Lazzat sirlari 💋
Closed channel
Erkak🤴 va ayol👸 oʻrtasidagi nozik munosabatlar haqida gaplashamiz🙈 ❗18 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, sahifadan chiqib ketishingizni soʻraymiz❌
Show moreUzbekistan13 119The category is not specified
6 960
Subscribers
No data24 hours
-1047 days
-42330 days
Posts Archive
6 960
Қизингизга қандай муомала қилишларини хоҳласангиз, хотинингизга ҳам шундай муомала қилинг!
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Qizlik (bokiralik) pardasi
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Bokiralik pardasi qizlar qinini tashqi tomondan “yopib” turadi. Pardaning bir yoki bir necha kichik teshiklari borki, ular orqali hayz suyuqligi tashqariga sizib chiqadi. Pardaning sezuvchan asab tolalari mo‘l bo‘lgani bois, nikoh kechasidagi ilk jinsiy yaqinlashuv paytida parda yirtiladi va undan qon kelishi kuzatiladi. Qonning miqdori parda shakliga bog‘liq. Ushbu tabiiy jarayon tibbiyotda defloratsiya hodisasi, deb yuritiladi.
Qizlik pardasi qanday joylashgan?
Tajribalarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, qizlik pardasi, asosan, 6 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigani qin devoridan 4-5 mm. qalinlikda bo‘lib, ko‘pchilik qizlarda uzuksimon ko‘rinishda bo‘ladi. Shuningdek, qin devoridan 2-3 mm. qalinlikda to‘lqinsimon o‘smamonand, to tug‘ruq davriga qadar davomli jinsiy yaqinliklardan qat’i nazar, saqlanib turuvchi turi (aynan shu turida birinchi aloqadan so‘ng qon sezilar-sezilmas kelishi mumkin) va o‘rtasida bir-ikki teshiklari, kesimlari bo‘lgan parda ham uchraydi. Juda kam uchraydigani pardaning to‘liq yopiq turi bo‘lib, u 12-13 yoshdan boshlab hayz ko‘ra boshlaydigan qizlar uchun muammo tug‘diradi. Chunki oylik hayz o‘z vaqtida tashqariga chiqa olmagani tufayli, bachadonda to‘planib, kuchli og‘riq beradi. Bunday holatlarda ginekolog-shifokorlar pardaning o‘rtasidan “+” shaklida kesimlar ochib qo‘yishadi.
Ilk jinsiy aloqada qizlik parda yirtilmasligi mumkinmi?
Ba’zan, dastlabki jinsiy aloqa vaqtida, hatto undan keyingi aloqalarda ham bu parda tugal yirtilib ketmaganligi kuzatilgan. Va parda qoldiqlari tug‘ish vaqtidagina tugal tushib ketgan. Shu bilan birgalikda parda butunligi saqlangan holda homilador bo‘lib qolish holatlari ham yo‘q emas. Bunda ham parda tug‘ruq vaqti to‘liq bartaraf etiladi.
#малумот_учун #Ayollar_Salomatligi
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Савол:
Туғруқдан кейин белим тез-тез оғрияпти, нима қилай❓
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Туғруқхонадан чиққанимга уч ҳафта бўлаяпти. Белимдаги оғриқ тез-тез безовта қилаётганидан ташвишдаман. Баъзан сийдик ажралишида ачишиш ҳам сезилади. Аввалроқ пиелонефрит билан оғриб, даволанган эдим. Қандай тавсия берасизлар❓
Жавоб: Муяссар НАЗИРОВА, акушер-гинеколог:
Янги туққан аёл организмидаиммунитет сусайиши кўп учрайдиган ҳодиса. Энг ёмони, бундай пайтда сурункали касалликлар қўзғалиши учун қулай имконият юзага келади. Агар сизда аввалдан пиелонефрит касаллиги бор бўлиб, тўлиқ даволанмаган бўлсангиз, туғруқдан сўнг организмнинг бўшашганлиги ҳисобидан хасталик қайта хуруж қилаётган бўлиши мумкин. Пиелонефрит — буйрак ва буйрак жоми яллиғланиши касаллигида тана ҳароратининг кўтарилиши, қўл ва оёқларда увишиш ва белда оғриқ туриши билан кузатилади. Яллиғланиш қайси тарафда кўпроқ бўлса, ўша томон нисбатан қаттиқроқ оғрийди.
