Nodir Sanaqulov
Open in Telegram
📝 O’zim uchun qiziq bo’lgan mavzularda postlar yozaman. ✅ Kuzatish majburiy emas. ✈️ Immigratsiya, o’qish va ishlash haqida ma’lumot bermayman. Ma’lumotlarni hammasi youtube va telegram kanalimda bor. 💻 Eng to’liq va to’g’ri ma’lumot uchun: www.migri
Show more294
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Bugun elektr energiyasining birja narxi juda qimmat. Kechga borib 1 kv 2,5€ bo’ladi. Sabab: onomal sovuq havo.
Odatda -16-22 sovuq kunlar 2-3 kun bo’ladi. Oxirgi marta bunday sovuq adashmasam 2016-yilda bo’lgan edi. Bu yil esa boshqacha sovuq. Yakshanbadan beri -18 atrofida. Ikki kundan keyin normal bo’lishi kutilyapti.
Noyabr Finlandiyada qiyin oy. Sovuq va yomg'irli. Keyinchalik bundan ham sovuq bo'ladi, lekin birinchi sovuq kunlar bo'lgani uchun odamlar hali ko'nikmagan bo'ladi. Misol uchun kecha kechasi -2 -4 bo’lgan manimcha.
Kunlar tez qisqarib boraveradi. Shu kunlarda quyosh 8:30 atrofida chiqyapdi. Bu hali 9:25 gacha boradi. Dekabrda yoki ertaroq qor yog'sa hamma joy oppoq bo'lib odam o'zini ancha yaxshi his qiladi. Bu yil shunday bo'ldi.
Bizda shunday yursa faqat bir kishi rahmat aytishi mumkin. U ham bo'lsa farrosh. "Harna-da. Paypoq bilan polni artyapti" deb 😂
Yuqoridagi rasmda bizni menejer. Akamiz qishi-yoz shunday. Bizda bo'lsa hech qaysi ishchi bir tiyinga olmasdi. Madaniyat farqi 😁
Ofisda paypoqda yurish normal. Birinchi kelganimda cultural shocklardan (madaniyat shoki?) biri bo’lgandi.
Universitet ofisida ishlaydigan ayol paypoqda xonasidan chiqib man izlab yurgan xonagacha borib ko’rsatgan edi. Keyin bilsam muhim lavozimda ishlar ekan. Tashqari qor, loy, yomg’ir bo’lishiga qaramay koridorlar yaltirab turardi. Qoyil qolgandim lekin.
“Lekin bular hammasi traktorchini oldida nolda baribir” deganiday baribir ishchilarni ofisga olib kelish qiyin bo’lyapti. Ko’pchilik uyda ishlashga o’rganib qoldi. Yangi ofis va shuncha sharoit ham foyda bermadi. 😁
Ishxonada ajoyib privat dam olish xona bor ekan. O’tgan kuni ishxonaga borganda borib ko’rdim. Manga juda yoqdi. Ovqatdan keyin ozgina mizg’ib olish uchun zo’r joy. 😁
Musulmon ischilar uchun joynamoz ham bor.
O'g'ilcham uxlashdan oldin ertak eshitishni yaxshi ko'radi. Ertaklar bolaning tasavvur qobilyatini rivojlantirish uchun juda muhim. Har safar yoshligimdan esimda qolgan ertaklardan aytib berishga harakat qilaman. O'zbekistondan ertak kitoblar ham olib kelganmiz. Lekin bir o'ylab qarasam ertaklarda "yeb yo'qibdi", "o'ldiribdi", "qornini yoribdi", "yutvoribdi", "man sani yeyman debdi" degan gaplar ko'p uchraydi. Ayniqsa kitobdan o'qib berayotganimda shunaqa joyi kelganda tezda o'zgartirib berishimga to'g'ri keladi. Natijada ba'zan ertakni oxiri bema'ni bo'lib qoladi. O’zgartirmasa qo’rqadi yoki hafa bo’ladi.
Bola uxlashidan oldin zo'ravonlik haqida eshitib o'ylashi qanchalik to’g’ri ekan? 🤔
O’zimizni hovlidagi katta daraxtni kesish uchun ham aniq sababini ko’rsatib hokimyatdan ruxsat olish kerak emish.
Shuning uchun ham Finlandiyada daraxt ko’p bo’lsa kerak. 🤔
Shumtakani bog’chasida mana shu zaryadlanadigan motorli velosiped(?) bor ekan. 8 bolacha uchun muljallangan. Yaqin joylarga olib borish uchun.
Finlandiyada olma yaxshi va ko’p bo’ladi. Olma turi ham ko’p. Ba’zi odamlar terib ko’chaga chiqarib qo’yadi xohlaganlar olsin deb yoki internetda e’lon beradi. (rasm:yle.fi)
🚀 Hindiston kosmik apparatini (lunaxod) Oyga muvaffaqiyatli qo’ndirdi. Bu bilan Oyga yetib borgan to’rtinchi davlat bo’ldi.
O’tgan hafta Rossiya uchirgan apparat qo’naolmay qulagan edi.
Trampolin
Yakshanba kuni ertlaba qo’shni bilan gaplashib turgandik. Bizni shumtaka maqtanib “bugun trampolin olgani boramiz” dedi. Xayrlashib uyga kiramiz deb turganda orqamizdan kelib “bizni trampolinni bermoqchimiz agar xohlasayiz” dedi. Anchadan beri omborxonasida turgan ekan.
Birdan o’rnatib oldik. Bolalar maza qilyapti lekin.
O’rmonda mevalar pishdi. Kecha qizim bir chelak chernika terib keldi. Xozir buni narxi 40-45€. Biz narxini bitta kino biletiga kelishdik. 😁
Sharmanda 🤦🏻♂️
Xitoyda o’tkazilayotgan xalqaro musobaqada Somalilik sportchi 100m masofani 21 sekunda o’tgan. Bu birinchi kelgan sportchidan 10 sekund orqada degani.
Internetda shov-shuv bo’lib davlatini sharmanda qildi. Xatto Forbes, Insider, Washington Postda ham chiqdi. Tanish-bilish va korruptsiya bo’lgandan keyin shu-da. 😂
Shu bug’u har safar yanada yaqinroq kelyapti. O’zbekligimizni bilmaydi manimcha. 😁 100% tabiiy 🥩
