cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Farangiz Murodova|O'zbek qizi

She'riyat,asarga taqrizlar,sayohat,ichki kechinma va yutuqlar❣️📚 Siz bilan o'qigan kitoblarimdan tashqari jiddiy mavzularda ham gaplashamiz.

Show more
Advertising posts
759
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kasbning eski,yangisi bo'ladi(mi)? Reklama,instagram va internet tarmog'i rivojlangan davrda bizda mobilograf,smm,montajchi,operator,fotografchilarga talab yuqorilab ketdi.Bundan taxminan 7-8 yil oldingi vaqtga nazar tashlaydigan bo'lsam,bizning bir qarindoshimiz fotograf va montajchi edi.Bizni,qarindoshlarni rasmga olib yurardi.Ammo kulib aytadida hozirgilar soqqani soqqaga uryapti lekin. Bizda shunday,nimaga talab kuchaysa hamma shunga o'zini uradi.Nima uchun aynan bizga kerakli bo'lgan,texnologiys,neft-gaz,chorvachilil sohalari oqsayapti.Statistikani ko'rib chiqqan edim,bu yo'nalishga talabalar kam. Bu bilan axborot-texnologiyalari kerak emas demoqchi emasman.Raqamlashtirish baribir bizga globallashuv davrida judaaa zarur.Ammo bu degani boshqa sohalar eskirib ketdi degani emas. Kasbning eski,yangisi bo'lmaydi.Inson doimo o'zi sevgan kasbda bo'lishi kerak.Eshitishim bo'yicha,mobilograflar olgan proyektlari uchun anchagina hatto o'qituvchilardan ko'p mablag'ga ega bo'lishar ekan. Bu sohaning ham noni yeyish oson emas.Chunki bir maqolani yozish uchun kuni bilan kompyuter yonida o'tirsak,ko'zlarimiz og'rib ketadi. Mol doktorligi bo'yicha o'qiganlarni voyy shu bo'yicha o'qiyaptimi,kontrakt to'lashiga arzimaydi deyishadi.Ammo,hayvonlarni davolaydigan doktorlar O'zbekistonda kamchilikni tashkil etadi. Aslini olib qarasak,barcha kasblar bizning turmush tarzimiz uchun zarur.Shunday ekan,kasbning eski,yangisi bo'lmaydi. Shifokorlarni ham aytishadi,salqin xonalarda bir-ikkita bemor bo'lsa qarab o'tiradida deb.Ammo eng og'ir holatdagi bemorlarning aksariyat kasalliklari shifokorlarga ham yuqib,ular ham shu dardni boshidan o'tkazishini aytmaymiz. Bu bilan nima demoqchiman,dunyoda oson kasbning o'zi yo'q.Qachonki,biz har bir so'zning mag'zini chaqar ekanmiz,shundagina o'z ishimizning ustasi bo'lamiz.Bu degani chumchuqni so'ysa ham qassob so'ysin. @farangizkhan_murodova
Show all...
🔥 1
Har kuni men uyda Shum bola bo'lyapman o'ziyam.Yokida Shurik qatnashgan bir kinoda qamalgan odam nimaga ishga desa men deb aytaveradiku,uyda men ham shunday deyman. O'rik terishga-men,olmadan qoqi qilishga-men,idish yuvishga-men,mollarga suv berishga-men,tovuq boqishga-men deb yuribmanda hammasiga tayyor bo'lib. Yoki o'rikni terish kerak,innankeyinchi deydi dadam,danagini chaqish kerak,yanachi bonka yuvish kerak,bonka yopish kerak yanachi degan vaqtda boshimga bitta o'rik tushdiyu,o'qishga olib ketishga qoqi qilish kerak deb ko'zimdan yoshimni oqizib qolaverdim) Qozon-tovoq institutiga tayyorlanayotgan har bir qizga mahorat darsi mendan bepul sovg'a😂 @farangizkhan_murodova
Show all...
