en
Feedback
Digital.uz / Toshkent shahar Hududiy sho'basi

Digital.uz / Toshkent shahar Hududiy sho'basi

Open in Telegram
451
Subscribers
-124 hours
-37 days
-330 days
Posts Archive
Repost from Digital.uz
💼 IT Park Uzbekistan yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirmoqda 🟢 O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro komp
💼 IT Park Uzbekistan yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirmoqda 🟢 O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro kompaniyalar, jumladan, IT Park Uzbekistan rezidentlari faoliyatining kengayib borishi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat hududlarida ham yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilmoqda. Yangi imkoniyatlar tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda, professional faoliyatini endi boshlayotgan talabalar va bitiruvchilar uchun ham yaratilmoqda. 💼 Tashabbus O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi hamda tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda, professional yo‘lini endi boshlayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilarga ham mo‘ljallangan.  🟦Kompaniyalar talabi faqat an’anaviy AT-kasblar bilan cheklanmaydi. Dasturchilar, QA-muhandislar, ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar va dizaynerlardan tashqari, marketing, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, moliya, buxgalteriya hamda ma’muriy boshqaruv yo‘nalishlaridagi mutaxassislarga ham talab mavjud. BPO va call-markaz yo‘nalishlari uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham alohida ortib bormoqda. 🌲 Xorijiy tillarni biladigan mutaxassislarga ham talab yuqori. Xalqaro bozorlarda faoliyat yuritadigan va xorijiy mijozlar bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, xitoy, yapon va koreys tillarini biladigan nomzodlar ayniqsa dolzarb hisoblanadi. 💻Nomzodlar bazasini shakllantirish vositalaridan biri Talent Park loyihasidir. Maxsus bot orqali ish izlovchilar o‘z rezyumelarini yuborishi, tajribasi, ko‘nikmalari va professional yo‘nalishi haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.
📄Rezyumeni @talent_park_bot orqali yuborish, dolzarb imkoniyatlarni esa @talentparkuz Telegram-kanali orqali kuzatib borish mumkin.
Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/216891 English Русский Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

🌠 Birlashib, buyuk tarix yaratamiz! ⭐️ 2026-yil 8-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat
+6
🌠 Birlashib, buyuk tarix yaratamiz! ⭐️ 2026-yil 8-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi. 🗓 O‘quv seminarida Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy sho’basi rahbar-xodimlari masofaviy ishtirok etdi. ⚫️ “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros” mavzusida chiqish qilgan tarix fanlari doktori, professor, Fayzulla Ernazarov uzoq va shonli tarixga, boy davlatchilik va madaniyat an’analariga ega buyuk xalq ekanligimiz, ana shu tarixiy o‘zlikni anglash har birimizning qalbimizda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘usini kamol toptirishi, ammo g‘ururning yonida doim mas’uliyat turishi, Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sinolar qoldirgan ilmiy meros bizni faqat maqtanishga emas, ularga munosib bo‘lishga, dunyo ilm-faniga yangidan hissa qo‘shishga undashi zarurligi, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lish – ana shu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish ekanligini ta’kidladi. 💬Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!   🗳Facebook | 🌐 Telegram

Янги Ўзбекистонда амалга оширилган ислоҳотларга бағишланган видеоролик.
💬Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!
  🗳Facebook | 🌐Telegram

"Ўзбек келаётир, тарих қаъридан" - Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан тайёрланган видеоклип.
💬Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!
  🗳Facebook | 🌐Telegram

Bugun, 9 sentabr ☀️ +36°...+22°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +22°, ↙️ 1.2 m/s Tong: ☁️ +28° Kun: ☀️ +35° Oqshom: ☀️ +32° Namlik: 10% Shamol: Shimoli-g'arbiy, 5.1 m/s Bosim: 759 mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 05:56 Quyosh botishi: 18:44
💬Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!
  🗳Facebook | 🌐Telegram

