cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mutolaa sehri

📖“Birga kitob o‘qiymiz” __ ❗️Siz o‘zingiz o‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin! 📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot 🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1

Show more
Advertising posts
1 192
Subscribers
+224 hours
+337 days
+6930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ulug'bek Hamdam "Ota" romaniga taqriz. Taniqli yozuvchi Ulug'bek Hamdam adabiyotimizda katta burilish yasab, o'zining "Ota" romani bilan kirib keldi."Ota" romanining bosh sahifalariga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Barcha otalarga bag'ishlanadi" degan jumlaga ko'zimiz tushadi.Haqiqatan ham asarni o'qib chiqsak, barcha otalarga bag'ishlanganiga guvoh bo'lamiz. Asar dastlab qahramonlar Po'lat va Yog'duning farzandsizligidan, farzand ko'rguncha bo'lgan qiyinchiliklari bilan boshlanadi. Alloh ularga 15 yil deganda qiz farzand ato etadi. Po'lat va Yog'duning umuman ularning oilasiga quvonch, mazmun olib kirgan chaqaloqqa Sevinch deb ism qo'yishadi. Ular Sevinchni yer-u ko'kka ishonmay ulg'aytirishadi. Ammo oyning o'n besh kuni yorug', o'n besh kuni qorong'u deganlaridek, ularning hayotida ham qorong'u kunlar boshlanadi.Yong'in hodisasi tufayli Sevinchning yuzi kuyib qoladi va bir umrga achinarli holatda tushadi. Shu voqeadan keyin Sevinchning hayoti o'zgarib ketadi. Bir ota farzandiga nima qilsa, Po'lat undan ortig'ini qiladi.Qizini ko'nglini o'ksitmay ulg'aytiradi, uning uchun borini berishga ham tayyor turadi.Sevinch oilada yakka farzand bo'lganligi sababli nasl qoldirishi kerak edi. Lekin afsuslar bo'lsinki, Sevinchning bu tashqi ko'rinishi bilan uning oldiga odamlar yaqinlashishga ham qo'rqishadi. Sevinch bu ishni qilishga majbur bo'ladi. U oilasidan ya'ni otasiga aytmasdan yashirin nikoh qiladi. Otasi buni bilmaydi va qizini benikoh farzand ko'rdi deb o'ylab o'ldiradi. Bu holat: Po'lat otaning oyoqlari Sevinchning oldiga yetib kelganda, qo'llari beixtiyor belbog'idagi pichoqqa yugurdi. Pichoq qinidan sug'urilganda derazadan tushib turgan quyosh nurida bir "yalt" etdi. Keyin... keyin hammasi bir onda yuz berdi, havoga "chirt!" etgan tovush sachradi. Xuddi olamni yoqib yuborish uchun gugurt donasidan chiqqan sasdek bo'ldi bu tovush. Hamda olamga o't ketdi. Otaning olamiga, qizning olamiga, Yog'duning olamiga -- butun olamga!.. Sevinch... o'sha Sevinch, hamma sevinchlagan Sevinch, dunyoga kelishi uchun daryo - daryo ko'z yoshlar to'kilgan Sevinchning bag'riga pichoq tortildi, u chavaqlandi: qornidan to bo'g'zigacha tilimlandi. Ota qildi bu ishni. Uning o'z otasi! Qizini, bolajonisini yer-u ko'kka ishonmaydigan ota! O'sha ota, dunyodagi eng katta vazifasi otalik ekaniga ishonib kelgan ota! Po'lat ota! Sevinchning otasi!.. Mana shu parchani o'qishim bilan har doim ich ichimdan tushuntirib berolmaydigan hissiyotlar kechadi. Qizini jonidan ortiq yaxshi ko'rsa ham Po'lat uchun or - nomus birinchi o'rinda.Po'lat har bir o'zbek otasi qilishi kerak bo'lgan ishni qildi.To'g'ri, Po'latni qoralashimiz ham mumkin, lekin bu asardagi har bir qahramonni o'rniga o'zimizni qo'yib ko'rishimiz kerak. Asardagi yana bir parchaga qarasak, - Ota... - lablaridan uchdi shu so'z. Qiz bola uchun dunyodagi eng qutlug', eng baland, eng aziz so'z bo'lsa, ajabmas!.. Va shu so'z uning so'nggi so'zi bo'ldi. Ehtimol, go'dakligida - endi tili chiqayotganda aytgan ilk so'z ham shu edi: ota!.. Juda ta'sirli jumlalar!.. Sevinch obraziga qaraydigan bo'lsak, o'zimizga uning o'rnida men bo'lganda nima qilgan bo'lardim degan savolni berishimiz kerak. Sevinch bu ishni faqat o'zini o'ylab qilgani yo'q. Bu yerda u ota-onasini ham o'yladi. Xullas, asarni har bir kitobxonga o‘qishga tavsiya beraman. Asarda o‘zbeklarning or-nomus masalasiga qanday qarashi, qiz farzandning tarbiyalanishi, har bir ota qiziga qanday mehr ko‘rsatishlari ochib berilgan. © Amatova Husnora | @mutolaa_sehri
Show all...

