TKTI_ARM
Open in Telegram
📚Toshkent kimyo texnologiya instituti axborot-resurs markazi 📚ИРЦ Ташкентского химико-технологического института 📚Электронные книги ✉️ Для связи @akbt_uz
Show more1 722
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-3630 days
Posts Archive
1 720
#nazm
#tafakkur
Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda,
G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
✍🏻Abdurahmon Jomiy
1 720
#kun_hikmati
📕Kitob—beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai.
✍️ Alisher Navoiy
1 720
8-mart Gʻoʻzallik va nazokat bayrami.
Kutubxonamiz jamoasi munis va mehribon onajonlarimizni, aziz opa singillarimizni 8-mart bayrami bilan muborakbod etadi.
Bahorning ilk bayrami sizlarga yangi mutolaa zavqi va cheksiz quvonch olib kelsin.
Bahoriy kayfiyat sizlarni hech qachon tark etmasin.
1 720
#kitob_bilim_manbai
🔰Kimki kitobga ko‘p boqsa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so‘zga chechan qiladi.
🔰Kitob yolg‘izlikdagi eng munis hamdamdir.
🔰Kitob o‘tmishdan ham, kelajakdan ham xabar beruvchidir.
🔰Kitob insondan hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga yetkazadi.
🔰Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulog‘idir.
1 720
Zulfiyaxonim atoqli shoira,
sadoqat va vafo kuychisi sifatida bir umrga yodimizda qolajak
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima — bildim.
Shu-da bir yashash!..