#OchilishMarosimi #YoshlarUchun #ImkoniyatlarMakrazi Talaba uchun yana-da qulay muhit: TATUda Yagona xizmatlar va imkoniyatla
+9
#OchilishMarosimi #YoshlarUchun #ImkoniyatlarMakrazi   Talaba uchun yana-da qulay muhit: TATUda Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi ochildi 💻 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun 100 dan ortiq xizmat turini bir joyga jamlagan Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov, soha korxonalari rahbarlari, universitet jamoasi, hamda talabalar ishtirok etdi.   Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning sifatli ta’lim olishi va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida to‘xtaldilar.
  Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga bildirilayotgan ishonch — ularga yuklatilayotgan yuksak mas’uliyatdir. Shu bois talabalarga munosib ta’lim muhitini yaratish, ularning vaqtini qadrlash va universitet xizmatlaridan foydalanishni qulaylashtirish muhim vazifalardan biridir.
  Aynan shu maqsadda tashkil etilgan Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi talabaning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda universitet xizmatlaridan tezkor foydalanish imkonini beradi. 🔝 Markazda jami 101 ta xizmat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 70 foizi raqamlashtirilgan. Bu esa xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada tezkor va qulay tashkil etish imkonini bermoqda. 📈 Markaz faoliyatiga bo‘lgan ehtiyojni murojaatlar soni ham ko‘rsatib turibdi. O‘tgan o‘quv yili davomida markazga qariyb 32 mingta murojaat kelib tushgan. 2026/2027-o‘quv yilida esa ushbu ko‘rsatkich 45 mingdan oshishi kutilmoqda. Bu esa talabalar uchun yagona va qulay xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. 🤗  Shu bilan birga, markaz tasarrufida “Ona va bola” hududi ham tashkil etildi. Bu esa universitetda talaba-yoshlar, xususan, qizlar va ayollar uchun ham qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.
  Bugun IT sohasida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan qizlar safi kengayib borayotgan bir paytda, ular uchun zarur sharoitlarni yaratish ham muhim vazifalardan biridir.
 Bizni kuzating: 🚀Telegram  📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi. — Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. — Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Digital.uz
🇰🇷 Janubiy Koreya bozoriga chiqish uchun startaplar uchun yangi imkoniyat 👍 IT Park Uzbekistan va SparkLabs Korea o‘zbek s
🇰🇷 Janubiy Koreya bozoriga chiqish uchun startaplar uchun yangi imkoniyat 👍 IT Park Uzbekistan va SparkLabs Korea o‘zbek startaplarini Janubiy Koreya bozoriga olib chiqishga qaratilgan 9 haftalik Korea-Entry Acceleration Program dasturiga arizalar qabulini boshladi.
Tanlangan startaplar: 🔵 tajribali mentorlar bilan bevosita ishlaydi; 🔵 Koreya bozori uchun Product-Market Fit (PMF) va Go-to-Market (GTM) strategiyalarini takomillashtiradi; 🔵 potensial koreyalik mijozlar va hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatadi; 🔵 Janubiy Koreyadagi onsite dasturda ishtirok etadi; 🔵 Demo Dayda o‘z startapini taqdim etadi. MVP, dastlabki traction yoki faol mijozlar bazasiga ega hamda Janubiy Koreya bozoriga chiqish bo‘yicha aniq rejasi mavjud pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga ustuvorlik beriladi.
Dasturga IT Park rezidenti bo‘lgan 8 tagacha startap saralab olinadi. 🗓 Dastur muddati: 12-oktabr – 11-dekabr ⏰ Arizalar qabuli: 25-sentabrgacha ➡️ Ariza topshirish: https://startupbase.uz/uz/events/applications-open-for-a-9-week-acceleration-progra Janubiy Koreya bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan startaplar uchun mazkur dastur xalqaro bozorga kirish va mahalliy hamkorlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini taqdim etadi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from UZINFOCOM
ICT Week 2026 boshlanishiga atigi 2 hafta qoldi! 🚀 📅 Ikki haftadan so‘ng Toshkentda ICT Week 2026 bo‘lib o‘tadi. Ushbu yiri
ICT Week 2026 boshlanishiga atigi 2 hafta qoldi! 🚀 📅 Ikki haftadan so‘ng Toshkentda ICT Week 2026 bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik tadbir davlat organlari, biznes vakillari, texnologik kompaniyalar va IT-hamjamiyatni bir maydonda jamlaydi. 📍 UZINFOCOM ham ICT Week 2026da ishtirok etib, A2 stendida o‘zining asosiy loyihalari va raqamli yechimlarini namoyish etadi. 🔘 Stendimizga tashrif buyurib, UZINFOCOM amalga oshirayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishishingiz va kompaniyaning raqamli yechimlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. ➿➿➿➿➿ ICT Week 2026 — уже через 2 недели! 🚀 📅 Через две недели в Ташкенте состоится ICT Week 2026 — масштабное мероприятие, которое объединит представителей государственных органов, бизнеса, технологических компаний и IT-сообщества. 📍 UZINFOCOM примет участие в ICT Week 2026 и представит свои ключевые проекты и цифровые решения на стенде А2. 🔘 На стенде можно будет ознакомиться с реализуемыми проектами UZINFOCOM и подробнее узнать о цифровых решениях компании.

