365
Subscribers
-124 hours
-117 days
-2930 days
Posts Archive
365
+1
Bolalik...
Bolaligimizda chiroq deyarli ko'p o'chib qolar edi, biz bola bo'lganimiz sabab bu bizga sira muammo keltirmagan, aksincha bir bayramdek bo'lardi.
Bir oila bo'lib ko'p suhbatlashar edik, opoqim va buvimning eng eng qiziqarli voqealarini, va ba'zi kitoblarning sharhini mana shu sham yorug'ligida tinglab katta bo'lganmiz.
U davrlarda telefon degani ko'p ham qiziq bo'lmagan. Maktab va kollejni tamomlaganimizdan so'ngina bu matoh bilan tanishganmiz.
Sham va chiroq bilan bog'liq anchagina hotiralar bo'lgan desa ham bo'laveradi, uyni sal qolsa yoqib yuborishimizga ham shu bolalikdagi sham bilan qiziqish sabab bo'lgan edi.
Bolalik baribir boshqacha edi.
Barchasi sodda va barchasi oson.
ha aytgancha yana bir mashhur gapimiz esdan chiqay debdi.
"Yon yon chiraq yog'li patir beraman"
lekin chiroq hozir ham ba'zan o'chib turadi, ayni bu suratni ham yaqin kunlarda opoqim va buvimning suhbatlarini olib suratga tushurib olgan edim.
365
Бир дустимиз шундай деганди:
"Қуръонни тиловат қилганингизда унга
муваффақ қилган Аллох таолога хамдлар айтасиз. Чунки Аллох таоло купчилик махрум булиб турган немат Уз каломининг тиловатини сизга ургатиб,
тилингизни унга буйсундириб қуйган. Яна Аллохдан уни қабул қилишини сурайсиз, чексиз ажру савобларидан умид қиласиз. Албатта булар хар бир Қурьон уқувчи кишининг ич ичидан қилган дуоларидир. Мен Аллох таолога хамд айтиб, дуо қилганимда:
• Қуръонни менга
то харф танитишдан бошлаб хозиргача ургатган хар бир устозим,
• Биринчи хатм
қилганимда мен билан мусобақалашган биродарим,
• Мусхаф хадя килган биродарим (харфлар хажми кузимга ёқиб,
деярли, факат шу Мусхафдан укийман)
куз олдимга келишади. Бу эслаганларим фақат тиловат асносида уз-узидан зехнимда айланганлардир. Уларга хаёлан рахматлар айтаман. Бу ёғига Аллох таоло қодир қилганича хақларига дуодаман. Аллох таоло ажрингизни купайтириб берсин, яхшилар"
365
Hozirda bot faoilayti to'htatilgan, biror e'tirozingiz bo'lsa shu yerga yozib qoldiring
https://ngl.link/zadems.diary
365
Bu bo'limda o'zimni ko'rib turganimga hamd.
Bugun imtihonlarni yakunladik.
Endi esa eng eng muhimi arab tili dan imtihonimiz oldinda, ko'zlar sevinch yoshlari ila namlansin.
Amiyn.
365
Kitoblar bilan doim shunaqa bo'ladi, o'n yil avval o'qigan kitobingizni qayta o'qisangiz boshqacha taassurot olasiz, chunki o'zingiz ulg'aygan bo'lasiz. Aslida kitobingiz o'zgarmagan o'zgarishni o'zingizdan izlab ko'ring. Shunchaki qalbingizga quloq tuting!
365
Kuni kecha bir kitobni juda katta qiziqish bilan o'qib tugatgan edim, bugun o'sha kitobning kino shaklida ishlangan video parchasiga duch kelib qoldim. Bir ikki daqiqalarini tomosha qildim, faqat bir savol "Voqealar, ismlar o'sha-o'shaku ammo nega bunday tasvir? kitobda bunday joyi yo'q edi-ku..?"debman, keyin bilsam mening tasavvurimda unday sahna bo'lmagan ekan.
