Pro Study
Open in Telegram
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥 Pro Study с нами на пути к целям🚀 Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy +998979209494 @NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Show more1 606
Subscribers
-1824 hours
+1067 days
+11030 days
Posts Archive
1 609
Repost from Xushnudbek.uz
🤲 Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent
Бугун, 8 август, душанба.
Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига кириш учун тест синовлари бошланди.
Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:
• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;
• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;
• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;
• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.
Омийн!
👉 @xushnudbek 👈
1 609
YIL ABITURIYENTI G'oliblar bilan tanishtiramiz.Payariq tumani miqyosida o'tkazilgan musobaqamiz natijalari va ajoyib tadbirimizdan foto lavhalar.
1-O'rin Boliboyeva Umida
2-O'rin Mamatova Shaxlo
3-O'rin G'aniyev Muhammad
4-O'rin Ravshanov Jafar
5-O'rin Muhammadiyeva Shaxnoza
6-O'rin Burxonova Marjona
1 609
Repost from Xushnudbek.uz
Bu yil TMC institutining talabasi bo'ling!👩🏻🎓
O'zbek tilida bakalavr yo'nalishiga qabul davom etmoqda! Biz Singapur bilan birgalikda ishlab chiqilgan dasturni taqdim etamiz. Bitiruvchilarga davlat tomonidan tan olinadigan diplom beriladi.
✅ Yo'nalishlar:
- Iqtisodiyot
- Psixologiya va pedagogika
- Boshlang'ich ta'lim
- Maktabgacha ta'lim
💰Shartnoma narxi:
Kunduzgi va kechki ta’lim – 18 mln so‘m.
Sirtqi ta’lim – 12 mln so‘m.
TMC instituti bu — sifat, kafolat, bilim olishga to‘g‘ri yo'l, do‘stona muhit, zamonaviy kampus va jihozlar. Biz barcha abituriyentlarga yuqori sifatli ta'lim olish imkoniyatini beramiz.
🕔 Kirish imtihoni kuni:
25-avgust
💵 Imtihon narxi:
150 ming so'm
⌛️Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati - 15 avgust.
✅Ro'yxatdan o'tish
☎️Savollar uchun: +998712070032
Telegram: @tmciuz
Ta'lim reklamasi1 609
#imtihon
⚡️BUGUN IMTIHON!
❗️Bugun Prezident ta’lim muassasalari Agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.
🚀 Shu munosabat bilan bugungi imtihonlarda barcha talabgorlarga OMAD tilab qolamiz. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi bo'lish sharafi barchangizga nasib etsin.
⏰Eslatib o'tamiz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun bugun 5-AVGUST kuni shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ya'ni tug'ilganlik haqida guvohnoma) hamda imtihonga kirish uchun ruxsatnoma bilan soat 6.30/15.30da Paxtakor stadioni/Botanika bog'ida bo'lishingiz so'raladi.
1 609
#Diqqat_Eʼlon
🎉🎉🎉 Bizda bayram-tadbiri
🏆 "Yil abituriyenti" va ProStudy o'quv markazining eng yaxshi o'quvchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
⏳Ushbu marosimning oʻtkazilish vaqti 6-avgust, haftaning shanba kuni soat 8:00 da boshlanadi va bizning Chelak shahrimizdagi kinoteatrda boʻlib oʻtadi.
🗝 Uning siz ,avvalo, 8:00 gacha kechikmasdan "Pro Study" oʻquv markazimizga kelishingiz kerak.
🗝 Barcha abituriyentlar va oʻquvchilar taklif etiladi.
🔑 Sababi, ushbu bayram tadbirimizda :
🎉 Unutilmas lahzalardan bahramand boʻlishingiz, yuqori atmosferani his qilishingiz, yaxshi hordiq olishingiz va imtihon oldi aʼlo kayfiyatda boʻlishingiz mumkin. Xullas, biz sizlarning barchangizni 6-avgust kuni, soat 8:00 da markazimizda kutamiz.
@ProStudy
1 609
Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi?
🔷 Ona tili va adabiyot:
— Ona tili - 60 %;
— Adabiyot - 40 %.
🔷 Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar - 25 %;
— Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %;
— Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%;
— Geometriya - 30%.
🔷 Tarix:
— Siyosiy tarix - 50-60%;
— Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %;
— Madaniy hayot - 10-15 %;
— Amaliy topshiriqlar - 20-25 %.
🔷 Fizika:
— Mexanika - 35 %;
— Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %;
— Elektromagnitizm - 30 %;
— Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%.