❤‍🔥 10👍 9🔥 1👏 1
Asli Sanjar: "Haram" asari haqida Asar nomini o'qib ko'pchilikning xayoliga turk seriallari va ularda tasvirlangan sulton harami kelsa kerak. Kitob chindan ham turk sultonlarining harami haqida. Faqat uning boshqa tomoni, ya'ni dunyoning turli tomonlaridan o'g'irlab kelingan qizlarni haramda mukammal tarzda tarbiyalash haqida. Sulton harami nafaqat sultonning oila a'zolarini, shuningdek, jamiyat uchun kerakli ayollarni tarbiyalash makoni bo'lib xizmat qilishi haqida. Qadimda yapon imperatorlari saroylarida mamlakat uchun sodiq farzandlarni tarbiyalash uchun sharoitlar yaratilgani ko'pchilikka ma'lum. Turk haramlarida ham qizlar kichik yoshidan saroyga olinib, ularga har tomonlama bilim va saboq berishgan, voyaga yetganlarida esa erkinliklarini o'z qo'llariga berishib, tanlovi asosida turmushga berishgan ekan. Shu yo'l bilan jamiyatga bilimli, aqlli onalarni tayyorlab berishgan. Kitobda haram haqidagi voqealarga ko'p to'xtalinmagan. Ikki syujet chizig'ida kechgan voqealar asar oxirida bir nuqtada kesishdi. Kitobni bir nafasda o'qib tugatmadim. Voqealar shiddat bilan emas, sokin rivojlangan. Asar so'ngida Jamila xonim chiqargan xulosalarning ayni paytda men o'ylab yurgan ayrim masalalarga mosligi shu kitobni bejizga shu paytda o'qimaganimni isbotlab berdi. Usmonli ayollar hayotiga qiziquvchilarga tavsiya qilaman! © Sadoqat Xolmonova / Foto: bookuz 💬📹📹@mutolaa_sehri
Show all...
9❤‍🔥 2
"Турғунлик йиллари" Достони 1989йил Омон Матжон
Show all...
🔥 5
26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri, ustoz Jamol Kamol (1938-2022) tug‘ilgan kun Jamol Kamol 1938 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1959). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1970−72), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim (1972−86) bo‘lib ishlagan. Lirik she’r tuzilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan. G'afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir (1986−88), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1991−96) lavozimlarida xizmat qilgan. 📖 Tarjimalari: ▪️«She’riy san’at» (Bualo) ▪️«Shabihijron» dostoni (Baxtiyor Vahobzoda) ▪️«Masnaviyi ma’naviy» (Jaloliddin Rumiy ▪️«Gulshani roz» (Shayx Mahmud Shabustariy) ▪️«Motsart va Saleri» (A. Pushkin) ▪️«Oltin tulpor» (Yan Raynis) ▪️ «Sichuandan chiqqan mehribon» (Bartold Brext) va boshq. Jamol Kamol she’rlari rus, ingliz, fransuz, polyak, ukrain, turk, ozarbayjon, tojik va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan. ❓ Siz shoirning qaysi kitobi yoki she'rlarini o'qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Show all...
👍 3
26 апрель — Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун Муҳаммад Юсуф 1954 йил 26 апрелда Андижон вилоятининг Марҳамат туманида туғилган. Ўзбекистон халқ шоири (1998). Рус тили ва адабиёти институтининг рус тили ва адабиёти факультетини тамомлаган (1978). Илк шеърлар тўпламлари: ▪️«Таниш тераклар» (1985). ▪️«Булбулга бир гапим бор» (1987), ▪️«Илтижо» (1988), ▪️ «Уйқудаги қиз», ▪️«Ҳалима энам аллалари» (1989), ▪️«Ишқ кемаси» (1990), ▪️«Кўнглимда бир ёр» (1991), ▪️«Бевафо кўп экан», ▪️«Ёлғончи ёр» (1993), ▪️«Эрка кийик» (1995), ▪️«Осмонимга олиб кетаман» (1998), ▪️«Улуғимсан, Ватаним» (2004) ва б. Шоир 2001 йил 31 июлда Элликқалъа туманида вафот этган. (🗓 #bugun #kuntarixi) ___________________ @mutolaa_sehri
Show all...
👍 1
Usmon Nosir fojiasi Manba: azon.uz ____ @mutolaa_sehri
Show all...