Bejizga "Eng zo'r kinoteatr bu sening aqling" deyishmagan ekanda.
Baribir kitobdan qo'ymasin
365
Bir qiz aytadi:
"Darhaqiqat, ba'zida sinovlar Allohning alohida marhamati bo'lar ekan, rahmat eshiklarini ochadigan kalit bo'lar ekan"
#kitobdan
365
Bir qiz aytadi:
"Darhaqiqat, ba'zida sinovlar Allohning alohida marhamati bo'lar ekan, rahmat eshiklarini ochadigan kalit bo'lar ekan"
365
Ohirgi vaqtlarda juda ham kam suv icha oladigan bo'lib qolgan edim bir kunga nari borsa ikki ☕️ ga ham bormas edi, undan ortig'i ortig'dek bo'lardi, o'tmas edi.
Bir kuni tibbiyotda o'qiy turgan opamiz "Qani siz bilan biiir suhbatlashaylikchi" deb qoldilar bir boshidan suhbatlashdik.
Bir kunda hech bo'lmaganda ichiladigan suv miqdormni belgilab berdilar. "O'zbekistonga borib kelsangiz sizdan yaxshi natijalarni kutaman ho'pmi", deb tayinlab jo'natgan edilar.
Keliboq kunlik suv miqdorini oz ozdan yo'lga qo'yib hozir aaanchagina yaxshilanib qoldi. Alhamdulillah.
Ikki kun avval suv ichish uchun o'zimda ehtiyoj paydo bo'lganini sezganimdan qattiq quvonib ketdim.
O'sha onda bir narsani tushundim Haa, hatto suv ichish, va suv ichish uchun ham insonda istak bor bo'lishi ne'mat ekan deb qoldim.
365
Agar yurgan yo'lingizda qiyinchiliklar va taqiqlar bo'lmasa bilingki, bu yo'l sizni hech qayerga olib bormaydi.
365
Bir payt qo'liga kapalak qo'ndi. Uni ancha payt tomosha qilib turdi. Uchib ketgach, ortidan yugurdi.
Ota-onasi bundan bexabar qoldilar. Rosa chopdi. Nihoyat, tinka-madori quridi.
- Charchadim, - dedi Katta Shahzoda.
- Baxtga yetmoqchi bo'lsang, horimoqqa tayyor tur, — dedi Kapalak.
- Sen baxtmisan?
- Baxt yolida o'zingni fido etish baxtdir!
Kapalak shunday dedi-yu uchdi-ketdi.
365
Bugun bo'lgan voqea.
O'zbekistonga qayta turgan edim, davlat chegarasidan o'tib turgan onim negadur meni ushlab qolishdi.
Tekshirishdi, "Sumkangizda nimalar bor oching" deyishdi.
Tafsiri hilol va mushaf va kichik foydalar daftarim bor edi. Tekshirishdi va Mushafni ochib "Hozir men ochaman uchraganini siz o'qiysiz" deyishdi.
Ochishdi Qasos surasining 70-oyatiga to'htashdi va mendan so'radilar javob berdim.
Va negadur o'tkizib yuborishdi.
365
O'qimoq sizlarni uydan chiqarib umuman boshqa yerlarga yuboradi, o'qimoq savollar keltiradi, o'qimoq qiziqish uyg'otadi, o'qimoq javoblar izlatadi, o'qimoq yechim topishni o'rgatadi O'qimoq eng yaxshisi...
365
Har gal o'qishga ketishimdan bir kun avval opoqim va buvimning sekingina yonlariga chaqirib "Mana buni ol, bizniki boshqa-da" deb qo'limga pul tutkazishlari juda ajib hol.
Bu onlarni hech unutmasam kerak.
365
Адашиб бошқа поездга чиқиб қолсангиз биринчи бекатдаёқ тушиб қолинг . Чунки масофа узайган сари қайтиш қийинлашиб боради .
365
Inson o'zidagi g'am tashvishlarni eslashdan avval o'zidagi ne'matlarni eslashi, saodat sirlaridandir.
