en
Feedback
Sokin osmon

Sokin osmon

Open in Telegram

Bus-butunlayiga qalb, biroz adabiyot, biroz erkinlik.💙 + (badiiy, adabiy-ma‘rifiy kanal)

Show more
189
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Oqshom. Amin bo'ldimki, orzularingiz, niyat, duolaringiz, hatto istab qo'yish-u orziqib qo'yishlargacha, "ko'ngildan shuv o't
Oqshom. Amin bo'ldimki, orzularingiz, niyat, duolaringiz, hatto istab qo'yish-u orziqib qo'yishlargacha, "ko'ngildan shuv o'tib qo'yishi" - shunchaki sassiz va bir qarashda ilg'anmas ko'rinsa-da, hammasi inobatga olinadi. Ehtimol, odamlar tomonidan, ba'zan hatto o'zingiz tomoningizdan ham inobatga olinmas. Biroq, hamma-hammasi U bilar alfozda inobatga olinadi. @sokinosmon 🤍

bahorlar keladi qimtinib...
bahorlar keladi qimtinib...

Koshki)
Koshki)

Юрак Кўксимда бир қуш бор — учади тинмай. Юксак-юксакларда учар — кўрар туш... Учади ярадор бўлганин билмай, Учиб кетаётиб ўл
Юрак Кўксимда бир қуш бор — учади тинмай. Юксак-юксакларда учар — кўрар туш... Учади ярадор бўлганин билмай, Учиб кетаётиб ўлади бу қуш! Усмон Азим

АФСУС Кимнингдир қўлида,  кимнингдир оёғида, кимнингдир йўлида, кимнингдир кўзида, кимнингдир юрагида, кимнингдир сўзида, кимнингдир чўнтагида, кимнингдир тақдирида, кимнингдир умрида, кимнингдир ўлимида –               ҳеч нарса йўқ. Усмон Азим

Alloh bizga qalblar o'limidan panoh bersin)

*** Агар менинг қўлимдан келса, Ҳимоя қилардим ёлғиз одамни, Ҳар қандай ёмонликдан. Яхши бўлса яхши, Бу ёлғиз одам, Ҳимоя қилардим, Ёмон бўлса ҳам. Бу ҳимоя қутқазар Уни ёмонликдан Мени ёлғизликдан. Йўлдош Эшбек

Kutish og‘ir, Kutish – tosh. Kun betaqdir, Umr – yosh. Kutish – zindon, Muz u muz. Jallod hijron, Bo‘g‘zim uz! Jon-u tanni tilkalar, Yurakni yorar sitam... Seni ko‘rgim kelmoqda Xudo xohlamasa ham. Usmon Azim P/s:Muzdek havoda qalbingizning iliq qolishi umidi ila)☕️

Repost from Sokin osmon
Kitob yozaman. "Ikkiyuzlamachining uchinchi yuzi" Ilhomlanganlarim bor) @sokinosmon
Kitob yozaman. "Ikkiyuzlamachining uchinchi yuzi" Ilhomlanganlarim bor) @sokinosmon

*** Yerni oqartmadi Tongda yoqqan qor, Ammo ko'nglim uzra Sog'inch to'shadi: Sukutni tingladim Tongda intizor, Sukunat negadir Senga o'xshadi. Usmon Azim P/s:Xorazmda qorli kech😁🌨

Ёмғир ёғди майда майдалаб, Майда-майда бўлди юрагим. Тонг отгунча қайта қайталаб Севасанми дея сўрадим... Усмон Азим шеъри Кумуш Раззоқова куйлаган

🫶
🫶

*** Tun bo'yi guvladi taqdir shamoli,        Tushimda        Jonimda        Qalbimda esdi Uchdi sukunatning baxtli kamoli, Jimlik vujudini shovqinlar ezdi. Demagil  zo'ravon shamolni haqli, Toshday yopishmagan yo'llariga -men. Hatto Ikkimizning Kichkina baxtni Ushlab qololmadim qo'llarimda men. Usmon Azim.

Kuniga yoki kunora "umringda birinchi marotaba" qilayotganing bo‘lgan yoki ko‘rayotganing, qilib ko‘rishing zavq berish ehtim
Kuniga yoki kunora "umringda birinchi marotaba" qilayotganing bo‘lgan yoki ko‘rayotganing, qilib ko‘rishing zavq berish ehtimoli bo‘lgan go‘zal mashg‘ulotlar, narsalar, yeguliklardan tortib manzillargacha  kashf qilishing mumkin. Oddiylaridan hozirlash ko‘nglingni yayratuvchi sezimlar paydo qilishini ham bilib olasan har safar bonus*iga. Biroz e‘tibor talab qilinuvchi jarayon, xolos.) O‘zimizni gap bilan aytib yuborsa ham bo‘laveradi: "Yaxshilab qara!  Burningni tagida turgandir." Shunday qilib, burningizning ostidagilarga e‘tiborli bo‘ling. Go‘zallari shu atrofda bo‘ladi.)

Men baxtni koʻrganman. Koʻrganman. Aniq. Hatto koʻzlarimiz to'qnashgan bir zum. Oʻrtada boʻlmagan salom-u alik, Faqat lablariga qoʻngan tabassum... ✍ Usmon Azim 🎙 Erkin Bozorov

#nazm Кел, яхшиси, севгимдан ҳайиқ, Бир умр бўл мендан эҳтиёт. Яширмайман, мен бахтга лойиқ, Лекин... лекин сен бахтдан зиёд. Такрорланмас энг авж пардасан Қилар бўлсам ўртаниб наво. Сен шу қадар юксаклардасан — Ўзимга ҳам кўрмайман раво. МАТНАЗАР АБДУЛҲАКИМ

Hammasi har doim bir nigohdan boshlanadi...) Sergey Yesenin

Muhimi kuzga oshiq bo'lish edi,bahorni hamma sev olardi)