en
Feedback
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Open in Telegram

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)

Show more
1 363
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3430 days
Posts Archive
👆👆
Anonymous voting

BESH AMR Olimlardan biri tush ko‘ribdi. Tushida unga shunday amr kelibdi: - Tong otgach, ilk ko‘rgan narsangni ye, ikkinchisini yashirib qo‘y, uchinchisining tilagini qabul qil, to‘rtinchisini xafa qilma va beshinchisidan qoch. Tong otgach, olim yo‘lga chiqibdi. Unga dastlab bir tog‘ duch kelibdi. U tog‘ni ko‘rib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Buni qanday yeyish mumkin? Lekin amrga qarshi borgisi ham kelmasdi. Shu sababli unga yeyish uchun yaqinlashdi. Yaqinlashgan sari tog‘ kichrayib borardi. Va nihoyat, unga yetib kelganida osmono‘par tog‘ bir luqmaga aylanib qoldi va uni yutib yubordi. U asalday shirin edi. Keyinroq yo‘lida oltin to‘la lagan paydo bo‘ldi. Buni yashirib qo‘yishim amr etilgan, deb chuqur qazib tillalarni ko‘mib qo‘ydi. Ishini tugatgach, biroz yurib, orqasiga o‘girilib qarasa, tillalar yana yer sirtiga chiqib qolganmish. Ortga qaytib yana ko‘mib qo‘ydi, lekin tillalar yana yer yuzasida paydo bo’lib qolaveribdi. Axiyri, olim “Men buyurilgan amrni bajardim” debdi-yu, yo’lida davom etibdi. Shundan so‘ng yo‘lidan bir qush chiqdi. Uni lochin quvlab kelardi. Qush kelib odamga: “Ey buyuk zot, meni qutqarib qol”, - dedi. U qushni ushlab qo‘yniga yashirdi. Chunki uchinchisining tilagini qabul qilish buyirilgan edi. Shunda lochin kelib: “Ey buyuk zot, men ochman. Ertalabdan beri shu qushni quvlab yuribman, sen esa uni yashirib qo‘yding”, - debdi. Odam biroz qiyin vaziyatda qolibdi. Chunki uchinchining tilagini qabul qilish bilan birga to‘rtinchisini xafa qilmasligi ham lozim edi-da. Shundan so‘ng bir chora topdi. O‘z sonidan biroz kesib lochinga tashladi va 3- va 4- amrlarni ham bajo keltirdi. Olim yo‘lida davom etar ekan, hidlanib qolgan murda chiqibdi. Undan qochib ketdi. Besh amrni bajargan odam buning sirlarini bilishni istardi va ertasi kuni tushida barcha narsa ayon bo‘ldi: - Ilk duch kelib yeganing sening jahlingdir. Ko‘rinishdan tog‘ga o‘xshaydi. Sabr bilan ichingga yutsa ng, asalday shirin bo‘ladi. Ikkinchisi yaxshiliging: qancha yashirsang ham yuzaga chiqaveradi. Uchinchisi senga berilgan omonat, unga hiyonat qilmasliging kerak. To‘rtinchisi, senga kimdir ehtiyoj bilan kelsa, u narsadan o‘zing mahrum bo‘lsang ham uni qondirish lozimligi. Beshinchisi esa g‘iybatdir. Sasigan murdaday bo‘ladi. Uni qayerda ko‘rsang, undan qoch.

