365
Subscribers
-124 hours
-117 days
-2930 days
Posts Archive
365
Ortiqcha o‘ylash quvonchingizni o‘ldiradi. Ishingizni Alloh'ga topshiring.tarjima || bulutsevar 🌷
365
Nasibadorlar uchtadir:
🤩Dunyo uni tark qilmay turib dunyoni tark qilgan kishi;
🤩Ota-onasidan ayrilmay turib ularga yaxshilik qilib qolgan kishi.
🤩Xoliqiga yo'liqmay turib U Zotni rozi qila olgan kishi.
Robbim, bizlarni ana shulardan qilgin!
365
🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀.
Bir oydirki tishlarimda muammo bor edi, va yaxshigina og'riq berib kelayotgan edi. Shifokorga esa umuman bormadim. Va ohiri ushbu damlamani sinovdandan o'tkazdim.
Natija juda yaxshi.
Opoqim necha yildirki ushbu damlamadan foydalanib kelar edilar men e'tibor qilmas ekanman.
Erta tongda qo'llagan edim kechga o'zgarishlar judaa yaxshi.
Sizlarga ham kerak bo'lib qolar degan umiddaman.
Dorixonalardan topsangiz bo'ladi.
365
Repost from Muslihun 🐋
Sizlarga hayitlik qilmoqchiman!
Bir kunlik dars, azon fiqhi buyicha, kirib tinglash sharti bilan qo’shaman, va darsdan so’ng kanalni uchiraman.
https://t.me/+eigpniRxH2IyNmUy
365
Repost from Never forget me
Alloh keyingi ramazonga ham barchamizni sog' salomat, omonlikda va go'zal jamlanishlikda yetkazsin.
365
Bir necha kun avval opoqim o'qish uchun kitob so'ragan edilar. Barchasini ketma ketlikda o'qib kelmoqdalar.
Bugun tongda "Sen bergan kitoblarni o'qisam taomlanish esimdan chiqib ketyapti" demoqdalar.
365
O'zi yashab turgan makonni tark qilib, safarga chiqib turish ong, fikr va zakovatni oshirib, muammolarni echib, kuch hosil qilishdagi eng asosiy vositalardan biridir. Siz safar qilib turing, shunda ajralib qolgan narsalaringizga evaz topasiz. Chiranib, o'zingizni urintiring, hayot lazzati urinishdadir. Chunki, to'xtab turgan suv tez ayniydi. Zero Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Safar qilinglar sog'lom bo'lasizlar", deb aytganlar.
Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyati
365
Kichikligimizda onam buvimlarnikiga mehmonga olib borsalar bir oz o'tib bizga "Turinglar kelinoyinglarga yordamlashinglar" deya turguzib yuborishar edi.
Va oshxonaga kirsak ham ish qilar edik, ham suhbat qilar edik, kelinoyimdan bir nimalarni o'rganar edik.
Ayni dam jiyanimni onalari jiyanimga qarab "Turing opangizga yordamlashing" degan edilar.
Birdan hayolimdan yoshligimzdagi ushbu so'zlar o'tdi ketdi.
Haa, o'sha vaqtda kelinoyim qanchalar sevinganliklarini endi tushundim.
365
Har gal men bilan suhbatlashadigan biror insonga ehtiyoj sezsam kitobni ochaman...
bulutsevar ☁️
365
Қурьони Карим - суҳбати малол келмайдиган энг яхши ҳамроҳдир,
Уни такрор-такрор уқиганнинг гузаллиги ва ажру савоби зиёда булур.
#kitobdan 📕
365
Qur'on o'qishga kirishilganida tilovatdan oldin quyidagi niyatlarni dilga tugib, aytmoq lozim.
🌷Ey Robb! Qalbimga ushbu Qur'on tilovati sabab shifo ato qil.
🌷Ey Robb! Ushbu Qur'on tilovati sabab O'zingni menga ko'proq tanit.
🌷Ey Robb! Ushbu Qur'on tilovati sabab qalbimni pokla.
🌷Ey Robb! Ushbu Qur'on tilovati sabab muhabbating va Sendan qo'rqish hissini nasib qil!
365
Ro'zador birodarim 🌳
Quyosh botishidan avval siz uchun vaqtlarning eng ulug'i bor. Ushbu vaqt sizning ochligingiz va chanqog'ingiz qattiqlashgan kunning iftori oldidan bo'ladi.
Ayni shu mahalda duoni ko'paytiring bunda bardavom bo'ling va ko'proq so'rang. Sahar vaqtida ham sizga ana shunday duo ijobat bo'ladigan vaqt bor
Nafsingizga Alloh taolodan so'rashni yuklang.
Chunki siz biz zaif U Zot kuchlidir.
Biz foniy U Zot esa Boqiydir.
Biz muhtoj U Zot esa behojatdir.
