cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☎️Matbuot xizmati: +998(72) 222-90-38 🇺🇿Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi 🇺🇸Department of culture of Jizzakh region 🇷🇺Управление культуры Джизакской области

Show more
Advertising posts
3 400
Subscribers
+3424 hours
+497 days
+23230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

✅ 6-may kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida "Musiqashunoslik va fortepiano ijrochiligi" uslubiy birlashmasi o'qituvchisi Z.Qodirova tomonidan "Chaykovskiyning 184 yilligiga bagʻishlangan" mavzusida seminar tashkil etildi.
Show all...
🔸Xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat xoreogгafiya akademiyasida hamda teatr yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. 🔹Zoom platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilinayotgan malaka oshirish kurslarida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari “Xoreografiya” hamda “Teatr san’ati” yo‘nalishi o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Show all...
⚡️ 6-may kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Teatr san'atini rivojlantirish masalalari yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. ✅ Yig'ilishda davlat buyurtmasi hamda repertuar reja asosida teatrlarda sahnalashtirilgan spektakllarning mutaxassislar ishtirokida muhokamasi o'tkazildi. ✅ Farg'ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Sirdaryo viloyatining teatr rahbarlari, bosh rejissorlari, adabiy bo'lim mudirlari hamda sahnalashtirilishi rejalashtirilgan asarning sahnalashtiruvchi ijodiy jamoasi ishtirok etgan yig'ilishda sohaga oid loyihalar ko'rib chiqildi va tegishli tarkibiy bo'linmalarga topshiriqlar berildi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
Xalqaro folklor festivalidan munosib gʻalaba bilan
📌Forish tumani “Bogʻdon” folklor etnografik xalq ansambli qoshida tashkil etilgan "Besh tosh" jamoasi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida bo'lib o'tgan “Boysun bahori" xalqaro folklor festivalida munosib ishtirok etib qaytdi. ✅Jamoa festivalda milliy xalq oʻyinlari va tomosha sanʼati yoʻnalishida faxrli 2-o’rinni egallab, diplom, festival belgisi (statuetka), pul mukofoti bilan taqdirlandi. 🖇Jamoaning erishgan yutugʻi bilan tabriklab, kelgusida bundanda yuqori natijalarni kutib qolamiz.
Show all...
👍 1
#Boysun_bahori ✨Xabaringiz bor, 1-6 may kunlari Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tda. ⚡️Ushbu festivalda Zarbdor tumani Madaniyat bo‘limi qoshidagi "Oypari" folklor jamoasi milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, “Eng ahil jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Show all...
🔰“May oyi – mahallalarda madaniyat va ma’rifat tadbirlari oyligi” ❇️Oylik doirasida 11, 18, 25 va 31-may kunlari viloyat musiqali drama teatrida bayramona konsert dasturlari namoyishi rejalashtirilgan. ✨Viloyat aholishi va mehmonlarini ushbu konsert dasturlariga taklif etamiz!
Show all...
#madaniyat_va_marifat_oyligi
Forish tumanida “May oyi – madaniyat va ma’rifat oyligi” doirasida mahallalarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
❇️ 2024-yil 3-may kuni oylik doirasida Forish tumani 30-son madaniyat markazida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan “To‘ylar muborak” spektakli namoyish etildi. 📌Joylarda madaniyat va ma’rifat oyligi davom etmoqda.
Show all...
👍 1
✍️Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida ma’naviyat va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh ijodkorlarni kashf etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Jumladan, Zafarobod tumani axborot kutubxona markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yosh kitobxon oila" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. 🤝Ushbu tanlovda "Nurafshon" mahallasidan ishtirok etgan Jumayevlar oilasi g'olib bo'lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Show all...
#Tadbir   🔰 3-may kuni Jizzax shahar 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabida Jizzax shahar Madaniyat bo'limi hamda Milliy gvardiya Jizzax viloyat bo'yicha boshqarmasi hamkorligida "Ibratli harbiy oilasi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.   🎵 Tanlovning badiiy musiqiy qismida Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi qoshidagi "Sangzor" estrada xalq havaskorlik jamoasi xonandalari, "Sayxon" sadolari ashula va raqs ansambli sozandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar harbiy askar oila a'zolariga o'zgacha ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Show all...
#Mahorat_dars                                                               ✅ 4-may kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Aktyorlik san'ati" yo'nalishi o'qituvchi va o'quvchilari O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutida tashkil etilgan "Mahorat darsida" ishtirok etishdi. ❇️ Shuningdek, "Muqimiy" nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurib, madaniy xordiq olishdi.
Show all...
Go to the archive of posts