cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-5 muhim tashabbus

@Ibn_Sin_ 5_muhim_tashabbus

Show more
Advertising posts
600
Subscribers
+524 hours
+127 days
+3630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from @IbnSinoMaktab.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Abu_Ali_ibn_Sino_nomidagi_ ixtisoslashtirilgan_ maktab #qabul_2024 #1 - iyundan_20 - iyungacha 📣📣📣 ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2024-2025-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI! ✅ 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ❓Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi? 📗 Talabgorning: ➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan) ➖ baholar tabeli nusxasi ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumoti va telefon raqami aniq va bexato kiritilishi lozim. 2024-2025-o'quv yilida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi. ✅ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ta]lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi. 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni Agentlik va maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube Maktabni ijtimoiy sahifalariga ulanish: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Show all...
Repost from @IbnSinoMaktab.uz
#V_ilmiy_amaliy_Konferensiya 📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan "Ilm sari ilk qadam" mavzusidagi V ilmiy-amaliy konferensiya jarayonidan foto lavhalar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Show all...
Repost from @IbnSinoMaktab.uz
02:17
Video unavailableShow in Telegram
#19may #uzbekiston24 Axborot 24 | «Ilm sari ilk qadam» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Show all...
Repost from @IbnSinoMaktab.uz
#V_ilmiy_amaliy_Konferentsiya ✍️"Ilm sari ilk qadam" mavzusidagi V ilmiy-amaliy konferensiyasi mehmonlari tomonidan o'quvchilarning mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari davomida amalga oshirgan izlanishlari va o'tkazgan tajribalari himoyasini mahorat bilan qilganliklari yuksak baholandi. 🔻Xususan ✔️ O'zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti professor o'qituvchilari tomonidan 4 nafar o'quvchining ilmiy ish taqdimotlari yuqori baholanib ularga universitetning esdalik sovg'alari taqdim etildi. 📣Shuningdek, Farmatsevtika Texnik Universiteti rahbariyati tomonidan o'quvchilarning mustaqil ilmiy tadqiqot ishlaridagi mavzularning dolzarbligi, muammoni mazmunan to'g'ri aniqlanganligi va uning yechimiga amaliy tajribalari orqali aniq javob topganliklarini inobatga olib, 10 nafar bitiruvchi o'quvchilar grant asosida talabalikka qabul qilinganligi e'lon qilindi (5 yilllik ta'lim, bakalavr va magistratura, har bir o'quvchi uchun 175 mln. so'm ajratiladi). ✔️ Konferensiya so'ngida maktabning 72 nafar bitiruvchi o'quvchilari mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanganliklari va munosib himoya qilganliklari uchun "Sertifikat" bilan taqdirlandilar. Anjuman mehmonlarining takliflarini inobatga olib, kelgusi yillarda ushbu konferensiyani yanada takomillashtirilgan holda va keng miqyosda tashkil etish rejalashtirildi. Bu o'quvchilarda o'zgacha kayfiyat, ishonch, yanada ko'proq mustaqil bilim olish va amaliyot bilan shug'ullanishga zamin yaratadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Show all...
Repost from @IbnSinoMaktab.uz
#V_ilmiy_amaliy_konferentsiya ⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o'quvchilarning fundamental fan asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish hamda o'quvchilarning ilm-fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mustaqil ilmiy tadqiqotchilik faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish va qo'llab-quvvatlash maqsadida "Ilm sari ilk qadam" mavzusida V ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi. ✔️ Anjumanda maktabning 20 nafar 10-11-sinf o'quvchilari o'z mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari yakuni, erishilgan natijalar bo'yicha ma'ruzalarini taqdimot shaklida himoya qildilar. ✅ Konferensiyada 30 ga yaqin respublikamiz va xalqaro miqyosdagi oliy ta'lim tashkilotlarining professor o'qituvchilari, akademiklar va ilmiy darajaga ega soha mutaxassislari ishtirok etdilar. 🔻Xususan:Jurayev Risboy Xaydarovich - Pedagogika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Fan arbobi, akademik ➖O'rinov Ulug'bek Komiljonovich - Toshkent Texnika universiteti, Neft va gaz fakulteti dekani, Texnika fanlari doktori, professor ➖Amirqulov Nuriddin Sayfullayevich - Toshkent Texnika universiteti, Neft va gaz fakulteti kafedra professori ➖Abdumalik Jumanov - Farmatsevtika Texnik Universiteti rektori, texnika fanlari doktori ➖Yong Ill Le - Farmatsevtika Texnik Universiteti Kimyo fanlari doktori, professor ➖Abduraxmonov To'xtasin - O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti dekani, Biologiya fanlari doktori, professor ➖Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna - O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti denaki, Kimyo fanlari doktori, professor ➖Kamolova Nasiba Qurbonovna - Pedagogika fanlari doktori, faxriy ustoz va ko'plab soha mutaxassislari shular jumlasidandir. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Show all...
Go to the archive of posts