en
Feedback
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Open in Telegram

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)

Show more
1 363
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3430 days
Posts Archive
Muhandis va boshqaruvchi Katta bir shirkatning boshqaruvchilaridan biri New York shtati ustidan havo sharida sayrga chiqibdi. Sayr davom etarkan kompasi qo‘lidan tushib ketibdi. Qo‘nish uchun munosib yer qidirar ekan, osmono‘par binolarning birida derazadan tashqarini tomosha qilib turgan odamni ko‘rib qolibdi. U odamning oldigacha pasayib tushibdi va so‘rabdi: – Kechirasiz. Men qayerdaman, ayta olmaysizmi? – Yerdan 500 metr balandlikda, havo sharining ichidasiz. Boshqaruvchi biroz asabiylashib debdi: – Siz muhandismisiz? – Ha, faqat qayerdan bildingiz? – Chunki boshimda tashvishim bor, sizdan savol so‘rayapman. Siz bo‘lsa, aniq va to‘g‘ri javob aytyapsiz, lekin bu javobning menga aslo foydasi yo‘q. – Siz ham boshqaruvchi bo‘lsangiz kerak-a? – Ha, siz buni qayerdan bildingiz? – Chunki boshingizda tashvishingiz bor, yerdan 500 metr balandlikda yo‘lingizni yo‘qotib qo‘ygansiz, kompasingiz yo‘q, qayerdaligingizni bilmaysiz. Lekin bunga men aybdorman!

👆👆👆
Anonymous voting

Jazo Ikki o‘quvchi o‘zaro urishayotgani sababli o‘qituvchisi ularni jazolashga qaror qilibdi. Va ularga ellik martadan o‘z ismlarini yozishni topshiribdi. O‘quvchilardan biri bu holga o‘z e’tirozini bildiribdi. – Ustoz, bu adolatsizlik-ku! – Nimasi adolatsizlik? – Uning oti Ali, meniki esa Abdurazzoq. @iksvariant

sticker.webp0.14 KB

Har tong sizga 86400$ pul berishsa va bu pulni erta xuddi shu paytgacha har bir sentigacha ishlatib bo‘lish sharti berilsa, s
Har tong sizga 86400$ pul berishsa va bu pulni erta xuddi shu paytgacha har bir sentigacha ishlatib bo‘lish sharti berilsa, siz qanday harakat qilgan bo‘lardingiz? - Pulni bosib yotarmidingiz? - 8 soatdan ko‘p uxlarmidingiz? - Televizor qarshisida soatlab o‘tirarmidingiz? Yo‘q siz bu pulni so‘nggi sentigacha qanday qilib bo‘lsa ham ishlatish payiga tushardingiz va buni qilar edingiz ham! Vaqtni ham xuddi shunday so‘nggi soniyasiga qadar unumnli ishlatish payida bo‘ling! Uni jamlolmaysiz, yig‘olmaysiz, sekinlatolmaysiz. Xullas, uni hozir ishlatish kerak. Undan unumli foydalaning. Har kun 86400 soniya! @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

#Xayrli_tong🤗 💐Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!💐 Kun tartibingizni shunday rejalashtiringki, unda hayol suri
#Xayrli_tong🤗 💐Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!💐 Kun tartibingizni shunday rejalashtiringki, unda hayol surishga vaqt qolmasin. O'z qoidalaringizga ega bo'lgan holda aniq maqsad va kerakli harakatlar bilan doimo izlanishda bo'ling. Qatiylik bilan maqsad sari olg'a boring. Eng muhimi maqsadlarni ko'paytiring. Bizning kanalni kuzatishda davom eting va do'stlaringizni ham taklif eting.😉 @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

#Quiz_yechimi☺️☺️
#Quiz_yechimi☺️☺️

TAAJJUB O‘rta yoshlardagi kishi bilan uning o‘g‘li vagonga chiqib joylashishdi. Poyezd jilgandan so‘ng yigit derazadan qo‘lini chiqardi-da hayajon bilan qichqirdi: — Dada, qarang, daraхtlar orqaga ketishyapti! Otasi jilmayib qo‘ya qoldi. Yigitning yonida yoshgina er-хotin o‘tirishgandi. Ular kap-katta yigitning o‘zini yosh bolalarcha tutishidan hayratda qolishdi. Birozdan so‘ng yigit yana baqirdi: - Dada, anavi ko‘llarga qarang! Bulutlar ham poyezd bilan birga ketyapti! Er-хotin nafaqat yigitning qiliqlaridan, balki otasining ham o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishidan hayron edilar. Bir payt mayingina bahor yomg‘iri yog‘a boshladi. Yigitning qo‘llariga tomchilar tushdi. U yana hayratini yashira olmadi: — Dada, yomg‘ir! Ko‘ryapsizmi, dada? Er-хotin o‘zlaricha yigitning otasiga yordam bermoqchi bo‘lib dedilar: — O‘g‘lingizni biror yaхshi klinikaga olib borib ko‘rsatmaysizmi? Otasi dedi: — O‘zi bugun kasalхonadan chiqib kelyapmiz. Bugun o‘g‘lim birinchi bor yorug‘ dunyo bilan to’qnash kelyapti… @ikvariant

👆👆👆
Anonymous voting