Repost from Sherzod Shermatov
JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than 20 years. It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important: young creative talent - hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders. The scale keeps growing. The ambition keeps growing. If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us. 📅 22–25 September | 📍 CAEx, Tashkent 👉 Register: ictweek.uz #ICTWeek2026 #Uzbekistan #Tashkent #IT #Technology

Bugun, 8 sentabr ☀️ +35°...+22°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +22°, ↖️ 1.8 m/s Tong: ☁️ +27° Kun: ☀️ +34° Oqshom: ☀️ +32° Namlik: 12% Shamol: G'arbiy-shimoli-g'arbiy, 3.9 m/s Bosim: 758 mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 05:55 Quyosh botishi: 18:45
💬Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!
  🗳Facebook | 🌐Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xal
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Белград. В международном аэропорту имени Николы Теслы высоких гостей встретили Президент Республики Сербия Александр Вучич и его супруга. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlim
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Китайской Народной Республики во главе с заведующим Отделом международных связей Центрального комитета Коммунистической партии Китая Лю Хайсином. #Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. — Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам. Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Facebook|Instagram|X

Repost from Sherzod Shermatov
Kelajak texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqidot ishlarini qilmoqchi bo‘lsangiz, Siz bizga keraksiz! Hurmatli Prezidentimiz Nurafshon shahriga tashrifda Kelajak texnologiyalari markazi loyihasini boshlashga start bergandilar: https://t.me/shmirziyoyev/34748 Ushbu Markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun hozirdan bu sohadagi ilg‘or kompaniyamizda R&D markazini ishga tushirib, muhandislarni ishga taklif qilayapmiz. Marhamat, Siz ham ariza topshiring, batafsil: https://t.me/uniconsoft/1848

Bugun, 7 sentabr 🌧 +34°...+20°, Yomg'ir Hozir: 🌧 +20°, ↖️ 0.7 m/s Tong: ☁️ +25° Kun: ☀️ +33° Oqshom: ☀️ +32° Namlik: 15% Shamol: Shimoli-sharqiy, 4.3 m/s Bosim: 758 mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 05:54 Quyosh botishi: 18:47
💬Kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!
  🗳Facebook | 🌐Telegram