INSONNI TO‘G‘RILAGANDIM… Hafta davomida ishlab charchagan bir odam yakshanba kuni butun charchog‘ini chiqarish maqsadida kresloga suyanib gazeta varaqlayotgan edi. Shunda uning yoniga o‘g‘li kelib: “Dadajon, bugun istirohat bog‘iga aylantirishga olib boring”, - deb qoldi. Aksiga olib, u o‘g‘liga dam olish kuni aylantirish uchun olib borishga va’da berib qo‘ygan edi. Lekin bugun uydan chiqqisi ham kelmayotgan edi. Shunda xayoliga ajoyib fikr keldi. Gazetaga ilova sifatida berilgan dunyo xaritasini oldi-da, uni qaychida yuzlab bo‘laklarga bo‘lib tashladi. Keyin o‘g‘liga shu xaritani to‘g‘ri yig‘a olsa, albatta, aylantirishga olib chiqishini aytdi. “Geografiyadan eng zo’r olim ham kechgacha bu xaritani yig‘a olmaydi” , – deb o‘yladi u. Lekin 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas, o‘g‘li yana paydo bo‘ldi. U otasiga xaritani yig‘ib bo‘lganini maqtandi. Dadasi borib qarasa, haqiqatdan ham xarita bexato yig‘ilgan edi. - Buni qanday uddalading? – ajablanib so’radi ota. - Xaritaning orqasida odamning rasmi bor ekan. O’sha rasmni tiklagan edim, dunyo o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanib qoldi, - deb javob beribdi o’g’il.

sticker.webp0.12 KB

BOSHLASH UCHUN BUYUK BO‘LISH SHART EMAS, LEKIN BUYUK BO‘LISH UCHUN BOSHLASH SHART @iksvariant👩‍💻🧑‍💻
BOSHLASH UCHUN BUYUK BO‘LISH SHART EMAS, LEKIN BUYUK BO‘LISH UCHUN BOSHLASH SHART @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

БАХТЛИ инсон бўлиш учун: ❕Ҳурсандчилигингизни шукр ❕Ҳафачилигингизни сабр ❕Сукутингизни тафаккур ❕Нутқингизни зикр ❕Ҳаётингиз
БАХТЛИ инсон бўлиш учун: ❕Ҳурсандчилигингизни шукр ❕Ҳафачилигингизни сабр ❕Сукутингизни тафаккур ❕Нутқингизни зикр ❕Ҳаётингизни тоатга айлантиринг..! Қуш каби бўлинг... ... Унинг ризқи ҳар бир тонг ва тун билан келади. Эртанинг ғамини қилмайди. Ҳеч кимга озор бермайди. Қалбингиз дур каби соф бўлсин! Адоватни кўтариб юрмасин! Ассалому алайкум яхшилар. Кун барчага хайрли булсин. @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

#Sheriyat NUTQ HAQIDA Har soʻzida “bu”, “anu”, “Haligi”, “soʻng”, “akaqa”, “Bu-bu” deydi – nima bu, “Unaqa”si – qanaqa? Tiliga kelib qolgan Soʻzdan qayta olmasa, “Bu” qoʻshmasdan savolga Javob ayta olmasa. Gohi qovushmay soʻzi, Gapidan toʻxtab qolsa. Yaxshi bilsa ham oʻzi, Zoʻrgʻagina “3” olsa. Oʻzingiz oʻylab koʻring, Nima, bu, qanaqasi? Qachon qolar Oʻtkirning “Nima”, “bu”, “anaqasi”? Odatlanganman, deding, Toʻgʻri, hamma gap shunda. Lekin axir, oʻz tiling Oʻzingga boʻysunsin-da. Toʻgʻri, aniq gap tuzib, Javob bergin soʻroqqa, Xizmat qilsin har soʻzing Fikringni toʻlatmoqqa. Mazmun nomli moʻljalga Soʻz – otilgan oʻq boʻlsin. Nishonga tegmay qolgan Bitta oʻq hamyoʻq boʻlsin. Doʻstim Oʻtkirjon, buni Yodingda tut har doim, Otashin notigʻini Minbarlar kutar doim. 1954, Erkin Vohidov

sticker.webp0.08 KB

#PSIXOLOGIK_FAKT 💵 Пул ту́лаб у́рганилган билимлар, текинга у́рганилган билимлардан нисбатан яхширог эсда колади. 📚 ☝️ Бу ф
#PSIXOLOGIK_FAKT 💵 Пул ту́лаб у́рганилган билимлар, текинга у́рганилган билимлардан нисбатан яхширог эсда колади. 📚 ☝️ Бу фанда исботланган пул сарфлагани учун кадри баланд хисобланади !!! @iksvariant👩‍💻🧑‍💻