Jizzax | Kun.uz
Open in Telegram
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali. Reklama: +998 78 113 10 10 Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Show more3 191
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
3 191
Jizzaxda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ikki nafar bolani urib yubordi
2007 yilda tug‘ilgan bolalardan biri vafot etgan, ikkinchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
👉 https://kun.uz/uz/32776521
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
#Bilasizmi
Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi?
🔹I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;
🔹1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;
🔹1941 – 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
🔹baynalmilalchi jangchilar;
🔹chin yetimlar;
🔹yolgʻiz pensionerlar;
🔹18 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari;
🔹chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlganlar;
🔹“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar;
🔹1 yoshgacha bolali emizikli onalar. tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi.
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Jizzaxda YPX xodimidan qochib ketgan haydovchining mashinasidan pnevmatik to‘pponcha va avtoraqam bo‘laklari topildi
Haydovchi avvaliga pnevmatik to‘pponchani va avtoraqam bo‘laklarini topib olganini, keyin esa noma’lum shaxsdan shunchaki qiziqish uchun olganini aytgan.
👉 https://kun.uz/uz/48401545
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
10 iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Gidrometeorologiya xizmati markazi juma kuni qanday ob-havo kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
👉 https://kun.uz/uz/82812793
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni
Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax vioyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.
✅ Plastik kartadan pullar oʻgʻirlangan
✅ Polietilen suv quvurlari oʻgʻirlangan
✅ Firibgarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay yashashi mumkin
O‘z navbatida rossiyaliklar endi O‘zbekistonda yashash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmay 3 kun emas, 15 kungacha bo‘lishi mumkin. Tomonlar o‘tgan yil imzolagan kelishuv kuchga kirdi.
👉 https://kun.uz/uz/91895771
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
9 iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 9 iyun kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/uz/33018445
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
#Bilasizmi
Benzin sotib olish uchun kimlarga kompensatsiya to‘lanadi?
🔰 Avtomobil benzini sotib olish boʻyicha quyidagi shaxslar uchun oylik pul kompensatsiyalari toʻlovlari joriy etilgan:
👉 Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 Urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 Mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
👉 I va II guruh bolalikdan nogironlarga.
➡️ Kompensatsiya toʻlovi miqdori chakana savdodagi eng koʻp tarqalgan muayyan benzin markasining 40 litri qiymatining 50 foizidan kelib chiqib hukumat qarorlari bilan belgilanadi.
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
May oyida Sirdaryoda qancha tugʻilish qayd etildi?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil may oyida mamlakatda 70 467 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
👉 Hududlar kesimida tugʻilishlar soni:
🔹 Qoraqalpogʻiston R. – 3 116 nafar
🔹 Andijon viloyati – 6 413 nafar
🔹 Buxoro viloyati – 3 478 nafar
🔹 Jizzax viloyati – 3 226 nafar
🔹 Qashqadaryo viloyati – 7 280 nafar
🔹 Navoiy viloyati – 2 177 nafar
🔹 Namangan viloyati – 6 005 nafar
🔹 Samarqand viloyati – 8 798 nafar
🔹 Surxondaryo viloyati – 6 097 nafar
🔹 Sirdaryo viloyati – 1 799 nafar
🔹 Toshkent viloyati – 5 863 nafar
🔹 Fargʻona viloyati – 7 691 nafar
🔹 Xorazm viloyati – 2 683 nafar
🔹 Toshkent shahri – 5 841 nafar
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Sharof Rashidov tumanida fuqaroning uyiga kirib olgan zaharli ilon tutildi
Joriy yil 7-iyun kuni soat 19:30 larda Jizzax viloyati FVB tezkor boshqaruv markaziga Sharof Rashidov tumani Yaxtanlik mahallasida yashovchi fuqarolardan biri murojaat qilib, uning xonadoniga ilon kirib qolganini maʼlum qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan, ilon chaqishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatning oldini olish maqsadida, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Tezkor harakatlar natijasida zaharli ilon tutilib, xavf bartaraf etilgan.
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni
Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax vioyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.
✅ O‘g‘irlik issiq izida fosh etildi
✅ Yotoqxonada saqlangan og‘u
✅ Zaxri qotilni yetishtirib saqlagan
✅ Qidiruvdagi shaxs ushlandi
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Yerdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda kadastr organlari yer egasini xabardor qilgan holda sudga ariza kiritishi mumkin.
👉 https://kun.uz/uz/42114188
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Eksklyuziv kontent!
Mazza jamoasi o‘zbekistonlik millioner Salimboy Abduvaliyev xonadonida mehmon bo‘ldi.
Taniqli tadbirkor bilan ko‘rsatuv davomida choyxona palovi tayyorlandi.
👉 TO‘LIQ VIDЕO
📞 Mazza bilan hamkorlik: +99871 200 54 44
3 191
O‘zbekistonga kirishdagi koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi
2022-yilning 10-iyunidan boshlab O‘zbekiston va xorij fuqarolari uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temiryo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali O‘zbekistonga kirib kelishda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.
👉 https://kun.uz/uz/59240369
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
⚡Endi o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi
«Endi oʻqishni koʻchirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi: turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga oʻtsagina oʻqishini koʻchira oladi.
Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilmaydi», degan Abduqodir Toshqulov.
👉 https://kun.uz/uz/68463930
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
8 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi
Chorshanba kuni ayrim tumanlarda shamol tezligi kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi, tog‘li zonalarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
👉 https://kun.uz/uz/72357612
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Jizzax viloyatida jismoniy shaxslarda qancha avtotransport bor?
2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli 3 268 470 ta avtotransport bor.
Hududlar bo‘yicha:
🔹Qoraqalpogʻiston – 135 872
🔹Andijon viloyati – 223 783
🔹Buxoro viloyati – 212 757
🔹Jizzax viloyati – 90 860
🔹Qashqadaryo viloyati – 260 583
🔹Navoiy viloyati – 97 439
🔹Namangan viloyati – viloyati 218 613
🔹Samarqand viloyati – 392 475
🔹Surxondaryo viloyati – 183 364
🔹Sirdaryo viloyati – 68 278
🔹Toshkent viloyati – 324 154
🔹Fargona viloyati – 325 009
🔹Xorazm viloyati – 210 255
🔹Toshkent shahri – 525 028 ta jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport bor.
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni
Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax vioyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.
✅ Qochoq hibsxonada
✅ YTHda velosipedchi jarohatlandi
✅ Giyohvandlik o'simligi parvarish qilingan
✅ Noqonuniy go'sht savdosiga chek qo'yildi
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
G‘alla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi
Qayd etilishicha, o‘rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g‘alla don korxonalariga topshirilgan va fermerlarga 146 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.
👉 https://kun.uz/uz/76399864
➡️ Jizzax xabarlari
3 191
Jizzaxda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sh.Rashidov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro O.Sh. muqaddam tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha sudlangan.
Ammo u bundan tegishli xulosa chiqarmasdan, takroran oʻz yashash xonadonida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan holda ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelgani natijasida jami 137,7 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2–moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
➡️ Jizzax xabarlari