Тавсия: кўпинча, янги туққан аёллар сурункали касалликлар хуруж қилиши мумкинлигини унутиб, оғриқсизлантирувчи муолажалар билангина кифояланишади. Бу эса касалликни даволамай, бироз тинчлантиради, холос. Белдаги оғриқ тезлашса ва зўрайса, шифокор билан маслаҳатлашган ҳолда таҳлил намуналарини топшириб, зарур муолажаларни олинг.
#малумот_учун #Ayollar_Salomatligi
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
👧Қиз бола:
(Жадвалдаги бўй кўрсаткичларидан +/- 8 смга ва оғирлик кўрсаткичларидан +/- 4 кг га у ёки бу томонга четлашиш нормал ҳисобланади)
Ёши Бўйи Вазни
(см) (кг)
1 - 74 - 8.9
1.5 - 80.7 - 10.2
2 - 86.4 - 11.5
2.5 - 90.7 - 12.7
3 - 95.1 - 13.9
4 - 102.7 - 16.1
5 - 109.4 - 18.2
6 - 115.1 - 20.2
7 - 120.8 - 22.4
8 - 126.6 - 25.0
9 - 132.5 - 28.2
10 - 138.6 - 31.9
6 960
👦.Ўғил бола:
(Жадвалдаги бўй кўрсаткичларидан +/- 8 смга ва оғирлик кўрсаткичларидан +/- 4 кг га у ёки бу томонга четлашиш нормал ҳисобланади)
Ёши Бўйи(см) Вазни(кг)
1 - 75.7 - 9.6
1.5 - 82.3 - 10.9
2 - 87.8 - 12.2
2.5 - 91.9 - 13.3
3 - 96.1 - 14.3
4 - 103.3 - 16.3
5 - 110 - 18.3
6 - 116 - 20.5
7 - 121.7 - 22.9
8 - 127.3 - 25.4
9 - 132.6 - 28.1
10 - 137.8 - 31.2
6 960
(✿◠‿◠) ♛ Боланинг бўйи ва вазни кўрсаткичлари.
Tаблица 10-ешгача булган болажонлар учун.
#Foydali #Bolaparvarishi
@genekologiya
6 960
Homilador bõlish yõllari
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
Ba'zi ayollar bu savolni bermay turib oson homilador bo'lib qoladilar, ba'zi sog'lom juftliklarda esa, bir nech oy davomida saqlanilmagan jinsiy aloqa bo'lishidan qat'iy nazarhomiladorlik vujudga kelmaydi. Ayol tabiiy ravishda tezroq homilador bo'lib qolishi uchun quyidagilarni bilishi lozim:
Homiladorlik tezroq yuz berishi uchun:
1. Ayol o'z ovulyasiya kunlarini bilishi darkor. Aynan ovulyasiya kuni yoki undan 1-2 kun oldin va keyin sodir bo'lgan jinsiy aloqa natijasi homiladorlikbo'lishi mumkin. (Ovulyasiyani aniqlash yo'llari haqida bu yerda batafsil o'qing).
2. Tezroq homilador bo'lish uchun
ayol jinsiy aloqadan so'ng kamida 30 daqiqa davomida o'rnidan turmay yotishi spermatozoidlarning bachadon bo'yni tomon harakatlanishini, natijada ayol tuxumdoni urug'lanish imkoniyati oshishiga yordam beradi.
3. Er-xotin stressdan xoli bo'lishi kerak. Qarindoshlarning, qo'ni-qo'shnilarning "Nega ikkiqat bo'lmayapsan?","Tezroq ikkiqat (homilador) bo'lish kerak", degan gaplarini o'ylab siqilib yurishhomiladorlik vujudga kelishini ortga suradi.
