en
Feedback
notes

notes

Open in Telegram

postlarni manba'siz olavering. ha, bu ham bizning sahifa @Zadem_pg

Show more
365
Subscribers
-124 hours
-117 days
-2930 days
Posts Archive
photo content
+2

Bir kun keladiki, o'shanda hamma ismingni ijtimoiy tarmoqdan qidiradi, ammo buni o'rniga "tarmoqda emas" yoki "bog'lanib bo'lmayapti" yozuvlar chiqadi. Do'stlaring kelishingni kutadi, sen esa ularning oldiga kira olmaysan. Telefoningga maktublar (smslar) jo'natadilar, sen esa ularga javob qaytara olmaysan. Tarmoqga ulanishingni kutadilar, sen kira olmaysan. Qaysi aloqa vositasidan qidirishmasin sen bilan bog'lana olishmaydi. "Tarmoqda emas" "bog'lanib bo'lmayapti" U kunda ular bilan aloqaga kirishishing yakuniga yetgan bo'ladi.. Chunki sen dunyodan o'tgan bo'lasan...

"Ilm idishini poklash" (1) Sahl ibn Abdulloh aytadilarki: "Xaromdurki bir qalbga nur (ilm) kirishligi, magaram u qalbda Alloh yomon ko'radigan narsalar bo'lsa". #kitobdan

photo content

Ushbu videoni saqlab olganman negadur ko'p tomosha qilib turaman, har gal tomosha qilsam hayolimga birgina izoh kelaveradi: "Ustoz bilan" Alloh ustozlarimizdan rozi bo'lsin.

Илмга олиб борадиган йулни лозим тутиш. Хар мақсаднинг элтувчи йули бор. Ким максад томон туғри йулга чикса, у мақсадга етади. Ким туғри йулдан юз бурадиган булса, мақсадга ета олмайди. Албатта, илмнинг хам уз йули (урганиш усули) бор. Ким йул танлашда хато қилган булса, адашади, қасд килган мақсадига етолмайди ёки куп чарчоқ билан оз фойдага эришади. Илмнинг туғри йули иккита буюк ишга қурилган. Ким шу икки нарса билан илмни қулга киритса, илмни улуғлаган булади. Чунки у илмга туғри йул билан эришади: Биринчи иш: Рожих матнларни ёдлаш зарур. "Уқиб кетавераман" дейиш билан булмайди. Ёдламаслик қачондир панд беради. Кимки хифзсиз мақсадига(илмга) эришаман деб уйласа, бас у киши амри махол булган ишни талаб қилган булади. Иккинчи иш: Илмни фойда берувчи устоздан олиш. Илмда устознинг урни катта. Манфаатли устоз булса, сиз у томон шошиласиз. Устоз сабаб хикматларни тушуна бошлайсиз. ~~~ "Устоз билан расмга тушиш учун шогирд булманг. Ниятингизни холис қилинг. Устозингизда хатолар курсангиз, кунглингиз қолмасин. Хар бир инсонда хато-ю, нуқсонлар мавжуддир. Айби пок фақат Аллох таолодир" darsdan (5)

Qur'on - qalblarning tabibidir, Uning zikri - gunohlarni mahv qiluvchidir, Uning nuri esa g'ayblar siridir.

Ayyub Istihoniyga aytdim: - Ilm bugun ko'proqmi yoki o'tganlardami? aytdilar: - Bugun gap ko'p, ilm o'tganlarda ko'p edi. darsdan (4)

photo content
+2

Ustozimiz Odinaxon Muhammad Sodiq boshchiliklaridagi "Peshqadam karvoni" loyihasining a'zosi bo'lgan karvondagi bir do'stimiz
+1
Ustozimiz Odinaxon Muhammad Sodiq boshchiliklaridagi "Peshqadam karvoni" loyihasining a'zosi bo'lgan karvondagi bir do'stimiz ancha oldin bir guruh tashkillagan edilar. "Tafsiri hilol" mutolaasi. U damlar Juda go'zal ediii. Bir guruhga har kuni ma'lum miqdorda mutolaa qilish vazifa qilib yuborilar edi. Va biz kunning kechiga qadar topshirar edik, va haftaning so'ngida esa kichik test shaklida imtihon topshirar edik. Ketma ketlikda uch kun vazifa bajarilmasa guruhdan chatlatilinar edi. Bir yarim yil har kunimiz shu zaylda o'tdi. Bora bora bu narsa odatga aylanib qolgandi. Ya'ni dam olish kunlari ham qo'lga kitobni olib vazifani bajarib qo'yadigan bo'lib qolgandik. Ammo vaqt o'tdi, kitobning so'ngi sahifasiga ham yetib keldik. Ushbu yilning iyul oyida guruh rasman yopildi. Bir yarim yil avval 500 kishidan ortiq ayol qizlar bilan boshlangan mutolaa, so'ngiga qadar esa 27 yoki adashmayotgan bo'lsam 24 kishi bilan yakunladik. Hozir ba'zan o'sha vaqtlarni sog'inganday bo'laman. Go'zal hotiralar deb mana shunday kunlarni aytsalar kerak menimcha. Hozir guruhni ko'rib turib bir atalgan go'zal jumlalarni o'qib qoldim. Ezgulik shiorin qoʻymayin bir dam, • Ziyoga millatin chorlab damba-dam, • Ilm karvonida boʻldi peshqadam, • Peshqadam ustozni sogʻindik, doʻstlar.