🔷 Biologiya:
— Botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi - 40%;
— Sitologiya, genetika, seleksiya, gen va hujayra biotexnologiyasi - 30 %;
— Evolyutsion taʼlimot, ekologiya va biosfera asoslari – 30 %.
🔷 Kimyo:
— Umumiy kimyo - 40%;
— Noorganik kimyo - 25 %;
— Organik kimyo - 15 %.
— Yuqoridagi bo‘limlar asosidagi topshiriqlar - 20 %.
🔷 Geografiya:
— Tabiiy geografiya - 40%;
— Iqtisodiy va imtimoiy geografiya - 40 %;
— Amaliy topshiriqlar – 20 %.
🔷 Chet tili (ingliz, nemis fransuz):
— Grammatika - 45 %;
— O‘qib tushunish - 45 %;
— Leksika - 10 %.
Majburiy fanlar:
🔶 Ona tili (o‘zbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.
🔶 Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.
🔶 Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.
🔶 Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.
🔶 O‘zbekiston tarixi:
— Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.
@ProStudy
1 609
⚡️Rasman: Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.
Kanalga ulanish:
➡️ @ProStudy
1 609
Pro Studyda FINAL. Barchangizni mehnatlaringiz samarasi oshishi uchun ishlashdan to'xtamaymiz. Imtihon yaqin bo'lajak talabalar !!!
1 609
📣Diqqat, imtihon!
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.
🗓Imtihon kunlari va manzili:
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5-avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadioni;
▶️Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6- avgust kuni soat 8:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi.
📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.
❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | You tube
1 609
#Diqqat_Final
⛳️ Juda koʻplab istak-xohishlarga binoan yana bir yangi bosqich. . 💡Final bosqichi 💡 boʻlib oʻtadi.
🔥🔥🔥 Ushbu bosqichda "Yil abituriyenti" va eng kuchli beshlikdan boshqa yana " 1ta abituriyent" tanlanadi. Va so'nggi 10 kunlik imtihon oldi kunlarida ham DTM muhitini his qilishingiz uchun "Pro Study" o'quv markazi imkon yaratmoqda.
✅ Maksimal darajada yaqinlikdagi DTM namunasidagi savollar
✔️ Imtihon oldi hayajonni yo'qotish.
✅ O'zingizga boʻlgan ishonchni orttirish
✔️ Yorqin kelajak sari yoʻl.
Maqsadlar mushtarak. G'alabalikka-talabalikka oz qolmoqda. Ungacha ham IMTIHONni his qilmoqchi boʻlsangiz.Biz, sizni 👉
"Final bosqichining" 1⃣ - bosqichida
⌛️ 3-avgust, haftaning chorshanba kuni, soat 15:00 da boshlanadigan test sinovlarimizda kutib qolamiz.
" Hatto imkon yoʻq so'zida ham imkon bor"
@ProStudy
1 609
⚡️Hurmatli abituriyentlar,
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida Yeodju texnika institutining filiali ochildi!
Taʼlim oʻzbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga taʼsischilar granti ajratiladi.
👉Mavjud yoʻnalishlar, imtihon fanlari va shartnoma narxlari haqida toʻliq maʼlumot!
Taqdim etiladigan zaruriy hujjatlar (elektron shaklda):
• Oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida diplom (attestat);
• Pasport nusxasi;
• 3.5x4.5 hajmida rasm (JPEG).
📌Siz hujjatlaringizni:
- onlayn tarzda (http://sam.ytit.uz) topshirishingiz mumkin.
1 609
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022
📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!
✅Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi
❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.
❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
@ProStudy
1 609
⚡️Test sinovlari 12 kun davom etadi.
✅ DTM xabaricha, 1 kunda (2 smenada) 3 228 ta guruhda 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari:
1. O‘zMU - 41 577 nafar
2. TDPU- 40 523 nafar
3. NamDU - 37 267 nafar
4. UrDU - 37 091 nafar
5. JDPI - 35 706 nafar
Eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan hududlar:
1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 125 717 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 923 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 104 201 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.
Eslatib o'tamiz, joriy yilda jami abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.
1 609
Repost from Xushnudbek.uz
“Тест қачон бошланади, рухсатнома қачон чиқади?” деган саволлар ҳамма абитуриентни ўйлантираётган бўлса керак.
Айтишларича, ҳозирги ҳолатга кўра, тест синовларини 8 августдан бошлаш режалаштирилмоқда. Рухсатномалар ҳам шунга мувофиқ, яқин кунларда тарқатилишни бошлайди.
Аммо бу якуний расмий қарор эмас. Яна ҳам Давлат қабул комиссияси томонидан тегишли қарор қабул қилинса, қўшимча хабар берилади.
👉 @xushnudbek 👈
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