😁 9
Menga kitob sovg'a qilish niyatingiz bo'lsa,bemalol qabul qilaman.Shu kitobni olib bersangiz,bir umr duo qilib o'taman😍
Show all...
2
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
📕 Faqat u qoldi 👤 Xurshid Abdurashid 📗 Yumshoq muqova 💵 25.000 ⚙ Yangi 📍 Oʻzbekiston boʻylab shahar markazlarigacha yetkazish bepul! Xarid uchun: @uch_minus 👉 @kitobdorr_uz
Show all...
❤‍🔥 1
@gullayotganyurak men o'zimni topgan kanalim.Qaysidir jihatdan mening o'zgarishimga ham sababchi bo'lgan nuqtalari bor
Show all...
🥰 5
Точка внимание! https://www.instagram.com/reel/C9IAxnmNMaw/?igsh=NjJ1dGNzNjJjZ2Fh mana shu videoni ko'ring.Bilaman daun sindromining davosi yo'q deyishadi.Ammo,ular ozgina kun kechirsada baxtli yashashga haqqi bor,bolalar.Bizdan faqat ezgu amallar qoladi.Iloji bo'lsa,qo'lingizdan kelgancha 9860 0824 3952 3802 Gulsanam Amrilloeva ko'rsatilgan kartaga pul tashlang.Axir toma-toma ko'l bo'ladi🥰 @farangizkhan_murodova
Show all...
👏 2
Bugun kun bo'yi berilgan savollar 1-qism: 1.Unashtirilganmisiz? 2.Yoningizdagi ayol qaynonangizmi?(eng qizig'i u ayolni umuman tanimayman) 3.Qachon turmush qurmoqchisiz? 4.Tilchi bo'lsangiz,ertaga qayerda ishlaysiz? 5.Sevganingiz bormi,bo'lsa nechanchi yil? 6.Meni akam bor,sizga o'xshagan qiz qidiryapmizda o'zi Voy,men bir ko'chaga yumush bilan chiqmay ekan.Shuncha savol tagida qolib ketdim. @farangizkhan_murodova
Show all...
😁 8👍 3💅 2 1
O'z yo'nalishingning mutaxassisi bo'lishing uchun ko'proq ilm olib,yangilik yarata olishing kerak.O'zbek tili va adabiyotida hali o'rganilmagan qanchaaaaaa manbalar va bilimlar bor. Sen esa,qishloqda kosa-tovoq yuvish,shuncha,ish qilsangda "o'zi nimani qoyillatuvding"degan so'zlar bilan o'ralishga majbursan.Nima bo'lsa sen qiz bolasan,erkinlik istasang,"hali erkin qush bo'lmoqchimisan yuraver unda",""qo'shnining qizini qara hamma ishni qoyillatadi","voyey biram nimjonsan ertaga qanday eplaysan". Eng alam qiladigan jihat bo'lsa,kitobni qo'linga ushlagan vaqtingda ko'zlariga baloday ko'rinib qolasan va bu asl haqiqat. Yana sen shuncha ishni zimmanga olganingdan keyin,ustozing yozda mazza qilib dam olib kelyapsan.Nimadir yozdingmi deb so'rasa qaysi devorga boshingni urishni bilmaysan. Bu bilan sharoit yo'q demoqchi emasman,feminizmni ham talab qilmayman.Lekin bizni ham tushunishlarini xohlayman. Men o'qituvchiman.Millat farzandlarini tarbiyalayman.Hozir o'rganib,bilim olmasam,millat bolalarining holi nima bo'ladi? Shuning uchun ham o'zimda chuqur va tuganmas baza hosil qilib,keyin o'qitaman.Bu yo'lda menga xalaqit beradigan hamma narsadan voz kechaman. Shu har kungi ishlar o'z zaylida davom etaveradi,ammo bu yoshlik,ilm olish qaytib kelmaydi. Men qayerda bo'lmasin,o'z o'rniga ega inson bo'lishni maqsad qilganman."Qo'lim kasov,sochim supurgi"bo'lishini emas.Bunday bo'lmasligi uchun esa jiddi-jahd bilan harakat qilyapman. O'zbek tilida o'qisam aksariyat insonlar,tildan dars berasanda-aaa deyishadi.Ammo bilishmaydiki,adabiyotni va o'zbek tilini ularning farzandlariga biz to'g'ri o'rgatsakgina,ertaga davlat idoralarida bemalol ishlashini va qaysi tashkilotga borsa hujjatlarni biz orqali o'rganishini xayollariga ham keltirishmaydi chog'i. @farangizkhan_murodova
Show all...
