube sahifamizda yuqori sifatda tomosha qiling!
➡️Yangiliklarni kuzatib boring:
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 1 960 |
| 19 | Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
—
Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 003 |
| 20 | ⭐️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Senatning yalpi majlisida “Harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) va ular oila aʼzolarining davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com | 3 315 |