👍 2
“​Uchinchi taqdir” romani haqida Nargiza Usanboyeva qalamiga mansub ushbu romanni bir nafasda o‘qib chiqdim. Turfa taqdirlar va ulardagi sevgi qissalarini bir ipga tizilishi, har bir qahramonning xarakteri ochib berilgani va har biridan-da ibrat olish mumkinligi meni kitobga bog‘lab qo'ydi. Roman ikki kishining yoshlikdan boshlangan muhabbati turli taqdir labirintlaridan o‘tib ham oxirida birga tutashishi haqida. Bu ikkisi atrofida yana necha necha insonlar taqdiri ham ko‘rsatilgan. Meni bosh qahramonlarning taqdiridan ko‘ra atrofdagilarining taqdiri ko‘proq o‘yga toldirdi... 📰Xulosalarim: 🪟👀Ikki kishiga taalluqli masalaga faqat bir kishining tasavvuriy xulosalari bilangina emas, balki, birgalikda gaplashib olish orqali yechim topish kerak ekan. Aksincha bo‘lsa bu hatto yillab davom etadigan tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin ekan. 👀Oilada ayol kishining oqilaligi, uzoqni ko‘ra bilishi, sabri ko‘p narsani hal qilar ekan. 👀Sabr odamning o‘ziga zarar yetkazmaydigan darajada bo‘lsa yaxshi. Aksincha bo‘lsa, bu o‘z o‘ziga o‘qilgan qiynoq va qadrsizlik hukmidir... © Durdona Rahmiddinova 💬📹📹@mutolaa_sehri
Show all...
8👍 2
15 апрель — Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари туғилган кун Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари 1952 йил 15 апрелда Андижон вилоятида таваллуд топган. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари Бухоро шаҳридаги “Мир Араб” мадрасасида, сўнгра Тошкентдаги имом Бухорий номли Ислом олий маъҳадида таҳсил олган.Олий маъҳадни битиришлари биланоқ “Совет шарқи мусулмонлари” журналида ишладилар. Ўрта Осиё ва Қозоғистон мусулмонлари диний идораси Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларини чет элга, яъни Ливия Араб Республикасининг Триполи шаҳридаги Исломий даъват факультетига ўқишга юборди. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари мазкур факультетни 1980 йил имтиёзли тамомлаб, юртга қайтдилар. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари диний идоранинг 1989 йилда бўлиб ўтган Умумий қурултойида Ўрта Осиё ва Қозоғистон мусулмонлари Диний идораси муфтийси лавозимига тайинландилар. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари мустақил Ўзбекистон Республикасининг биринчи муфтийси бўлдилар. Шайх ҳазратлари Маккаи Мукаррамадаги “Бутун Дунё Ислом Робитаси”нинг таъсис мажлиси, Бутун дунё тасаввуф уюшмаси, Бутун дунё Исломий халқлари бошқарувининг бош котибияти, Бутун дунё даъват уюшмаси, Бутун дунё Уламолари кенгаши уюшмаси, Исломобод шаҳридаги Бутун дунё Ислом уюшмаси, Маккаи Мукаррамадаги Бутун дунё мутафаккир уламолари йиғинининг ижроия қўмитаси, Бутун дунё масжидлар уюшмаси, Иорданиядаги Оли Байт муассасасига қарашли Исломий фикрлар академияси аъзоси эдилар. Шунингдек, Шайх ҳазратлари Миср Араб Республикаси, Ливия Жамоҳирияси ва Россия федерациялари каби қатор давлатларнинг фахрий унвон ва мукофотлари билан тақдирланганлар. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари 100 дан ортиқ маърифий китоблар муаллифи, бир қатор диний китоблар таржимонидир. У кишининг islom.uz сайти ва "Hilol" нашриёти халқимизга хизмат қилиб келмоқда. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари 2015 йил 10 март куни Тошкент шаҳрида вафот этганлар. Таржима ва китоблари: (apk) ▪️"Тафсири Ҳилол" ▪️"Зикр аҳлидан сўранг" ▪️«Ҳадис ва Ҳаёт» (37 жуз) ▪️"Ислом тарихи" (2та китоб) ▪️"Бахтиёр оила" ▪️"Мукаммал саодат йўли" ва б. Ўзбек халқининг атоқли фарзанди, етук аллома, фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг ибратли ҳаёт йўли ҳақидаги «Исломга бағишланган умр» номли ҳужжатли филм. 1-қисм | 2-қисм ___ 📖 @mutolaa_sehri
Show all...

👍 8😢 1
Nyu-York metrosida ingliz tilida chop etilgan “Dunyoning ishlari” asarining reklamasi. Manba: "Sinchalak blog" ____ 💬📹📹@mutolaa_sehri
Show all...
👍 21❤‍🔥 1🎉 1
🗓 #bugun #kuntarixi 12 aprel — yozuvchi Murod Muhammad Do‘st tavallud topgan kun Murod Muhammad Do‘st 1949 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetining falsafa bo‘limini tugatgan (1971). Moskvadagi Adabiyot institutida o‘qigan (1974 — 79). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qaydasan, quvonch sadosi?» (1976). Shundan keyin "Mustafo" (1977), "Bir toychoqning xuni" (1979), "Galatepaga qaytish" (1983), "Dashtu dalalarda"(1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. "Lolazor" (1988) romani muallifi. Asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990). 💬📹📹 @mutolaa_sehri
Show all...
👍 8