Repost from Digital.uz
📌Raqamlashtirish sohasida yoshlar salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi 😉Raqamli texnologiyalar va
+8
📌Raqamlashtirish sohasida yoshlar salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi 😉Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan va ayni paytda vazirlik hamda uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🔰Uchrashuvda yosh kadrlarning salohiyatidan samarali foydalanish, davlat tashkilotlarida ish jarayonlarini yanada takomillashtirish, ichki jarayonlarni yengillashtirish va ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish masalalari muhokama qilindi.
🔠Vazir davlat boshqaruvida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish zarurligini ta’kidlab, xususan, sun’iy intellekt asosidagi AI agentlarni joriy etish orqali ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdi. Bunday yechimlar xodimlarning vaqt va resurslarini tejash, takroriy vazifalarni avtomatlashtirish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/215159 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from Digital.uz
👨‍💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasid
👨‍💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda. 2004-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda. 🟢ICTWeek 2026: yanada katta ko‘lam va yangi imkoniyatlar Joriy yilda esa ICTWeek yanada keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilmoqda. 50 dan ortiq mamlakatdan 25 mingdan ziyod ishtirokchi, 300 dan ortiq kompaniya va minglab potensial biznes vakillari tadbirda ishtirok etishi prognoz qilinmoqda. Bu esa ICTWeek 2026’ni nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki biznes, investitsiya, startaplar va xalqaro hamkorlik uchun yirik maydonga aylantirishi kutilayotganidan dalolat beradi. 🟢Biznes va investorlar uchun yangi maydon ICTWeek’ning muhim jihatlaridan biri — tadbirning texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan cheklanib qolmasligi. Hafta davomida B2B uchrashuvlar, investitsiyaviy muloqotlar, startaplar taqdimotlari, biznes uchrashuvlar va professional netvorking uchun imkoniyatlar yaratiladi. 🟢O‘zbekistonning raqamli salohiyati xalqaro maydonda So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AT sohasi jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. IT Park ekotizimining kengayishi, eksportga yo‘naltirilgan AT kompaniyalar sonining ortishi, startaplar uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi va raqamli davlat xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi salohiyatini oshirmoqda. Shu jarayonda ICTWeek’ning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki tadbir mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb qilish hamda mahalliy AT kompaniyalarni global bozor bilan bog‘lash uchun muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. 🟢Bir hafta — ko‘plab imkoniyatlar ICTWeek’ni boshqa texnologik tadbirlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri — u birgina konferensiya yoki ko‘rgazma emas, balki bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradigan yaxlit texnologik hafta hisoblanadi. Bu ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda qatnashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, ekspertlar fikrini eshitish, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorlik loyihalarini boshlash imkonini beradi. 🟢Texnologiyalar emas, imkoniyatlar haftaligi Shunday sharoitda ICTWeek’ning vazifasi faqat yangi texnologiyalarni namoyish etish emas. Uning eng muhim vazifalaridan biri — texnologiyalarni insonlar, biznes va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish. ICTWeek 2026 ham aynan shu maqsad atrofida davlat, biznes, investorlar va texnologik hamjamiyatni birlashtirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yangi g‘oyalar, yangi hamkorliklar va yangi loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda. 📌ICTWeek 2026’da ishtirok eting!
Toshkent, O‘zbekiston 22–25-sentabr, 2026 yil CAEx Ro‘yxatdan o‘tish Tel.:+998 (55) 511 07 77
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/215037 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from Digital.uz
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Temir yo‘l chiptalarini xarid qilishning qulay usuli! 🚂 my.gov.uz portali orqali temir yo‘l chiptalarini
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Temir yo‘l chiptalarini xarid qilishning qulay usuli! 🚂 my.gov.uz portali orqali temir yo‘l chiptalarini onlayn tarzda tez va qulay rasmiylashtirish mumkin. 👉 Xizmatdan foydalanish juda oson: Portaldagi “Temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirish” xizmatini oching; ✅ Jo‘nash va yetib kelish yo‘nalishini tanlang; ✅ O‘zingizga mos vaqt va poyezdni belgilang; ✅ Onlayn to‘lovni amalga oshiring. ❗️Navbatlar, ortiqcha yugur-yugurlar yo‘q — barchasi bir joyda va bir zumda! 🟡 Safaringizni oldindan rejalashtiring, chiptalarni esa my.gov.uz orqali oson va ishonchli tarzda rasmiylashtiring. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X