Ramazon shubhasiz Qur’on oyidir. Ramazon oyida har bir bandaning eng ulug’vor va ma’suliyatli vazifasi Qur’on bilan boshqa oy
Ramazon shubhasiz Qur’on oyidir. Ramazon oyida har bir bandaning eng ulug’vor va ma’suliyatli vazifasi Qur’on bilan boshqa oylarga nisbatan ko’proq bog’lanishidir. Habaringiz bor bizda tashkil qilingan “Women club” da turli yo’nalishlar bor. Ramazon oyi uchun maxsus “ 30-pora hifzi” ni tashkil qildik va bunga nafaqat klub a’zolari balki siz azizlar ham qo’shilishingiz mumkin. Demak bu yerda nima ishlar bajariladi ? 1️⃣ 30-pora (ya’ni Naba surasidan Nas surasigacha) tajvid qoidalariga amal qilib, harflarni o’z mahraj va sifatlaridan chiqarib hifz (yodlanadi) qilinadi. 2️⃣ Darslar haftada 2 martda bo’ladi. ❓Bu klubga kimlar uchun : 1️⃣ 12 yoshdan yuqori bo’lgan ayol qizlar. 2️⃣ Tajvidda savodi chiqgan (ya’ni Qur’on o’qishni bilishi kerak chunki harflardan dars o’tilmaydi) 3️⃣ Chin ixlos bilan Ramazon oyigacha 30-porani hifz qilishga jiddiy bel bog’laganlar. ‼️ Klubga a’zo bo’lishingiz uchun avval shaxsiyimga Al-Ixlas surasini ovozli habarda o’qib yuborasiz. Murojaat uchun: 👇🏻 @i_asmo

Inson qadr topgan yerida gullaydi.

Insonni mamnun qiladigan narsalar aslida oddiy narsalarda, bizni ko'zimiz ko'rib o'rganib qolganlarida emas.

Muhammad ibn Tabbon ilmni endi boshlagan chog'larida tunda uxlamay dars qilib chiqar edilar. Onalarining rahmlari kelgani sabab, kechasi dars qilishdan qaytardilar. Lekin u kishi chiroqni olardilar va bir katta idishni tagiga qo'yib qo'yardilar. So'ng o'zlarini uyquga solib olardilar.Qachonki onalari uxlasalar chiroqni olib darsga yuzlanar edilar. Bugungi kunda biz otamiz yoki onamiz kirishlarini sezib, qo'limizga kitob olamiz. Surayyo yulduzidan ham baland turadigan kishi bo'ling! Siz tanasi yosh, ximmati qarigan odam bo'lmang. Sodiq insonning himmati xech qachon qarimaydi. Abu al-Vafa ibn Aqiyl sakson yoshlarida quyidagi she'rni aytardilar: Himmatim, quvvatim va xulqim qarimadi Rahbarligim, dinim va sahiyligim qarimadi, Faqatgina sochim boshqa rangga o'zgardi Va sochdagi oqarish himmatdagi oqarish emas. darsdan

Bizda har yili yangi bosqichga o'tilganda har bir talabaga alohidadan kitoblar ajratilmaydi. Ustozda bitta bo'ladi va keraklar olib navbatma navbat dars mobaynida foydalanib olishadi. Yoki bo'lmasa barcha talaba jam bo'lgan guruhga bazigi joylari yuboriladi. Ma'lumotlarni esa talabalar o'zlari izlashadi boshqa manbalardan, kitoblardan. Bu usul kitobni va uni ichidagilarni olishga talabani rag'batini yanayam oshirishda yordam beradi deb o'ylayman. Keyin dars mobaynida esa talaba jamlagan ma'lumotlarini ustozga va guruhga taqdim etadi ya'ni topshiradi.

Bugun darsda bir ish bo'ldi. Darsga bordim xonada ustoz bor ekanlar, bir mavzuga ya'ni o'tilgan darsga tayyorlanishimni aytdi
Bugun darsda bir ish bo'ldi. Darsga bordim xonada ustoz bor ekanlar, bir mavzuga ya'ni o'tilgan darsga tayyorlanishimni aytdilar. Menda dars boshlangunigacha 1 soatlarcha vaqt bor edi. Telefonimning interneti ham ishlamayotgan edi, konspekt daftarim ham yonimda emas edi. Ustozdan "Ustoz kitobingizni berib tura olasizmi tayyorlanib olar edim" dedim. Ammo ustoz bermadilar. "Senga hech kim tayyor darslikni qo'lingga tutmaydi sen unga o'zing tayyor bo'lib kelishing kerak, izlanishing kerak edi" dedilar. O'sha onda bir narsani yaxshiroq yanayam anglaganday bo'ldim. Inson har qancha kitob o'qimasin, darsliklarni yozib olmasin agar uni takror qilib yodida olib qolishga harakat qilmasa kitobisiz darsliklarisiz u hech kim bo'lib qolar ekan.

Hayotimda shu narsaga tobora amin bo'lib bormoqdamanki, mehnatingni , sadoqatingni, fidokorligingni fazilatlaringni qadrlamaganlar orasida bo'lish va shunga ko'nikib yashash o'z ixtiyoring ila shaxsiyatingni so'ndirish, iqtidoringni o'ldirish va kelajagingning muvaffaqiyatsiz nihoyasiga imzo qo'yishing degani. #kitobdan

#ustozimizdan, Ehson maqomiga chiqish uchun yana bitta amal bor. U solihlar suhbati, nubuvvat chashmasini uzatayotgan, nubuvvat nurini kichkina,kichkina shamlar bo'lib taratayotgan ulamolar ziyo ahillariga yaqin yurish mana-bu nafsni poklaydigan ishlardan biri. Sharti o'sha yerga muhabbat bilan boring, yaxshilik niyyatida bo'ling, ana shunda Alloh o'sha nubuvvat chirog'ining ziyosidan qalbingizga nasib qiladi.