MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
Open in Telegram
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
Show more1 363
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3430 days
Posts Archive
Сен ўзинг истаган барча нарсага эришишинг мумкин. Бунинг учун сендан қатъийлик, ишонч ва ҳаракат талаб этилади!
@iksvariant👩💻🧑💻
🤗Assalomu alekum🤗
Yangi kun muborak!!! Yangi haftamiz muborak bo'lsin. Alloh har lahzangizga barokot bersin!
Undan unumli foydalanishingiz nasib etsin!
Doim baxtiyorlar, omadlilar qatorida qilsin!
Kuningiz sermazmun fayzli va hayrli bo'lsin!
@iksvariant👩💻🧑💻
🤞🤞🤞
27-kun videosi:
✅ Geometrik progressiya
✅ Formulalar va xossalar
✅ Dastlabki n ta hadini topish formulasi
✅ Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya
27-kun mavzusi:
👇👇👇
✅ Geometrik progressiya
✅ Formulalar va xossalar
✅ Dastlabki n ta hadini topish formulasi
✅ Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya
Assalomu alaykum!
Biz bir loyihani boshladik.
Duo qiling bardavom qilsin.
Ota-onasi yo'q yoshlarga bepul ta'lim beramiz!
Shu ma'lumotni imkoni boricha ko'proq insonlarga yetishi uchun o'z hissangizga qo'sha olasangiz hursand bo'lardik.
Ayniqsa auditoriyasi katta do'stlarimizdan ham bu habarni tarqalishiga yordamlashishlarini iltimos qilib qolardik.
Oldindan kattakon rahmat!
📞 +998712003030
📞 +998332003030
📞 +998994003030
📞 +998883003030
🌐 www.city.uz
YUZ YILLIKNING ENG TEZ ODAMI
O‘tgan asrda Kanzas shtatidagi ikki aka-uka maktabda ishlashar edi. Har tong maktabdagi pechkani yoqish ularning vazifasi edi.
Sovuq kunlardan birida tongda aka-ukalar pechkani tozalab, uni o‘tinga to‘ldirishdi. O‘tin ustiga kerosinni sepib yoqishgan edi, pechkada portlash sodir bo‘lib, maktab binosi bir silkindi. Portlashda 13 yoshli aka vafot etib, 8 yoshli ukaning oyoqlari og’ir darajada kuyib ketgan edi. Keyinchalik kerosin idishiga benzin to‘ldirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Doktorlar yaralangan bolaning oyog‘i kesilmasa, oqibati yomon bo’lishini aytishdi. Bu gapni eshitish yaqindagina katta o‘g‘lini yo‘qotgan ota-ona uchun, tabiiyki, juda og‘ir edi. Lekin ota-ona kichik farzandining tuzalib ketishiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmagan edilar. Shu sababli doktorlardan operatsiyani kechiktirishni talab qildilar. Doktorlar ham buni qabul qilishdi.
Ota-ona har kuni farzandining oyog‘i tuzalib ketishi uchun duo qilishar va yura olishiga o‘g‘illarini ishontirishar edi.
O’g’ilning oyoqlari kesilmadi, lekin o‘ralgan bintlar yechilganida o‘ng oyoqning chap oyoqdan 6 sm qisqa ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chap oyoqdagi barmoqlar esa deyarli yo‘q edi. Lekin bola qarorida qat’iy edi. Og‘riqlarning azobiga qaramay, har kuni mashqlarini bajarar va natijada bir-ikki qadam bosishga muvaffaq bo‘lar edi. Keyinchalik qo‘ltiq tayoqlarini tashlab yura boshladi. Bora-bora yugurishga ham o’tdi.
Bola yugurishda davom etdi. Kesilib ketadigan oyoqlar yugurish bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi. Bu bola dunyoning eng tez odami deb tanilgan Glenn Kanningem edi. Unga Madison Square Gardenda yuz yillikning eng yaxshi sportchisi unvoni berildi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun unga ishonish lozim.
BOLA PANORAMASI
O‘qituvchi tush ko‘rish haqida tajriba o‘tkazar edi. U har dars o‘quvchilardan tushlarida nima ko‘rganlarini so‘ray boshladi. Ko‘pchilik o‘quvchilarning tushlari yaqinda bo‘lib o‘tgan avtohalokat va u yerda vafot etgan odamlarga aloqali edi. O‘qituvchi orqaroqda o‘tirgan bolaning suhbatga aralashmayotganini sezib qolib, undan so‘radi: “Bolam, sen hech tush ko‘rmaysanmi?”
– Ko‘raman, albatta. Lekin mening tushlarim hammanikidan boshqacha.
– Qiziq-ku. Xo’sh, tushingda nimalarni ko‘rding?
– Tushimda buvam bilan baliq tutishga borgan ekanmiz. Ka-a-atta laqqa baliq ushlabmiz. Shuni uyga olib kelib pishirdik.
O‘qituvchi keyingi darsda yana tajribasini davom ettirdi. Bu safar ko‘pchilik bolalarning tushlari qaysidir davlatda bomba portlashi va uning natijasida vafot etgan minglab insonlar, ba’zilari qaysidir kattaroq insonning o‘ldirilishiga doir edi. Orqadagi bola bu safar ham jim edi. O‘qituvchining alohida e’tiboridan so‘ng u yana tushini hikoya qilib berdi:
– Uyimizdagi qo‘yimiz qo‘zilabdi. Men qo‘zilarni dala bo‘yida o‘tloqqa olib borib, ular bilan birga yugurdim.
O‘qituvchi bu bolaning oilasidagi boshqa odamlar: buvasi, opasi, ukasidan tushlarini so‘raganda ular ham shunga o‘xshash tushlarni ko‘rishganini aytishibdi. O‘qituvchi u boladan so‘rabdi:
- Nega butun oilangiz bilan shunday tushlarni ko‘rasiz. Buning qandaydir formulasi bormi?
- Formulasini bilmayman, lekin televizor sotib olishga pulimiz yo‘qligini bilaman, – debdi bola jilmayib.