Homilador bo'lish niyatidagilar yaxshi xayolda bo'lib, asabiylashmay, janjallashmay, hadeb homilador bo'lish haqida o'ylab yurmay, yaxshi kayfiyatda bo'lishlari foydali bo'ladi.
4. Jinsiy aloqadan so'ng ayol tezda yuvinmasligi kerak. Ba'zi sovunlar spermatozoid sifatiga ta'sir ko'rsatib, uning urug'lantirish qobiliyatini va harakatchanligini pasaytirishi mumkin.
5. Ayol homilador bo'lishi uchun o'zi ham, eri ham ichish va chekishni imkon qadar kamaytirishi yoki umuman tashlashi kerak. Alkogol va nikotin spermatozoid sifatiga va harakatlanuvchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
6. Erkak jinsiy a'zolarini juda ham isitib (masalan, saunada) va aksincha, juda ham sovutib (qish kunlari) qo'ymasligi lozim. Jinsiy a'zolardagi yuqori harorat va muzlash erkak spermatozoidlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Undan tashqari erkaning ichki kiyim va shimi siqmaydigan, qizdirmaydigan, bo'shroq turadigan bo'lishi kerak.
7. Mavrak (shalfey) damlamasi ham homilador bo'lishga yordam berishi aniqlangan. Mavrak tarkibidagi moddalar spermatozoidni ayol tuxumdoni tomon tezroq harakatlanishini ta'minlashi aniqlangan. Hayz tugaganidan keyin 11 kun davomida ayol mavrak damlamasidan kuniga 2-3 mahal 1 osh qoshiqdan ichishi kerak.
Mavrak damlamasi: 1 choy qoshiq mavrak o'ti 1 stakan qaynagan suvda damlanadi.
8. Spermatozoidning sifati va miqdori jinsiy aloqalar soniga ham bog'liq. Shuning uchun ovulyasiya kunidan oldin 2-3 kun davomida jinsiy aloqada bo'lmay, aynan ovulyasiya kuni aloqada bo'lish tavsiya etiladi. Shunda spermatozoidlarni miqdori ko'paygan, sifati esa yaxshilangan bo'ladi.
9. Ba'zi dietalar ham homilador bo'lishga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun homilador bo'lishni rejalashtirayotgan ayol dieta tutmasligi kerak.
10. Ko'pchilik xush ko'radigan kofe homilador bo'lish imkoniyatini oz bo'lsada pasaytiradi. Shuning uchun kofe va kofeinga boy mahsulotlardan voz kechib turgan ma'qul.
11. Erkakning ovqatlanish rasioniga ahamiyat berish kerak. Spermatozoidlarning harakatlanuvchanligini oshiruvchi go'sht, baliq va danaklardan ko'proq yeyish maqsadga muvofiq bo'ladi.
12. Toza havo va sog'lom hayot tarzi homilador bo'lish uchun eng yaxshi vosita. Homiladorlikka tayyorlanuvchi er-xotin har kuni kamida 1-2 soat davomida toza havoda bo'lishi, radiasiya va virusli infeksiyalardan xoli bo'lishi kerak.
#Homiladorlik #Ayollar_Salomatligi
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Normal xayz davri:
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
28-35 kunni tashkil etuvchi, 3-7 kun qon ketish bilan xarakterlanadigan sikl. 3 ta turga bolinadi:
- Amenoreya, gipomenstrual sindrom (6 oygacha xayz davri bolmasligi)
- Kuchli qon ketish bilan xarakterlanadigan menstrual sikl buzilishlari
- Ogriqli xayz davri (oligodismenoreya)
SABABLARI:
- Kichik tos azolari infeksiyasi
- Gormonal ozgarishlar
- Kuchli emotsional zo’riqish
- Tabiiy va fizik faktorlarning tasiri (klimat ozgarishi, kop quyoshdan nurlanish)
- Bolalikda kop kechirgan shamollashlar (12 yoshgacha)
- Boshdan kechirgan qizilcha va suvchechak.