👍 4🔥 4 1
O'z yo'nalishingning mutaxassisi bo'lishing uchun ko'proq ilm olib,yangilik yarata olishing kerak.O'zbek tili va adabiyotida hali o'rganilmagan qanchaaaaaa manbalar bor. Sen esa,qishloqda kosa-tovoq yuvish,shuncha,ish qilsangda "o'zi nimani qoyillatuvding"degan so'zlar bilan o'ralishga majbursan.Nima bo'lsa sen qiz bolasan degan gaplar.Erkinlik istasang,hali erkin qush bo'lmoqchimisan yuraver unda deydiganlar topiladi. Eng alam qiladigan jihat bo'lsa,kitobni qo'linga ushlagan vaqtingda ko'zlariga baloday ko'rinib qolasan va bu asl haqiqat. Yana sen shuncha ishni zimmanga olganingdan keyin,ustozing yozda mazza qilib dam olib kelyapsan.Nimadir yozdingmi deb so'rasa qaysi devorga boshingni urishni bilmaysan. Bu bilan sharoit yo'q demoqchi emasman,feminizmni ham talab qilmayman.Lekin bizni ham tushunishlarini xohlayman. Men o'qituvchiman.Millat farzandlarini tarbiyalayman.Hozir o'rganib,bilim olmasam,millat bolalarining holi nima bo'ladi? Shuning uchun ham o'zimda chuqur va tuganmas baza hosil qilib,keyin o'qitaman.Bu yo'lda menga xalaqit beradigan hamma narsadan voz kechaman. Shu har kungi ishlar o'z zaylida davom etaveradi,ammo bu yoshlik,ilm olish qaytib kelmaydi. Men qayerda bo'lmasin,o'z o'rniga ega inson bo'lishni maqsad qilganman."Qo'lim kasov,sochim supurgi"bo'lishini emas.Bunday bo'lmasligi uchun esa jiddi-jahd bilan harakat qilyapman.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Kelgin Kelgin,choy ustida suhbat quraylik, Senga termulishdan charchamas ko'zim. G'amni chetga surib,shodon yuraylik, Dardlar davo topsin,o'zga ber to'zim. Kelgin,aylanaylik daryo bo'ylarin, Ko'ngilda tugilgan armonlar ketsin. Mendan olib yiroq notinch o'ylarim, Zeroki toza qalb niyatga yetsin. Kelgin,barcha ishing tashlagin bo'ldi, Faqat yaxshi gaplar bo'lsin suhbatda. Chunki og'riq bilan paymonam to'ldi, Bilsang,baxtni istar yurak,albatta. Kelgin,dunyo ishin yelkangdan otib, Biroz o'qib beray Mashrabdan g'azal. Ko'ksingda ilohiy muhabbat uyg'onib, Olamga nazar sol,qanchalar go'zal. Kelgin,yuragingda olib ismimni, Mashaqqatli safar kutmoqda bu kun. Baxtiyor ranglarga bo'yab rasmimni, Tinmay gaplashaylik,quvonchdan bugun. ©Farangiz Murodova @farangizkhan_murodova
Show all...
👍 5❤‍🔥 4 1 1🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.