cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sobirov

Yuridik texnikum talabalari hamda huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun foydalanuvchilarga

Show more
Tajikistan7 175The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
189
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda jami 21 ta vazirlik mavjud. E’tiborli tomoni, oxirgi 2 yil ichida vazirliklar soni 6 taga ko‘paydi. 1. Iqtisodiyot vazirligi; 2. Moliya vazirligi; 3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi; 4. Suv xo‘jaligi vazirligi; 5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi; 6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; 7. Xalq ta’limi vazirligi; 8. Maktabgacha ta’lim vazirligi; 9. Sog‘liqni saqlash vazirligi; 10. Madaniyat vazirligi; 11. Mudofaa vazirligi; 12. Ichki ishlar vazirligi; 13. Favqulodda vaziyatlar vazirligi; 14. Tashqi ishlar vazirligi; 15. Adliya vazirligi; 16. Tashqi savdo vazirligi; 17. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi; 18. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi; 19. Innovasion rivojlanish vazirligi; 20. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi; 21. Qurilish vazirligi.
Show all...
18 ноябрь – Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тасдиқланган кун 1991 йил 18 ноябрда "Ўзбекистон Республикасининг давлат байроғи тўғрисида"ги қонуннинг қабул қилиниши билан мамлакат давлат суверенитетининг рамзи – байроғимиз тасдиқланган. 🇺🇿 Байроқдаги мовий ранг – тириклик мазмуни акс этган мангу осмон ва оби-ҳаёт рамзи. Тимсоллар тилида бу – яхшиликни, донишмандликни, ҳалолликни, шон-шуҳрат ва садоқатни билдиради. Бинобарин, Амир Темур давлати байроғининг ранги ҳам мовий рангда эди. 🦅 Байроқдаги оқ ранг – муқаддас тинчлик рамзи бўлиб, у кун чароғонлиги ва коинот ёритқичлари билан уйғунлашиб кетади. Оқ ранг – поклик, беғуборлик, софликни, орзу ва ҳаёллар тозалиги, ички гўзалликка интилишнинг тимсоли. 🇺🇿 Яшил ранг – табиатнинг янгиланиш рамзи. У кўпгина халқларда навқиронлик, умид ва шодумонлик тимсоли ҳисобланади. Қизил чизиқлар – вужудимизда жўшиб оқаётган ҳаётий қудрат ирмоқларини англатади. Навқирон ярим ой тасвири бизнинг тарихий анъаналаримиз билан боғлиқ. Айни пайтда у қўлга киритилган мустақиллигимиз рамзи ҳам. ✨Юлдузлар барча учун илоҳий тимсол саналган. Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғидаги 12 юлдуз тасвири ҳам тарихий анъаналаримиз, қадимги йилномамизга бевосита алоқадор. Бизнинг ўн икки юлдузга бўлган эътиборимиз Ўзбекистон сарҳадидаги қадимги давлатлар илмий тафаккурида нужум илми тараққий этганлиги билан ҳам изоҳланади. 💫 Давлат байроғимиздаги 12 юлдуз тасвирини ўзбек халқи маданиятининг қадимийлиги, унинг комилликка, ўз тупроғида саодатга интилиши рамзи сифатида ифодаланади.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat_tanlov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi. ✅ Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin. 📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tiladi (15 noyabrdan 25 noyabr 23:59 gacha). 🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi: 1️⃣-bosqich – test sinovlari: ▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari uchun – 26 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha; ▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun – 27 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha; ▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 28 noyabrь soat 9:00 dan 14:00 gacha; 2️⃣-bosqich – suhbat. ➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi. ⏩ Ikkinchi bosqich (suhbat) 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi. Batafsil....
Show all...
NAVOIY SHAHRIDA HUQUQIY BILIMLAR MASKANIDA HUQUQ FANIDAN O’QUV KURSLARI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI: Sizda quyidagi 5 ta kurslardan birini tanlash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin:  Abiturientlar uchun huquqshunoslik kursi; (Toshkent davlat yuridik unversiteti hamda Ichki ishlar Akademiyasiga tayyorgarlik uchun)  Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni suhbatga tayyorlash kurslari;  Kasbiy imtihon topshiruvchilar uchun kurs; ( Advokat, notarius kabi shu soha nomzodlar uchun)  Huquqshunos o'qituvchilarning malakasini oshirish kursi;  Shaxsan o'z huquqiy bilimlarini oshirmoqchi bo'lganlar uchun alohida kurs. O'quv kurslarimizda o'zingiz uchun qulay paytda tahsil olishingiz mumkin. Masofaviy ta'lim ham beriladi. ☎️ +998 90 731 20 72 https://t.me/sobirovhuquq https://t.me/sobirovhuquqtest
Show all...
Sobirov