BELGILARI:
- Menstrual sikl qisqarishi
- Qon xajmining kamayishi
- Sikl regulyarligi buzilishi
- Menstruatsiya vaqtida ogriq
DIAGNOSTIKA:
- Ichki azolar UTTsi (buqoq bezi, buyrak usti bezi)
- Qon va siydikka analiz topshirish
- Jinsiy yol bilan yuqadigan infeksiyalarni oldini olish
- Bachadon ichki qavatini tekshirish (endometriy)
DAVOLASH:
- Ginekolog-endokrinolog korigi
- Organizmda sertotonin va endorphin miqdorini qoplash
- Osimlik ektratlari sosida dorilarni qabul qilish
- Antibakterial davolash
- Vitaminalar
- Fizioterapiya
ASORATLARi:
- Bachadon ortiqlari yalliglanishi
- Sistitlar
- Tuxumdon va bachadonning xavfli va xafvsiz osmalari
- Bepushtlik
PROFILAKTIKA:
- Emotsional zo’riqishlardan saqlanish
- Jismoniy mashqlarni nazorat qilish
- Tana vaznini optimal saqlash
- Vitaminlar
- Yiliga 2 marta fizioterapevtik profilaktika
Manbaascdoctor.uz
#малумот_учун #Ayollar_Salomatligi
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
〰〰🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃〰〰
⁉️ Аменорея Белгилари!
🌸 @Genekologiya
Аменореянинг асосий белгиси ҳайзнинг кузатилмаслиги бўлса-да, ўзгаришлардан огоҳлик берувчи бошқа аломатлар ҳам йўқ эмас. Улар қуйидагилардир:
⚜ кўкракдан оқиш ажралма келиши;
⚜юз терисида тукларнинг кўпайиши;
⚜тос соҳасидаги оғриқ;соч тўкилиши;
⚜тушунарсиз ва тез–тез кузатиладиган бош оғриқлари;
⚜ҳуснбузар тошиши.Ҳайз кўрмаётганимнинг боиси нима бўлиши мумкин?
❓Қандай текширувлардан ўтишим зарур?
❓Тайёргарлик шартми?
❓Даволашнинг қандай усуллари бор?
❓Менга нимани тавсия этасиз? каби саволларни аввалдан тайёрлаб олинг.
Ўз навбатида шифокор ҳам сизни сўроққа тутади:
⁉️Биринчи ҳайз кўришингиз неча ёшда содир бўлган?
⁉️Охирги ҳайз кунини айтоласизми?
⁉️Фарзанд кўрганмисиз?Контрацепция воситаларидан фойдаланасизми? (тури, ножўя таъсири бўлганми, фойдаланиш давомийлиги);
⁉️Стресс, кучли асабийлашиш кузатилмаганми?
⁉️Вазн ортиши ёки камайиши билан муаммо бўлганми?
⁉️Қандай касалликлар билан оғригансиз?
⁉️Кун тартибингиз қандай? (жисмоний фаоллик, уйқу, таомланиш).
👆🏻 Санаб ўтилганларнинг барчаси бирваракайига учрамайди. Ташқи аломатлар аменореяни келтириб чиқарган омилга боғлиқ. Масалан, ҳайз кўрмаслик балоғат даврида аниқланди дейлик. Бунда кўкракларнинг меъёрда ривожланмагани, қўлтиқ ости ва човда тукланишнинг мавжуд эмаслиги (кеч бошлангани ёки камлиги), қомат шакли кабиларга диққат қилинади.
⚜ Кўрикка тайёргарлик
Ой кунларининг кузатилмаслиги юзасидан гинеколог шифокорга мурожаат қилинг. Кўрикка боришдан аввал кичик тайёгарлик жараёнига диққат қилсангиз, фойдадан холи бўлмайди. Дастлаб, сизни хавотирга солган, ноодатий туюлган барча симптомларни ёзиб чиқинг, аввал бирор касаллик билан оғриган, бирор препарат ёки витамин қабул қилган бўлсангиз, буни ҳам қайд этинг. Яқин қариндошлар орасида ҳайз кечикиши билан боғлиқ ҳолат бор йўқлигини суриштиринг. Мутахассис ҳузурида:
💢 Ташхислаш усуллари
Кўрик вақти шифокор жинсий аъзоларнинг гинекологик ҳамда ультратовуш текширувини ўтказади. Сўнг кўкраклар шакли кўздан кечирилади. Бу жинсий етилишнинг қай ҳолатда кечгани ва мавжуд касалликларни аниқлашга ёрдам беради.
