QDPI_BTM_YANGILIKLAR
Open in Telegram
Qo'qon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekanining rasmiy kanali Dekanga murojaat: @btm_dekan_kspi Ma'naviyat boʻyicha dekan oʻrinbosari: @btm_fayozxoja
Show more587
Subscribers
-224 hours
-107 days
-2430 days
Posts Archive
Repost from Qoʻqon davlat universiteti
+9
QDPI: ko‘rik-tanlov teatr va san’at bayramiga aylandi
Talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy muammolar va salbiy holatlarni sahna ko‘rinishlari orqali keng jamoatchilikka yetkazishda “Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta.
Bugungi tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan birinchi prorektori I. Oxunov inson ma’naviy olamini yuksaltirish, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyosligi, san’at odamlarni ezgulikka, yaxshilikka undashi, teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskani ekanligini ta’kidlab, jamoalarga omad tiladi.
Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Hakamlar hay’ati a’zolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra, Tarix fakultetining “Havoqand yoshlari” jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Abdurauf Fitrat” nomli spektakl 1-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi sahnalashtirgan “O‘tkan kunlar” spektakli 2-o‘rinni, Xorijiy tillar fakultetining “Navras” jamoasi tomonidan tayyorlangan “G‘ulom Zafariy” spektakli hamda Maktabgacha taʼlim fakultetining “Ibrat” jamosi sahnalashtirgan “Ibrat” filmidan parcha 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasida Tarix fakulteti talabasi Muhammadqodir Avazov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Mushtariy Erkinova g‘olib deb topilib, tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram
🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
+6
🏢 Boshlang'ich ta'lim fakulteti
🎞 Xalqaro oila kuni
Oila – insoniy munosabatlar mujassam bo‘lgan muqaddas dargohdir. Oila insonning jon-taniga, taqdir mezonlariga chambarchas bog‘liq xilqatdir. Sog‘lom fikrlovchi har bir odam yoshi, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, oilasining mustahkamligi va farovonligini o‘ylaydi, o‘z baxtini oila a’zolarining baxti bilan bir deb tasavvur qiladi. Bugun birinchi kurs talabalarimizga fakultetimiz namunali ustozlari Ahmedova Nilufarxon va Valieva Muxayoxonlar o'z tajribalaridan oila-naqadar muqaddasligini tushuntirib , chiroyli nasixatlar bilan bo'lishdilar. Davra suxbati judayam qiziqiarli ravishda o'tdi.
Boshlangʻich ta’lim fakulteti koordinatori va 203-guruh talabasi Rustamova Rohilaxon hamkorligida olingan “Talabalar talqinidagi xalq maqollari “ nomli kontentdan qisqacha backstage…)
Repost from Qoʻqon davlat universiteti
#marafon
Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan BeFit marafonida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Muhammadjon Ahmedov 5 km.ga yugurish bahslarida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, 28-aprel kuni Muhammadjon Ahmedov Fargʻona shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” marafonida ham 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram
🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Repost from Qoʻqon davlat universiteti
3-may – Xalqaro matbuot erkinligi kuni1993-yil 3-mayda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilingan va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Ushbu sana ommaviy axborot vositalarini oʻz mustaqilligiga qilingan xurujlardan himoya qilish va huquqlarini amalga oshirishda halok boʻlgan jurnalistlarga hurmat bajo keltirish sanasi hisoblanadi. Qoʻqon davlat pedagogika instituti barcha Ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabriklaydi. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
+3
Boshlang'ich ta'lim fakulteti birinchi kurs talabalar o'rtasida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan shoir hayoti va ijodiga doir" Xalq bo'l elim"nomli davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbatiga Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi dotsent Nizomiddinova Dildoraxon o'stoz taklif etildi. Ustoz shoir qalamiga mansub ko'plab kerakli ma'lumotlar berishdi. Talabalar tomonidan shoir ijodidan she'rlar o'qildi.
Repost from Qoʻqon davlat universiteti
+2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿 🇹🇷
Turkiyalik professor QDPIdaBugun Qoʻqon davlat pedagogika institutiga Erzurumdagi Otaturk universiteti Adabiyot fakulteti professori Huseyin Baydemir tashrif buyurdi. «O‘zbek afsonalari», «O‘zbek xalq ertaklari» kabi qator kitoblar muallifi boʻlgan Husayn Baydemir 1-mayga qadar Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalariga ma’ruzalar o‘qishi koʻzda tutilgan. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
+6
#bugun
Qo'qon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti talaba-qizlari ishtirokida Qo'qon shahar O'rda maydonida "CLEAN GAMES" nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbir O'zbekiston volantiyorlar asatsatsiyasi Farg'ona viloyati kordinatori A.Rasulova tomonidan boshqarib borildi.
Shahrimiz ozodaligiga hissa qo'shish har birimizning burchimizdir.