Yuridik texnikum talabalari hamda huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun foydalanuvchilarga

🎲 “Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limidan test. 1-qism Tuzuvchi Sobirov M.R. 45 ta test” testi 🖊 44 ta savol · ⏱ 45 soniya
Show all...
Bu testni boshlash
Guruhda testni boshlash
Testni ulashish
NAZORAT ISHINI YOZISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISHI KERAK? 1️⃣ Kazusni tanqidiy o‘qing. Ya’ni, kazusning mohiyatini to‘liq tushunib olmaguncha uni diqqat bilan kamida 3 marotaba o‘qib chiqing. Kazus bilan bog’liq savollarga javob berish jarayonida muayyan vaqt oralig’ida mavzudan chetga chiqib ketmaslik uchun kazus va savollarni qaytarib o‘qing. 2️⃣ Kazusdagi huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarga, taraflarning argumentlariga e’tibor bering. Kazusdagi taraflar keltirgan argumentlarning huquqiy asoslarini tekshirish uchun Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – www.lex.uz saytidan kazusdagi faktlar bilan bog’liq bo‘lgan qonunchilik hujjatlarini va ularning tegishli normalarini toping. Bunda savollar fanning qaysi mavzusi bilan bog’liq ekani, qaysi qonun hujjatlariga murojaat qilish kerakligini tahmin qiling. Tegishli huquqiy normani aniqlagach, uni kazusdagi fakt bilan solishtiring. 3️⃣ Kazusdagi vaziyat bo‘yicha savolga aniq pozitsiyangizni bayon qilgan holda javob bering. Haddan ortiq uzun gap bilan fikringizni ifodlamang. IRAC metodidan foydalanish tavsiya etiladi. 4️⃣ Kazus bilan bog’liq barcha savollarga javob berishda birinchi o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga murojaat qiling, ularni tahlil va sharhlagan holda qo‘llang. Normativ-huquqiy hujjatlardan moddalarni (bandlarni, boblarni) ko’chirib qo‘ymang. Faqat fakt, argument, pozitsiyangiz bilan bog’liq bo‘lgan normalarni ular joy olgan normativ-huquqiy hujjatning nomi va modda (band) raqamini aniq ko‘rsatgan holda tahlil va sharhlash orqali qo’llang. 5️⃣ Huquqiy atamalardan foydalaning. “To'g’ri”, “noto‘g’ri”, “noo‘rin” emas, “qonunga mos”, “qonunga muvofiq”, “qonunga zid”, “qonunga nomuvofiq”, “noqonuniy” degan yuridik tushunchalarni ishlating. 6️⃣ Har bir savolga javob yakunida xulosa qiling. 7️⃣ Ishni yozib bo‘lgach albatta uni tahrirdan o‘tkazib, imloviy va grammatik xatolarni to‘g’irlab chiqing.
Show all...
Яшаш гувоҳномаси - хорижий шахснинг ёки фуқаролиги бўлмаган шахснинг Ўзбекистон Республикасида доимий яшаш ҳуқуқини тасдиқловчи ҳужжатлар ҳисобланади. Ўзбекистон Республикасида яшаш гувоҳномаси қуйидагиларга берилади Хорижий шахсга ва фуқаролиги бўлмаган шахсга яшаш гувоҳномалари, фуқаролиги бўлмаган шахс гувоҳномаси Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари томонидан хорижий фуқаро ёки фуқаролиги бўлмаган шахснинг истиқомат жойида берилади. Фуқаролиги бўлмаган шахс гувоҳномаси Ўзбекистон Республикасида доимий истиқомат қилувчи, чет элга жўнаб кетувчи фуқаролиги бўлмаган шахсга берилади.
Show all...
🔵 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari xato berilgan qatorni aniqlang ?Anonymous voting
  • qonuniylik
  • demokratizm
  • insonparvarlik
  • adolatlilik
0 votes
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun necha kun ichida Senatga yuboriladi?Anonymous voting
  • 2 oy ichida
  • 30 kun ichida
  • 15 kun ichida
  • 10 kun ichida
0 votes
#xayrli_kech «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». ✅ Brian Tracy 〽️LINK: @huquq_fanidan_testlar
Show all...