Организмда гормонал ўзгаришлар бор-йўқлигини аниқлаш мақсадида қалқонсимон без текшируви (қондаги тиреотроп гормони миқдори), тухумдонлар фаолияти (фолликула стимулловчи гормон), проклатин ва эркаклик гормонлари таҳлили ўтказилади. Бундан ташқари компьютер томографияси ҳамда магнит резонанс томография текширувлари ҳам ўтказилиши мумкин.
Жинсий ҳаёт тарзига эга аёлларда қўшимча равишда гистероскопия текшируви ҳам бажарилиши мумкин. Бунда қин орқали бачадон бўйнига махсус диагностика аппарати киритилиб, бачадон бўшлиғи баҳоланади.
🌸 @Genekologiya 🌸
6 960
АЁЛЛАРДА УЗ УЗИНИ ҚОНДИРИШ
🎀 @Ginekologiya 🎀
Афсуски охирги пайтларда аёллар онанизми ҳам кўп учраётганлиги эътироф этитмоқда. Шартли тарзда қизларга хос— бокиралик даври онанизми ва жувонларга хос онанизм турларини тафовут қилиш мумкин.
Заифалар онанизмини бажарилиш шаклига кўра уч турга ажратиш мумкин:
1) клиторни таъсирлантириш;
2) қиннинг таъсирчан ҳудудига тегиш;
3) мураккаблашган, аралаш онанизм турида эса бир вақтнинг ўзида ҳам клитор, ҳам қин таьсирчан ҳудудлари таъсирлатирилади.
Аёллар онанизми эрининг мижози сустлиги, шаҳватни тез тўкиши, бефаросатлиги боис қониқиш ҳиссини мунтазам равишда туймаган ёки турмуш ўртоғидан барвақт ажралиб қолган за-ифаларда тез-тез учраши кузатилади. Бу тоифа аёллар кўпроқ мураккаблашган онанизм тури билан шуғулланадилар ва бу ҳол одатда хатарли асоратларга олиб бормайди.
Охирги пайтларда кўпайиши кузатилаётган бокиралик даври онанизми билан узоқ вақт, эҳтиросли тарзда машғул бўлиш камдан-кам ҳолларда бўлсада, қуйидаги асоратларга олиб келиши мумкин экан:
(maqola boyicha savolaringiz bolsa @genekolog_bot ga yozib qoldiring)
1. Узоқ вақт бу одат билан машғул бўлиш бора-бора асл меъёрий шаҳвоний ҳиснинг сўнишига олиб келиши мумкин.
2. Бу бачкана машғулот айнан клиторнинг сезувчанлигини кескин ошириб юбориши боис, қизлар турмуш қурганларидан сўнг анчагача жинсий алоқадан лаззат ҳиссини туя олмасликлари мумкин.
3. Бокиралик даври онанизмида нафақат механик қитиқланиш балки хаёлий жуфт (кўпинча ҳинд киноюлдузлари)нинг иштироки хам муҳим ўрин тутади ва бўлажак турмуш ўртоғи ўша хаёлдаги идеалнинг ўрнини босолмайди. Натижада, айримлар турмуш қургандан сўнг ҳам бу иш билан шуғулланишда давом этадилар. Баъзида бу ҳол оилаларнинг бузилишига хам олиб келади.
4. Ўта харисманд қизлар бокиралик даврида онанизм билан эҳтиросли машғул бўлаётиб, нафақат клиторни, балки беихтиёр қин ичини ҳам таъсирлантиришга ўтганликларини ўзлари билмай қолишади. Натижада, иффат пардасига дарз етишии эҳтимолдан холи эмас.
🎀 @Genekologiya 🎀 Maqola Yoqan Bolsa Dostlaringizga Ham Tafsiya Eting
